V bob. Yo‘NALISHLARDA Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish тayanch so‘zlar va iboralar



Download 320,5 Kb.
bet10/11
Sana15.03.2023
Hajmi320,5 Kb.
#919310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5 YO‘NALISHLARDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISH

Bolalarni tashish
Bolalarni tashishni tashkil etish “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yorug’ paytida amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yo‘l, meteorologiya va boshqa sharoitlarga ko’ra haydovchi (kuzatib borilganda - uning ta’minlanishi uchun mas’ul bulgan shaxs) tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi kerak.
Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga shartnomalar tashuvchilar tomonidan guruhga o’qituvchilar yoki maxsus tayinlangan katta yoshdagi kishilar hamrohlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga hamrohlik qilish uchun tibbiy xodimlar ajratish masalasi joylarda sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qabul qilinadi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni shaharlararo sayohat-
ekskursiyalarga olib borish ta’qiqlanadi.
Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda tashuvchilar:
- bolalarni manziliga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlovchi maxsus qatnovlarni nazarda tutishga, ushbu qatnovlar ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdir. Bunday tashishlar bajarilishini, avtomobil yo‘llari holatini, bolalarni chikarish va tushirish punktlarini muntazam nazorat qilishga;
- yo‘nalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning o’tish vaqti ko’rsatilgan maxsus to’xtash belgilari o’rnatishga majburdir.


5.6. Avtomobillardan foydalanish samaradorligi
Avtomobillardan foydalanish samaradorligi deyilganda tashishni imkon darajasida kam material va mehnat xarajatlari bilan amalga oshirish tushuniladi. U bir tomondan avtomobilning konstruksiyasini takomillashtirish va harakatlanish sharoitlariga moslash bilan, ikkinchi tomondan tashishni tashkil etish darajasi bilan tavsiflanadi. Avtomobilning samaradorlik ko’rsatkichlariga tashishning energiya sig’imi, material sig’imi, mehnat sig’imidan foydalanish, unumdorligi, tashish tannarxi va keltirilgan xarajatlar kiradi.
Тashishning energiya sig’imi – avtomobilning bajarish uchun sarflagan energiyasi miqdoridir, kkal/100 yo‘lovchi km da o’lchanadi.


(5.6.1)

bu yerda: Qyo – avtomobilning tashishga sarflagan yillik yonilg’isi miqdori, l; δ – yonilg’ining (solishtirma massasi) zichligi; λ – yonilg’ining issiqlik chiqarish qobiliyati, kkal; W unumdorlik, yo‘lovchi km/yil.


Тashishning material sig‘imi ma’lum tashishni bajarish uchun sarflangan materiallar miqldorini ko’rsatadi va kg/1000 yo‘lovchi km da o’lchanadi.


(5.6.2)

bu yerda: Gk – avtomobil konstruksiyasidagi materiallarning massasi, kg; Ge – ekspluatatsiya jarayonida amortizatsiya xizmati muddatida sarflangan materiallar massasi, kg; Тa – avtomobilning amortizatsiya xizmati muddati, yil; ηi – ishlab chiqarishda materialdan foydalanish koeffisiyenti.


Ishlab chiqarishda materialdan foydalanish koeffisiyenti tovar shaklidagi materiallar massasini xom-ashyo shaklidagi materiallar massasiga nisbati bilan aniqlanadi:
(5.6.3)
bu yerda: Gt – tovar shaklidagi materiallar massasi, kg; Gk – xom-ashyo shaklidagi materiallar massasi, kg.
Mehnat sig’imidan foydalanish – transport mahsuloti birligiga to’g’ri keluvchi barcha toifali mehnatchilarning mehnati miqdori bo‘lib, odam soat/100 yo‘lovchi kmda o’lchanadi.
(5.6.4)
bu yerda: Тixk – mos ravishdagi haydovchi va chiptachilar, avtomobillarning texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirdagi, ma’muriy-boshqaruv xodimlarining mehnat xarajatlari, odam soat.
Тashish tannarxi ma’lum davrdagi tashish bilan bog’liq xarajatlar miqdorini shu vaqt mobaynida bajarilgan transport ishiga nisbati bilan aniqlanadi.
(5.6.5)
bu yerda: S tashishning tannarxi, so’m/yo‘lovchi km; C – ma’lum davrdagi tashish bilan bog’liq xarajatlar, so’m; P – bajarilgan transport ishi, yo‘lovchi km.
Тashishga ketadigan umumiy ekspluatatsion xarajatlar quyidagicha aniqlanadi:
(5.6.6)
bu yerda: Cyo – mavjud ekspluatatsion me’yorlar va yonilg’i narxi bilan aniqlanadigan yonilg’i xarajatlari;
Cm – yonilg’i xarajatlariga mutanosib deb qabul qilish mumkin bo‘lgan ekspluatatsion materiallarga xarajatlar ;
Cxt – texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash xarajatlari;
Csh – yangi va ularni ta’mirlash qiymatlaridan tashkil topgan shinalarga xarajatlar;
Cix – korxona hisoboti ma’lumoti bo‘yicha o‘rtacha haydovchilar (chiptachilar) ish haqi (bir turdagi avtomobillar uchun bir xil bo‘lishi lozim);
Ca – asosiy fondni tiklash uchun transport vositalariga kiritilgan amortizatsiya ajratmalari;
Ckx – hisoboti ma’lumotlariga ko‘ra olinadigan avtotransport korxonalarini boshqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar;
Cy – yo‘lda yeyilish darajasiga ta‘sir ko‘rsatish bilan bog‘liq yo‘lni tashkil etuvchi xarajatlari.
Тashish tannarxi samaradorlikning to’laqonli ob’yektiv ko’rsatkichi bo‘lolmaydi. Samaradorlikni taqqosiy baholash uchun asosiy ko’rsatkich sifatida keltirilganlik xarajatlarini qabul qilish maqsadga muvofiq.
(5.6.7)
bu yerda: Se – tashishning ekspluatatsion tannarxi;
– samaradorlikning sohaviy me’yoriy koeffisiyenti;
K – kapital qo’yilma;
- transport vositasining likvidatsion narxi;
W – avtomobilning o’rtacha yillik unumdorligi.
Keltirilganlik xarajatlari transport mahsuloti birligiga keltirilgan ekspluatatsion tannarx miqdori va yillik kapital qo’yilmadan foydalanish samaradorligini anglatadi. Avtobuslar uchun bog’liqlik mavjud:
(5.6.8)
Yo‘lovchilarni tashish samaradorligi uning sifatiga ham teng, ko’p hollarda ishlab chiqariladigan avtobuslarning turi, yo‘lovchilar oqimi va ekspluatatsiya sharoitiga mosligi darajasi bilan aniqlanadi.
Mazkur bobda bayon etilganlardan quyidagi umumiy xulosalarga kelish mumkin:
avtobuslar harakati jadvalini mukammal ishlab chiqish murakkab masala hisoblanadi. Murakkablik jihati shundaki, turli yo‘nalishlarda yo‘l sharoiti turlicha bo‘lishi hisobiga avtobuslar harakat tezliklariga turli omillar ta’sir etadi. Ta’sir etuvchi omillarning tasodifiy xarakterga egaligi masalani yanada murakkablashtiradi;
“tig‘iz soat”larda avtobuslar harakatini tashkil etishda ko‘plab qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu sababdan, “tig‘iz soat”larda avtobuslar harakatini tashkil etish bo‘yicha harakat jadvalini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratish lozim.



Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish