Tuproqlarning geografik kenglik bo`yicha tarqalishi



Download 230,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi230,25 Kb.
#85998
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tuproqlarning geografik kenglik boyicha tarqalishi



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

 

BIOLOGIYA YO’NALISHI 

III – bosqich

 

 talabasi



  

Najimov Akmalning 



 

TUPROQSHUNOSLIK VA O`SIMLIKSHUNOSLIK   

ASOSLARI FANIDAN 

 

“TUPROQLARNING GEOGRAFIK KENGLIK BO`YICHA 

TARQALISHI”

 

MAVZUSIDAGI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Namangan 2014 


TUPROQLARNING GEOGRAFIK KENGLIK BO`YICHA TARQALISHI 

 

Режа: 

1.  Tuproqlarning (gorizontal) kenglik bo`yicha zonal tarqalishi. 

2.  Tuproqlarning vertikal bo`yicha zonalarda tarqalishi. 

     3.   Tuproqlarning  introzonal  tarqalishi. 

4.   Tuproqlarning provintsial tarqalishi. 

     5.   Donli ekinlar sistematikasi va anatomik tuzilishi.   

 

 Tuproqlarning  geografik  tarqalish  qonuniyatlari  asosida  tuproq  paydo 



qiluvchi barcha omillar o`rtasidagi murakkab bo`lihsi o`zaro aloqalar va bir-birini 

taqozo qilish qonuniyatlari yotadi. Buning natijasida nafaqat turli tuproqlar paydo 

bo`l.chdi,  bu  jarayonlarning  turli  xil  tiplari  rivojlanadi,  hatto  u  yoki  bu 

tuproqlarning  hamda  tuproq  qatlamining  shakllaiishi  va  ularning  tarqalishi 

belgilanadi. 

Tuproq  paydo  qiluvchi  omillar  o`z  ta`sirlarining  geografik  ko`lamiga  ko`ra 

ikki  gruppa  ajratiladi.  Birinchi  gruppa  —  iqlim,  organizmlar  va  o`lkaning  yoshi 

bo`lib,  geografik  kenglik  miqyosida  quruqlikning  katta  qismlariga  tasir 

ko`rsatuvchi  omillardir.  Birbiridan  keskin  farq  qiluvchi  tuproq  tiplarining 

geografik  joylashish  qonuniyatlari  my  omillarga  bog’liqdir.  Ikkinchi  gruppa—

relef,  mikroiqlim,  oiia  jins  (grunt)  va  inson  faoliyati  bo`lib,  bu  tuproq  tipiping 

ichidagi  kichik  taksonomik  birliklar,  ya`ni  tuproq  tipchalari,  turlari  va  xillari 

kabilarning paydo bo`lishida asosiy rol’ o`ynaydigan omillardir. 

1. 


Tuproqlarning 

(gorizontal) 

kenglik 

bo`yicha 

zonal 

tarqalishi. 



Tuproqlarning  gorizontal  zonallik  tarqalishi  haqidagi  ta`limot  V.V.Dokuchaev  va 

uping  safdoshlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  eng  muhim  va  yirik  ilmiy 

yutuqlardan hisoblanadi.  

Tuproq  paydo  qiluvchi  eng  muhim  omillar  tekisliklarda  geografik  kenglik 

bo`ylab  zonal  yoki  mintaqalilik  qonuniga  bo`ysunganligidan,  bu  omillarning 

mahsuli bo`lgan tuproqlar ham shu zonallik qonuniga bo`ysungan holda tarqalgan 

bo`lib  bupi  gorizontal  (kenglik)  zonallik  deb  ataladi.  Gorizontal,  lonallikning 

mohiyati  shundan  iboratki,  eng  ko`p  tarqalgan  tuproq  tiplari  polosalar  shaklida, 

ekvatordan qutblarga tomop iqlim va organizmlar o`zgargan sari qonuniy ravishda 

bpridan  keyin  ikkinchisi  o`rin  oladi.  Lekin  bunda  zonalar  geografik  kenglik 

chizig’i parallellariga qat`iy mos keladi, shuningdek tuproqlarning joylanishi iqlim 

mintaqalariga qat`iy bog’liq degan xulosa chiqmasligi kerak. SHimoldan janubga 

tomon  quyidachgi  7  ta  gorizontal,  tuproq  zonalari  tarqalgan  bo`lib,  ular  iqlim 

zoialariga mos kelishidan tuproqning geografik yuialari ham deb yuritiladi: 

1. Arktika va tundra tuproqlari zonasi. 

2. Muzloq tayga, podzol, chimlipodzol tuproqli o`rmon zopasi. 

3. O’rmon sur tus tuproqli o`rmondasht zonasi. 

4. Qora tuproqli dasht Kashtan tuproqli quruq dasht zonasi. 

 

5. Surqo`ng’ir tus tuproqli cho`l zonasi. 



 

            Tuproq  zonalarining  kengliklari  har  xil  masofada  bo`la1di,  ma`lumki,  bu 

oraliq  masofada  tuproq  paydo  bo`lish  sha1  roitlarida  ozmi  ko`pmi  tafovutlar 



bo`lishi,  bu  esa  tuproq  zonalariniig  zonachalarini  keltirib  chiqarishi  mumkin. 

Masalan,  o`rmon  zonasining  shimolidagi  sof  ignabargli  taygada  tipik  podzol 

tuproqlar  zonachasi,  janubidagi  aralash  o`r1  monlarda  chimlipodzol  tuproqlar 

zonachasi va boshqalar.       

2.  Tuproqlarning  vertikal  bo`yicha  zonalarda  tarqalishi,  Tuproqlarning 

tarqalishidagi  vertikal  zonallikini  ham  birinchi  bo`lib,  V.V.Dokuchaev    aniqlagan 

edi.  Tog’li  rayonlarda  yuqori  qismlariga ko`tarilgan  sari  iqlim  va o`simliklarning 

o`zgarishi  bilan  tuproqlar  ham  jo`zgaradi  va  tog’  yonbag’irlarida  vertikal 

mintaqalar hosil qiladi, buni tuproqlarning vertikal zonallik  tarqalishi deb ataladi. 

Tekisliklarda tuproq tiplari  janubdan  shimolgatomon biri ikkinchisi bilan qanday 

o`rin almashib joylashgan bo`lsa, tog’li rel’ef sharoitida ham xuddi shunday o`sha 

tekislikdagi  tuproq  tiplari  tog’ning  etagidan  yuqorisigacha  joylashgan  degan 

xulosaga  kelingan.  Aslida  esa  tog’larda  rel’efning  murakkabligi  va  tuproq  paydo 

qiluvchi  jinslarning  xilmaxilligi,  quyosh  radiatsiyasining  miqdori,  atmosfera 

yog’inlari  bilan  namlanish  sharoiti,  o`simlik  qoplamining  tiplari  va  hayvonot 

dunyosi bilan bir tog’li rayon ikkinchisidan va umuman tekisliklardan keskin farq 

qiladi. Bunday tafovutlar tog’li rayon tuproqlari keng ko`lamda o`rganilishi tufayli 

aniqlanildi.  Ammo  tog’  tuproqlarining  paydo  bo`lish  tabiati  murakkab  va 

xilmaxildir. Tog’li rayonlarda o`ziga xos «avtonom» tuproq paydo bo`lish sharoiti 

mavjuddir. 

SHunga  ko`ra  tog’larda  tog’o`tloq  tuproqlari,  tog’  o`rmonqo`ng’ir 

tuproqlari,  jigarrang  tuproqlar  va  bo`z  tus  tuproq  tiplari  aniqlanganki,  bu  tuproq 

tiplari tekisliklarda uchramaydi.  

Tog’li  rayonlarda vertikal  mintaqalar  bo`yicha  tarqalgan tuproqlar o`zining 

qalinligi,  mexanik  tarkibi,  fizik  va  ximiyaviy  xossalari  bilan  tekislikdagi 

tuproqlardan anchagina farq qiladi. SHunga muvofiq tog’lardagi tuproq tiplarining 

nomini atashda «tog’» so`zi qo`shib ishlatiladi. Masalan, tog’ tundra, tog’ podzol, 

tog’ qora tuprog’i kabilar.  

Bundan  tashqari  tog’li  rayon  qaysi  geografik  kenglikda  va  qaysi  tuproq 

geografik  zonasida  joylashgan  bo`lsa,  undapg  vertikal  zonallik  xuddi  o`sha 

zonaning tuproq tiplari bilan boshlanadi. 

3. Tuproqlarning    introzonal    tarqalishi. 

Tuproq  tiplarining  shakllanishida  va  ularning  tarqalishidatuproq  paydo 

qiluvchi    millardan  birontasining  roli  boshqallrinikiga  nisbatan  kuchliroq  va 

ko`proq  bo`ladi,  natijada  shu  zonada  tarqalgan  asosiy  tuproq  tipidan  keskin  farq 

qiluvchi  tuproq  tipi  shu  zona  ichidan  joy  oladi  va  buni  tuiroqlarning  introzonal 

(zona ichida) tarqalishi  deb ataladi. Masalan, podzol tuproqlari zonasidagi botqoq 

tuproqlar,  

4.  Tuproqlarning  provintsial  tarqalishi.  Tuproqlarning  zonal  geografik 

tarqalishini  belgilaydigan  qonuniyatlarga  mos  kelmaydigan  yoki  undan 

chekinadigan  mahalliy  yoki  regional  tuproqgeografik  qonuniyatlari  ham 

mavjuddir.  Bunday  qonuniyatlardan  eng  yirigi  tuproqlarning  provintsial  yoki 

fatsial tarqalishidir. 

 

 




5. Donli ekinlar sistematikasi va anatomik tuzilishi.   

Donli  ekinlar  butun  yer  sharidagi  insonlarning  asosiy  oziq-ovqat  manbai 

hisoblanadi. Ulardan non va turli tuman taomlar, qishloq xo’jalik hayvonlari uchun 

to’yimli  yem-xashak  tayyorlanadi.  Donli  ekinlaridan  sanoatda  ham  ko’p 

foydalaniladi.  Ularning  donidan  piva  tayyorlanadi,  kraxmal,  spirt  va  boshqa 

mahsulotlar  olinadi.  Don  va  uni  qayta  ishlashdan  oziq-ovqat  mahsulotlari  olinadi 

hamda, qog’oz ishlab chiqarish sanoatida va boshqa tarmoqlar uchun xom- ashyo 

bo’lib  xizmat  qiladi.  Donli  ekinlar  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishning  asosini 

tashkil etadi. 

 

Ekin  maydoni  bo’yicha  don  ekinlari  yer  yuzida  birinchi  o’rinda  turadi. 



Dunyo  bo’yicha  qishloq  xo’jaligi  ekinlari  ekiladigan  maydon  bir  milliard  gektar 

bo’lib,  shundan  700  mln.  gadan  ortiq  maydonga  don  ekinlari  ekiladi. 

O’zbekistonda  ham  don  ekinlarining  ekin  maydoni  kengayib  hozirgi  kunda 

sug’oriladigan  yerlarda  boshoqli  ekinlar  1  mln.  ga,  sholi  137  ming.  ga,  lalmi 

yerlarda 300 ming.ga yerga don ekinlari ekilmoqda. 

 

Donli  ekinlar  morfologik  va  biologik  belgilariga  qarab  3  ta  biologik 



guruhlarga bo’linadi. 

1. Birinchi guruhga haqiqiy don ekinlari-qo’ng’irboshlilar (Roaseae) oilasiga 

mansub  bo’lgan  bahorgi    (bug’doy,  arpa,  javdar,  suli  va  tretikale)  va  kuzgi 

(bug’doy, arpa, javdar, suli) don ekinlari kiradi. 

 Bu guruhning asosiy belgilari : 

-donida uzunasiga ketgan egatcha bo’ladi 

-bir nechta (3-8)  boshlang’ich murtak  ildizcha chiqarib unadi  

-boshig’ining pastki gullari juda kuchli rivojlangan 

-gul to’plami boshoq yoki ro’vakdan iborat 

-issiqlikka talabchan emas 

-uzun kunli o’simliklari  

-namga juda talabchan 

-dastlabki fazalarida tez rivojlanadi 

-kuzgi va bahorgi formalari bor 



2.  

Ikkinchi  guruhga-tariqsimon  ekinlar  kiradi.  Roaseae  oilasiga  kiradigan 

ekinlardan  makkajo’xori,  jo’xori  (oq  jo’xori),  tariq,  sholi  va  Rolygonaceae 

(marjumakdoshlar) oilasiga mansub marjumak (grechixa) kiradi. 

     Bu guruhning asosiy belgilari: 

-donida uzunasiga ketgan egatcha bo’lmaydi,  

-doni bittadan boshlang’ich murtak  ildiz chiqaradi  

-gul to’plami ro’vak yoki so’tadan iborat  

-boshog’ining yuqorigi gullari yaxshiroq rivojlangan 

-faqat bahorgi navlari bo’ladi 

-issiqqa talabchan 

-qurg’oqchilikka chidamli  (sholidan tashqari). 

-qisqa kun o’simligi 

-dastlabki fazalarida sekinroq rivojlanadi 

  

3.  Uchinchi  guruh-dukkakli-don  ekinlari.  Bu  guruh  vakillari  dukkaklilar 



(Fabaceae) oilasiga mansubdir. Bularga-loviya, soya, no’xat, ko’k no’xat, yasmiq, 


burchoq,  mosh,  soya  ekinlari  kiradi.  Bu  ekinlarning  hammasi  o’q  ildizli,  bargi 

murakkab, mevasi dukkak, urug’ida oqsil modda ko’p bo’ladi. Biologik jihatidan 

dukkakli ekinlar xilma-xil bo’ladi. 

 


Download 230,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish