Universal pretsedent birliklar – Dunyo xalqlari lingvomadaniyatida keng tarqalgan pretsedent birliklar. Masalan: Zevs, Napoleon, Gerostrat, Robinzon Kruzo, Gamlet, Don Juan, Otello, Aleksandr Makedonskiy, Samarqand, Xirosima, Eyfel minorasi kabi mashhur nomlar; mashhur ibora va matnlar.
Filologik vertikal kontekst – Matn mazmunidan assotsiativ ravishda idrok qilinuvchi muayyan filologik xarakterdagi axborot.
Chog‘ishtirma Lingvokulturologiya – Lingvokulturologiyaning muayyan millat mentalitetini boshqa til egalari hamda madaniyati pozitsiyasidan turib tadqiq etuvchi bo‘limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |