Uzbekiston respublikasi



Download 1,52 Mb.
bet8/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#723113
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
2 5190881415062885396

Madaniyat va etnos. Darvoqe, yuqorida jamiyat, madaniyat va inson munosabatlari yaxlit tushuncha ekani, biri ikkinchisini talab qilishi, xalqsiz madaniyat yuzaga kelmasligini aytib wtdik. Madaniyat yakka shaxsning emas, balki xilqning ijodidir. Shuning uchun bir xalq ёki etnos – bir madaniyatdir, deb aytiladi.
İnsoniyat olami xalqlardan ёki etnoslardan tashkil topadi. Dunёdagi h’amma xalqlarning etnik tarkibini aniqlash qiyin, chunki bu xalqning shakllanishida bir necha etnoslar ishtirok etgan. Faqat minglab etnoslar bor, deb ayta olamiz. Ammo insonlarni yagona etnosga nima birlashtiradi? Boshqacha aytganda, bir xalqni tashkil qilgan odamlarning umumiy xususiyati nimalardan iborat bwlish kerak? Aksariyat olimlar umumiy xususiyatlar sifatida umumiy til, umumiy h’udud, xwjalik h’aёtining va madaniyatning birligi, umumiy milliy fel–atvorni kwrsatadilar.
Tarixga nazar tashlasak, umumiy til malum bir etnosning madaniy h’aёtida muh’im rol wynaganiga guvoh’ bwlamiz. Masalan, qadimgi Turonzaminning tub etnosidan biri swg’dlarning tili, h’aёti, turmush tarzi, xwjalik h’aёti twg’risida malumotlarga egamiz. Ular wtroq h’aёt kechirganlar va wzlarining tili h’amda ёzuvidan istifoda etganlar. Swg’d savdogarlaridan bir qanchasi savdo aloqalari munosabati bilan 1X asrda Baykal bwyi atroflarida wrnashib, muqim yashab qolganlar. Baykal bwyi atroflaridagi swg’dlar qadimiy Turonzamin tuprog’idagi swg’dlarning h’aёt tarzini, h’unarmandchiligini olib borib, davom ettirganlar. Eng muh’imi, swg’d ёzuvi va tili wsha Baykal atroflarida h’am davom etgan.
Ammo bugungi kundagi millatlararo ёki xalqaro til bilan qadimiy til madaniyatini bir xil h’odisa sifatida qaramaslik kerak. Masalan, h’ozirda Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Kanada, Afrika qitasidagi kwp davlatlarda turli etnik guruh’ga mansub odamlar ingli tilida gaplashadilar. Shunga kwra, bu mamlakatlardagi xalqni bir millat ёki bir etnos deb aytish mumkinmi? Albatta, ywq. Tilning bugungi kundagi ijtimoiy vazifasi bilan ilk davrdagi faqat malum etnik guruh’lar doirasida qwllanishini nazarda tutish kerak. Etnik guruh’lar tilni tashuvchilar bwlib, ularning tili wzlari uchun madaniy h’odisadir. Boshqa etnik guruh’larda malum bir tilning qwllanishi h’am (masalan, ingliz, rus va boshqa tillarning) madaniy taraqqiёtidagi wzgarishlar sifatida bah’olanadi. Xullas, h’ar ikki h’olatda h’am til millat va xalqning asosiy etkachi belgisidir.
İnsoniyat ibtidoiy yashash tarzidan tsivilizatsiyaga borgan sari, bir etnik guruh’ning tili keng miqёsda qwllana boradi. Albatta, bu tilning ёyilish sabablari kwp (bosqinchilik, texnika taraqqiёtida va madaniy rivojlanishda ustunlik va b.).
Xalq – etnik umumiylikning bosh shaklidir. Bu umumiylik ichida etnik guruh’lar til xususiyatlariga, kiyimlari, yashash joyi, oila xususiyatlariga kwra ajralib turadi. Malum h’ududlardagi keskin dialektal farqlar (masalan, Wzbekiston h’ududidagi shevalarning wzaro va Wzbekistondagi shevalarga nisbatan Afg’oniston wzbeklari shevasining keskin farqlanishi) bunga bir dalildir. Ammo dialektlardagi farqlar Afg’oniston wzbeklari bilan Wzbekiston h’ududidagi tub ah’oli wrtasidagi etnik birlik twg’risida shubh’a uyg’otmaydi.
Umuman olganda, tilning boshqa etnoslarda ёyilishi h’am yuksak madaniy h’odisadir. Etnos umumiy til va madaniyatni shakllantiradi.
Yana bir belgi – odam wzining qaysi bir etnik guruh’ga mansubligini anglashi h’am madaniy taraqqiёtning muh’im belgilaridin biridir. Bunday h’olda til va h’udud emas, balki insonlar qaerda va qaysi tilda gaplashuvlaridan qatiy nazar, wzlarining kelib chiqishini anglashi muh’imdir. Masalan, lwlilar, qaerda yashmasinlar, wzlarining ananlariga sodiq qolganlar va shunday bwlib qoladi. Ularning kiyinishlari, udumlari va urf–odatlari, kasb–kori h’amma mamlakatlarda deyarli bir xildir.
Turkiy xalqlar tirixida etnik guruh’larning wzini wzi anglashi xalqning aloh’ida diqqat markazida turgan. Ayniqsa, Wrta Osiё, Eron h’ududlarini Chingizxon istilo qilgandan keyin turkiy qavmlar etnik jih’atdan wzlarini anglashga aloh’ida etibor qaratdi. Eronda h’ukmronlik qilgan mwg’ul elxoniylari h’uzurida uzoq yillar bosh tabib vazifasida faoliyat kwrsatgan Rashididdin Fazlulloh’ Hamadoniyning “Jomeut –tavorix” asari bor. Asar X1V asr boshlarida ёzilgan bwlib, uch jildda iborat. Rashididdinga zamondosh bwlib, uning qwl ostida xizmat qilgan odamlarning guvoh’ berishlaricha, Rashiddin uch yil davomida Xitoydan kelgan Pwlod Chjen–Sin degan muarrixdan turkiy qavmlar tarixi bwyicha saboq olgan. Swngra Rashididdin turkiy qavmlar tarixiga oid boshqa manbalarni izchil wrgangan va “Jomeut–tavorix” asarini ёzishga kirishgan. Rashididdin turkiy qavmlarning h’ammasi Wg’uzdan tarqalgani, wz navbatida turkiy qavmlardan suldus, nayman, chinoz, boёvut kabi qator mwg’ul qavmlari ajralib chiqqani twg’risidagi qarashlarni nazariy jih’atdan asoslab berdi. Shuning uchun h’am keyingi asrlarda “turk–mwg’ul” degan termin paydo bwldi.
Turkiy qavmlar tarixida malum shaxslar emas, balki qavmlar madaniyatni bir avloddan ikkinchisiga olib wtdilar. Ayni shu xususiyat turkiy qavmlarning h’aёt tarzida, urf–odatlarida ananaviylikka sabab bwldi. Masalan, miloddan oldingi 1V–III asrlarda turkiy qavmlar ajdodlari qasamёd qilishda, boshqa davlatlar bilan sulh’ tuzishda wzlarining azaliy odatlaridan foydalandilar. Bu odatga kwra, ular sharobni oq otning qoniga aralashtirib ichganlar. Bu odatni buzganlarning taqdiri fojia bilan tugagan.
Etnos bilan h’udud wrtasida zich aloqa bor. Madaniy xususiyat – odatlar, ananalar, turmush twg’risida h’am shu gapni aytish mumkin. Malum h’ududda uzoq zamon yashagan etnosning ananasi muqim bir h’olatga keladi. Nafaqat tilda, balki h’aёt tarzida, xwjalik yuritishida, muloqotda boshqa etnoslardan, jumladan, kwchmanchi etnoslardan tamomila farq qiladi. Bunday h’odisa etnos bilan madaniy xususiyatlar wrtasidagi wziga xosliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun h’am bir h’ududda yashovchi etnosning madaniy xususiyatlari boshqasiga singishi qiyin kechadi. Bu h’odisa tsivilizatsiya rivojlangan davrda oson kechadi. Masalan, bir h’ududda yashavochi evropaliklar bilan Sharq xalqlari h’aёtida shuni kuzatish mumkin.
Etnos manaviy jih’atdan wzini xalqi bilan bir deb h’isoblashi h’ududiy va til belgilariga qaraganda muh’imroq. Bunday h’olatda til va h’ududiy birlik twg’risida emas, balki qon–qardoshlik va ruh’iy, manaviy jih’atdan birlik twg’risida gapirish wrinli. Masalan, wtgan asrning wrtalarida Frantsiya ёki Amerikaga borib yashab qolgan ruslar bor. Ularning avlodlari ona tilini unutgan, ammo qon–qardoshligi va manaviy jih’atdan wzlarini ruslarmiz, deb h’isoblaydilar. Shu jih’atdan olib qaralsa, turkiy va mwg’ul qavmlari tarixiy aloqalaridagi uzilish etnik jaraёnda h’am uzoqlashishlarga sabab bwldi. Chunki bu qavmlarda differentsiatsiya jaraёni keyingi 600–700 yil davomida kuchli kechdi. Shuning uchun h’am turkiy va mwg’ul etnoslari manaviy jih’atdan birlikni tasavvur qilishlari amri mah’ol. Faqat tarixiy asarlar, tilning qadimiy h’olati bu ikki qavmning etnik birligi twg’risida malumot bera oladi.
Etnosning h’aёtida malum bir diniy oqimning wrni h’am muh’im ah’amiyatga ega. Malumki, islomiyatdan oldin turkiy qavmlar shomonlikka etiqod qilganlar, yani shomonlik turkiy etnosning azaliy belgilaridan biridir. Shomonlik etiqodiga kwra, turkiy qavmlar Tangrini – osmonni iloh’iylashtirganlar, Umayni onalar va bolalarni h’imoya qiluvchi xudo sifatida etirof etganlar, muqaddas er–suv ruh’iga sajda qilib, ulardan madad tilaganlar. Hindistondan kirib kelgan buddaviylik Turk xoqonligi davrida (V1– V111 asrlar) ildiza ota olmadi, chunki turkiy qavmlarning h’arbiy h’arakatlariga buddaviylik aqidalari h’alaqit berishi tabiiy edi. Faqat Uyg’ur xoqonligi davrida (V111 asrning wrtasi – 1X asrning yarmi) buddaviylik, moniylik oqimi bilan birga, turkiy qavmlar madaniy h’aёtiga kirib keldi, chunki madaniy muh’it, ijtimoiy h’aёt wzgardi, turkiy qavmlar ananalarida, dunёqarashida wzgarishlar paydo bwldi. Ammo til, manaviy–ruh’iy omillar saqlanib qoldi. Zotan, turkiy etnosning tarixiy taqdirida manaviy omillar, vorisiylik, madaniyat va anana, wzini wzi anglash kabi omillar h’ar doim muh’im wrin egallab kelgan edi.
Malum etnosning h’aёtini bazi omillar tamomila wzgartirib yuborishi mumkin. Shu wrinda turkiy etnos h’aёtidagi yana bir h’odisaga etibor beraylik–da, keyin bir xulosaga kelaylik.
Migratsiya ёki tarixiy vatanlaridan kwchish etnosning qon–qardoshlik aloqalariga, tilga, h’ududiy birlikka, avlodlar orasidagi vorisiylikka, umumiy madaniyat va ananalarga barh’am berishi mumkin ekan. Buni bolgar xalqining tarixiy taqdiri misolida kwrish mumkin. Bugungi kunda Bolgariya h’ududidagi bir necha million xalq wzlarini bolgarlar deb ataydi. Bir necha asrlar oldin ular bulg’orlar deb nomlangan bwlib, turkiy qavmlardan h’isoblanardi. Bu qavm Azov dengizi bwylarida kwchmanchi h’aёt kechirgan. V111 asrda boshqa bir turkiy qavm – xazarlar ularni siqib chiqardi. Kwchmanchi bulg’orlar wrdasi parchalanib ketdi va ularning bir urug’i Dunay darёsidan wtib, h’ozirgi Bolgariyaga wrnashdi. Bu erda slavyan qabilalari yashardilar, ular h’am V1 asrda bu erga kelgan edilar. Turkiy bulg’orlar slavyan qavmini bwysundirib, slavyan–turk davlatini barpo qildilar. Hokimiyat tepasiga Asparux xon bwlib keldi. İkki etnik guruh’ning bir–biriga tasiri natijasida turkiy bulg’orlar slavyan tilini wzlashtirdilar. Endi slavyan guruh’iga mansub bwlgan bolgar tili shakllana boshladi. Bu til h’ozirgi bolgar tiliga asos bwldi. Shu tariqa turkiy etnos slavyan etnosiga aylanib ketdi. Faqat turkiy etnosdan bolgar degan nom qoldi, xolos.
Kwchmanchi bulg’orlarning bir tarmog’i esa İtil (Volga) va Kama darёsi orasiga joylashdilar. Buning natijasida yana bir Bulg’oriya davlati paydo bwldi (Bu davlat h’ozirgi Tatariston h’ududiga twg’ri keladi). Kwchmanchi bulg’orlar bu erda wtroqlashgan mah’alliy fin–ugor qabilalari bilan qorishib ketdilar va ular h’am wtroq h’aёt kechira boshladilar. Kwchmanchi bulg’orlar h’ozirgi tatar, chuvash, boshqird va İtil darёsi bwyidagi boshqa xalqlarning shakllanishida muh’im rol wynadilar. X–X1V asrlarda ular Wrta va Quyi İtil bwylarida kuchli davlat barpo qildilar. Ular Arab xalifaligi, Vizantiya, Sharqiy slavyanlar bilan savdo aloqalari wrnatgan edilar. Bulg’oriya h’atto Kiev Rusiga bas kela oladigan davlat edi. X asrda ёsh Bulg’or davlati qudratli Xazar xonligiga qarshi bwlib qolgan edi. Bulg’or shoh’i Olmos wz mavqeini tiklab olish maqsadida Arab xalifaligidan ёrdam swradi. Buning natijasida Bulg’oriya islomni qabul qildi. Turkiy–run ёzuvi wrniga arab ёzuvi kirib keldi, madrasalar ochildi va h’. Xullas, bir etnosning ikki tarmog’i taqdiri tamomila wzgarishga uchradi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish