Transport logistikasi



Download 479,57 Kb.
bet20/82
Sana02.03.2022
Hajmi479,57 Kb.
#479707
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Bog'liq
2 5339245940702187042

Nazorat savollari:
1. Mul’timodal tashuvlar haqida tushuncha bering.
2.Aralashtashish deganda nimani tushunasiz?
3. Intermodal tashuvlarga ta’rif bering.
4. Mul’timodal va intermodal tashuvlar qanday farqlanadi?
5. Mul’timodal va intermodal tashuvlarning belgilarini aytib bering.
6.Kombinatsiyalashgan tashish qanday tashkil etiladi?
7.Ekspeditor va tashuvchining farqlanishini tushuntring.
8. “Biggibek” tashuvlarga ta’rif bering.
9. “Biggibeking” termini nimani bildiradi?
10. Mul’timodal tashuvlar operatorining vazifasini tushuntirib bering.
2-mavzu. TOVARLAR HARAKATINING XALQARO TIZIMI
Reja:
1. Tovarlar harakati tizimining rivojlanishi
2. Tovarlar harakati xalqaro tizimining ta’rifi
3.Xalqaro tovarlarlar harakati logistik tizimlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish
4. Xalqaro tovarlar harakati tizimining transport infratuzilmasini yaratish. Xalqaro transport koridorlari. O‘zbekiston transport koridorlari
Tayanch so‘z va iboralar: zahira, stividor, lizing, ta’minot, "xalqaro tarmoq", ichki tashish qo‘mitasi
1. Tovarlar harakati xalqaro tizimining rivojlanishi
Bugungi kunda yuk jo‘natuvchilar yuklarni tashish va taqsimotni ixtisoslashgan kompaniya tomonidan olib boriladigan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq faoliyat sifatida qaramoqdalar. Zahiralarni minimal darajaga tushirishga intilish "g‘ildiraklarda saqlash" ni ta’minlash orqali tashishlarga bo‘lgan talabning ortishi, boshqalari bilan birga kerak. Bunga tashish bilan bog‘liq bo‘lgan katta hajmdagi hujjatlarni qayta ishlash jarayonini soddalashtirish va avtomatlashtirish yordam beradi. Ta’kidlash joizki, alohida faoliyat yuritadigan transport tizimlarining xarajatlari va sifati bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan va yagona kompleksga birlashtirilgan hamda o‘zida sifat, ishonchlilik, boshqaruvni mujassamlishtirgan tizimga o‘tadi (masalan, dengiz va havo transporti temir yo‘l, avtomobil va ichki suv transporti bilan birgalikda, shuningdek, temir yo‘l - avtomobil, avtomobil - suv transporti kabi quruqlikdagi transportlarning kombinatsiyalashgan usullari va boshqalar). Ushbu o‘zgarishlar transportning ikki asosiy sohaga bo‘linishiga olib keldi. Katta kompaniyalar tashishlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi, ya’ni mahsulotni tarqatish tizimidagi aloqalarni muvofiqlashtirish va transport jarayonini tegishli faoliyat bilan birlashtiradi. Kichik transport kompaniyalari tashishlarning muayyan turlariga yoki ayrim operasiyalarni amalga oshirishga ixtisoslashadilar (omborlashtirish, ishlov berish, stividor, lizing, ta’minot va boshqalar). Bunday o‘zgarishlar natijasida transportning alohida turlari manfaatlariga emas, balki taqsimot tizimidagi xizmatlarni optimallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
SHuningdek, moddiy-texnik ta’minot jarayoni ham o‘zgardi. Tovarlarni ishlab chiqarish, sotib olish va sotish yoki etkazib berish endi oldindan tayyorlab qo‘yilgan zahiralardan foydalanishni nazarda tutmaydi. Hozirgi vaqtda xom ashyo yoki tayyor mahsulotlarni etkazib berish ularga zarurat bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Bunda zahiralar minimal darajaga tushiriladi va transport operatorlari zarur zahiralarni ta’minlash uchun javobgar hisoblanadilar.
YUklar partiyasining kamayishi va yuklarni etkazib berish chastotasining oshgani sayin, tashuvchilar o‘z transport vositalari yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish darajasini oshirishga majbur bo‘ladilar. Ushbu maqsadga erishish uchun nisbatan katta hududlardan yuklarni to‘plashlari va yiriklashtirishlari talab etiladi. SHunday qilib, bugungi kunda yuklar asosan birlashtiriladi yoki tarqatish markazlariga to‘planadi. Tadqiqot natijalari tovarlarni bunday taqsimlash tizimining iqtisodiy jihatdan rentabelligini ko‘rsatmoqda. Tovarlar taqsimotining bunday tashkil etilishi energiyani tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish imkonini beradi. Transport kompaniyalarining faoliyat yuritish doirasi kengayganligi sababli ular tovarlarni tarqatish tizimida yuqori pozitsiyani egallab, uni tashkil etish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Buning natijasida moddiy-texnik ta’minot tobora transport kompaniyalari vazifasiga aylanib bormoqda. YUklarni tashishga qo‘shimcha ravishda, ushbu kompaniyalar ommaviy xizmatlarni ham taklif qiladilar, jumladan, omborga joylashtirish, tovarlar harakatlanishi uchun barcha transport hujjatlarini qayta ishlash, moliyaviy va ma’muriy masalalar.
Hukumatlar tovarlar harakati tizimlarining muayyan elementlariga bevosita aloqador emas. Ularning diqqat markazida bunday doirani yaratish mumkin bo‘lgan tizimni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Mahsulot taqsimotiga oid hukumat qarorlarining muddati korxonalardagidan ancha ko‘p bo‘lib, bu ayniqsa transport va infratuzilmaning moddiy-texnik sohasiga to‘g‘ri keladi. Tovarlar harakatlanish doirasini yanada kengaytirish uchun hukumatlar transport sektoridan tashqariga chiqadigan jihatlarni hisobga olishlari kerak. Masalan, sanoat va tijorat sohasida tarkibidagi siyosat masalalari tovarlarni logistik taqsimot tizimining tamoyilini qo‘llash orqali hal etiladi.
Korxona darajasida zahiralarni optimallashtirish, materiallarni qayta ishlash muddatini qisqartirish, robototexnikani va avtomatlashtirishni joriy etish, mehnat taqsimotini yanada yaxshilash va boshqalar orqali o‘z faoliyatlarini rasional hal qilish ustida doimiy ishlar olib borilmoqda. Ushbu chora-tadbirlarni qo‘llash orqali korxonalar strategik darajadagi (uzoq muddat davomida amal qilish kerak bo‘lgan tamoyillarni qamrab oladi) qaror qabul qilish bilan birga va cheklangan muddatlarda tezkor amalga oshirish lozim bo‘lgan tashkiliy xarakterga ega masalalarni bo‘yicha ham qaror qabul qiladilar.
Tovarlar harakati uchun xalqaro logistika tizimlarining tamoyili transport tizimini yakka tartibdagi transport turi bo‘yicha emas, balki yaxlit biri tizim sifatida qamrab oladi. SHuningdek bunga moddiy boyliklar oqimi (tashish, saqlash, axborotlashtirish va ishlab chiqarish) bilan bog‘liq moddiy-texnik ta’minot masalalari ham kiradi.

Download 479,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish