1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat"


 Turistik xizmatlarda animatsion faoliyat tushunchasi



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/67
Sana11.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#654195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

3. Turistik xizmatlarda animatsion faoliyat tushunchasi 
 
Animatsion faoliyati, animatorlik dasturlari yo‘nalishi Yevropa, Shimoliy 
Amerika, Osiyo – Tinch okeani mamlakatlari hududida tarkib topgan. Ko‘ngil 
ochish va dam olish maqsadidagi turizmning muhim jihatlari shundaki, unda ichki 
hududiy safarlar, asosiy tarzda qo‘shni mamlakatlarda, hududlararo safarlardan 
ustun turadi. 90-yillar davomida chiqish turistik oqimida ularning nisbati o‘zgargani 
yo‘q va 82:18 ni tashkil etgan. Yevropada ichki hudud turistik oqimlarga hamma 
jo‘nab ketishlarning 90 % to‘g‘ri keladi. Amerika va Osiyoda chiqish turizmi 
tarkibida hududlararo safarlar o‘z o‘rnini mustahkam saqlab turibdi. BTT 
prognozlari bo‘yicha, uchinchi ming yillik boshlarida jahonda ichki va hududlararo 
turistik oqimlar biroz o‘zgaradi, hududlararo turistik almashishuv ichki hududga 
nisbatan jadal rivojlanadi. Osiyo-Tinch okeani hududidan Amerika va Yevropaga 
jo‘nab ketuvchi turistlar soni nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi kutilmoqda. Bu ko‘p 
jihatdan umumiy manzarani belgilab beradi. Natijada 2020 yilga borib, hududlararo 
turistik safarlar ulushi 24 % ortadi, ichki hududiy safarlar tegishli ravishda 76 % 
gacha kamayadi. Ichki hududiy almashinuvlarning mustahkamlik rolidan tashqari 
ko‘ngil ochish va dam olish maqsadiga xalqaro turizmning yana ikki xususiyatini 
ajratish lozim. Ulardan biri turistik oqimlarni merdional yo‘nalishda ekanligidan 
iborat. Shimoliy mamlakatlarda turistlar iliq dengiz qirg‘oqlarida dam olishni xush 
ko‘radilar. Amerikaliklar va kanadaliklar Karib xududi mamlakatlari kurortlarining 
asosiy tashrif buyuruvchilari hisoblanishadi. Yevropada turizmning cho‘milish – 
plyajlari turi O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida to‘plangan. Bu yerda asosan 
norvegiyaliklar, daniyaliklar, finlar, shvedlar, irlandlar o‘z ta’tillarini o‘tkazadilar. 
Keyingi vaqtlarda qarma-qarshi turistik oqimlarni janubdan shimolga kengayishi 
kuzatilmoqda. Turistik yo‘nalish sifatida Shimoliy Yevropaning jozibadorligi ko‘p 
jihatdan Skandinaviya va bir qator davlatlarda valyuta devolvatsiyasi bilan 
izohlanadi. Shuningdek, ularda xavfsizlik, tabiiy muhitning yaxshi saqlanib 
qolganligi ham turistlarni jalb etadi. 
Nihoyat, birinchisining qat’iy o‘rni saqlanib qolgan holda sobiq metropoliya 
va ularning mustamlakalari o‘rtasida turistlar almashinuvi rivojlanmoqda. 
An’anaviy aloqalarning mustahkamlanishi va til to‘siqlarining yo‘qligi, eng avvalo 
iqtisodiy va madaniy sohalarda ular o‘rtasida turistik munosabatlar kengayishidan 
dalolat beruvchi muhim belgilardan hisoblanadi. Mahalliy madaniyatning o‘ziga xos 
betakrorligi, yevropaliklarni jalb etayotgan xususiyatlardir. Inglizlar va niderlandlar, 
ispanlar va portugallarni tarixiy o‘tmishga va hozirgi sobiq mustamlakalarga 
qiziqish safarga chorlamoqda. 
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizmning eng yirik bozori 
Yevropada hosil bo‘lgan. Uning asosan ikki qismi G‘arbiy va Janubiy subregioni 
alohida ajralib turadi. Hududga keluvchi barcha turistlarning 60% ularga to‘g‘ri 
keladi. Bu yerda Yevropa turistik oqimining asosi shakllanadi. BTT ma’lumotlariga 
ko‘ra, Yevropada kirish turistik oqimida ichki hududiy safarlar ulushi chiqishga 
nisbatan ancha kam. Bu ulushlar kattaligi boshqa turistik hududlarda ham mos 
kelmaydi. 


Yevropada ichki hududiy turizm harakteri jahoning boshqa hududlariga 
qaraganda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Maydoni hududiga nisbatan kichik qo‘shni 
bo‘lib zich joylashgan juda ko‘p davlatlar o‘rtasida mustahkam iqtisodiy, madaniy, 
etnik aloqalar, ajoyib yer usti transport kommunikatsiyalari, turistik bordi-keldilarda 
ortiqcha rasmiyatchiliklarning yo‘qligi, turistik infratuzilmaning rivojlanganligi, 
diqqatga sazovar joylarning ko‘pligi ichki Yevropa turistik almashinuvlarga katta 
imkoniyatlar yaratadi. Yevropaga barcha kelishlarning 4/5 uning hissasiga to‘g‘ri 
keladi. 
Dunyo miqyosi bo‘yicha hududlararo turistik almashinuv zaif rivojlangan. 
Unda Amerika qit’asi, ayniqsa AQSH muhim rol o‘ynaydi va Yevropaga kelishlar 
soni bo‘yicha o‘nlikka kiruvchi yevropalik bo‘lmagan yagona mamlakat 
hisoboblanadi. Yevropa va dunyoda eng ko‘p turistlar tashrif buyuruvchi mamlakat-
Fransiya hisoblanadi. U asosan YEI mamlakatlaridan va ko‘hna dunyoda dam 
oluvchi har beshinchi turistni qabul qiladi. Nisbatan jadal turistik almashinuv 
Germaniya, Buyuk Britaniya va Benilyuks mamlakatlarida mavdud. 
Keyingi vaqtda chiqish turizmining fransuz bozorida yangi tendensiyasi 
paydo bo‘ldi. Shengen bitimi qabul qilingandan va birlashgan Yevropa mamlakatlari 
o‘rtasida viza rejimi bekor qilingandan so‘ng Fransiyada qisqa muddatli safarlar 
ulushi o‘smoqda. Uzoq muddatli safarlar salmog‘i esa kamayapti. Fransiya hamon 
dunyoda eng ommaviy turistik yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Ammo uzoq muddatli 
dam olish joyi sifatida jozibasini yo‘qotmoqda va turistlar asosiy ta’tillarini boshqa 
mamlakatlarda o‘tkazishmoqda.
Fransiyadan tashqari Ispaniya xorijlik turistlarni qabul qiluvchi bosh 
Yevropa mamlakatlari bo‘lib hisoblanmoqda. Bu ikki mamlakatda har yili 80 mln. 
dan ziyod cho‘milish – plyaj va dam olishiga keluvchilarni qayd etilmoqda. Asosiy 
turistlar oqimi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ispaniyada har 
beshinchi dam oluvchi Germaniya yoki Buyukbritaniya fuqarosidir. Italiyada sobiq 
Yugoslaviya respublikasi, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Avstriya fuqarolari 
ta’tillarini o‘tkazishadi. 
Bugun Fransiya, Ispaniya va Italiyada ichki turistik almashinuv kuchli 
kechayapti. BTT prognozlariga ko‘ra, 2020 yilga borib ularning turistik birinchiligi 
o‘rniga yevropaliklarning O‘rta yer dengizi Yevropa qismi turisttik markazlariga 
sayohat qilishi egallaydi. Asta-sekin turizmning olis bozorlari, xususan Yaponiya, 
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerika 
birinchi o‘ringa intila boshlaydilar. Turistlarni jalb qilish uchun ular turistik 
mahsulotlarni 
yangilashga 
intilishadi. 
O‘zlarining 
savdo 
markazlarini 
almashtiradilar, istiqbolli kambag‘al bozorlarni izlashni faollashtiradilar. Ularning 
ayrimlari hozirdanoq tegishli chora-tadbirlarni ko‘rmoqdalar. Uchinchi ming yillik 
arafasida Ispaniya turizm sohasida o‘z davlat siyosatini ko‘rib chiqdi. Bu unga jahon 
turizm bozorida mavqeini ancha mustahkamlashga imkon yaratdi. Yevropada 
chiqish turizmi geografiyasida Amerika ulushi kamayadi va tashqaridagi hududlar – 
Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoda ulushi ortadi. 
Chiqish turizmining eng yirik bozori Germaniyada shakllandi. So‘nggi 
yillarda nemislar 80 mln.ga yaqin xorijiy safarni amalga oshirishdi. Ularning soni 
yiliga o‘rtacha 5 % ga ko‘payayapti. BTT prognozlari bo‘yicha 2020 yilga borib 


Germaniyada chiqish turizmi 2 martadan ko‘proqqa ortadi va 163,5 mln. safarni 
tashkil qiladi. Jahonda har o‘n safardan biri nemis fuqarolari ulushiga to‘g‘ri keladi 
va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya o‘zining yetakchiligini saqlab qoladi. 
Chiqish turizmining nemis bozorida avj olishi harakterlidir. 90 % dan ortiq 
safarlar Yevropa hududi doirasida amalga oshiriladi. BTT ma’lumotlarga ko‘ra, eng 
yirik o‘nta turistik oqimlarning beshtasi Germaniyada tashkil qilinadi. 
Nemislar o‘z ta’tillarini G‘arbiy va Janubiy Yevropada: Ispaniya, Italiya, 
Avstriya, Fransiya, Gresiya, Niderlandiya, Shveysariyada o‘tkazishni ma’qul 
ko‘rishadi. Keyingi vaqtlarda turistlar uchun Markaziy va Sharqiy Yevropa – 
Polsha, Chexiya, Vengriya ommaviy turizmda mashhur bo‘lib bormoqda. Turstik 
yo‘nalish sifatida bu mamlakatlar bosh ustunliklaridan biri ularning nisbatan 
arzonligidir. Misol uchun, chegara rayonlarida yashovchi ko‘pchilik nemislar 
tushlik paytida ovqatlanish uchun Chexiyaga borishadi. 
Demokratlashtirish jarayonlari turistik talablar geografiyasiga sezilarli 
o‘zgartirishlar kiritdi. Ular bir tomondan G‘arbiy Yevropa, ikkinchi tomondan 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlar o‘rtasida ichki hududiy almashinuv 
ulushining ortishiga imkon yaratdi. Totalitor rejimning qulashi va «Temir 
pardalar»ning olib tashlanishi sobiq sotsialistik mamlakatlar fuqarolariga g‘arb 
qadriyatlari bilan yaqinroq tanishishga sharoit yaratdi. Shuningdek shopping 
maqsadlar bilan sayohat qilishga imkon berdi. Chexiya aholisining turistik faolligi 
keskin oshdi, chiqish turizmi hajmi bo‘yicha Fransiya, Italiya, Ispaniya, 
Niderlandiya va boshqa Yevropa mamlakatlarini quvib o‘tdi. Chexiya Respublikasi 
statistik xizmat mahkamasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yili chex fuqarolari 
xorijga 40 mln. ga yaqin turistik safar uyushtirishgan. Turistik bozor Polsha, 
Vengriya, Ruminiya, Slovaniya va boshqa davlatlarda taraqqiy etmoqda.
Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadida turizm Amerikada ham keng 
rivojlanib bormoqda. Kelishlar bo‘yicha Yevropadan keyin ikkinchi o‘rinni 
egallagan Amerika hududi butun jahondan turistlarni jalb etadi. Kirish turistik oqimi 
to‘rt subregion o‘rtasida taqsimlanadi: Shimoliy Amerikaning Karib hududi, orol 
davlatlari, Janubiy Amerika va Markaziy Amerika. Har o‘n turistik kelishlarning 
yettitasi g‘arbiy yarim sharda Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi. Uning ulushi asta-
sekin kamayib borayotganiga qaramay, hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda. Ayni 
vaqtda Karib havzasi mamlakatlari, Markaziy va ayniqsa Janubiy Amerika salmog‘i 
ko‘payapti. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish