1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat"



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/67
Sana11.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#654195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

1.1-rasm. Animatsion jarayon 
Takidlash joizki, animatsion jarayon davomida animator turistlarga voqea 
sodir bo‘lgan ob’ektlarni ko‘rishga yordam beradi. Bu ma’lum mavzuda berilgan 
voqeani tomoshabin sifatida qabul qilish imkonini beradi. Zarur axborotlarni 
eshitish yoki ko‘rganlarini musiqa ostida to‘ldirish, o‘zi xuddi shunday qilib 
ko‘rishga urinish, jarayonga qo‘shilish, amaliy ko‘nikmalarni egallash.
Animatsion faoliyat mohiyatining tahlili unda o‘ziga xos uchta darajani 
belgilovchi turli xil elementlar mavjudligini aks ettiradi. Qaysikim, uni shunday 
klassifikatsiyalash mumkin:

ijodiy – faoliyatda ijodiy momentlar ustunligi;

reproduktiv – ilgarigi shakllari va usullarda qaysi ishlangan tayyorlarni 
oddiy takror ishlab chiqarish;

reproduktivli – ijodiy – kishi o‘zi uchun yangi deb bilganni kashf etishi, 
qaysikim aslida ob’ektiv yangi hisoblanmaydi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, animatsiyani to‘laqonli rekreatsion, 
ijtimioy-madaniy, bo‘sh vaqt va kishining boshqa faoliyatiga uning hayotiy kuchi 
ta’siri yo‘li bilan jonlantiruvchi va ruhlantiruvchi rag‘bat sifatida belgilash mumkin.
Turistik animatsiya – turistik xizmatlar bo‘lib, u ko‘rsatilishi chog‘ida turist 
ham birgalikda faol harakatga jalb etiladi. Turistik animatsiyada turanimator 
(animator) turist bilan shaxsiy insoniy aloqalarga asoslanadi, ya’ni insoniy yaqinlik, 
animator va turistni turkompleks taklif etgan animatsion dasturning ko‘ngil ochish 
tadbirlariga jalb etadi.
Animatsion mehmonxona xizmatlari mehmonlarni otelga jalb qilishning eng 
samarali vositalaridan biri hisoblanadi va turistning mehmonxona ishiga ijobiy baho 
berishiga ta’sir o‘tkazadi. Bu mehmonxonaning mehmonga o‘ziga xos qo‘shimcha 
xizmat ko‘rsatishi bo‘lib, uni shunday o‘ziga rom qilib oladiki, turistda ijobiy 
hissiyotlar uyg‘onadi, unda mehmonxonada dam olishdan qoniqish hosil bo‘ladi va 
unda ushbu mehmonxonaga yana kelish istagi tug‘iladi.
Turistik animatsiya – turistik korxonalar o‘xshash faoliyatining ajralmas 
muhim qismidir (mehmonxonada, restoranda, yirik teploxoda va h.k.). Bu nafaqat 
zavq-shavq, ko‘ngil-xushlik, turistik faoliyat kasbining yuqori darajadagi ifodasi va 
turistik mahsulotning muhim tarkibiy qismi hamdir. Shuning uchun, turistik 
korxonalar boshqa har xil faoliyatlar singari animatsiya rejalashtirilgan, aniq tartibga 
solingan va boshqariladigan faoliyatni tashkiliy jihatdan puxta ishlab chiqishga 
asoslanadi, moddiy, moliyaviy va kadrlar resurslari bilan ta’minlanadi.


Turistik animatsiyaning pirovard maqsadi bu turistning dam olishi, yaxshi 
kayfiyati, ijobiy taassuroti, aqliy va jismoniy kuchini tiklashi hisoblanadi. Turistik 
animatsiyaning muhim rekreatsion funksiyasi ana shundan iborat. Turistik 
animatsiyaning ahamiyati uning sifatini ko‘tarish, turistik mahsulotning xilma-
xilligi va jozibadorligi, doimiy mehmonlar sonini ko‘paytirish, turistik mahsulotga 
bo‘lgan talabni rivojlantirish, turistik korxona moddiy-texnika bazasiga yuklanishni 
o‘stirishdan iborat. Shular orqali undan foydalanish samaradorligini oshirish va 
nihoyat turistik faoliyat rentabelligi va daromadligini ta’minlashdir.
Turistik animatsiyaning uchta asosiy funksiyasi mavjud bo‘lib, u (davolash, 
sog‘lomlashtirish va bilish) amalda bevosita ikki funksiyani bajaradi, ya’ni sport – 
sog‘lomlashtirish va bilishdir. Bilvosita tegishli tarzda davolash funksiyasini ham 
bajaradi. Animatsion ish tajribasida maqsadli konstruktiv dastur uchun turistik 
animatsiyaning quyidagi funksiyalarini ajratish mumkin: 


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish