Xa. Qurbonoy, M. J. Bauetdinov



Download 0,78 Mb.
bet7/69
Sana21.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#569735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69
Bog'liq
moliya0

Taqsimlash nazariyasi tarafdorlari tasdiqlaydiki, moliya ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining 2 bosqichida paydo bo’lad, ya’ni yalpi ichki mahsulot qiymat ini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi. Shuningdek, ularning fikricha, moliyaviy munosabatlar xo'jalik subyektlarining sof daromadlarini foyda shaklida qayta taqsimlashda yuzaga keladi deb ta’kidlaydilar.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi tarafdorlari esa moliya takror ishlab chiqarish kategoriyasi sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida namoyon bo'Iadi deb ta’kidlaydilar.
Iqtisodiy qonunlaming amal qilinishi. Xo'jalik mexanizmining ma’lum qonuniyatlar asosida taraqqiyoti natijasida moliyaning ham tizimlashtirilgan holda amal qilishiga shart sharoit paydo bo’ladi. Bunday konunlarga masalan, qiymat qonuni, pul muomalasi qonuni, talab va taklif qonuni va boshqalami kiritishimiz mumkin. Yuqorida ta’kidlaganmizmizdek. moliya pul munosabatlari tizimini o‘z ichiga olar ekan, awalo, mamlakatda barqaror pul muomalasi tizimini ta’minlanishi lozim.

  1. Moliya fani haqidagi qarashlarning evolyutsiyasi

Moliya haqidagi fanning rivojlanishi va taraqqiyotini 2 yirik bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich, Rim imperiyasi davridan boshlab 20 asr o’rtalarigacha bo‘lgan davr hisoblanib, bu davr mobaniyda moliyaning klassik nazariyasi shakllantirilgan. Moliyaning klassik davri keyinchalik o‘zining o'rnini neoklassik moliyaviy nazariyaga bo'shatib berdi. Moliya haqidagi fanning taraqqiyoti jamiyatdagi xo‘jalik hayotining taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlaiining rivojlanib borishiga bog‘liq holda sodir boiib bordi.
Moliyaning klassik davrining tub mohiyati, moliya tizimida davlat moliyasining ustivorligi, moliya tizimida davlatning hukmronligi bilan belgilanadi. Neoklassik moliyaviy nazariya xususiy sektoming moliya tizimidagi ustivorligini, xususan, yirik kompaniyalar va moliya bozorlarining moliya tizimidagi ustivorligiga asoslanadi.
Bir necha asrlar mobaynida shakllangan birinchi bosqichning taraqqiyoti davomida klassik moliyaviy nazariyaning alohida shakllanish davrlar bo‘lib o’tganligi aksariyat iqtisodchi olimlar tomonidan talqin qilinadi. Masalan, Mohya fani bo’yicha taniqli nazariyachilardan biri, Geydelberg Universitetining professori K. Rau klassik moliyaviy nazariya taraqqiyoti shakllanishning 3 bosqichi boshidan kechirganligi haqida ta’kidlaydi. Ular: moliya nazariyasining noilmiy holati(primitiv shakldagi)davri, moliya nazariyasining ilmiy qayta ishlanish davri, moliya nazariyasining ilmiy(mukammallashgan) davri.
Moliya nazariyasini shakllanishining noilmiy davri. Tarixchi olimlarning fikricha, mazkur davrning boshlanishi qadimgi Gretsiya va Rim imperiyasi davrlariga borib taqalishi to‘g‘risida ta’kidlaydilar. Xususan, insoniyat tarixida ibtidoiy jamoa tuzumi davrining yemirilishi, davlatchilik munosabatlarini paydo boiishi moliya nazariyasining shakllanishini obyektiv asoslari hisoblanadi. Shuning uchun ham aksariyat adabiyotlarda, moliyaning tarixiy kategoriya ekanligi ta’kidlanadi. Masalan, L. Drobozina moliya, tarixiy kategoriya sifatida davlatlaming shakllanishi va jamiyatni sinflarga bo'linishi bilan bir vaqtda paydo boiganligini ta’kidlaydi5.
О sha paytlarda davlat daromadlari bir qancha manbalar hisobiga shakllantirilib, ular asosan davlat yerlari, konlari, bozorlar va boshqa mulklardan foydalanganlik uchun to’lov va boshqa manbalar hisobiga shakllantirilgan. Davlat xarajatlari ham asosan harbiy xarajatlar, boshqaruv xarajatlariga yo’naltirilgan. Umumiy qilib aytganda bu davrlarda davlat daromadlarini shakllantirish va sarflanish mexanizmi primitiv(sodda) hamda kuchli imperativ harakterga ega bo‘lib, xo’jalik yuritishning o‘sha paytdagi shart sharoitlari(antik sivilizatsiya) murakkab taqsimlash mexanizmiga ehtiyoj sezmagan.
O’rta asrlarda ham moliya nazariyasi masalasida ma’lum darajada tizimlashtirilgan qarashlar mavjud bo’lmagan. Shuning uchun ham moliya nazariyasini rivojlanishning 2 davri o’rta asrlaming tugalanish davridan boshlanishi haqida ta’kidlanadi.
Moliya haqidagi bilimlaming tizimlashtirishda Italyan olimlarining hissalari katta bo’lgan. Taniqli Peteiburglik olim A. Bukovetskiyning fikricha, Italiyaning shimohy shaharlarida 15-16 asrlarda moliya faniga asos solingan. Olz davrining taniqli
olimlari: D.Karafa, N.Makiavelli, J.Botero va boshqalar moliya sohasidagi bilimlami tizimlashtirishga o'zlarining ulkan hissalarini qo'shgan.
Bu davrlar ilk merkantalizm davri bo'lib, kapitallaming dastlabki jamg‘arilish davrini ochib bergan. Bu davrdagi moliya nazariyasining asosiy g‘oyasi davlatning xo'jalik hayotiga faol aralashuvi bilan sug'orilgan edi.
Italyan olimlarining mehnati, o‘sha paytdagi xo'jalik mexanizmining nazariy asoslari bo‘yicha izlanishlari boehqa mamlakatlardagi olimlaming ishlarida ham o'zgarishlar bo'lishiga turtki bo'ldi. Moliyaning dastlabki tizamlashtirilgan holdagi nazariyasi Fransuz olimi J.Boden tomonidan amalga oshirilgan bo'iib, u o'zining asarlarida davlat daromadlarining 7 asosiy manbalarini ko'rsatib bergan. Irtgliz faylasufi va iqtisodchisi T.Gobbs egri soliqqa toitish tizimim faol tashviqot qildi, U.Petti xo'jalik hayotining taraqqiyotini soliqlar orqali rag'batlantirish g'oyasini ilgari surdi, J.Lokk o‘sha davrda mavjud barcha soliqlami — er solig'i bilan almashtirish taklifmi ilgari surdi.
XIII asr tizimlashtirilgan moliya fanini mustaqil yo'nalish sifatidagi taraqqiyotida burilish davrini boshlab berdi. Bu davrlarda moliya fanining rivojlanishida ilmiy va rasionai rivojlanish davri hisoblandi.
Taniqli nemis olimlari Y. Yusti va Y. Zonnenfeis moliya haqidagi fanning keng jiiiatlarda ko'rib o'tgan. Aynan Yusti birinchi bo'iib, soliq siyosatini ishlab chiqish uchun q< iyidagi aniq qonun va qoidalarni taklif qilgan. Y. Yusti boshqa olimlaidan faiqli ravishda faqatgina davlat xazinasini to'ldixish muammosini emas balki davlat xarajatlarini bo'yicha ham izlashlar olib borgan. Y. Yusti davlat xarajatlari bo'yicha quyidagi qoidalarni taklif kilgan: xarajatlar daromadlar va barcha mulklar bilan muvofiqlashtirilishi lozim siamingdek, xarajatlar davlat va fuqarolar uchun foydali bo'lishi lozim.
Keyinchalik yangi ilmiy yo'nalish sezilarli ravishda intensivlashtirilgan. XIX asr oxiriga kelib «Moliya» termini to'lig'icha iqtisodiy bilimlar tizimida shakllantirildi va davlat moliyasini boshqarishni o'zida aks ettiruvchi moliyaning klassik nazariyasi to'laqonli shakllandi.
Shakllangan nazariyaning 2 asosiy xususiyatiga e’tibomi qaratish lozim. Birinchidan, moliya- davlatning resurslari sifatida talqin etilgan. Ikkinchidan, moliya pul mablag'laridan farqli ekanligi asoslanib, moliya-davlatning har qanday mablag'Iari degan xulosa ilgari surilgan.
XX asming ikkinchi yarmidan boshlab, ya’ni 2 jahon urushidan so'ng jahon iqtisodiyotida o'zgarishlar ro’y berdi. Iqtisodiyotdagi bozor munosabatlarining rivojlanishi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqarishi natijasida moliyaning nazariy talqinida ham o'zgarishlar bo'lishiga olib keldi.
Kapitallar bozorining rivojlanishi va baynalminallashuvi, transmilliy korporatsiyalaming rolini oshishi, ishlab chiqarishdagi kontsentratsiya jarayonining kuchayishi, har qanday biznesning resurs ta’minoti tizimida moliyaviy resurslar ahamiyatining oshishiga olib keldi. Angliya va amerika moliya maktablarining qarashlari asosida zamonaviy neoklassik moliya nazariyasi shakllandi.
Moliyaning neoklassik nazariyasi 4 asosiy tezisga asoslanadi:
-davlatning iqtisodiy qudrati, uning moliya tizimini barqarorligi xususiy sektorning iqtisodiy qudratini sezilarli darajadaligi bilan belgilanadi;
-davlatning iqtisodiyotga aralashuvi qisqartirilib, iqtisodiyotdagi tadbirkorlik faoliyati erkinlashtiriladi;
-korporativ biznes rivojlanish imkoniyatlarini belgilab beruvchi uiami moliyalashtirish
manbalari tarkibida foyda va kapitallar bozori ustivor ahamiyat kasb etadi;
-kapitallar, tovarlar, mehnat bozorlarining baynalminallashuvi alohida mamlakatlarning moliya tizimini integratsiyaon jarayonlarga intilib borish tendensiyasini shakllantiradi.
Umumiy ko'rinishda moliyaning neoklassik nazariyasini «moliyaviy triada»ni(resurs, munosabatlar, bozorlar) tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida aniqlash mumkin. Mazkur nazariyani shakllanishining asosini tashkil qiluvchi va tarkibiy qismi hisoblanuvchi quyidagi nazariyalami kiritish mumkin: Arbitraj baholarni shakllantirish nazariyasifaibitrage pricing theory), kapitallar tarkibi nazariyasi(theory of capital ctructure), portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlami baholash modeli(portfolio theory and capital asset pricing model), opsionlar bozoridagi baholarni shakllantirish nazariyasi(option pricing theory), dividend siyosati nazariyasi(dividend policy theory).
Shuni ta’kidlash joizki, moliyaning neoklassik nazariyasining mazmuni moliyaviy bozorlami amal qilish prinsiplari haqidagi bilimlami tizimlashtirish hisoblanadi. XIX asming oxiriga kelib iqtisodiyotdagi moliyaviy bozorlaming ahamiyatini ortishi asta sekinlik bilan lining taraqqiyotini nazariy jihatdan o'rganishga ehtiyoj sezila boshladi. Moliyaviy kapitalning shakllanishi moliyaviy bozorlaming iqtisodiyotdagi ahamiyatini sezilarli darajada kuchaytirdi.
XX asr boshlarida yosh fransuz matematigi L. Bashele Sorbonnada o‘zining «Spekulyasiya nazariyasi» bo'yicha doktorlik dissertatsiyasida matematik apparat yordamida Fransiya fond bozorlarida aksiyalar bahosini o‘/garish qonunlarini ochib berishga harakat qildi va fond bozorlardagi baholar hech qachon aniq fan bo'la olmasligini asosladi. Kapitallar bozoridagi baholarni shakllantirish va tahlil qilishda stoxastik modellardan foydalanish g‘oyasini ilgari surdi.
Fond bozorlardagi baholarni shakllantirish nazariyasi sohasidagi nazariy ishlanmalar Garvard Universitetining bitiruvchilari D.Uilyams ishlarida namoyon bo'lib, u moliyaviy aktivlami baholash modelini taklif qildi. Bu nazariyaning shakllanishida hal qiluvchi rolni G.Markovits davom ettirib portfel nazariyasiga asos soldi.
XX asming II yarmida kapitallaming tarkibi va moliyalashtirish manbalarirting bahosi nazariyasi intensiv ravishda rivojlanib bordi. Mazkur nazariya asosan F Modilyani va M. Miller ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topdi.
60-yiIlardan so‘ng yirik kompaniyalar moliyaviy resurslarini boshqarish texnikasi va uslubiyatini qamrab oluvchi «Moliyaviy menejment» fani shakllandi. Mazkur fanning rivojlanishida F.Blek, J.Lintner, M.Shoulz, U. Sharp, R.Breyli, S. Mayers, Yu. Brikxem va boshqa qator taniqli olimlaming roli beqiyos bo‘ldi.
Sobiq imperiya davrida O’zbekiston Respublikasidagi moliya sohasidagi ishlanmalar asosan davlat moliyasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan.
Mustaqil 0‘zbekistonda moliya fanining rivojlanishi iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning konseptual asoslariga muvofiq shakllanib bormoqda. Mustaqil moliya tizimini shakllanishining nazariy asoslari taniqli iqtisodchi olimlarimiz: hurmatli prezidentimiz I.A.Karimov, M. Sharifxo'jayev, S. G'ulomov, H.Sobirov, Q. Yaxyoyev, S.Berjanov, T. Malikov, O.Olimjonov, D. G'ozibekov, A.Qodirov,
O. Rashidov, J.Zaynalov, Sh.Abdullayeva, A. Vahobov O.Nomozov, N.Haydarov, H.Jamolov, O. Iminov, M. Alimardonov va boshqa qator iqtisodchi olimlaming mehnati ulkandir.
Qisqacha xulosalar
Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida xo’jalik munosabatlarining ajralmas qismidir. Moliyaning moddiy asosini takror ishlab chiqarish tashkil qiladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaning mazmuni uning funksiyalarida namoyon bo‘Iadi. Moliya taqsimlash va nazorat funksiyalami bajarib, uning o'ziga xos xususiyatlari taqsimlash, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan fondlarni shakllantirish va pul punosabatlarining alohida shakJidan ibotatligi hisoblanadi.
Moliya nazariyasini shakllanishining 2 davri mavjud bo‘lib, ular moliyaning klassik nazariyasi va neoklassik nazariyasining shakllanish davridir.
Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. «Moliya» tushunchasining mazmunini tushintirib bering.

  2. Nima uchun liar qanday pul munosabatlari moliyaviy munosabatlar hisoblanmaydi?

  3. Moliyaning moddiy asosini nima tashkil qiladi?

  4. Moliyaviy resurslar nima?

  5. Moliyaning qanday harakterli belgilari mavjud? Ulami tushintirib bering.

  6. Moliyaning qanday funksiyalari mavjud?

  7. Moliyaning ftmksiyasini ko‘rsatib o‘tishda olimlar o‘rtasida qanday bahs munozaralar mavjud?

  8. Moliyaning taqsimlash funksiyasini tushintirib bering.

  9. Moliyaning nazorat funksiyasini tushintirib bering.

  10. Moliyaning vujudga kelishining qanday obyektiv shart-sharoitlari mavjud?

Asosiy adabiyotlar

  1. (^учқаров /К. вабошқалар. Давлат молияси тизнми. 1 (орматив-хукуқнй ҳужжатлар тўплами. 1,2,3-жилдлар. Т.: «Узбекистон», 2002.

  2. Ковалева В. Финансы: Учебник. -М.: Проспект, 2004.

  3. Миляков Н.В. Финансы: Учебник. 2-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004.

  4. Хайдаров П. Мадия: Ўқув қўлланмя. -Т.:Академия. 2001.

  5. Поляк Г.Б.. Финансы. Денежное обращение. Кредит. Учебник. Второе изд. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2003.

  6. Дробозина Л.А. Финансы: Учебник. - М.: ЮНИТИ, 2003.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish