Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni



Download 79,47 Kb.
bet4/12
Sana21.01.2022
Hajmi79,47 Kb.
#394794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nodira

Pirazoli charxkim, oshiqkush-u makkoradur,
Javr-u zulmidin yurakda benihoyat yoradur.

Beshinchi band:



Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi,

misrasi bilan boshlanadi. Buning diqqatga molik tomoni shuki, shoira lirik qahramoni yorini «sultonim» deyayotibdi. Shu yerda bevosita Umarxon ko’zda tutilayotgani sir emas. Keyingi misralarda talmih san’ati asosida Sharq adabiyotida hijron azobini chekkan ma’lum-u mashhur oshiq-ma’shuqlar bir-bir tilga olinadi:



Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O’tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi.

Oltinchi bandning ilk misrasidanoq yorga bevosita murojaat davom etadi. Bu undalma ham Umarxonga qaratilgani ma’lum. Bandning badiiy jihatdan ikki go’zal misrasi mavjud.:

Birinchisi:

Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam.

Ikkinchisi:



Dard — yor-u g’ussa — hamdam, g’am — farovon, aysh — kam.

Bunday quyma satrlar yurakning tub-tubidan chiqadi, iztirobning kuchi bilan qog’ ozga tushadi. Yettinchi bandning hasbi hol, ya’ni bevosita muallif tarjimayi holi bilan bog’liq jihati yanada kuchliroq. Shoira «rahbar», «baxt», «davlat», «iqbol» so’zlarini shunday ustalik bilan ishlatadiki, bir qarashda, baxt toleimga, vaslimga rahbarlik qilmadi, deyilgan, zimdan esa menga davlatga rahbarlik qilish nasib etdi-yu, bu visol o’rnini bosmaydi-ku, degan o’kinch ifodalangan:



Toleim rahbarlig’ aylab, baxt yovar bo’lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo’lmadi.

Nodiraning eri vafotidan keyin taxtga o’tirgan yosh o’g’li yonida turib davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etganini yaxshi bilamiz. Lekin bu unga tatimaydi. Bu yerda shunga nozik ishorani sezish qiyin emas.


Sakkizinchi bandda yordan shikoyat kuchayib, u va’da berib, so’zida turmaganlikda qoralanadi. Avval va’da berib, so’ng unga vafo qilmaganiga sabab nima ekan — yo ahd — u paymonidan pushaymon qildimi:

So’ngra qilg’on va’dalarni barcha yolg’on ayladi,
YO magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi.

Bu bandda ham yorni «shohim» deyish orqali shoira o’z hayotiy dardini kuylayotganini bildirib o’tgan:



Men qolib g’urbatda, shohim azmi javlon ayladi.

To’qqizinchi band hasbi hol ifodasi jihatidan ajralib turadi. Unda yettinchi banddagi yori vafot etib, davlatga ega bo’lishdan ma’shuqning vasli afzalligi g’oyasi kuchaytiriladi. Biroq bu yerda muallifning so’z nazokatiga qoyil qoladigan nuqtalar bor. Shoira misralarni marjondek tizar ekan, jumlalarni shunday tuzadiki, yuzaki qaraganda bir gap, zimdan e’tibor qilsangiz, boshqa gap chiqaveradi. Maqsad esa ana o’sha ishoralarda yashirin.

Bandning ikkinchi misrasida:

Yod aylab lablaring sahbosini, maxmurman, —

deyilgan. Demak, oshiq ma’shuq lablari mayi yodi bilangina mast¬ — shuni ham bir katta davlat, ya’ni baxt bilib yuribdi. El-ulus esa uni shu davlat bilan masrur, ya’ni xursand deb hisoblaydi. Holbuki, yorsiz kechayotgan saltanat saltanatmi:



El gumon aylarki, bu davlat bilan masrurman,
Aylamasman saltanatni yorsiz manzur man.

Muashsharning oxirgi — o’ninchi bandi, an’anaviy tarzda, mug’anniyga, ya’ni qo’shiqchi-sozandaga murojaat bilan boshlanadi. Xuddi g’azalning aksariyat hollarda oxirgi bayti ¬maqta’sida (ba’zan maqta’dan oldingi baytda) shoir o’z taxallusini qistirib o’tgani kabi, muallif Komila taxallusini ham tilga oladi. Shundan ma’lum bo’ladiki, bu asarini shoira Nodira yoki Maknuna emas, aynan Komila taxallusi bilan bitgan.


Bandning yana bir jihati shuki, unda yana charx timsoli eslanadi. Bu bandlar bandlarga ma’no-mantiq tarafidan uzviy bog’lanib turganidan dalolat beradi.

Banddagi uchinchi jihat — bu oh-nola chekish motivi kuchayganligida ko’rinadi. Aytiladiki, lirik qahramon kutilmaganda bir oh cheksa, charxning bori imorati kuyib, kul bo’ladi. Oh-nola chekish esa tasavvufiy adabiyotda ishqning komil bo’lganiga ishora hisoblanadi. Shuni bilganimiz uchun shoira asarda bekorga aynan Komila taxallusini tanlamagani ayonlashadi. Bu bilan lirik qahramon, ishqim komil bo’la boshladi, demoqchi. Bu fikrlarga ishonch hosil qilish uchun bandni yana bir qayta o’qish zarur:




Download 79,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish