Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


Savdo cheklovi va Monopoliyaga qarshi qonunlar



Download 1,19 Mb.
bet122/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Savdo cheklovi va Monopoliyaga qarshi qonunlar

Siyosat hamkorlikni rag‘batlantirmasligini bir yoMi umumiy qonun orqali hisoblanadi. Odatda, shartnoma erkmligi bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Korxonalar va uy ho‘jaliklari o‘zaro manfaatli savdo tashkil qilish shartnomalaridan foydalanadi. Bu ishda, ular shartnomalami amalga oshirish uchun sud tizimiga tayanadi.

Monopoliyaga qarshi qonunchilik— davlatning Monopoliyaga qarshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga ko‘ra, Monopoliyaga qarshi qonunchitik asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga bmoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigMni nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdoridan ortig‘iga ega bo‘la olmasligi belgilab qo‘yiladi. Uchinchidan, narxlami bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.

Davlatning Monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boigan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda Monopoliyani o‘matishga urinishlar va Monopol mavqeni suiiste’mo 1 qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890- yilda qabul qilingan. Monopoliyaga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur boigan chora tadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogiom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli ko‘rinishdagi, Monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Masalan, AQShda Monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoilabquwatlash vazirligi, Yaponiya va Janubiy Koreyada — Halol raqobat bo‘yicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat bo‘yicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

0‘zbekistonda Monopoliyaga qarshi organ 1992-yilda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996 yil 15 mayda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi. 2000- yil 2-avgustda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “0‘zbekiston Respubllkasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi.

0‘zbekiston davlatining raqobatchiiik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchiiik muxiti vujudga keladi.

Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalardagi korxonalar uchun ulaming bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqarish muhim o‘rin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishini, ulaming faoliyati tijoratlashgan bo‘lishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga o‘tish davrida raqobatning asosiy usuli narx bo‘lganligi sababli, narxlami erkin qo‘yib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning asosiy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda 0‘zbekistonda “Monopolistik faoliyatini cheklash to‘g‘risida”gi qonun (1992-yil 3-avgusat) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum normativ hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab takchlllik yaratish, narxlami Monopollashtirish, raqobatchilaming bozorga kirib borishiga to‘sqmlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi.

Hozirgi davrda 0‘zbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotnmg 35% dan ortiq bo‘lsa, bu korxona Monopolist korxona sifatida Davlat reyestriga kiritiladi (oziqovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% qilib helgilangan).

Respublikada Monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq)laming bozordagi mavqeini tartibga solishda bir qator usullardan:

  • Monopol mavqedagi mahsulotlarga narxlaming eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qo‘yish;

  • o‘z Monopol mavqeini suiiste’mol qilgan Monopolik birlashmalami bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish usuilaridan foydalaniladi.

0‘zbekiston Respublikasining “Iste'molchilammg huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” (1996- yil 26- aprel)gi qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e'tibor berilgan.

0‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida” qonuni (1996- yil 27- dekabr) Monopolistlar tomonidan hukmronlik mavqeini suiiste’mo 1 qilishning oldini olish va mo-noAhmadiyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini ko‘zlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shakllantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, "tabiiy Monopoliyalar" deb ataladi. 0‘zbekiston Respublikasining "Tabiiy Monopoliyalar to‘g‘risida"gi qonunida (1997 yil 25 aprel, yangi tahrirda 1999 yil 19 avgust) respublikada tabiiy Monopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. 0‘zbekistonda iqtisodiy islohotlaming tub mohiyatidan kelib chiqqan holda Monopoliyalarga qarshi va tabiiy Monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik

takomillashtirilib, ulaming Yevropa Ittifoqi va boshqa rivoj langan qonunchillk andozalariga mos kelishi ta'minlab borilmoqda.

Bu qonunlar istalgan yolg‘iz firmada birlashishni oldini olish uchun ortiqcha bozor hokimyatiga olib kelishda ishlatiladi. Bundan tashqari bu qonunlar birlashish ro‘yxatidan xususiy Oligopoliyalarda foydaianiladi, o‘shanda ulaming bozorida kamroq raqobat bo‘ladi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish