Transplantologiya



Download 50,02 Kb.
bet1/6
Sana19.11.2022
Hajmi50,02 Kb.
#868856
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xosiyat


MAVZU: TRANSPLANTALOGIYANING AXLOQIY VA HUQUQIY MUAMMOLARI

REJA:


  1. Transplantologiya

  2. Transplantologiyaning tarixi

  3. Diniy nuqtai nazarda transplantologiya muammolari.

4. Transplantologiyaning yutuqlari.
5.Klonlashtirish.

Transplantologiya - bu organlarni transplantatsiya qilish muammolarini (xususan, buyraklar,jigar, yurak, o'pka va hakazo), shuningdek, sun'iy organlar yaratish istiqbollarini vamuammolarini o'rganadigan tibbiyot sohasi.
Transplantologiyaning bir necha turlari mavjud:
1. ksenotransplantatsiya - boshqa biologik turdan organlar yoki to'qimalarni
transplantatsiya qilish;
2. allotransplantatsiya - transplantatsiya, bunda transplantatsiya donori genetik va
immunologik jihatdan farqlanuvchi inson tanasi;
3. sun'iy organlar[1] ;
4. ildiz hujayralari yoki o'zak a'zolardan o'sayotgan organlar ;
Chexoslovakiyada birinchi yurak transplantatsiyasi (1968)
5. avtotransplantatsiya - transplantatni qabul qiluvchi transplantat organ uchun o'ziga o'zidonorlik qiladi.
Hayotiy organlarning, aynan, yurakning eksperimental transplantatsiyasi asoschisi AleksisKarreldir 1912-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. U eksperimentda organlarnitransplantatsiya qilish, ularni saqlash va tomirlar anastomozlarini qo'llash texnikasi bo'yichaamaliy tadqiqotlar olib bordi. U donor organlarni saqlash va perfuziya jarayonlarining asosiytamoyillarini ishlab chiqdi.
Odamdan odamga organ ko'chirishga birinchi urinish 1933-yilda Xersonda Y.Y.Voronoytomonidan amalda o'tkazilgan. Dunyo transplantologiyasining asoschilaridan biri rus olimiV.P. Demixov bo'lib, u 1951-yilda itga donor yurak transplantatsiyasinito'liq ishlab chiqdi. 1967-
yil 3 -dekabrda Janubiy Afrikalik jarroh Kristian Barnard avval Demixov bilan, shuningdek, birqator dunyo jarrohlik klinikalarida amaliyot o'tagan, dunyoda birinchi marta yurak ko'chiribo'tkazishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Keyptaun. Barnard Demixovni o'zining ustozi debhisobladi va uning laboratoriyasiga ikki marta tashrif buyurdi. Biroq, dunyo miqyosida shuhratqozongan Bernarddan farqli o'laroq, Vladimir Petrovich qashshoqlikda, kommunal kvartiradavafot etdi. O'shandan beri 40 mingdan ortiq bunday operatsiyalar allaqachon amalga
oshirilgan. SSSRda birinchi yurak transplantatsiyasi 1968-yil 4-noyabrda Sovet Armiyasi boshjarrohi Aleksandr Aleksandrovich Vishnevskiy tomonidan amalga oshirildi va birinchimuvaffaqiyatli transplantatsiya taniqli jarroh, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi ValeriyIvanovich Shumakov tomonidan amalga oshirildi. 1987-yil 12-mart. Tibbiyotda transplantatsiya qilish - bu qandaydir-bir a'zo yokito‘qimani bitta organizmdan ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazishdir.Odatda u eksperimental va klinik transplantatsiyaga ajratiladi.Eksperimental transplantatsiya - bu transplantatsiyaning klinik oldibosqichi bo‘lib, unda a'zo va to‘qimalami ko‘chirib o‘tkazishning barchamuammolari (biologik, jarrohlik va tashkiliy) ishlab chiqiladi. Retsipientgadonor a'zo va to‘qimalar transplantatsiya qilinganidan so‘ng, uningimmunitet tizimi holati - transplantatsiya qilishdagi muhim
muammolardan biridir. Bu muammoni eksperimental transplantatsiya
yordamida u yoki bu darajada hal qilish mumkin. Bundan tashqari,
ko‘chirib o‘tkazilgan, genetik farq qiladigan a'zo va to‘qimalarni normal
adaptatsiyasiga (moslashuviga) yordam beradigan yangi preparatlami
ishlab chiqish uchun ham eksperimental transplantatsiya muhim
hisoblanadi.
Transplantatsiya quyidagi turlarga ajratiladi:
• Autotransplantatsiya, yoki autologik transplantatsiya - transplantat
retsipientining o‘zi shu transplantatning donoridir. Og‘ir kuyishlar paytida
shikastlanmagan qismlardan kuygan qismlarga terini ko‘chirib o‘tkazish,
leykozlar, limfomalar va kimyoga ta'sirchan havfli o‘smalarda yuqori
dozali o‘smaga qarshi kimyoviy terapiyadan keyin ilik yoki gemopoetik
o‘zakli hujayralami autotransplantatsiya qilish.
• Izotransplantatsiya, izogen transplantatsiya - immunologik va
genetik jihatdan retsipientga aynan o‘xshash bo‘lgan uning tuxumdosh
egizagi transplantat donoridir.
• Allotransplantatsiya, yoki gomotransplantatsiya - genetik va
immunologik jihatdan farq qiladigan inson organizmi transplantat
donoridir.
28
• Ksenotransplantatsiya, yoki turlararo transplantatsiya - boshqa
biologik turdagi hayvonlardan olingan a'zolar transplantatsiyasi.
A'zolar va to‘qimalarni transplantatsiya qilishning turli-xil
texnologiyalarini qoTlanilishi, ham tibbiy, ham etik-huquqiy jihatdan
ma'lum cheklanishlarga ega.
Tibbiy omillarga - donomi immunologik saralash muammolari,
retsipientning sog‘liq ko‘rsatkichlari, operatsiyadan keyingi
immunosupressiv terapiyani o‘tkazishlar kiradi. Transplantatsiya qilish
chog‘ida eng katta qiyinchiliklar etik va huquqiy muammolar bilan
bog‘liq. Etik-huquqiy muammolaming ko‘pchiligi transplantatsiya qilish
texnologiyasining hal qiluvchi muhim masalalari - inson o‘lganligini qayd
qilish, yoki tasdiqlash, a'zolar va/yoki to‘qimalami tanadan ajratib olish,
hamda retsipientlar o‘rtasida taqsimlash, transplantologiyani
kommersializatsiyalash (ya'ni ushbu faoliyatni foyda chiqarish
maqsadlariga bo‘ysundirish) bilan bog‘liq.

Transplantatsiya tarixi
Donor a'zolari va (yoki) to'gimalarini tanadan ajratib olish
muammolari inson oTganligi yoki tirikligiga qarab ko‘riladi.
Ma'lumki, tirik donordan a'zoni ko‘chirib o‘tkazilishi uning
sog‘lig‘iga zarar yetkazish bilan bog‘liq. Bu holda shifokor “zarar
yetkazma” etik prinsipiga rioya qilolmaydi. Donor sog‘lig‘iga zarar
yetkazish va retsipient hayotini qutqarish dilemmasiga (ikki mushkul
imkoniyatdan birini tanlashdan boshqa iloj yo‘q holatga) uchraydi. Odatda,
ushbu dilemma, olinayotgan foyda va yetkazilayotgan zarar darajasini
solishtirish orqali hal qilinadi, va doim: olinayotgan foyda yetkazilayotgan
zarardan yuqori boTishi kerak qoidasi amal qiladi.
Yaqin qarindoshlar (tuxumdosh egizaklar, aka-ukalar, opa-singillar,
ota-onalar) yoki retsipientga hyech qanday qarindoshlik aloqasi bo‘lmagan
odamlar (er yoki xotinning qarindoshlari, oshna-og‘aynilar, yaqin
tanishlar) tirik donorlar boTishi mumkin. Turli davlatlarda inson
a'zolarining tirik donorlari doirasi qonuniy belgilab qo‘yilgan. O‘lik
insondan a'zolar va/yoki to‘qimalami tanadan ajratib olish donorlikning
eng tarqalgan turidir. Donorlikning aynan ushbu turi bir qator etik-huquqiy
29
va diniy muammolar bilan bog‘liq, ular orasida eng muhimlari
quyidagilardir:
• inson o‘lganligini qayd qilish (tasdiqlash) muammosi;
• o‘lgandan so‘ng o‘z a'zolaridan ihtiyoriy ravishda voz kechish
haqida istak bildirish muammosi;
• din nuqtai nazaridan transplantatsiya qilish uchun inson a'zolari va
to‘qimalari manbai sifatida inson tanasidan foydalanishga yo‘l qo‘yishlik
muammosi.
Bu muammolaming yechimi bir qator halqaro, milliy va konfessional
(diniy) darajadagi hujjatlarda beriladi.
XX asming oxirlarida reanimatsion, transplantologik va tibbiyotning
boshqa texnologiyalarini rivojlanishi sababli, inson o‘lganligini qayd qilish
(tasdiqlash) muammosi sof tibbiy muammolar darajasidan bioetik
muammolar toifasiga o‘tgan. Davolanishni saqlab turuvchi (bir maromda
ushlab turuvchi) terapiya, a'zo va to‘qimalami keyinchalik transplantatsiya
qilish uchun ulami chiqarib olish bo‘yicha chora-tadbirlami o‘tkazish
uchun bir savolga aniq javob topish kerak: inson organizmining qaysi
holati uning o‘lganlik vaqti deb tan olinadi?
Dunyoning aksariyat davlatlarida inson o‘limi bosh mezoni etib miya
o‘lishi deb tan olingan. Nevrologiyada miya o‘lishi konsepsiyasi
chegaradan o‘tgan koma holatini ffansuz nevropatologlari P. Molar va M.
Guion tomonidan ta'riflab berilganidan keyin ishlab chiqilgan. U inson
o‘limini organizmning nozik tizimlari, ya'ni sun'iy, biologik, kimyoviy va
elektron-texnik tizimlar bilan almashtirib bo'lmaydigan tizimlar
disfunksiyasi (ishdan chiqishi) va/yoki destruksiyasi (vayron bo‘lishi)
sifatida tushunishga asoslangan. Inson miyasi aynan shunday tizimdir.
Hozirgi vaqtda “miya o‘limi” tushunchasi qaytarib bo‘lmas behush holat,
mustaqil nafas olishni to‘xtashi va barcha miya ustuni (stvoli) reflekslami
g‘oyib bo‘lishi bilan birga butun miyaning ustuni bilan nobud bo‘lishini
anglatadi.
1968-yiIda miya o‘limining Garvard mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib,
shu yilning o‘zida bir oz aniqlashtirilgan ko‘rinishda dunyo tibbiyot
hamjamiyati tomonidan tan olingan (BMA Sidney deklaratsiyasi) (3-qism,
30
10-ilova). Keyingi yillarda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida
qonunchilik aktlari qabul qilingan bo‘lib, ularda miyaning o'lishi inson
o‘limi bosh mezoni deb tasdiqangan.
Hayotligida odamlar o‘limidan so‘ng o‘z a'zolarini transplantatsiya
qilish uchun foydalanishga berish haqida buyruqlami kamdan-kam
qoldirishadi. Bu aniq bir davlatda amal qilayotgan donor a'zolarini chiqarib
olishga oid huquqiy normalar, hamda etik, diniy, ruhiy-ahloqiy jihatdan
sub'ektiv sabablar bilan bog‘liq.
Hozirgi vaqtda inson a'zolari va to‘qimalari donorligi sohasida
o‘likdan a'zolami olishning uchta asosiy turi amal qilmoqda:
1. Eskirgan usulda chiqarib olish;
2. Rizolik prezumpsiyasi prinsipiga muvofiq chiqarib olish;
3. O‘z o'limidan so‘ng, insonning tanasidan a'zolarini chiqarib olishga
norizolik prezumpsiyasi prinsipiga muvofiq chiqarib olish.
A'zolami eskichasiga tanadan ajratib olish inson o'limidan so‘ng
tanasi davlat mulki deb tan olinishiga asoslangan. Bu holda davlat o‘z
ehtiyojlari yo'lida inson a'zolari va to'qimalarini ilmiy-tadqiqot va boshqa
maqsadlarda foydalanish huquqiga ega. Biroq, hozirgi vaqtda dunyoda
o'likdan a'zolami chiqarib olish, rizolik yoki norizolik prinsiplari
prezumpsiyalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Rizolik prezumpsiyasi prinsiplari - bu insonning qandaydir amallarga
oldindan berilgan roziligini tan olishdir, ya'ni agarda ushbu turdagi
a'zolami tanadan ajratib olinishi paytida, inson, a'zolarini tanadan ajratib
olinishiga norozi bo'lsa, unda u belgilangan tartibda o‘z noroziligini ifoda
qilishi lozim. Agarda hayotli paytida ushbu shahs, yo uning yaqin
qarindoshlari yoki qonuniy vakili uning o'limidan so'ng a'zolari yoki
to'qimalarini retsipientga transplantatsiya qilish uchun ajratib olinishiga
bildirgan o'z noroziligi haqida sog'liqni saqlash muassasasiga ma'lum
qilgan bo'lsa, o'likdan a'zo va to'qimalami ajratib olishga huquq
berilmaydi. Shu tariqa, agarda o'lgan inson, yoki uning qarindoshlari
bunga o'z noroziliklarini bildirishmagan bo'lsa, ushbu prinsip o'likdan
a'zo va to'qimalami ajratib olishga huquq beradi


Download 50,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish