Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xmis va turizmi fakulteti



Download 66 Kb.
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi66 Kb.
#254900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

2.3. Ingliz tilidan o‘zlashmalar

Ingliz tilining fors tiliga ta’siri XIX asrda Qojorlar sulolasi davrida eronlik yoshlarni chet elga ta’lim olish maqsadida yuborish orqali boshlandi. Ingliz va Eron jamiyatlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixi so‘nggi bir necha o‘n yilliklardagi siyosiy voqealar bilan murakkablashdi. Eronda so‘nggi 90 yil ichida ingliz tili xalqaro va ichki til sifatida juda muhim ahamiyatga ega. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, fransuz tili Eronda XX asr boshida hukmron bo‘lgan Yevropa tilidir. Britaniya kompaniyalari – neft kompaniyalari neft va neft mahsulotlarini ekspluatatsiya qilish va qayta ishlash missiyasiga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan aloqalarni yaxshilashga javoban fransuz tilini ingliz tiliga almashtira boshladilar. Birlashgan Qirollik 100 yil avval Eronning janubi-g‘arbiy qismida masjid Sulaymonda neft qazishni boshlagan. Bu Eron jamiyatiga ingliz tilini joriy etishda muhim bir burilish nuqtasi bo‘ldi. Ingliz tili Eron uchun Shohning maqsadi bo‘lgan zamonaviylik tilidir. Ingliz tilini o‘rganish va gapirish Eron xalqi uchun yangi imkoniyatlar ochadigan obro‘li mashq bo‘ldi.



Ingliz tilidan o‘zlashmalar ham fransuz tili kabi XIX asr oxiri va XX asrning 50-80 yillarida ko‘plab fors tiliga kirib kela boshladi. Buning asosiy sabablaridan biri Angliya-Eron mutaxassislarining neft sanoati bo‘yicha hamkorligi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining shoh davrida Eronga nufuzi va ayniqsa ilm-fan, ishlab chiqarish mahsulotlarining ko‘plab chetdan keltirilishi va chetdan keltirilgan mollarni asosan ingliz tilida atalishi edi. Masalan, Eronda avtomobil sanoatining rivojlanishi Amerika va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik natijasida yuzaga kelgan. Demakki, avtomobil bilan bog‘liq yuzlab atamalar fors tiliga kirib keldi. Masalan: māšin “avtomobil”, “dastgāh” , tayr “shina”, kābin “kabina”, bulbring “podshipnik”, pāydal “pedal”, girbaks “uzatkich karobkasi”, fanar “prujina”, kalač “uzatkich” va sh. o‘ so‘zlar.

Ilm-fan sohasida nimaiki yangilik yaratilgan bo‘lsa, ko‘pincha u inglizcha nomi bilan muomalaga kiritiladi: jak “domkrat”, inč “dyuym”, tayp “yozuv mashinasi”, jat “reaktiv samolyot”, fyuz “saqlog‘ich”, helicopter “vertolyot”28.

Shuningdek, iqtisodiy-siyosiy va maishiy mavzudagi bir qator so‘z va terminlar ingliz tilidan kirib kelgan.

Masalan, budje “byudjet”, miting “miting”, blok “blok”, jāz “jaz”, bār “bar”, keyk “keks” va h.k.

Ingliz tilidan sport mavzuiga oid so‘zlar ham o‘zlashgan. Masalan: kap “kubok”, eski “chang‘i”, tim “komanda”, futbāl “futbol”, boks “boks”, kamp “lager”, hokey “xokkey” va shunga o‘xshash so‘zlar.

Shuni zikr etish kerakki, Eronda purizm til siyosati, Farhangestonning faoliyati va ziyolilarning chet el o‘zlashmalaridan fors tilini saqlab qolishga qilinayotgan say-harakatiga qaramasdan, fors tiliga ilm-fan sohasi va ilmiy tilning turli yo‘nalishlaridagi yevropeizmlarning, ayniqsa, ingliz tilining ta’siri kuchli bo‘lib qolmoqda. Buning dalili uchun Eron gazetalarining birontasini varaqlab, undagi e’lonlar qismiga nazar tashlash kifoya qiladi29.

Masalan, 2007 yil 18 noyabrda chop etilgan «Irān» gazetasining e’lonlar qismida shunday o‘zlashmalar uchraydi.

Bānk-e san'at-e ma'dan “ma’danchilik sanoati banki”, sistem-e xotut “yozuv tizimi”, form-e šarāet-e mozāyede “kim oshdi shartlari bo‘yicha hujjat”.

Yuqorida «bānk», «sistem», «form», «doktor», «plāk», «grām», «rul» so‘zlari ingliz tilidan o‘zlashmalar bo‘lib bitta kichik e’londa uchraydi.

Shu sahifadagi boshqa e’lonlarga nazar solsak ton “tonna”, sāntimetr “santimetr”, telfon “telefon”, lisāns-e hesābdāri “hisobchilik oliy ma’lumoti” (bakalavr), telviziyun “televizor”, vidyo “videomagnitafon”, servis “xizmat”, moket “linolium”, otomobil “avtomobil”, otobus “avtobus”, minibus “kichik avtobus”, jip-e sahrā model “dala yo‘llariga mo‘ljallangan jip modeli”, diplom-e riyāzi va fizik “fizika-matematika fanlari diplomi”, kār dar šift “smenali ish”, kārburator “karbyurator”, kārton “karton (qog‘oz)”, kārt-e vorudtaklif qog‘ozi”, ādres “adres”, kod-e posti “pochta indeksi”, fiš-e bānki “bank kartochkasi”, pākat “qog‘oz xalta” (paket), “konvert” personel “xodimlar”, dowre-ye gārānti “kafolat muddati”, pomp-e benzin “benzonasos’, mekānik “mexanik”, elektromekānik “elektromexanik” va boshqa o‘zlashmalar mavjud30.

Veinrich fors tilidagi inglizcha o‘zlashmalarni quyidagicha formal klassifikatsiya qiladi:



  1. To‘liq o‘zlashgan so‘zlar: Ing. baby-sitter > Fors. beybi-siter (= fors. parastār ‘nurse’), Ing. box > bāks (= fors.-arab. ja’be; yek bāks-e sigār ‘one box of cigarettes’).

  2. Yasalgan o‘zlashmalar: qisman morfologik qo‘shimchalar hisobiga aralash yasalgan o‘zlashmalar: bāysikel-rān ‘cyclist’< Ing. bicycle + fors. rān (rāndan ‘to drive’), ček kardan ‘to control, esperey kardan ‘to spray.

Fors tilidagi inglizcha o‘zlashmalar Eronda bugungi kundalik hayotning barcha jabhalarida mavjud. Quyidagi misollarda har bir so‘z bir semantik toifada berilganini ko‘rish mumkin. Qulay bo‘lishi uchun misollar olingan adabiyotlar shartli qisqartmalar orqali beriladi:


Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish