Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti



Download 1,39 Mb.
bet3/9
Sana14.06.2022
Hajmi1,39 Mb.
#667491
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar

Ishning tadqiq manbasi. Biz ushbu mavzuni o`rganishda ulug` yozuvchi, shoirlarning asarlari hamda adabiyotshunos, professorlarning ilmiy ishlari va amaliy ishlarini asos qilib olib, ularni nazariy jihatdan o`rganib chiqish hamda bu orqali dars mashg`ulotlarida qo`llash shart-sharoitlari bilan tanishish orqali umumlashma xulosalar asosida baholash usuliga tayanib ish ko`rdik.
Ishning yangiligi. Integratsiya mohiyati va ahmiyati o`rganilib Fanlararo aloqaga asoslanish aniqlanadi. Bu orqali Adabiyot darslarida integratsiyalash borasida qanday metodlarni qo`llash misollari kurs ishining yangiligini tashkil etadi.
Ishning tarkibi. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, unga tegishli fasllar, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, betni tashkil etadi.

I BOB. Integrativ yondashuvning ahamiyati va adabiyot fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi
1.1. Integratsiya va uning mazmun-mohiyati
Integratsiya atamasi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib qo‘shilish, birlashish ma`nolarini anglatadi. Ma`lumotlarni integratsiyalash har xil manbalarda mavjud bo‘lgan materiallarni ma’lum maqsad asosida birlashtirib taqdim etishni nazarda tutadi. Ta`lim jarayonida integratsiya 2 xil usuldagi ko`rinishda namoyon bo`ladi:
1. Ma`lum fan doirasidagi integratsiya
-bo`limlararo
-mavzulararo
2. Fanlararo integratsiya
-umumta`lim fanlararo
- mutaxassislik fanlariaro
Biz hozir o`rganmoqchi bo`lgan mavzumiz fanlararo integratsiyaning umumta`lim fanlariaro bo`limiga tegishlidir. Avvalo adabiyotga oid integrativ yondashuvni tadqiq qilishdan oldin integratsiya rivojlanishi va uning ahamiyatini o`rganmoq maqsadga muvofiq.
XIX-XX asrlar oralig`ida A.Y.Gerd. D.N. Kaygorodov va A.P.Pavlovlar tomonidan kichik maktab o`quvchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish fikrini o`rtaga tashladilar. Integratsiyalshgan ta`lim-tarbiyaning ayrim jihatlari mashur pedagoglarning Y.A. Komenskiy, D.Lokk, M. Pestolatsi, K. ushinskiylarning tadqiqot ishlarida ko`rib chiqilgan. Fanlararo va fanlar ichidagi aloqalar borasida T.G.Raizayeva, G.N. Akvileva, D.I.Troytap, G.V. Baltyukova, N.Y. Valenkin, N.M. Drujina, T.S. Nazarova, I.K.blinova, R.G. Matyushovalarning tadqiqotlari mavjud.
Keyingi paytlarda fanlararo integratsiya muammolari bilan professoe R.Mavlonova hamda N. Rahmonqulovalarning ancha jiddiy tarzda shug`ullanayotganliklari ko`rinadi. “Boshlang`ich ta`limning integratsiyalashgan pedagogikasi” metodik qo`llanmasi bu sohadagi jiddiy yutuqlardan biri bo`ldi. Metodik qo`llanma boshlang`ich sinflar bosqichini nazarda tutgan bo`lsa-da, unda umumiy o`rta ta`lim maktablarining 5-9 sinflardagi fanlar integratsiyasiga oid bo`lgan qiziqarli mulohazalar ham bildirilgan. Qo`llanmadagi “Ta`lim mazmunida o`quv fanlarini integratsiyalashning ilmiy va pegdagogik asoslarini ishlab chiqishning” maqsadga muvofiqligi haqidagi fikrlarga qo`shilish joiz. K.Abdullayev “Ozbek klassik adabiyotini o`rganish jarayonida predmetlararo aloqalardan foydalanish metodikasi ”nomli tadqiqotida adabiyot tarixi fanini o`rganishda O`zbekiston tarixi, badiiy adabiyot, san`at, musiqa singari fanlarning predmetlararo aloqalar silsilasida tutgan o`rni va ahamiyatini ko`rsatib bergan.
Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 %i ta`lim tizimida integrativ xarakterdagi o`quv dasturlari vadarsliklaridan foydalanib kelmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniya ta`lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy etilgan, Koreya va Shvetsariyada integratsiyalashgan fanlar yoki o`quv predmetlari alohida o`qitiladi.3 O`zbekistonda esa bu sohada dastlabki qadamlar qo`yilmoqda.
Pedagog U. Musayev integratsiyaning turli darajalarini taklif etadi4
Masalan: Mavzularni ketma-ket taqdim etish asosidagi integratsiya. Bunda o‘quv materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi, ya’ni oldingi o‘quv-materiali keyingisini to‘ldiradi.
Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez, yangi narsaning kelib chiqishi, kashfiyotdir. Alohida sistemalarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir.
Integratsiya – differensiatsiyaning aksi bo‘lib, unga teskari bo‘lgan jarayondir. Uni quyidagi yo‘nalishlarda tatbiq etish maqsadga muvofiq:
a) o‘quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish;
b) turli o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash;
v) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o‘quv kunini integratsiyalash.
Dars faqat ta’limiy bo‘lib qolmasdan, o‘quvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Mavzuni mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, o‘quv respublikamiz kelajagiga ishonch va e`tiqodni shakillantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Umuman olganda integratsiya darsi bir- biriga mos kelishi ( mavzu jihatdan) va puxta reja asosida tuzilgan bo‘lishi kerak.
Maktablarda o‘qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon nuqtayi nazardan juda muhim bo‘lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini o‘rnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularni mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.
Maktablarda o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli (fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon ilm-fanida esa iqtisodiy, siyosiy va madaniy fanlari integratsiyasiga moyillik yuqori turadi.
Maktab umumta’lim fanlarining tarqoq holda o‘rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog‘liqlikda o‘rgatilmasligi o‘quvchilar bilimini to‘la bo‘lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to‘sqinlik qilib, o‘quvchilarda qiyinlik uyg‘otadi.
Olimlarimizning fikricha, integratsiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi.
Bunday tushuncha ta’lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini yana bir bor ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.
Ta’lim sistemasiga integratsiyani kiritish maktab va jamoatchilik o‘rtasida turgan ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin. Integratsiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o‘rgatadi. Shuni alohida hisobga olish kerakki, maktablardagi boshlang‘ich sinflarda darslarning integratsion bog‘lanishlari ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan.
Mavjud turli fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy bo‘lmaganligi sababli integratsiya muammosi hamon olimlarimiz o‘rtasida bahsli masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘qitish jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik tushunchalar rivoji, asosiy va muhim ahamiyatga ega.
Integratsiya differensiya bilan uzviy bog‘liqdir. Bu uzviylik o‘quvchilarda olayotgan bilimlarini anglashga bo‘lgan intilishlari sistemasini barpo qilishlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Integratsiya – bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir.
Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan.
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini umumiy o‘quv predmetlari mazmuni va maqsadlarini ma’lum uzviylikda va o‘zaro mantiqiy bog‘langan holda tashkil qilish ta’limni sifat va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda o‘quvchi yoshlarni dunyoqarashini kengaytirib, ularni fikrlash olamini yorqin obrazlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Ta’lim mazmuni va ko‘lamini optimallashtirish, o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnalogiyalari bilan boyitish, ta’lim mazmunini o‘quvchi yoshlar ongi va tafakkurida hayotiy obrazlar vositasida gavdalantirishda ham integrativ yondashuvning imkoniyatlari ko`p.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish