Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni



Download 79,47 Kb.
bet12/12
Sana21.01.2022
Hajmi79,47 Kb.
#394794
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Nodira

Firoqnoma”muashshari o‘zbek so‘z san’atining ajoyib namunasi hisoblanadi.Asar mazmun-mohiyati – shoira umum ijodidagi mavzu va motivlar bilan chambarchas bog‘liq.U muashshar janrida,ya’ni har bandi o‘n misradan iborat bo‘lgan shaklda bitilgan.O‘n banddan,jami yuz misradan iborat bu asarning har bir bandi:
Hech kim,yo Rab,jahonda yoridin ayrilmasun,

Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun.


misralari bilan tugallanadi.

Bu ikki satr asarning bosh leytmotivini belgilab bergan.Unda hijron azobini chekkan lirik qahramon kayfiyati shundoq bo‘rtib turibdi.

Firoqnoma


Ohkim behad menga javr-u jafo aylar falak,

Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak,

Yordin ayru menga ko‘p mojaro aylar falak,

G‘am bila guldek yuzumni qahrabo aylar falak,

Bevafodur,oqibat kimga vafo aylar falak,

Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak,

Yorni,albatta, yoridin judo aylar falak,

Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak,

Hech kim,yo Rab,jahonda yoridin ayrilmasun,

Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun.


Sabr qilsam ishq dardi beqaroq aylar meni,

Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni,

Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,

Hajr dog‘i dardmand-u dilfigor aylar meni,

O‘ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni,

Yorsiz hijron balosig‘a duchor aylar meni,

Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,

Oqibat bu dard-u g‘am Majnunshior aylar meni,

Hech kim,yo Rab,jahonda yoridin ayrilmasun,

Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

***
Amalda o‘n misrali band besh baytli bir kichik g‘azal hajmini tashkil etadi.Shuning uchun shoira yuksak mahorat ko‘rsatib,uning har bir bandi badiiy qurilmasni mukammallashtirish,ohangdorlik quvvatini imkon qadar oshirishga harakat qilgan.Banddagi o‘n misraning oldingi sakkiz satri o‘ziga xos qofiya tizimiga bo‘ysundirilgan.Birinchi bandda “aylar falak”,ikkinchi bandda “aylar meni”,beshinchi bandda “qilmadi”,yettinchi bandda “bo‘lmadi”,sakkizinchi bandda “ayladi” so‘zlari radifga olingan.Qolgan besh band esa radifsiz qofiyalar bilan tugaydi.

Birinchi bandda lirik qahramon aybni falakka qo‘yadi.Sakkiz misraning ham “aylar falak” radifi bilan tugashi ham shundan.Shoira lirik qahramoni oh chekib,falakning unga behad jabr-u jafo ko‘rsatib,ayriliqda qismatini dard-u balo aylashi,boshiga ko‘p mojaro solishidan,bu kulfat uning yuzini qahraboga aylantirgani,ya’ni sarg‘aytirgani,shu tariqa g‘am-hasratga mubtalo etganidan noliydi,bu ayriliq bulbulni “bebarg-u navo”qilganini aytib, fig‘on chekadi.Falak timsoli ikkinchi bandda ham bor.Endi muallif ,hatto “charxi dunni” ham ham ishlatadi.Lirik qahramon ana shu falak yoxud charxi dunning jabr-u jafosiga sabr etmoqchi ham.Biroq buning iloji yo‘q;ishq dardi uni beqaror qiladi.Aqlimni yig‘ib olay (“kasbi xush etsam”) desa,junun (so‘zma-so‘z – jinnilik,aqlni yo‘qotib qo‘yish) uni beixtiyor qiladi.Hajr o‘ti (“dog‘i”) uni firoq qo‘lida (“ilkida”) zor etadi,oxiri,majnunshior,ya’ni jinnisifat qilib qo‘yadi.Bu va keying barcha bandlar oxirida har gal yuqorida keltirilgan bayt aynan takrorlanib kelaveradi.Shu taxlit banddan bandga hijron dardi ifodasi yanada kuchayib boradi.Nodira lirikasida uning umr yo‘ldoshi Umarxon - shoir Amiriydan bevaqt judo bo‘lganida yozilgan marsiya-firoqnoma borki, uni o‘qi-

gan,tinglagan inson larzaga tushadi.Bu firoqnoma muashsharda birinchi o‘nlik

band misralarining sakkiztasi o‘zaro qofiyalanib keladi (aaaaaaaa),qolgan ikki

misrasida boshqacha qofiyalar keladi(bb).Umumiy qofiya tartibi:aaaaaaaabb,aa aaaaaabb... Hamma o‘nlik bandlarning awalgi sakkiz misrasi mustaqil qofiyalanib,har band oxirida birinchi band so'nggida kelgan bayt o‘zgarishsiz aynan takrorlana boradi.She’r tarkibidagi barcha poetik komponentlar qatorida undagi qofiyalar,radiflar Nodira qismatiga tushgan ayriliq dardlarini ifodalashga xizmat etadi. Shoira har qaysi o‘nlik bandlarda musibat kechinmalarini ifodalovchi sakkiztadan qofiyadosh so‘zlarni topib ishlatadi.

Bu o‘rinda Nodiraning qofiya tirgaklari radif kabilarni ishlatishga ham o‘zgacha mas’uliyat bilan qaraganligini takidlash lozim.

Raviylar qofiyaning kompozitsion markazini tashkil etadi.U qofiyaning asosidir.Aruzda yozilgan she’rlarda ko‘proq harakatsiz undoshlar,ba’zi hollar-

da esa,cho'ziq unlilar (o, u, o') raviy bo‘lib keladi.Raviy,asosan,bir tovushning

qofiyadosh so'zlarda aynan takroridan,ba’zan eshitilishi bir-biriga yaqin bo‘l- gan tovushlarning almashinishidan (t-d, g ‘-q, q-k... kabilar) paydo bo‘ladi. Nodira o‘zi mahorat bilan topib qo‘llagan qofiyalarida raviylarga katta e’tibor beradi.

Firoqnomada Nodira o‘z hijron azobini go‘zal va juda ta‘sirli tarzda ifodalab bergan.She’rda banddan bandga o‘tilgani sayin oshiqaning ma’shuq sog‘inchida chekayotgan dard-alamlari izhori kuchayib boraveradi.Eng muhimi,asarda hasbi hol xususiyati bo‘rtib turibdi.Ya’ni satrlar mag‘zida aynan Nodiraning o‘zini,uning Umarxon vafotidan keyin chekkan insoniy azob-iztiroblarini his qilamiz.Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham sadoqat,vafo g‘oyasini kuchli targ‘ib qilishidan kelib chiqadi.Bu asar bilan Abdulla Oripovning “Ayol” she’ri o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham sezasiz.Ikkala asarda ham sharq ayollariga xos umr yo‘ldoshiga sadoqat ruhi ustun.

*****
Nodiraning vafo bobidagi fidokorona,samimiy fikrlarini o‘qib,ixtiyorsiz ulug‘ Navoiyni eslaysan,kishi.Navoiyning Majnun tili bilan Navfal qiziga :


Yoringga vafo shioring o‘lsun

Kim, tengri hamisha yoring o‘lsun-

degan misralari,aslida kelajak avlodga qaratilgan nasihat edi.Nodira mana shu

nasihatni “labbay” deb qabul etgan qizlarning biri bo‘lib,u shaxsiy hayotida bunga amal qildi.Ijodiy faoliyatida vafo uning bosh mavzusi bo‘ldi:Nodira vafoni kuylagan shoiradir.

Lirika-(yun.cholg‘u asbobi)adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib,o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir.Lirikaning bеlgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u-kеchinmalarni tasvirlashi olinadi.Ya’ni,epos va dramadan farqli,lirika voqеlikni tasvirlamaydi,uning uchun voqеlik lirik qahramon ruhiy kеchinmalarining asosi,ularga turtki bеradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir.Shu bois ham lirik asarda voqеlik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi,yana ham aniqrog‘i,lirikada kеchinmani tasvirlash uchun yеtarli miqdordagi voqеlik “parchalari”,dеtallargina olinadi.Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon (ba’zan u lirik subyеkt dеb ham yuritiladi).

Lirik asarda tuyg‘u va o‘ylari tasvirlangan shaxs obrazi lirik qahramondir.U ko‘pincha,shoirning o‘zini anglatadi.Chunki lirik asarda ishtirok etadigan asosiy timsol shoirning o‘zi bo‘lib,shе’rda uning o‘ylari,sеzimlari,tuyg‘ulari,kayfiyati namoyon bo‘ladi.Lekin bu fikrga qarshi fikrlar ham mavjud.Dilmurod Quronov “Adabiyotshunoslikka kirish” kitobida o‘z fikrlarini bildirgan: “Ko‘pincha lirik qahramon dеganda muallif tushuniladiki,bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavеrmaydi.Zеro,shoir o‘zining kеchinmalarini tasvirlashi ham,o‘zganing ruhiyatiga kirgan holda o‘sha “o‘zga shaxs” kеchinmalarini tasvirlashi ham mumkin.Bu o‘rinda yana bir muhim masala shuki,shе’rda hatto shoir o‘z kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir orasiga tеnglik alomati qo‘yib bo‘lmaydi.Chunki, L.Tolstoy aytmoqchi,har bir inson qalbida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir,shunga ko‘ra,shoir o‘zganing holatiga kirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kеchinmasini his qilishi ham mumkin.Masalan,Cho‘lponning “Mеn va boshqalar”shе’ri garchi lirik “mеn”tilidan bеrilgan bo‘lsa-da,uning lirik qahramoni shoir emas, balki o‘zbеk qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan.Lirik qahramon,epik asar qahramonlaridan farqli o‘laroq,noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyеktning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko`rinishi bilan gavdalanmaydi,mavhumligicha qoladi, aniqrog‘i,o‘quvchi o‘zini uning o‘rnida ko‘radi,uning kеchinmalariga turtki bеrgan holatni his qiladi,ko‘nglidan kеchgan kеchinmalarni o‘z ko‘nglida ham kеchiradi,— o‘zini ko‘rolmaydi.”

To‘g‘ri,lirik asarlarda ba’zan shoirdan boshqa qahramonlar ham ishtirok etadi.Jumladan,A.Oripovning Bahor shе’ridan olingan:Ravon yo‘llar qarshingizda turibdi mushtoq,-Dеrdi bizga harf o‘rgatgan yosh bir muallim misralaridagi muallim timsoli fikrimizga dalildir.Lеkin lirik asarda shoirdan o‘zga pеrsonajlarning o‘y-xayol va kеchinmalarini batafsil tasvirlash imkoni yo‘qligi uchun ham lirikadagi raqib,rind,sokiy,ag‘yor va boshka timsollar lirik qahramon darajasiga ko‘tarila olmaydi.Chinakam lirik asarning qahramoni o‘ziga xos tabiat,fе’l,kayfiyat,taqdir egasi sifatida namoyon bo‘lishi,uning sеzim va kеchinmalari shе’rxonni loqayd qoldirmasligi kеrak.Lirik qahramonning quvonchi,g‘ami,iztirob-u o‘ylari o‘zgalarga tasir ko‘rsata olsagina,u badiiy qiymatga ega bo‘ladi.Lirik qahramoni bеfarq qoldirgan shе’r yoki g‘azal o‘quvchining ongiga ham,tuyg‘ulariga ham tasir ko‘rsata olmaydi.Shoir shе’rlarida o‘z shaxsiyatining turli qirralarini namoyon etadi.Ularda aks etgan kеchinma va sеzimlar chin, ifoda go‘zal,badiiy til jozibasi bo‘lgani uchun lirik qahramon o‘quvchini o‘ziga tuyg‘udosh qilib qo‘yadi.Shundan kеlib chiqib, kеchinma va o‘ylari lirik asarda ifoda etilgan va shе‘rxonni o‘ziga tuyg‘udosh qila oladigan shaxs timsolini lirik qahramon dеyish mumkin.Lirik qahramon ko‘ngil holatini ifodalagani,bеvosita “mеn” nomidan so‘zlashgani,o‘zining eng ichkin,muqaddas tuyg‘ularini shе’rxon bilan o‘rtoqlashgani uchun o‘quvchiga yaqin va tuyg‘udosh bo‟lib qoladi.Adabiyotshunoslikda lirik qahramon tushunchasi 1921-yilda rus olimi Y.N.Tinyanov tomonidan kiritilgan.Shoir shaxsi qanchalik yirik,sеrqirra,uning tuyg‘ulari qanchalar samimiy bo‘lsa,lirik qahramon tasviri ham shunchalik jonli va sеrjilo bo‘ladi.

Nodira she’riyati qizg‘in va hayajonli,boy va mazmundor,ayni paytda fojialar bilan to‘la hayotining o‘ziga xos sharhlaridan iborat.Bu she’riyatning bosh mavzuyi ishqdir.Uning har bir satridan ishq hidi anqiydi.Nodira she’riyatining bosh qahramoni ko‘pincha Amir Umarxondir.Barcha ta’rif va tavsiflar,ishtiyoq va intilishlar ungadir.

“Ey!” deb boshlanadigan barcha xitoblar unga qaratilgandir.Bu she’riyatning ijodkori goh baxtidan masrur, goh baxtsizligidan mahzun Nodirabegimdir.Shoira sig‘inadigan yagona Alloh–ishq.Uning toat-u ibodati,namoz-u niyozi ham – muhabbat.U o’z she’rlarida “ishq namozini ado”etishini aytadi.

Nodira nazdida ishqsiz dinu mazhabga berilish komil musulmonlikka olib bormaydi.Ishq-u muhabbat oshiqning din-u mazhabiga aylansagina u kamolot qozonadi:


Qil, Nodira, muyassar sho‘ri junun jahonda,

Ishqu muhabbat o‘ldi oshiqqa dinu mazhab.

Shoiraning lirik qahramoni parvonavor oshiqlik talabgori.Uningcha,chinakam oshiq quruq da’vo bilan cheklanmasdan,shamdek kuymoq,parvonadek olovda o‘rtanmoq xislatiga,qudratiga ega bo’lishi kerak.Shunda uning muhabbati husni ishq darajasiga ko‘tariladi,kuli ko‘zlarga to‘tiyo bo‘ladi:


Husni ishq aylar sening xokistaringni to‘tiyo,

Sham’din kuymakni kasb et, mazhabi


Xo‘sh, “mazhabi parvona” – ishq o‘tida parvonavor o‘rtanmoq nimadan iborat?Bu sof tasavvufiy tushuncha bo‘lib,uning tavsifini Alisher Navoiyning ishqi haqiqiy nizomnomasi yanglig‘ bitilgan falsafiy- badiiy dostoni – “Lison ut- tayr”dan topish mumkin.Asarda“Parvonalar majma’i sham’i haqiqiy sharhida”sarlavhali qism bor.Unda tasvirlanishicha,parvonalar to‘dasi bir kecha haqiqiy sham’(ya’ni,Haq taolo)vasliga erishmoqchi,uning nuridan nishon izlamoqchi,asl zotini aniqlamoqchi bo‘ladilar.Ulardan bir nechalari birin- ketin sham huzuriga parvoz qiladilar,uning nuridan ko‘zlarini munavvar etadilar.Sham’ xosiyatini olamga yoyish uchun o’rtanib so‘zlaydilar.Ammo,ular qanchalik ravshan yonib so‘zlamasinlar,sham’ning mohiyatini boshqa parvonalarga yetkaza olmaydilar.Shu ko‘yi boshqa parvonalar ham o‘zlarini sham’ga uradilar,qanot-quyruqlarini kuydiradilar,ammo sham’ shu’lasini sharhlay olmaydilar.Zotan,shu’lani til sharhlayolmas,kuymasdan turib,uning mohiyatini anglamas,shu’la nuriga yo‘g‘rilmasdan oshiq poklanmas,vujudi yona-yona kulga aylanmay turib,haqiqiy sham’ vasli mohiyatiga yetolmas,u bilan birlik hosil etolmas ekan.Demak,mazhabi parvona–butkul fidoyi oshiq bo‘la olish san’atidir.

Tasavvufda parvonadek kuymak olam eliga muhabbat shevasini oshkor etmak demakdir.Nodira lirik qahramoni ruhiyatida bu omonat,o‘tkinchi,foniy dunyoga qattiq mehr bog‘lamaslik,uning huzur-halovatlaridan voz kechish,asl moyaga intilish,Tangri diydoriga talpinish tamoyili kuchli.Bunday qarashning nozik badiiy ifodasini quyidagi misralarda ko’rish mumkin:

Ey ko‘ngul,fig‘oningdin tiyradur falak qasri.

Bu binoni vayron qil, ishq uyini obod et.

Shoira yozgan g‘azal yo boshqa kichik lirik janrlar namunalarida yor timsoliga munosabat biroz o‘zgaradi.Birinchidan,ancha umumiylashadi,ya’ni endi uni xushro‘y bir qiz sifatida tasvirlab bo‘lmay qoladi.Ikkinchidan,g‘azal janri an’anasiga ko‘ra,lirik qahramon – oshiq tarzida namoyon bo‘ladi,erkak shoirlar yozgan asarlar mantiqan ma’shuqaga bag‘ishlanadi,shoiralar qalamiga mansub satrlarda lirik qahramon oshiqqa aylanadi va g‘azal endi ma’shuqaga emas, balki ma’shuqqa bag‘ishlanadi,shuning uchun shoiralar qalamiga mansub g‘azallarda yorning uzun sochi,ingichka beli qalam qoshi,uzun kipriklari... maqtalavermaydi.Uchinchidan,shoiralar yor(ya’ni ma’shuq)ni shunday umumiy tarzda tasvirlashi kerakki,undan Allohga ishora uzoqlashib ketmasin.


“DODA KELDIM…” G‘AZALI

Doda kеldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,

Sеn shah-u, mеn bеnavo, lutf ayla, faryodim eshit.

Maddi ohim shu’lasi husning dabiristonida

Misrayi barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.

Sarvi nozim, sеndin ayru naxli ohim bo‘ldi xam,

Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.

Har nеchakim sabr ta’mirini bunyod ayladim,

Ashk sеlobida vayron o‘ldi obodim, eshit.

Barcha yor-u oshnodin aylading bеgonalig‘,

Nеcha kunlar bo‘ldi, hargiz qilmading yodim, eshit.

Kеlki, bir soat sеni ko‘rmoq uchun mushtoqmеn,

Tеlba bo‘ldim sеndin ayru, ey parizodim, eshit.

Nodira bodi sabodin sanga irsol etgali

Qildi insho bu g‘azalni, tab’i noshodim, eshit.
Yetti baytdan iborat bu oshiqona g‘azal o‘zbеk mumtoz shе’riyati uchun an’anaviy bo‘lgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur),ya’ni foilotun foilotun foiloun foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan. Taqtе’si:

– V – – / – V – – / – V – – / – V – (yoki – V ~).



G‘azaldagi bеshinchi baytning birinchi misrasi “bеgonalig‘” so‘zi bilan tugagani, ya’ni oxirgi bo‘g‘in o‘ta cho‘ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur (– V – – / –V – –/ – V – – /– V ~) vaznida bitilgan.G‘azalda turkiy so‘z (“eshit”) radifga olingan.Qofiyadagi so‘zlarning barchasi o‘zbеkcha egalik qo‘shimchasi bilan kеlgan forscha-tojikcha so‘zlardan tashkil topgan (dodim–faryodim–ozodim – shamshodim – obodim – yodim – parizodim – noshodim).
Download 79,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish