1 amaliy mashg’uloti. Mavzu : Analog-raqamli va raqam-analogli o’zgartirgichlarni o’rganish. Ishdan maqsad



Download 0,94 Mb.
bet8/17
Sana17.04.2023
Hajmi0,94 Mb.
#929277
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
1 amaliy mashg’uloti. Mavzu Analog-raqamli va raqam-analogli o

3.8-rasm. Manchester II kodi ishlatilganda kolliziya holatini aniqlash.




Paketlar har doim bir-biridan farq qiladi va vaqt bo'yicha surilgandir. Aynan o'zgarmas doimiy qismning chiqish kattaligi o'rnatilgan qiymatidan farq qilishiga qarab, har bir tarmoq adapteri tarmoqda kolliziya holati mavjudligini aniqlaydi.
Axborot almashinuvining boshqarish usulini «Halqa» topolo- giyasiga tanlashning o'z xususiyatlari mavjuddir. Bu holda muhimi shuki, halqaga uzatilgan har qanday paket ketma-ket har bir abonentdan o'tib, ma'lum vaqtdan so'ng yana shu nuqtaga qaytib keladi, ya'ni paket uzatgan abonentga (chunki topologiya yopiq). Sababi «Shina» topologiyasi singari signal ikki tarafga tarqalmaydi. Aytib o'tish kerakki, «Halqa» topologiyasi tarmoqda bir va ikki yo'nalishga axborot uzatishi mumkin. Biz bu yerda bir yo'nalishli tarmoqni ko'rib o'tamiz, chunki bu turdagi tarmoq ko'p tarqal- gandir.
«Halqa» topologiyali tarmoqqa turli markazlashtirilgan bosh­qarish usulini («Yulduz» kabi) qo'llash mumkin, xuddi shuning- dek, tarmoqqa tasodifiy ega bo'lish usulini («Shina» kabi) qo'llash mumkin, lekin ko'pincha halqa xususiyatiga aynan mos keluvchi boshqaruvning maxsus usulini tanlashadi. Bu hol uchun eng ko'p tanilgan boshqarishning marker (estafeta) usuli, ya'ni maxsus ko'rinishdagi katta bo'lmagan boshqarish paketidan foydalaniladi. Aynan halqa bo'ylab estafeta ravishda uzatish tarmoqqa ega bo'lish huquqini bir abonentdan keyingi abonentga beradi. Marker usullari markazdan tarqatishga va determinatsiyalangan tarmoqda axborot almashinuvini boshqarish usullariga kiradi. Ularda aniq ajratilgan markaz yo'q, lekin aniq o'rnatilgan tartib tizimi mavjud va shuning uchun mojaroli holat yuzaga kelmaydi.
«Halqa» topologiyali tarmoqda markerli boshqarish usulining ishlashini ko'rib chiqamiz (3.9-rasm).
Halqa bo'ylab uzluksiz maxsus paket marker yuradi, u abonentlarga o'z paketlarini uzatish huquqini beradi. Abonentlarning harakat qilish algoritmi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. O'z paketini uzatishni xohlagan 1-abonent bo'sh markerning o'ziga kelishini kutishi kerak. Shundan so'ng markerga o'z paketini qo'shadi, markerni band deb belgilaydi va uni halqada o'zidan keyinda joylashgan abonentga jo'natadi. Hamma abonentlar (2, 3, 4) paket ulangan markerni qabul qilib, paket ularga manzillanganligini tekshiradilar. Agar peket ularga manzillangan bo'lmasa, u holda olingan marker-paketni halqa bo'ylab uzatib yuboradilar.
A garda, qaysidir abonent (bizning holatimizda 3-abonent bo'lsin) paketning o'ziga manzillanganini tanisa, u bu paketni qabul qilib oladi, markerda axborot qabul qilingani haqida tasdiq bitini o'rnatadi va marker-paketni halqa bo'ylab uzatib yuboradi.
Axborot uzatgan 1-abonent butun halqa bo'ylab aylanib chiqqan o'z paketini oladi va markerni bo'sh deb belgilab, tarmoqdan o'z paketini chiqarib tashlaydi va bo'sh markerni halqa bo'ylab uzatib yuboradi. Axborot uzatishni xohlagan abonent bu bo'sh markerni kutadi va yana hammasi boshqatdan bayon etilgan ketma




Nimasi bilandir ko'rib chiqilgan usul so'rov (markazlash- tirilgan) usuliga o'xshash, vaholanki, bu yerda aniq ajratilgan markaz yo'q. Lekin qandaydir markaz, odatda, baribir ishtirok etishi lozim: abonentlardan biri (yoki maxsus qurilma) halqa bo'ylab marker harakat qilganda yo'qolib qolmasligini nazorat qilishi kerak (masalan, qaysidir abonentning ishdan chiqishi sababli yoki to'siqlar tufayli). Aks holda, tarmoqqa ega bo'lish mexanizmi ishlamaydi. Buning natijasida boshqarishning mustahkamligi bu holda kamayadi (markazning ishdan chiqishi axborot almashinuvini to'liq izdan chiqaradi), shuning uchun, odatda, markazning mustahkamligini oshirishning maxsus usullari qo'llaniladi.
CSMA/CD usulidan ko'rib chiqilgan usulning afzalligi shundan iboratki, bu yerda tarmoqqa ega bo'lish vaqtining qiymati kafolatlangan. Uning kattaligi (N—1) • tpk ni tashkil qiladi. Bu yerda, N — tarmoqdagi abonentlarning to'liq soni, tpk — paketni halqa bo'ylab o'tish vaqti.
Tarmoqda axborot almashinuvining intensivligi katta bo'lgan taqdirda tasodifiy usulga nisbatan markerli boshqarish usulining unumdorligi ancha yuqori bo'ladi (tarmoq yuklanganligi 30—40 % dan ko'p bo'lganda). Bu usul tarmoq yuklamasi katta bo'lganda ham ishlash imkonini beradi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish