O’zbek folklorining tarixiy taraqqiyot tamoyillari. Folklor xalq omrnasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy. madaniy, maishiy turmush tarzi, kundalik hayoti va ijodkorhk faoliyati bilan mahkam bog’langan. o’ziga xos g’oyaviy-estetik tizimga ega og’zaki badiiy ijod sifatida yuzaga keldi va rivojlanishda davom etayotir. O’zbek folklori xalqimiz badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, so’z san’atining og’zaki turi sanaladi. U uzoq va murakkab tarixga, taraqqiyot bosqichlariga ega.
Inson nutqi shakllanishi bilan og’zaki ijod ham yuzaga kelgan. Xalq poetik ijodining dastlabki bosqichi ibtidoiy inson faoliyatining turli shakllari bilan uzviy bog’langan bo’lib, qadimiy kishilarning diniy, mifologik qarashlarini, boshlang’ich ilmiy bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasawurlarini aks ettirganligi bilan xarakterlanadi.
To’g’ri. qadimiy folklor namunalari bizgacha to’liq yetib kelmagan. Faqatgina ularning ayrim izlari-yu qoldiqlari turli tasavvur va qarashlarda. O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi ba’zi tarixiy yodgorliklar, ilmiy asar va yodnomalar orqaligina bizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |