1 amaliy mashg’uloti. Mavzu : Analog-raqamli va raqam-analogli o’zgartirgichlarni o’rganish. Ishdan maqsad



Download 0,94 Mb.
bet9/17
Sana17.04.2023
Hajmi0,94 Mb.
#929277
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
1 amaliy mashg’uloti. Mavzu Analog-raqamli va raqam-analogli o

6- amaliy mashg’uloti.


Mavzu : MAC va LLC sath osti sathlari protokollarini o’rganish. Paketni inkapsulyatsiya qilish.


Ishdan maqsad: MAC va LLC sath osti sathlari protokollarini o’rganish. Paketni inkapsulyatsiya qilish.


Topshiriq: 1. O’tilgan ma’ruza matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan
mavzuga oid bilimlarni takororlash.
2. Mavzuga oid savollar shaklantirig va guruxingizda
disskussiya o’tkazing?
2. Xisobot tuzing va unda keltirilgan bayon asoslarini aytib bering.
Nazariy qism
Xalqaro standartlar tashkiloti tomonidan (ISO International Standards Organization) 1984-yili OSI modeli taqdim qilingan. Shundan buyon hamma tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqa- ruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo'pol. Tez o'zgartirishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli shakllar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilinmaydi.
Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro'y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi bajariladigan vazifalar (funksiyalar) modelda 7 bosqichga bo'lingan (4.1-rasm). Yuqori o'rindagi bosqichlar ancha murakkab, global masalalar bajariladi. Buning uchun quyidagi bosqichlarni o'z maqsadlari uchun ishlatib, ularni boshqaradilar. Quyida joylashgan bosqichlar maqsadi — yuqori bosqichga xizmat ko'rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko'rsatiladigan bu xizmat mayda qismlarining bajarilish tartibi muhim emas.



7. Amaliy bosqich

6. Prezentatsiya bosqichi

5. Aloqa vaqtining bosqichi

4. Transport bosqichi

3. Tarmoq bosqichi

2. Kanal bosqichi

1. Jismoniy bosqich

4.1-rasm. OSI modelining yetti bosqichi
Quyi joylashgan bosqichlar sodda bo'lib, aniq vazifalarni bajaradi. Ideal holda har bir bosqich o'zidan tepadagi va quyi bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan, amaliy masalaga to'g'ri kelsa, quyi bosqich esa, signalni aloqa kanali orqali uzatishga to'g'ri keladi. 4.1-rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har bin tomonidan bajariladi.
Bir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki, u boshqa abonentning xuddi shu bosqichi bilan to'g'ri aloqasi bordek, ya'ni tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari o'rtasida virtual aloqa mavjud. Bir tarmoq abonentlari o'rtasidagi real aloqa faqat eng quyi birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). Axborot uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab quyi bosqichda tugaydi.


Qabul qiluvchi abonentda esa, qabul qilingan axborot teskari yo'nalishda, quyi bosqichdan boshlab, yuqori bosqichga harakat qiladi (4.2-rasm).

Uzatuvchi Qabul ailuvchi


Axborotning yo'li



4.2-rasm. Axborotning abonentdan abonentga o'tish yo'li.
Hamma bosqich vazifalarini batafsil ko'rib chiqamiz.

  • Amaliy bosqich (Application — prikladnoy uroven) yoki ilovalar bosqichi quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: foyda- lanuvchining ilovasini shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari, axborotlar bazasiga ega bo'lish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. Bu bosqich qolgan olti bosqichni boshqaradi.

  • Prezentatsiya bosqichi (Presentation — prezentativno’y uroven) yoki axborotni tanishtirish bosqichi, bu bosqichda axborotni aniqlanadi va axborot formatini ko'rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o'zgartiradi, ya'ni tarjimon vazifasini bajaradi. Shu yerda axborot shifrlanadi va deshifratsiyalanadi, lozim bo'lgan taqdirda ularni zichlashtiriladi.

  • Aloqa o 'tqazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session — seansovo’yuroven) aloqa o'tkazish vaqtini boshqaradi (ya'ni aloqani o'rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarning mantiqiy nomlarini tanish, ularga ega bo'lish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi.

  • Transport bosqichi (Transport) paketni xatosiz va yo'qot- masdan, kerakli ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. Shu yerda yana uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotni qayta tiklanadi.

  • Tarmoq bosqichi (Network — setevoy uroven) bu bosqich paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga o'zgartirish, teskariga ham va shuningdek, paketni kerakli abonentga jo'natish yo'nalishini tanlashga (agarda, tarmoqda bir necha yo'nalish mavjud bo'lsa) javobgar.

  • Kanal bosqichi yoki uzatish yo'lini boshqarish bosqichi (data link), bu bosqich standart ko'rinishdagi paket tuzishga va boshlash hamda tamom bo'lishni boshqarish maydonining paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. Shu yerda yana tarmoqqa ega bo'lishni uzatishdagi xatoliklar aniqlanadi va yana qabul qilish qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytadan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi.

  • Jismoniy bosqich (Physical — fizicheskiy uroven), bu modelning eng quyi bosqichi bo'lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu yerda yana ulanish moslamalariga, razyomlarga, elektr bo'yicha moslashtirish va yerga ulanish hamda to'siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi.

  • Model quyi ikki bosqichining (1 va 2) vazifasini, odatda, qurilmalar bajaradi (2-bosqich vazifasining bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi). Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot almashishning boshqarish usuli va paket formati (o'lchami), ya'ni tarmoq turiga to'g'ri taalluqli ko'rsatkichlar aniqlanadi (Ethernet, Token—Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar to'g'ridan to'g'ri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholanki 3, 4 va 5-bosqichlar qurilma xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7-bosqichlar umuman qurilmalarga hech qanday aloqasi yo'q. Tarmoq qurilmalaridan birini boshqa biror qurilma bilan o'zgartirilgan taqdirda ham ular buni hech qachon sezmaydilar.

  • 2-bosqichda (kanal bosqichi) ikki bosqich osti ajratiladi:

  • Yuqori bosqich osti (LLC Logical Link Control — verxniy poduroven), bu bosqich osti mantiqiy ulashni amalga oshiradi, ya'ni virtual aloqa kanalini o'rnatadi (uning vazifasining bir qismini tarmoq adapterlarining drayver dasturi bajaradi).

  • Quyi bosqich osti (MAC Media Access Control — nijniy poduroven), bu bosqich osti aloqa uzatish muhiti (aloqa kanali) bilan to'g'ridan to'g'ri ega bo'lishni amalga oshiradi. U tarmoq qurilmasi bilan to'g'ri bog'langan.

  • OSI modelidan tashqari, 1980-yili fevral oyida qabul qilingan (802-soni yil, oydan kelib chiqqan) IEEE Project 802-modeli ham mavjud. Bu modelni OSI modelining aniqlashtirilgan, rivojlantirilgan modeli, deb qarash mumkin.

  • Bu model aniqlashtirgan standartlar (802—sertifikatsiya) o'n ikki toifaga bo'linib, ularning har biriga raqam berilgan.

  • 802.1 — tarmoqlarni birlashtirish;

  • 802.2 — mantiqiy aloqani boshqarish;

  • 802.3 - «Shina» topologiyali CSMA/CD ega bo'lish usuli,

  • mahalliy hisoblash tarmog'i (Ethernet);


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish