V bob. Yo‘NALISHLARDA Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish тayanch so‘zlar va iboralar


Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash



Download 320,5 Kb.
bet7/11
Sana15.03.2023
Hajmi320,5 Kb.
#919310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5 YO‘NALISHLARDA YO‘LOVCHILAR TASHISHNI TASHKIL ETISH

5.5. Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash
Avtobusda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qo‘yiladigan talablar
Yo‘lovchilarni tashish jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlashda inson yo‘l harakatining asosiy ishtirokchisi, ya’ni, haydovchi, yo‘lovchi, piyoda va harakatni tashkil qiluvchi sifatida qatnashadi. Bularning ichida haydovchi alohida o’rin egallaydi.
Yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtobuslarni
boshqarishga tegishli toifaga (malakaga) ega bo‘lgan, 21 yoshga to’lgan
va tibbiy ko’rikdan o’tgan haydovchilar qo’yiladi.
Shaharlararo, tog’li hududlardan o’tuvchi yo‘nalishlarga, shuningdek, bir martalik buyurtmalar bo‘yicha sayohat-ekskursiya tashishlariga va bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlayotgan haydovchilar qo’yiladi.
Хalqaro yo‘nalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlayotgan va xalqaro avtomobillarda yo‘lovchilar tashish sohasida kasb vakolati to’g’risida guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar qo’yiladi.
Avtobuslarning texnik holati va ulardan foydalanish
Avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, “Avtomobil transporti harakatdagi qismiga texnik xizmat ko’rsatish va uni tuzatish to’g’risida”gi Nizomga, ishlab chiqaruvchi zavod yo’riqnomalariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga javob berishi kerak.
Тog’li hududlardan o‘tuvchi va ularga tenglashtirilgan yo‘nalishlarda foydalaniladigan avtobuslar oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, g’ildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega bo‘lishi kerak.
Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida “sayohatchi”, “ekskursiya” degan ko’rsatkich, bir martalik buyurtmalilarga esa «buyurtma» degan ko’rsatkich o’rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi yo‘l harakati qoidalarida bolalarni tashishda quyidagicha tartiblar belgilangan:
“Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositasi to‘xtaganda unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo‘lsa, to‘xtashi va bolalar guruhini o‘tkazib yuborishi kerak.
Bolalar guruhini tashkiliy tashishda transport vositasida (salonda) katta yoshli kuzatib boruvchi shaxs (kuzatib boruvchilar) bo‘lishi shart.
Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga “Bolalar guruhini tashish” taniqlik belgisi o‘rnatilishi kerak.
Haydovchi transport vositasi to‘la to‘xtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan so‘nggina harakatlanishni boshlashi va to‘la to‘xtamaguncha ularni ochmasligi shart.
Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
- avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);
- traktorlar va boshqa o‘ziyurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukxonasida;
- mototsikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;
- 12 yoshga to‘lmagan bolalarni mototsiklning orqa o‘rindiІida, shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan bo‘lsa, uning oldingi o‘rindiІida;
- 12 yoshga to‘lmagan bolalarni hisobga olmaganda, odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda.
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak
Yo‘lovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro tashuvchi avtobuslar servis ustaxonasi plombasi bo‘lgan nazorat priborlari (taxograf) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Xalqaro tashishlarda esa O’zbekistan Respublikasining tanitish belgisiga ham ega bo‘lishlari kerak.
Тexnik bazaga ega bo‘lmagan, tijorat asosida yo‘lovchilar tashuvchi avtobuslarning egalari bo‘lgan jismoniy shaxslar 1, 2-texnik ko‘rik o‘tkazish uchun, shuningdek avtobuslarni kunlik texnik ko’rikdan o’tkazish va haydovchilarni yo‘nalishga chiqarishdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tkazish uchun avtoxo’jaliklar bilan shartnomalar tuzishlari shart.



Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish