Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xmis va turizmi fakulteti



Download 66 Kb.
bet5/11
Sana31.12.2021
Hajmi66 Kb.
#254900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

Tadqiqotning metodi. Tadqiqotni o‘rganish mobaynida ma’lumot to‘plash, tarjima, tahlil hamda tizimli yondashuv kabi usullardan foydalanildi.

Tadqiqot ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. TILLAR LEKSIKASIDA O‘ZLASHGAN VA NEOLOGIZM QATLAMLAR

1.1. Tillar leksikasida o‘zlashgan qatlamlar

Til – millat ko‘zgusidir. U millatning o‘zligini, ma’naviy qiyofasini ko‘rsatib beruvchi bebaho boylikdir. Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida til muhim o‘rin tutadi. Har bir xalq, millat o‘z tiliga hurmat bilan qaraydi. Chunki til millatning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Shuningdek, barcha til doimo jamiyat bilan bog‘liq holda harakatda bo‘lib, o‘z qiyofasini boyitib, o‘zgartirib hamda yangilab boradi.

Tillarda leksika eng harakatchan, doim rivojlanuvchi komponent hisoblanadi. Jamiyatda yuz bergan yangiliklar, rivojlanish va o‘zgarishlar leksikada o‘z ifodasini topadi.

Umuman olganda leksikaning rivojlanishi ikki yo‘nalishda boradi. Bir tomondan, leksika o‘z taraqqiyoti jarayonida jamiyat taraqqiyotida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni, yangiliklarni ifodalash orqali boyiydi. Leksika boshqa tillardan qabul qilingan so‘zlar, yaratilgan yangi so‘zlar, yangicha atamalar, yangicha iboralar so‘zlarning o‘z ma’nolarini o‘zgartirishlari hisobiga boyib boradi. Leksikada yuz bergan o‘zgarishlar til tizimiga bog‘liq bo‘lmaydi. U jamiyat bilan bog‘liq holda o‘zgaradi. Ikkinchi tomondan, leksika o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z vositalari yordamida yangi so‘zlar yasash hisobiga boyiydi.

Yuqorida aytib o‘tilgan jarayon til tizimi (grammatikasi) bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Til tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tarzda leksikaga kirib kelgan so‘zlar o‘zlari shakllangan ma’lum bir davrni, jamiyatni qisman ifodalaydi.

Leksikaning rivojlanishi, boyishi quyidagi yo‘llar bilan amalga oshadi:

1. Boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashtirish yo‘li bilan;

2. Tilda qo‘llanilib kelgan ayrim so‘zlarning yo‘qolishi7;

3. So‘zlarning o‘z ma’nolarini o‘zgartirishi va bu jarayon quyidagicha amalga oshishi mumkin:

a) so‘z ma’nosining to‘liq o‘zgarishi;

b) omonim so‘zlarning paydo bo‘lishi;

d) so‘z ma’nolarining kengayishi;

e) so‘z ma’nolarining torayishi8.

Tillar bir-biridan himoyalanmagan. Bir til boshqa bir tildan tovushlar, so‘zlar va birikmalarni o‘zlashtirishi mumkin.

O‘zlashtirish, ya’ni o‘zlashtirilayotgan til tomonidan so‘z boyligini yanada oshirish, o‘zlashma neologizmlarni yanada mukammal, jarangdor bo‘lishiga, ya’ni o‘zlashtirgan tilning qoidalariga tayanib boyitiladi.

Ilm-fan, texnika tarqqiyoti, ijtimoiy hayotning ko‘pchilik sohalaridagi yangiliklar mislsiz darajada yangi so‘z va terminlar yaratdiki, bular dunyoning qaysi tilida va qaysi xalq tomonidan yaratilgan bo‘lishiga qaramay, fors tili lug‘at tarkibining boyishiga, uning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir qilib kelyapti. Kirib kelgan yangi so‘z va terminlar fors tilining o‘z ichki imkoniyatlariga suyangan holda qabul qilindi. Bu leksik birliklardan fors tilining og‘zaki va yozma nutqida faol foydalanib kelinmoqda.

O‘zlashmalarning tilga kirib kelishi har davrda o‘ziga xos bo‘lgan. Inglizcha o‘zlashmalarning fors tiliga kirib kelishining dastlabki davrlarida og‘zaki nutq, og‘zaki aloqa muhim o‘rin tutgan bo‘lsa, keyinchalik yozma manbalar, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari nutqi, ayniqsa tarjima va matbuot tili muhim rol o‘ynagan.

Agar so‘z o‘zlashuvining aniq sabablariga to‘xtalsak, birinchi navbatda, shuni aytish kerakki, bir til ikkinchi bir tildan birorta so‘z o‘zlashtirish uchun shu o‘zlashayotgan so‘z qabul qiluvchi tilda bo‘lmaganligi, u o‘sha tilda zarur va hayotiy ehtiyoj bilan bog‘liq bo‘lgan narsani anglatib va ifodalab kelganligi asosiy omildir. Bu holatlar uchun, odatda, o‘zga tildan qabul qilinayotgan narsa, predmet, hodisa va tushunchalar bilan ularning nomlarining o‘zlashuvi xarakterli hisoblanadi. Bunday paytlarda qabul qiluvchi til juda tejamkor bo‘lishga intiladi, binobarin, kirib kelayotgan yangiliklarni iloji boricha bir so‘z tarzida o‘zlashtiradi. Unga mahalliy tilda izoh berilib o‘tirilmay, o‘sha yangi predmet, hodisa yoki yangi tushuncha o‘z holicha qabul qilinadi.

Xalqaro aloqalarning kengaya borishi, globallashuv, fan, madaniyat, sanoat, siyosat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi ilg‘or tajriba almashuvlar, dunyoning turli nuqtalaridan kelgan xabar va ma’lumotlarni har kim o‘z ona tilida qayta ishlab chiqishi kabi obyektiv va zaruriy omillar tillar rivojiga, ularning lug‘at tarkibining tashqi manbalar hisobiga boyib borishiga barakali ta’sir qilmoqda. Ushbu ta’sir tilning barcha tomonlarida – fonetik tarkibida, morfologik va leksik-semantik tuzilishida, grammatik qurilishida o‘z aksini topmoqda.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tildagi o‘zgarish lug‘at jamg‘armasida ko‘proq namoyon bo‘ladi, chunki xalq tarixida ro‘y bergan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘zgarish tufayli yangi so‘zlar kirib keladi, ayrimlari chiqib ketadi. Boshqa tillardan farqli ravishda o‘zlashmalarning kirib kelish holati fors tilida so‘zlarning ekvivalentlarini ko‘payishiga xizmat qimoqda.

O‘zlashgan qatlam – til leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Dunyodagi ko‘plab tillar boshqa tillardan leksik qatlam o‘zlashtirishadi. Masalan, bugungi kunda dunyo tillaridan eng faoliga aylanayotgan inliz tilining o‘zi ham boshqa tillardan doimiy tarzda so‘z o‘zlashtirib kelmoqda. Hozirda kundalik hayotdagi nutqda inglizlar keng qo‘llayotgan gaplar tarkibining asosi boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlardan tashkil topgan. Misol uchun ushbu gapga e’tibor qaratsak: “The mosquitoes circled around the yogurt that had spilled onto the mattress”. Ushbu gapning deyarli yarmi o‘zlashgan so‘zlardan iboratdir. Xususan, “mattress” kelib chiqishiga ko‘ra arabcha so‘z9, “yogurt” turkiy tildan o‘zlashgan10, “mosquito” ispan tilidan o‘zlashgan11 bo‘lsa, “circle” so‘zi bo‘lsa, qadimgi fransuz tilidan ingliz tiliga kirib kelgan so‘z sanaladi12.

O‘zbek tilida ham maktab (arabcha)13, daraxt14 (fors-tojikch), axta (mo`g`ulcha)15, afandi (turk)16, avtobus (ruscha baynalmilal)17 va boshqalar. Fors tili leksikasida esa مرسی (fransuzcha), معمولاٌ (arabcha), آقا (turkcha), سماور (ruscha),بانک (inglizcha) so‘zlarni uchratishimiz mumkin.

Veinrix tillar doimo aloqadaligini qayd etar ekan, turli tilda so‘zlashuvchilar orasidagi muloqot ko‘pincha tashqi o‘zgarishlarga olib kelshini ta’kidlaydi hamda tillar aloqasini shunday izohlaydi: “Ikki yoki undan ortiq tillarda alternativ tarzda ayni bir odam so‘zlasa, jamiyatda bilingualizm shakllanadi. Bilingualizmning mavjudligi esa til grammatikasi va leksikasida ko‘plab o‘zgarishlarga olib keladi va bir tildan boshqasiga so‘zlar o‘zlashib qolishiga sabab bo‘ladi”18.

Tomas va Kaufman ham buni tasdiqlagan holda shunday ta’kidlaydi: “Qachonki, ikki tilli insonlar orasida muloqotga kirishilsa, albatta, so‘z o‘zlashtirish hodisasi yuz beradi”19.


Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish