1 amaliy mashg’uloti. Mavzu : Analog-raqamli va raqam-analogli o’zgartirgichlarni o’rganish. Ishdan maqsad



Download 0,94 Mb.
bet7/17
Sana17.04.2023
Hajmi0,94 Mb.
#929277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
1 amaliy mashg’uloti. Mavzu Analog-raqamli va raqam-analogli o

3.5-rasm. «Yulduz» topologiyali tarmoqda axborot almashinuvining markazlashtirilgan boshqarish usuli.
Bu holatda abonent geografik ustunlikka ega deyiladi (ularning jismoniy joylashishiga binoan). Har bir aniq vaqtda eng katta ustunlikka joylashishda keyingi o'rinda turgan abonent egalik qiladi, lekin to'liq so'rov sikli oralig'ida hech bir abonent boshqa abonentdan ustunlikka ega emas. Hech kim o'z navbatini juda ham ko'p kutib qolmaydi. Bu vaziyatda xohlagan abonent uchun tarmoqqa ega bo'lish uchun eng ko'p vaqt kattaligi hamma abonentlar uzatgan paketga ketgan vaqt kattaligiga teng bo'ladi, albatta, birinchi uzatayotgan abonentdan tashqari 3.5-rasmda ko'rsatilgan topologiya uchun to'rtta paket uzunligiga sarf bo'ladigan vaqt kattaligiga tengdir. Bu usulda hech qanday paketlar to'qnashuvi bo'lishi mumkin emas, chunki tarmoqqa egalik qilishning yechimi bir joyda hal qilingan.
Markazdan boshqarishning boshqacha usuli ham bo'lishi mumkin. Bu holda markaz hamma tashqi abonentlarga navbat bilan so'rov jo'natadi (boshqarish paketini). Qaysi tashqi qurilma (birinchi so'ralgan) axborot jo'natishni xohlasa, javob jo'natadi (yoki axborotni birdaniga uzatishni boshlab yuboradi). Axborot almashinuvi shu abonent bilan davom ettiriladi. Bu aloqa tamom bo'lgach, markaziy abonent tashqi abonentlarni aylana bo'yicha navbatma-navbat so'rov qiladi. Agarda, markaziy abonent axborot uzatishni xohlab qolsa, u hech qanday navbatsiz qaysi abonentni xohlasa, shu abonentga






3.6-rasm. «Shina» topologiyali tarmoqda axborot almashinuvining markazlashtirilgan boshqarish usuli.




Bunday boshqarishning hamma afzalliklari va kamchiliklari «Yulduz» topologiyasidagi kabidir. Faqat bitta farqi shundan iboratki, bu yerda markaz «Aktiv yulduz» topologiyasi kabi axborotni bir obyektdan ikkinchi obyektga uzatmaydi, u faqat axborot almashi- nuvini boshqaradi.
Ko'pincha «Shina» topologiyasida markazdan tarqatilgan tasodifiy boshqarish usuli ishlatiladi, chunki hamma obyektlarning tarmoq adapterlari bu holatda bir xil bo'ladi. Markazdan tarqatilgan boshqarish usulini qo'llanganda, hamma obyektlarda tarmoqqa ega bo'lish huquqi baravar bo'ladi, ya'ni topologiya xususiyati bilan boshqarish xususiyatlari mos tushadi. Paketni qachon uzatish haqidagi qaror har bir obyekt tomonidan o'z joyida qabul qilinadi. Paketni uzatish uchun qaror tarmoq holatini tahlil qilgandan so'nggina qabul qilinadi. Bu holatda abonentlar o'rtasida tarmoqqa ega bo'lish uchun raqobat mavjuddir, shu tufayli ular o'rtasida mojaroli holat bo'lishi mumkin va uzatilayotgan axborotda paketlarni bir-birining ustiga chiqishi tufayli surilish holati ham yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas (demak, xatolik kelib chiqadi).
Tarmoqqa ega bo'lish algoritmlarining ko'pi mavjud yoki boshqacha qilib aytganda, ega bo'lish ssenariysi, odatda, juda murakkab bo'ladi. Ularni tanlash, asosan, tarmoqdan uzatish tezligiga, shinaning uzunligiga, tarmoqning yuklanganligiga (tarmoq trafikasi), uzatish kodining turiga bog'liqdir. Shuni aytib o'tish kerakki, ba'zi hollarda shinaga ega bo'lishni boshqarish uchun qo'shimcha aloqa yo'li ishlatiladi. Bu kontrolyor qurilmalari va ega bo'lish usulini soddalashtiradi. Lekin, odatda, tarmoq narxini kabellar uzunligi oshishi hisobiga sezilarli oshiradi va qabul qilish hamda uzatish qurilmalari sonini ham oshiradi. Shuning uchun bu yechim ko'p tarqalmaydi.
Hamma axborot uzatishni boshqarishning tasodifiy usullari ma'nosi juda oddiydir. Tarmoq band ekan, ya'ni undan paket uzatilayotgan vaqtda, axborot uzatishni xohlagan abonent tarmoq bo'shashini kutadi. Aks holda, surilish hosil bo'lib, har ikki paket ham yo'qolishi mumkin. Tarmoq bo'shagandan so'nggina, axborot uzatishni xohlagan abonent o'z paketini uzatadi. Agarda, u obyekt bilan bir vaqtda boshqa bir necha obyekt ham paket uzatsa, kolliziya holati yuzaga keladi (konflikt, paketlar to'qnashuvi). Konflikt hamma obyektlar tomonidan qayd qilinib, axborot uzatish to'xtatiladi va bir necha vaqtdan so'ng paketni uzatishni qaytadan tiklashga harakat qilinadi. Bu vaziyatda qaytadan kolliziya holatini yuzaga keltirish ehtimoldan xoli emas, yana o'z paketini uzatishga urinishlar bo'ladi. Xuddi shunday holat paketni kolliziyasiz uzatilgunga qadar davom etadi.
Ko'pincha tartib o'rnatish (prioritet) tizimi butkul bo'lmaydi, kolliziya holati aniqlangandan keyin, abonentlar tasodifiy qonunga asoslangan keyingi uzatishgacha harakatning ushlanish vaqtini tanlaydi. Aynan shu usulda standart CSMA/CD (Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection) axborot almashinuvini boshqarish usuli ishlaydi, bu usul eng ko'p tarqalgan va taniqli Ethernet tarmog'ida foydalanilgan. Uning asosiy afzalligi shundan iboratki, barcha obyektlar teng huquqli va ulardan hech bin ko'p vaqtga boshqa obyektlarga paket uzatishni to'xtatib qo'ymaydi (xuddi tartib o'rnatilgani kabi).
Tushunarliki, barcha shu kabi usullar tarmoq orqali uncha ko'p bo'lmagan axborot almashinuvi bo'lgan holda yaxshi ishlaydi. Ishlatsa bo'ladigan darajadagi sifatli aloqa vaqti faqat 30—40 % dan ortiq bo'lgan yuklama bo'lsagina ta'minlanadi, deb hisoblanadi (ya'ni tarmoq barcha vaqtining 30—40 % dan ko'pi band bo'lganda). Katta yuklama bo'lganda qayta to'qnashuvlar tez ro'y berib turishi natijasida kollaps holati (tarmoq falokati) yuz beradi, ya'ni ish unumdorligi keskin kamayib ketish holati yuzaga keladi. Barcha shu kabi usullarning yana bir kamchiligi quyidagilardan iboratki, tarmoqqa qancha vaqtdan so'ng ega bo'lishga kafolat berilmaydi, bu vaqt paketlarning tarmoqqa umumiy yuklanganligidan iborat bo'ladi.Har qanday axborot almashinuvini boshqarishning tasodifiy usulida quyidagi savol tug'iladi: paketning minimal uzunligi qancha bo'lishi kerakki, kolliziya holati yuzaga kelganligidan hamma axborot uzatishni boshlagan abonentlar xabardor bo'lsin. Signal har qanday jismoniy muhitdan shu onda tarqalmaydi, tarmoq katta o'lchamli bo'lganida (va yana katta diametrli tarmoq ham, deb ataladi) tarqalishning kechikishi o'nlab va yuzlab mikro- sekundlarni tashkil qilishi mumkin va bir vaqtning o'zida ro'y berayotgan voqealar haqidagi axborotni turli abonentlar bir vaqtda olmaydi. Bu savolga javob berish uchun 3.7-rasmga murojaat qilamiz. L — tarmoqning to'liq uzunligi, V — tarmoqda ishlatilgan kabel turida signalning tarqalish tezligi bo'lsin. Faraz qilaylik, 1- abonent o'z axborotini uzatishni tugalladi, lekin 2 va 3- abonentlar 1-abonent axborot uzatayotgan vaqtda axborot uzatishni xohlab qolsin. Tarmoq bo'shagandan so'ng 3-abonent bu voqeadan xabar topadi va axborot uzatishni signal tarmoqni butun uzunligiga yetadigan vaqtdan so'ng uzatishni boshlaydi, ya'ni LG’V vaqtdan so'ng, 2-abonent tarmoq bo'shashi bilan axborot uzatishni boshlaydi. 3-abonent paketi 2-abonentga 3- abonent uzatishni boshlagandan keyingi oralig'ida yetib keladi. Bu vaqt oralig'ida 2-abonent o'z paketini uzatishni tamom qilishi kerak emas, aks holda, 2-abonent paketlar to'qnashuvi haqida bexabar qoladi (kolliziya holatidan).
Shuning uchun paketning minimal ruxsat etilgan tarmoqdagi vaqti 2LG’V ni tashkil qilishi kerak, ya'ni signalni tarmoqning to'liq uzunligidan o'tish vaqtidan ikki hissa katta bo'lishi kerak (yoki tarmoq uzunligining eng uzun yo'liga). Bu vaqt signalning tarmoqda aylanma ushlanish vaqti yoki PDV(Path Delly Value) deb yuritiladi. Aytib o'tish kerakki, bu vaqt oralig'ini tarmoqdagi turli voqea- larning universal o'lchovi, deb qarash mumkin.


Tarmoq adapteri kolliziya holatini, ya'ni paketlar to'qnashuvi holatini aniqlashi haqida alohida to'xtalib o'tishi o'rinlidir, oddiy taqqoslash, ya'ni obyekt uzatayotgan axborot bilan tarmoqdagi aniq axborotni solishtirish imkoni faqat oddiy NRZ kodi ishla- tilganda mumkin, lekin NRZ ancha kam ishlatiladi. Manchester II kodini ishlatilganda (u, odatda, CSMA/CD axborot almashinuvini boshqarish usulida qo'llaniladi, deb bilinadi) butunlay boshqacha yondashish talab etiladi. Aytib o'tilganidek, Manchester II kodida har doim o'zgarmas doimiy qismi mavjuddir, uning kattaligi signalning umumiy balandligining yarmiga tengdir (agarda, signalning ikki holatidan bin nol bo'lsa). Biroq, ikki yoki undan ko'p paketlar to'qnashgan holatda (kolliziya) bu qoida bajarilmaydi (3.8-rasm).



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish