Toshkent moliya instituti moliya fakulteti "davlatiy moliya" kafedrasi utanov asrorbek zokir o



Download 400,93 Kb.
bet25/28
Sana29.12.2021
Hajmi400,93 Kb.
#85809
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Utanov DIPLOM ready 9.06.2020

XULOSA VA TAKLIFLAR


Davlat moliya tizimida davlat krediti yoki davlat qarzlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlashga, iqtsiodiyot sohasini rivojlantirishga, harbiy sohalarni saqlab turishga, shuningdek, davlat qarzlarini qoplashga xizmat qiladi. Davlat qarzi – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlardir. Davlat qarzlarini yuzaga kelishi bo’yicha davlat tomonidan mablag’larni jalb qilish tushunchasi ham mavjud bo’lib, bunda aktivlarni jalb etish, bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi- rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to’lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Davlat ichki va tashqi qarzlarni hisobini yuritadi hamda doimiy nazorat qilib boradi. Jalb qilingan mablag’lar asosan maqsadli yo’nalishlarga sarflanadi. Byudjet taqchilligi tushunchasi ham mavjud bo’lib, u asosan xarajatlar daromaddan oshib ketganda yuzaga keladi hamda davlat qarzini keltirib chiqaradi. Uning moliyalash manbalari esa byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yoriqnoma asosida tartibga solinadi. Davlat qarzlarini boshqarish deganda davlat zayomlarini qaytarish, ular bo’yicha daromadlar to’lashni tashkil qilish, oldin chiqarilgan zayomlar uchun belgilangan shartlar va muddatlarni o’zgartirish hamda yangi qarz majburiyatlarini joylashtirish bo’yicha davlatning moliyaviy tadbirlarining majmuasi tushuniladi. Davlat tomonidan mablag’ jalb qilishning xorijdan moliyaviy institute va tashkilotlardan, davlat kafolat berish orqali hamda hukumat nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog’ozlar bo’yicha qarz majburiyatlari orqali yuzaga keladi. O’zbekistonning hozirda ichki qarzlari mavjud emas. Tashqi qarzlari esa barqaror darajada ya’ni ko’pchiligi uzoq muddatli qarzlar hissasiga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasining tashqi qarzi 2021-yilga borib YaIMga nisbatan 43.8 foiz bo’lishi rejalashtirilmoqda. Davlat qarz majburiyatlari konversiya, konsolidatsiya, unifikatsiyalash, regressiv nisbat bo’yicha obligatsiyalarni almashtirish, qaytarish muddatlarini kechiktirish, qayta tarkiblash (restrukturizatsiya) va bekor qilish kabi metodlar orqali boshqariladi. Har biri o’z afzalligiga ega.

Davlat qarzini samarali boshqarish uchun bir nechta takliflarni bildirish mumkin:



  1. Davlat qarzi to’g’risidagi qonun bugunga kunda ancha eskirib qolganligi (1996-yil qabul qilingan) tufayli, bugungi zamon iqtisodiy shartlarini qanoatlantiradigan, yangi Davlat qarzi to’g’risidagi qonun ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

  2. Davlat qarzini shaffofligini ta’minlash maqsadida, choraklik, oylik ma’lumotlar OAV orqali keng jamoatchilikka taqdim etilishi lozim.

  3. 1990-yilgi Davlar zayomlari hali ham ochiq qolayotganligi tufayli, ushbu masalani tartibga soluvchi tartib ishlab chiqilishi lozim.

  4. Xalqaro tajribalardan foydalanib, kredit riskini hisoblab, tashqi qarzlardan unumli foydalanish va ularni doimiy monitor qilib borish kerak.

  5. Suveren kredit reyting barqarorligini ta'minlash

Download 400,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish