Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni



Download 79,47 Kb.
bet2/12
Sana21.01.2022
Hajmi79,47 Kb.
#394794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nodira

Nodira
FIROQNOMA

Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak,


Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak,
Yordin ayru menga ko’p mojaro aylar falak,
G’am bila guldek yuzumni kahrabo aylar falak,
Bevafodur, oqibat kimga vafo aylar falak,
Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak,
Yorni, albatta, yoridin judo aylar falak,
Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Sabr qilsam ishq dardi beqaror aylar meni,


Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni,
Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,
Hajr dog’i dardmand-u dilfigor aylar meni,
O’ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni,
Yorsiz hijron balosig’a duchor aylar meni,
Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,
Oqibat bu dard-u g’am Majnunshior aylar meni,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Yordin ayru ko’nguldur tiyra-u oshufta hol,


Oftobim necha kun bo’ldiki, ko’rguzmas jamol,
Furqat ichra badri tobon za’fidin bo’ldi hilol,
G’am yuki oxir alifdek qomatimni qildi dol,
Ey xush, ul soatki erdim mahrarni bazmi visol,
Dardi hijron ibtilosin aylamas erdim xayol,
Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga ayni kamol,
Boqdi ul sarvi ravon, men qolmisham behush-u lol,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilinasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Qaydasen, yorim, so’rog’ingda ko’ngul ovoradur,


Kechalar to subh ashkim kavkabi sayyoradur,
Sarvi qaddingga ko’zum mushtoqi bir nazzoradur,
Pirazoli charxkim, oshiqkush-u makkoradur,
Javru zulmidin yurakda benihoyat yoradur,
Emdikim sabr aylamakdin jaybi toqat poradur,
Yig’lamay naylayki, g’am jonimni o’rtab boradur,
Chora topmay dardig’a bu notavon bechoradur,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi,


Bedavo dardimga rahm aylab, mudovo qilmadi,
Ayrilib andin ko’ngul tarki tamanno qilmadi,
Toshbag’irlik yor faryodimg’a parvo qilmadi,
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O’tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Benavomen, qaydasen, ey shahriyori muhtaram?


Sharbati vaslingni topmay qon yutarman dam-badam,
Sarv yanglig’ qomatimni bori mehnat qildi xam,
Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam,
Sendin ayrilg’och g’izoli hush mendin qildi ram,
Dard — yor-u g’ussa — hamdam, g’am — farovon, aysh — kam
Bilmagan bo’lsam visoling davlatini mug’tanam,
Hajr etak ushlab, giribonimni mahkam tutti g’am,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Nola qildim, yorning vasli muyassar bo’lmadi,


Toleim rahbarlig’ aylab, baxt yovar bo’lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo’lmadi,
Ko’zlarim mehri jamolidin munavvar bo’lmadi,
Menga hamdam bir kun ul xurshid manzar bo’lmadi,
Bir nafas diydoridin jon bahraparvar bo’lmadi,
Kimdur ul kim keldi dunyoga mukaddar bo’lmadi,
Hajr dardidin parishonhol-u abtar bo’lmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Menga ul kunkim vafog’a ahd-u paymon ayladi,


No’shdoruyi labi dardimg’a darmon ayladi,
So’ngra qilg’on va’dalarni barcha yolg’on ayladi,
YO magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi,
Vasl xonidin nasibim dog’i hijron ayladi,
Loladek bag’rimni dog’i furqati qon ayladi,
Xotiri jam’imni bu hasrat parishon ayladi,
Men qolib g’urbatda, shohim azmi javlon ayladi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Sen qilib azmi safar, men dard ila mahjurman,


Yod aylab lablaring sahbosini, maxmurman,
Vasling istab, ofiyat sarmanzilidin durman,
El gumon aylarki, bu davlat bilan masrurman,
Aylamasman saltanatni yorsiz manzur man,
Mug’tanam bilmay visolingni agar mag’rurman,
Emdi ko’zgu aksidek hayratda nomaqdurman,
Qilmangiz man’i fig’onim, yordin mahjurman,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.

Ey mug’anniy, nag’masoz et Komila guftoridin, —


Kim kelur bo’yi vafo ushshoq aro ash’oridin,
Rishtayi jonimg’a payvand ayla sozing toridin,
Qilmasunmu nola, ayrildi vafolig’ yoridin,
Toshni suv qildi ta’siri fig’on-u zoridin,
Nogahon bir oh agar cheksa dili afgoridin,
Charx bunyodini xokistar qilur osoridin,
Bo’lmasun mahrum oshiq yorning diydoridin,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoriqin ayrilmasun.



Shoira tarjimayi holidan yaxshi bilamizki, u hayotining so’nggi yigirma yilini umr yo’ldoshidan ayrilganidan keyingi hijron azobida o’tkazdi. Bu uning she’rlariga ta’sir qilmay qolmadi. Hatto, firoqnoma asarlar bitish, boshqacha aytganda, she’rlarida hijronni kuylash shoira ijodining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. Nodira firoqnomalarini, shartli ravishda, ikki qismga bo’lish mumkin:
1. Firoqnoma ruhidagi turli lirik asarlar.
2. Maxsus «Firoqnoma» muashshari.

Hijron motivlari shoiraning turli lirik janrlarda bitilgan asarlarida, xususan, g’azallarida kuchli sezilib turadi. Albatta, ayriliqni kuylash mumtoz lirikamizda avvaldan bor edi. Chunki, tasavvufiy talqinga ko’ra, inson bu hayotda Allohga intilib, umr bo’yi uni bunyod etgan oliy zotga talpinib yashaydi. Lekin Nodira firoqnomalarida bevosita Umarxondan ayriliq kabi dunyoviy dard-alam bilan tasavvufiy hijron uyg’unlashib ketgan. «Firoqnoma» shoiraning hijron mavzuida bitilgan maxsus asari hisoblanadi. U muashshar janrida, ya’ni har bandi o’n misradan iborat bo’lgan shaklda bitilgan. O’n banddan, ya’ni jami yuz misradan iborat bu asarning har bandi:




Download 79,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish