U. A. Sheripbayeva


Hisob-kitob (reja) — konstruksiya uslubi



Download 9,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/229
Sana01.07.2022
Hajmi9,88 Mb.
#721701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   229
Bog'liq
Q.x iqt va menejmenti

Hisob-kitob (reja) — konstruksiya uslubi. 
=> Bu uslub korxonada 
ishlab chiqarishni tashkil etishda ba’zi bir jihatlar yoki butun tizimni 
rivojlantirishning istiqbolli rejasini ishlab chiqishda qo'llaniladi. 
Maqsadga erishishning eng samaraii variantini tanlash, ya’ni qo'yilgan 
vazifalarni oqilona bajarishga imkon yaratadi.
Uslubning elementlari yoki tarkibiy qismlari: maqsad va vazifalarni 
aniqlash; ishlab chiqarish holatining tashldliy-iqtisodiy jihatlarini tahlil 
qilish; topshirilgan vazifalarni nisbatan samaraii bajarishda ishlab chi­
qarish imkoniyatlaridan to'la foydalanishning loyihalari hisob-kito­
bini aniqlash; turli taklif qiiingan variantlarga texnik-iqtisodiy hamda 
tashkiliy jihatdan baho berish; loyihalarni amaliyotga tadbiq etishni 
ilmiy asoslashdan iboratdir.
Amalga oshirilayotgan har qanday ilmiy tadqiqotda nazariy qism 
bo'lib, unda tadqiqotchi moddiy obyektlar bilan emas, balki ulaming 
abstraksiyalari va matematik modellari bilan ish ko'radi. Ilmiy tadqi­
qotlaming nazariy qismi erishilgan natijalami umumlashtirishga, kerakli 
m a’lumotlami olishga va tahUl qilinayotgan muammoning keyingi 
yo'nalishlarini oldindan aytib berishga yordam beradi.
13


Deduktiv usuli
=> umumiy qoidalar va qonuniyatlardan kelib chiqib, 
nisbatan juz’iy xulosalar chiqariladi. Har qanday iqtisodiy tamoyil va 
mexanizmning amal qffishini aniqlashda dastawal nazariy g'oyalarga, 
so‘ngra ulaming amal qilishiga asoslaniladi. Bu jarayon muammoni tadqiq 
etishning deduktiv usuli deb nomlangan. Yuqoridagi masalani tadqiq 
etishda, o'iganishda dastawal ma’lumotlar, voqealar, faktlar o'rganiladi.
Induktiv usuli. 
=> Bunda alohida bir xil faktlardan umumlash- 
tirishga, juz'iydan umumiy xulosalar chiqarishga tayaniladi.
Nazariy g'oyalarni yaratish jarayoni esa induktiv tadqiq etish usuli 
deb nomlangan. Demak, qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan 
har qanday iqtisodiy muammoni aw al uning nazariyasidan, ya’ni 
g'oyasidan amal qilishiga qarab o ‘rganish yoki bu muammoning ama- 
liyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi holatiga asoslangan holda 
g‘oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib borish mumkin.
Ikkala holatda ham iqtisodiy tamoyillarmng, mexanizmlaming, 
muammolarning yechimi samarali aniqlanishi kerak. Iqtisodchilar o‘z 
g‘oyalariga, taxminlariga, ayrim voqealarga, m a’lumotlarga asoslangan 
holda yaratgan yoki shakllantirgan g'oyalarini, taxminlarini gipoteza, 
ya’ni asoslanmagan g‘oya, deb atashadi. Ilmiy yoki amaliy gipotezalar 
induktiv va deduktiv tadqiqot usullari yordamida shakllantirilishi 
mumkin. Yuqorida ta ’kidlangan tadqiq qilish, o ‘rganish usullari 
qo‘llangan holda yaratilgan, shakllantirilgan tamoyillar, mexanizm- 
lardan foydalanib, u yoki bu muammoni hal etishning iqtisodiy siyosati, 
strategiyasi belgilanadi. Yaratilgan iqtisodiy siyosatni joriy etish 
mexanizmlari va ularni amalga oshirish usullarini iqtisodchilar mukam- 
mal o'rganishlari lozim. Respublikaning qishloq xo'jaligi tarmog‘ida 
mulkning turli shakllarini barpo etish g‘oyasi bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan davlatlardagi nazariy g‘oyalarga va ularning amaliyotda 
hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda respublika 
qishloq xo'jaligi amaliyotidagi holatlar, misollar, m a’lumotlar asos 
qilib olinib, bu jarayon tobora rivojlantirilib chuqurlashtirilmoqda.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanida qo'llaniladigan 
har bir uslub o'ziga xoslikka, afzalliklarga va ayni paytda m a’lum bir 
kamchiliklarga ham ega. Masalan, abstrakt-mantiqiy uslub xulosalari 
har doim haqiqiy voqelikka mos kelmasligi mumkin. Iqtisodiy- 
matematik uslub manbalami aniqlamasdan mavjud holatlarni aniqlab 
beradi, hisob-kitob konstruksiya uslubi mehnat hajmini hisobga olmaydi. 
Matematik modellashtirish uslubi yakuniy materiallarning, obyektiv 
m e’yoriy m a’lumotlarning katta hajmini talab qiladi.
14


Fanda tadqiqotlar oldiga qo'yilgan aniq maqsad va vazifalarga qarab, 
biror uslub yoki uslublar majmuasidan foydaianiiadi. Pirovard natijaning 
haqqoniyligini aniqlashning eng muhim yo'li — ilmiy xulosalarning 
amaliyotda, ishlab chiqarish tajiibasida keng isbotlanishidadir.
Qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatini o‘rganishda ishlab chiqarish­
ni tahlil qilishda, statistik, iqtisodiy-matematik, taqqoslash uslublaridan 
va bir necha yillik o'rtacha natijalardan keng foydaianiiadi.
Qishloq xo'jaligi ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy qismi bo'lganligi 
tufayli unda ishlab chiqarish usulining iqtisodiy qonunlariga amal qilinadi, 
uning o'ziga xos asosiy xususiyati biologik jarayonlarga asoslanganligidadir. 
Shuning uchun qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti faqat iqtisodiy qonunlar 
talabi asosida amalga oshirilib qolmay, balki biologik qonunlar asosida 
ham amalga oshiriladi, o'simlik va hayvonlaming o'sishi, ko'payishi, 
yashashi bevosita biologik qonuniyatlar asosida sodir bo'ladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. «Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining predmeti,
maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2. «Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanida qanday o'rganish
usullaridan foydaianiiadi?
3. Qishloq va suv xo ‘jaligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qanday huquqiy va m e’yoriy
hujjatlar qabul qiiingan?
4. Olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturini qishloq va suv x o ‘jaligi
tizimidagi korxona, tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
ta ’siri qanday?
5. Qishloq xo'jaligida erkin bozor munosabatlarini shakllantirish g'oya-
larini yaratishda iqtisodchi mutaxassislarning о ‘m i qanday?
6. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini o ‘ziga xos xususiyatlari nimalardan
iborat?
7. 
Qishloq xo'jaligida islohotlarni amalga oshirishning huquqiy-те’yoriy
asoslari nimalardan iborat?
8. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini milliy iqtisodiyotda tutgan о ‘mi
va aharniyati nimadan iborat?
9. Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo'jaligini rivojlanish istiq-
bollari qanday?
10. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida agrar sohani rivoj­
lantirish tamoyillari nimalardan iborat?



Download 9,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish