Vazirligi ajiniyoz nomindaki nukus davlat pedagogika instituti



Download 0,68 Mb.
bet9/10
Sana06.10.2022
Hajmi0,68 Mb.
#851582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.ij

4. Ijtimoiy tarbiya
Pedagogikaning asosiy mezoni – tarbiya. Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy vv umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi.
Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham yetarli darajada samarali bo‘lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko‘rib chiqib, ko‘rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga g‘amxo‘r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Agar qandaydir sababga ko‘ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo‘lsa, demak, munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo‘lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xislatlar shakllangan bo‘lishi kerak – shuni o‘zi ijtimoiy tarbiyaning vazifasidir.
YA’ni, ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushuniladi.
5. Ijtimoiy pedagogika prinsiplari
“Prinsip” so‘zi lotincha principium so‘zidan hosil bo‘lgan va “asos”, “boshlanish”ni bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilishi, muayyan qoidalardan kelib chiqadigan o‘z prinsiplari mavjud. Fanda prinsip va qoidalar, bizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat nafaqat befoyda, balki ham zararli bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi va tabiiyki, o‘z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim-tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq pedagogik vazifalarni hal etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har xil olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangidan ma’lumlarni izohlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, ammo uning dunyoviy balog‘at yoshiga (100 yildan ortiq) qaramay O‘zbekistonda bu fan endi o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ymoqda.
Biz uchta prinsipni ko‘rib chiqamiz – tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsip, tarbiyaning madaniy uyg‘un bo‘lishi prinsipi va gumanizm prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega.
XULOSA
Turli jamiyat madaniyatlariga bolani jalb etish: turmush, jismoniy, jinsiy, aqliy, siyosiy, ma’naviy – juda murakkab masala, bu masala oila va jamiyat, turli muassasa va birlashmalarning (maktab, bolalar bog‘chasi, maktabdan tashqari tashkilotlar, yoshlar tashkiloti va b.) birgalikdagi harakatlari orqali hal qilinadi. Sababi bola hayotining turli davrlarida bu yerlarda bo‘ladi. Agar bola normal rivojlansa, unda u jamiyat madaniyatini o‘zlashtiradi va tabiiy yo‘l bilan jamiyatga kiradi.
Agar bola jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy kamchiliklarga ega bo‘lsa, unda uning xalq madaniy qadriyatlariga jalb qilinishi ancha murakkablashadi. Shuning uchun shunday bolalar uchun madaniyat qadriyatlariga bolalarni jalb etish metodikasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipini tatbiq etish bir qator qoidalarning bajarilishini talab etadi:

  • bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida me’yordan chetga chiqishini e’tiborga olish;

  • rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish.

“Gumanizm” va “insoniylik” so‘zlari lotincha “humanus” so‘zidan kelib chiqib, “insoniy” degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo‘lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo‘lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.Gumanistik tarbiya g‘oyalari antik faylasuflar (Sokrat, Platon, Aristotel va b) fikrlarida ham kuzatiladi.Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g‘oyalari rivojlanishi Sharq Uyg‘onish davri va o‘arb Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga yetdi. Gumanistik tarbiya ideali bo‘lib erkin har taraflama rivojlangan shaxs ҳисобланади. Фаробий (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo‘lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi. Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni yerdagi eng oliy qadriyat deb tan olinishini ko‘zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo‘lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Jamiyat, dunyo hamjamiyatining dinamik o‘zgarishi munosabati bilan o‘qitish, tarbiyalash, targ‘ibot va tashvikot ishlarini o‘zviy ravishda kushish, ya’ni ma’naviy–mafkuraviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo‘lib, tadqiqot ishlarini yo‘lga kuyishda haqiqiy jo‘shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagoglar pedagogika universitstlarida yetishib chikadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog‘liqliklaridan biri-soha obyekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan-bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti ijtimoiylashtirishga maqsad bo‘lgan bolalar, ularga akliy, pedagogik psixologik, sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, akliy,psixik tomondan bo‘z ilishga yul kuyiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga maqsaddir. Ijtimoiy pedagog -faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutaxassis bo‘lmogi kerak, shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina kolmay, ayni vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish