Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni


‘g‘il tug‘iladi. 1822-yili Umarxon vafotidan keyin 14 yoshli Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi.O‘



Download 79,47 Kb.
bet7/12
Sana21.01.2022
Hajmi79,47 Kb.
#394794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nodira

gil tug‘iladi. 1822-yili Umarxon vafotidan keyin 14 yoshli Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi.Ottiz yoshida beva qolgan Nodirabegim ham yosh xonning yonida mamlakatni boshqarish ishida faol ishtirok eta boshlaydi.

Nodira davlat va mamlakat ishlarini tadbir va adolat bilan idora qilishda homiylik namunalarini korsatarkan,bu yillarda mamlakatda birmuncha osoyishtalik saqlandi.Qoshni olkalar va ularning hukmdorlari bilan savdo-sotiq va boshqa sohalarda hamkorlik amalga oshirildi.

1822-yilda Umarxonning fojeali vafotidan keyin o‘g‘li Ma’dalixon bilan birga Qo‘qon xonligini boshqaradi.Madrasa,masjid,karvonsaroylar qurdiradi.Ilm ahliga rahnamolik,faqirlarga homiylik qiladi.

Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan:”Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila,fahmli,ilmli va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayolekanligini ko‘rsatishdir...Umarxon vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa o‘tishini noshukurlik deb bildi.U gulistondek Chahorchaman bog‘iga borib,Farg‘ona,Toshkent,Xo‘jand,Andijon va boshqa shaharlardan fozillar,olimlar,hattotlar,naqqoshlarnio‘z xizmatiga chaqirtirib keldi”.Nodira bir necha kitoblarni ko‘chirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi.Shoira devonlarning chiroyli yozilishi,muqovasining bezatilishini shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirgan.U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam,kumush qalamdon berib,ularni “Zarrin qalam”lik mansabiga ko‘targan.

Nodira bozor va rastalar,masjid va madrasalar qurilishiga katta e’tibor bergan.Go‘ristoni kalondagi Madrasai Chalpak,Taqagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini qurdirgan.Buxoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonga bostirib kirib,Ma’dalixonni,ukasi Sulton Mahmudxonni,14 yashar o‘g‘li Muhammad Aminxonni va Nodirani fojeali ravishda o‘ldiradi.

Uning ijodiga qiziqish shoira hayotligi paytidanoq boshlangan.Mashhur Dilshodi Barno Nodiraga bag‘ishlab g‘azallar yozgan.Uni “ilm-adabi va nazm osmonining yulduzi,ushshoqlari g‘azalxoni,shakar sochuvchi bulbul” deya ta‘-riflagan ekan.Nodira g‘azallariga juda ko‘p shoirlar naziralar yozgan,muxammaslar bog‘lagan.

Bundan tashqari,Hakimxon To‘raning “Muntaxab-ut tavorix Avazmuhammad Attorning “Tuhvatut-tavorix”,Is’hoqxon To‘raning “Tarixi Farg‘ona”,Mushrifning “Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin” kabi tarixiy asarlarda,Uvaysiyning “Voqeoti Muhammadalixon,Nodir uzlatning “Haft gulshan”nomli dostonlarda nodiraning iqtidori,faoliyati borasida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan.O‘zbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi.H.Razzoqovning “Nodira”,Turob To‘laning “Nodirabegim” musiqali dramalari sahnalashtirildi.Komil Yormatov va M.Melkumovlarning ssenariysi asosida “Nodirabegim”filmi yaratildi.Shoiraning asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan.G‘azallari o‘zbek maqomlari va xalq kuylariga solingan.O‘zbekistonning shahar va qishloqlarida ko‘plab ko‘chalar,kinoteatr,maktab va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi.

Ijodi A.Qayumov,T.Jalolov,X.Razzoqov,M.Qodirova kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan.

Nodira she’riyatining asosini lirika tashkil etadi.Nodira muhabbat,sadoqat va vafo kuychisidir.U go‘zallik va sadoqatni,sharq xotin-qizlarining dard-alamlari,ohu fig‘onlarini kuyladi.Shoira o‘zini ishq oynasi deb atar ekan,bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi,ezgu istaklari va orzusi aks etgan.U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yog‘du ekanligini kuyladi:

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

Gar odamsan,muhabbat ixtiyor et!

Nodiraning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi.Muhabbat shaxsiy tuyg‘ular doirasidan yuqori ko‘tarilib,odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi.Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi.Shoiraning fors-tojik tilidagi “Mebosh”radifli g‘azalida vafo mavzusi keng doirada ochib berilgan.

Shoira himmat,sabr,qanoat,nomus,hayo kabi hislatlarni ma’rifat,ya’ni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi,odam ana shu hislatlarni o‘z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan ko‘ngil ganjinasida asramog‘ini obrazli qilib tasvirlaydi.Odamzod shu hislatlardan mahrum bo‘lar ekan,u riyo yo‘liga kirib ketadi.

Nodira o‘z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yo‘nalishiga asoslangan bir butunlik orqali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham,ilohiy muhabbat yo‘lidagi ruhiy dunyosini ham juda go‘zal va jonli misralarda ifodalab beradi.Uning she’rlarida islom ruhi,tasavvuf ta’limi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi,undan yaxshilik urug‘ini qidiradi.Nodira saroyda yashasa ham,o‘zini ma’naviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmagan.

Shuning uchun ham g‘azallaridan birida:


“Meni saltanat masnadida ko‘rib,gumon qilmang ayshu farog‘at bilan”deydi.

Nodira mumtoz she’riyatning hamma janrlarida qalam tebratgan.Uning o‘zbekcha,forsiycha va tojikcha g‘azallari aruzning turli vaznlarida 5,7,9,13 hatto 18 baytli hajmda yaratilgan.Shoira g‘azallarining asosiy qismi 7-9 baytlidir.U mumtoz adabiyot an’analarini qunt bilan davom ettirgan.Nodira o‘z g‘azallarida ko‘proq“mukarrar”(so‘zning takrorlanib kelishi)va qo‘sh mukarrar”usullaridan foydalandi.Asarlarda talmeh,tazod,majoz,istiora,tashhis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qo‘llangan.

Uning“Eshit”radifli g‘azalida bir yo‘la ham Amir Umarxon,ham Yarat- ganga ishora borligini sezish qiyin emas.Bu matla’dayoq ko‘zga tashlanadi:

Doda keldim,ey salotin sarvari,dodim eshit,

Sen shah-u,men benavo,lutf ayla,faryodim eshit..

Chindan ham,xonni ham “salotin sarvari”(podshohlar boshlig‘i),ma’shuqini “shah” deyishi,o‘zini “benavo” hisoblashi mumkin,bu ta’riflar Xudoga qaratilgan,deb hisoblansa ham,bo‘laveradi.G‘azal davomidagi “sarvi ozodim”,“sarvi nozim”,“parizodim”, “tab’i noshodim”undalmalari ham xuddi shunday tarzda bir yo‘la ikki obyektga qaratilgan holda qo‘llangan.

Kelki,bir soat seni ko‘rmoq uchun mushtoqmen,

Telba bo‘ldim sendin ayru,ey parizodim,eshit,-

bayti esa she’rni yana-da hayotiyroq qilib,uning insoniy muhabbatga daxldorli-

gini kuchaytirgan.

Nodira asarlari mumtoz shoiralarimiz ijodiyotining ana shunday o‘ziga

xosliklari borligini,ularni nozik tushunish zaruratini ko‘rsatib turibdi.

“Jilva ko‘rsatdi chu ul sarvi diloro bog‘ aro…”, “Fig‘onkim,gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin…”, “Kel,sanga,ey shahi jahon,mamlakati jahon fido…”, “Na gul sayr ayla,na fikri bahor et…” deya boshlanadigan va boshqa g‘azallarini ham majoziy(insonning insonga muhabbati),ham ilohiy (insonning Allohga muhabbati)ishq jihatidan talqin etish zarur.Ana shunda asar mazmuni falsafiylashadi,u irfoniy-tasavvufiy ma’no-mazmun kasb etadi,uning badiiyligi,har zamon va makonga mosligi darajasi oshadi.

Nodiradan xalqimizga ikki devon qoldi.Nisbatan to‘la deb hisoblanadigan turkiy devonida 189 ta g‘azal mavjud.Ulardan ayrimlari tojikcha.Forsiy she’rlari “Devoni Maknuna”da jamlangan.

Sharqda sohibi devon shoir bo‘lish katta sharaf hisoblangan.Chunki devon tuzishi uchun shoir arab alifbosidagi barcha harflar bilan tugaydigan g‘azallar bitgan bo‘lishi kerak.Nodira ikki tilda ham ana shunday yuksak darajaga yetgan ijodkor edi.She’riyat muxlislari orasida shuhrati juda baland edi.Bu haqda uning o‘zi faxr bilan:

Nodira, har so‘zki insho ayladim,

Aydi anga ahli davron: «Marhabo!» -

deb yozganida tamoman haq edi.

Chunki,mana oradan bir yarim asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay,uning she’rlari sevib o‘qiladi,hamon kishilarga ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-tab’iy,zavq va lazzat ulashadi.

Nodira badiiyat ilmidagi san’atlarni mukammal o‘rgangan va she’riyatiga tabiiy tatbiq eta olgan shoiradir.U badiiy usul imkoniyatlaridan foydalanib aqlni hayratga soluvchi manzaralar ijod qilgan.Ayniqsa,mubolag‘a san’atini go‘zal ma’nolarni suvratlantirishga

mohirona safarbar etgan:

G‘amimni sharhini yuz mingidan birini dedim,

Falak ani ko‘tarurda xam ayladi qomat.

Shoira qismatiga tushgan g‘am yuki shu qadar og‘irki,uning yuz ming-

dan bir ulushi izhor etilganida,falak ko‘tarolmay,qaddi bukilib qolgan ekan.

Bunday mubolag‘a vujudga kelishiga osmonning egilgan holatdagi ko‘rinishi asos bo‘lgan.Yerdagi ohning ko‘kkacha yetib borishi-chi? Bu ham mubolag‘a vujudga mo‘jizasi,albatta:

Ohim o‘qig‘a qadim kamondur,

Bu o‘ni nishonidur Surayyo.

Ushbu bayt zamiridagi tashbih – naqadar xayoliy qudrat mahsuli!Shoiraning ohlari koinotni o‘rtaydigan ohlar bo‘lganini bir tasavvur qilaylik.

Bu ohlar g‘am-alam epkinidan tarkib topgan shoira qaddi kamonidan falakka otilgan otashin o‘qlardir.Bu o‘qlar Surayyo sayyorasini mo‘ljalga oladi va bexato uradi.G‘am yuklaridan egilgan qomatni va iztiroblarga to‘lgan qalbni bundan-da tiniq,aniq,go‘zal tasvirlash mumkinmi? G‘am yuki og‘irligidan alifdek qomat yoysimon shaklga kiradi,yoydek egilgan qad kamonidan falakka g‘am o‘qlari otiladi,olamdan oshgan ohlarning mingdan bir ulushini ko‘tarolmay,falakning qaddi kamondek egiladi!

Nodiraning mazkur baytlari Lutfiy hamda Mashrabning quyidagi baytlari bilan hamohanglik va hamdardlikda bahslasha oladi.Lutfiy yozadi:

Hijron kechasi charxi falakka yetar,ey moh,

Ohi saharim,xoh inon,xohi inonma.

Lutfiy g‘azaliga tazmin bog‘lagan Mashrab so‘zini ustozdan-da o‘zdiradi:

G‘am shomi firoqingda kabob etti falakni,

Ohi saharim,xohi inon,xohi inonma.

Nodiraning to‘la bo‘lmagan o‘zbekcha devoni O‘zbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.Devonga Nodiraning 109 g‘azali kiritilgan.

1962-yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topildi.O‘zbekis- ton fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan bu devon shoiraning lirik merosini to‘liq qamrab olgan.Devonda shoiraning “Nodira”taxallusi bilan yozgan 180 she’ri jamlangan (136 tasi o‘zbek tilida,44 tasi tojik tilida).Jumladan,11 muhammas,2 musaddas,1musam- man,1 tarji’band,1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor.Nodiraning “Maknuna” taxallusi bilan yozilgan,333 g‘azaldan iborat bir devoni ham mavjud ekan.Ho- zirgi kunda biz uning o‘zbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.

Nodira ishq-muhabbat,ilm-ma’rifat,el-yurt,do‘stlik,osoyishtalik,do


Download 79,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish