Toshkent davlat transport universiteti 2–laboratoriya



Download 125,18 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi125,18 Kb.
#719446
Bog'liq
2-laboratoriya ish

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

2–laboratoriya


Elektr xavfsizlik bo‘yicha tashkiliy chora tadbirlarni o‘rganish
Naryad va farmoyish beruvchi ishlarni xavfsiz bajarish imkoniyatini belgilaydi. U naryadda ko‘rsatilgan xavfsizlik choralarining to‘g‘riligi va yetarliligi uchun, jamoaning sifat va son jihatdan tarkibi hamda javobgar shaxslarni tayinlash uchun, shuningdek, naryadda ko‘rsatilgan xizmatchilar bajarishi kerak bo‘lgan ishga ularning elektr xavfsizligi guruhi bo‘yicha muvofiqligi uchun javobgardir.
Naryad va farmoyishni berish huquqi korxonaning va uning tarkibiy qismlarining V guruhga mansub ma’muriy-texnik xodimlariga beriladi.
Naryad berish huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlar bo‘lmaganda, kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish uchun ushbu elektr qurilmani ekspluatatsiya qiluvchi IV guruhga mansub navbatchi xodim tomonidan naryad va farmoyish berishga ijozat beriladi.
Bunday paytlarda navbatchi xodimga naryad berish huquqi korxona rahbariyatining yozma ko‘rsatmasi bilan rasmiylashtirilishi shart.
Ish rahbari naryadda ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik choralarining bajarilganligi va yetarli ekanligiga, ishga qo‘yuvchi va ish bajaruvchi tomonidan jamoa a’zolariga berilgan yo‘l-yo‘riqning sifati va to‘liqligi uchun, shuningdek, ish jarayonida ishni xavfsiz olib borishni tashkil qilish uchun javob beradi.
Ish rahbarlari etib V guruhga mansub muhandis-texnik xodimlar tayinlanishi shart. Agar bajarilayotgan ishning ayrim bosqichlari ish rahbarining uzluksiz nazorati ostida va ish rahbari boshchiligida bajarilishi zarur bo‘lsa, u holda naryad beruvchi naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satriga bu haqda yozib qo‘yishi shart.
Ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchi shaxs ish bajarish uchun ko‘zda tutilgan uskunani o‘chirish va yerga ulash choralarining yetarliligi va ularni amalga oshirish mumkinligi, shuningdek, ishga qo‘yiladigan jamoalarning ish vaqtlari va joylarini muvofiqlashtirish uchun javobgar hisoblanadi.
Ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yishga ijozat beruvchi shaxs navbatchilarga yoki ish joyini tayyorlayotgan tezkor ta’mirlovchi xodimlarga, shuningdek, ishga qo‘yuvchilarga uskunada oldindan bajarilgan o‘chirish va yerga ulash ishlari haqida ma’lumot berishi shart.
Ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat berish huquqiga lavozim yo‘riqnomasiga asosan IV guruhga mansub navbatchi xodimlar, shuningdek, korxona ko‘rsatmasi bo‘yicha bunga vakolat berilgan ma’muriy-texnik xodimlar haqli bo‘ladi.
Ish joyini tayyorlovchi shaxs ish joyini tayyorlash bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgan choralarning to‘g‘ri va aniq bajarilishi, shuningdek, ish sharoitlari bo‘yicha talab qilinayotgan choralar (qulflarni, plakatlarni, to‘siqlarni o‘rnatish va hokazo) uchun javob beradi.
Ish joylarini tayyorlashga navbatchilar yoki elektr qurilmasida tezkor almashlab ulashlarni bajarishga ijozat berilgan tezkor ta’mirlovchi xodimlarning huquqlari bor.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 125,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish