Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov



Download 0,78 Mb.
bet3/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
moliya0

Responsible
corrector:

Eshboyev U.T.
dean of «Accounting and audit» faculty, candidate of Economics, senior lecturer of Department «Accounting».

References:

Iminov O.K.
Ph.D. of Economics, professor head of Finance Department of the Academy for State and Society under President of the Republic of Uzbekistan;
Alimardonov M.I.
Ph.D. of Economics, professor of department “Finance and taxes’, TSEU.

Experts:

AbduvakhobovO.
head of monitoring and local control of TSEU, senior lecturer;
Khudaikulov S.K.
candidate of Economics, senior lecturer of Department Finance and Taxes.




KIRIS Н
I. Fanni o’rgaiustmiog dolzarbligi. Keyingi yillarda O’zbekiston respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan tub iqtisodiy islohotlami amalga oshirishda zamonaviy moliya tizimi va uni shakllantirilayotgan bozor munosabatlarining obyektiv taraqqiyotiga muvofiq rivojlanishini ta’minlash dolzarb iqtisodiy ahamiyatga ega bolmoqda.


Chunki, mamlakatdagi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi, davlatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohadagi islohotlarini amalga oshirishi uchun zaruriy markazlashtiriigan moliyaviy resurslarni shakllantirish, iqtisodiyotdagi tadbirkorlik faoliyati keyingi taraqqiyotini ta’minlash, aholining pul daromadlarini oshirish va ijtimoiy farovonlikni ta’minlash ko’p jihatidan mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy elementi hisoblanuvchi milliy daromadni taqsimlash vazifasini bajaruvchi mukammal moliya tizimini shakllantirishga bog’liqdir.
Mazkur o‘quv qo'llanma moliyaning nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan bo’lib, unda moliya tizimining shakllanishi, uni taraqqiyotining obyektiv shart sharoitlari, moliya tizimi bo’g'inlarining hozirgi sharoitdagi amal qilish mantiqi to’g’risida umumiy tushunchalar keltirilgan.
O’quv qo’llanmada bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning ijtimoiy iqtisodiy mohiyati, uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli, zamonaviy sharoitlarda moliya tizimining holati, moliyaviy siyosat nazariyasi va 0‘zbekiston respublikasida moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konseptual asoslari, moliya tizimi bo‘ginlarida moliyaviy munosabatlami tashkil qilishning nazariy va amaliy asoslari va boshqa qator masalalar ko’rib chiqilgan.

  1. (.Fan bo’yicha o‘quv adabiyotiarming qiyosiy tahlili. Moliya fani muammolari jamiyat taraqqiyotining ilk davrlaridan to hozirgacha iqtisodchi olimlar, davlat aiboblari tomonidan doimiy ravishda o’rganilgan. Chunki, milliy daromadda davlat, xo’jalik subyektlari va aholining manfaatlari uyg’unlashadi. Uni taqsimlanishi esa moliyaning asosiy funksiyasi hisoblanadi. 0‘quv qo’llanmada, xorijiy davlatlar, MDH va O’zbekistonlik iqtisodchi olimlar tomonidan chop etilgan eng yangi darslik va o‘quv qoilanmalardan foydalanilgan. Masalan, V.V. Kovalevaning «Финансы» darsligida keltirilgan mavzular bo’yicha muallifning fikriari o’rganilgan.

Mazkur darslikda moliya tizimiga o‘ziga xos ravishda yondashilgan bo‘lib, markazlashtiriigan moliya bilan bir qatorda markazlashtirilmagan moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari atroflicha yoritilgan. Darslikda moliyaviy bozorlar, moliyaviy instrumentlar, moliyaviy vositachi muassasalar moliyasi atroflicha yoritilgan.
Iqtisodchi L.A. Drobozinaning «Финансы» nomli daisligida esa moliyaning nazariy asoslari, uning tarixiy kategoriya sifatida xususiyatlari, asosiy moliyaviy kategoriyalardan bo'lgan davlat byudjeti masalalari keng qamrovda o‘rganilgan.
Mazkur o‘quv qo’llanma iqtisodiy ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun mo’lljallangan bo’lib, hozirda mavjud bo’lgan o’quv adabiyotlardan uning o’ziga xos xususiyatlari moliya tizimi bo’ginlarining umumiy nazariy va amaliy asoslari o’rganilgan.
Shuningdek, davlat byudjeti mavzusi byudjet tizimining mohiyati, uni isloh qilish yo’nalishlari bo’yicha empirik tahlillar asosida yoritilgan bo’lib, iqtisodiyotni
erkinlashtirish siyosatining keyingi 5 yil inobaynida byudjet daromadlari va xajarajatlarinlng tahlili, byudjet taqchilligi va byudjet tizimini samarali ijrosini ta’minlashning istiqbolli yo'nalishlari yoritib berilgan. Shuningdek, davlat moliyasining muhim bo'ginlaridan bin bo‘lgan byudjetdan tashqari fondlar, ularning jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi ahamiyati, shakllanish mexanizmi ham o'ziga xos ravishda o‘rganilgan.
Asosiy moliyaviy kategoriyalar nafaqat 0‘zbekiston respublikasi misolida balki, rivojlangan mamlakatlar moliya tizimida to'plangan ilg‘or tajriba va ko‘nikmalar asosida yoritib berilgan.
O'quvchi uchun tavsiya etilayotgan qo'llanmaning mazmuni va strukturasi moliya nazariyasining ilmiy va amaliy yo‘nalishi predmetini umumlashtirilgan holda tushunishdan kelib chiqib shakllantirilgan.

  1. BOB

MOLIYANING IJTIMOIYIQTISODIY
MOHIYATI VA FUNKSIYALARI


  1. Moliyaning ijtimoiy iqtisodiy mohiyati

Hozirgi sharoitda O'zbekiston milliy iqtisodiyotida tovar-pul munosabatlarining amal qilishi pul, kredit, moliya, foyda va boshqa qator qiymat kategoriyalaridan foydalanishni taqozo qiladi. Iqtisodiy kategoriyalar ishlab chiqarish va moddiy boyliklami taqsimlash jarayonida iqtisodiy subyektlar o‘itasida an*Hjtjjpoiy munosabatlaming nazariy aks ettirilishidir.
' \ Moliya tarixiy kategoriya sifatida jamiyatni sinflaiga bo‘linishi va davlatlaming paydo boiislii bilan vujudga keldi. Davlatlar jamiyatning siyosiy instituti sifatida yirik miqdordagi doiraiy shakllanadigan moliyaviy resurslarga ehtiyoj seza bos Wad к/
Davlatlaming paydo bo‘lishi takror ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'ladigan iqtisodiy boylikni, uni yaratishda qatnashuvchi subyektlar bilan davlat o'rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha aitiq tizimlashtirilgan o'zaro munosabatlami yuzaga keltirdi. Xususan, bu munosabatlar «Moliya» tushunchasi bilan aniqlashtirildi.
Moliya tushunchasining mazmuni «pul to‘lovi», «daromad», «to‘lov* degan polisemantik harakterdagi ma’nolarga ega bo'lib dastlab XIH-XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo'lgan. V
Moliya dastlab har qanday pul toiovlarini anglatgan bo'lib keyinchalik bu tushuncha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimining muhim ek rnentlaridan biriga aylanib qoldi.
Ammo har qanday pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlar hisoblanmaydi. Shuning uchun ham moliya va pul o‘itasida o‘zaro bog‘liqlik bilan bir.galikda ulami solishtirib bo‘Imaydigan farqli tomonlari ham mavjuddir.
Chu ionchi, pul - tovarlar dunyosidan ajralib chiqqan va barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini o'ynovchi maxsus tovardir.
Moliya esa mavjud o‘ziga xos pul munosabatlari tizimini o‘z ichiga oladi. Moliya davlat va boshqa iqtisodiy subyektlar o'rtasida turli xil ko‘rinishdagi pul fondlarini shakilantirish bilan bog‘liq pul munosabatlari tizimidir.
Real pul aylanmasi bu iqtisdiy jarayon bo'lib qiymatni harakatini yuzaga keltiradi va ijtimoiy mehnat mahsuli bo'yicha pul to'lovlari va hisob kitoblari bilan birgalikda harakat qiladi. Real pul aylanmalarini asosiy obyektlari bo'lib kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirishning asosiy manbai bo'lgan moliyaviy resurslar hisoblanadi./
Pullar vositasida isWab chiqarishda jamlangan mehnat xarajatlari o'lchansa, moliya - jamiyatda yaratilgan YalMni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti hisoblanadi.
Rossiyalik iqtisodchi V. V. Kovalevaning fikricha Jamiyatda yaratilgan iqtisodiy boylikni har qanday qayta taqsimlash jarayonini ham moliyaviy munosabatlar hisoblash har doim ham haqiqatga to'g'ri kelmasligini ta’kidlaydi. Uning fikricha moliya tushunchasining zamonaviy talqini davlat byudjeti munosabatlari asosidagi davlat xazinasini shakilantirish jarayonidagi pul munosabatlariga muvofiqlashtiriladi1. Shuningdek, muallif moliyaning nazariy jihatlarini yoritish
bilan birga unga quyidagicha ta’rif beradi: Moliya, iqtisodiy kategoriya sifatida jami ijtimoiy mahsulotni shakllantirishda ishtirok etuvchi subyektlar o'rtasida pul mablag‘lari fondini shakllantirish va foydalanish jarayonida vujudga keluvchi taqsimlash, pul munosabatlari tizunini o‘zida aks ettiradi.
Chor Rossiyasi davrida Moliya Vaziri lavozimida ishlagan Rossiyalik yetuk iqtisodchi S. Vittening ta’kidlashicha XII asr oxiriga kelib «Moliya* tushunchasi davlatning barcha mulklarini va umuman barcha davlat xo’jaligining holatini anglatganligini ta’kidlaydi. Shuningdek, davlat ixtiyoridagi barcha moddiy resurslar majmuasi - uning daromadlari, xarajatlari va qarzlari - moliya tushunchasida jamlanishi haqida ta’kidlab o'tadi. Shuningdek, moliya haqidagi fan davlatning moddiy ehtiyojlami imkoniyat darajasida qondirish uslublari haqidagi fandir, - degan tushunchani berib o‘tganJ.
Ammo shuni ta’kidlab o'tishimiz lozimki, milliy daromadning iste’moli davlat (soliqlar, har-xil toiovlar shaklida), xo'jalik subyektlari (pul daromadlari, foyda), aholi (ish haqi, tadbirkorlik foydasi) o‘rtasida amalga oshiriladi.
Moliya - iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Chunki, uning moddiy asosini takror ishlab chiqarish jarayonidagi pul aylanishi tashkil qiladi. Shuning uchun ham har qanday moliyaviy siyosat amalga oshirishidan qat’iy nazar ishlab chiqarish manfaatlari, uning uzluksiz davom etish qonuniyatlarini buzmasligi lozim.
Pul munosabatlarining alohida shakli sifatida moliya quyidagi xususiyatli belgilarga ega:

  • Pul munosabatlari xususiyati;

  • taqsimlash xususiyati;

  • turli xil pul fondlarini yuzaga keltirilishi xususiyati.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish