1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat"



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/67
Sana11.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#654195
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

Konfutsiy tomonidan yangicha
talqinda 
rivojlantirilib, unda ijtimoiy axloq asosiy o‘rin tutadi va siyosiy
 
madaniyatni 
belgilaydi. An’analarni hurmat qilish, burchni jiddiy his qilish, axloqiy sifatning 
yuqoriligi, o‘zini jamiyat uchun baxsh qilish, haqiqatni anglash uchun doimo 
urinish, ishonch va olijanoblik kabi ideallar boshqalarni boshqarishni istaganlar 
uchun mo‘ljal bo‘lgan. Bu ideallar davlatning bosh tayanchi bo‘lib, Xitoy imperiyasi 
to‘ralari uchun namuna hisoblangan. 
Konfutsiylikni Xitoyda paydo bo‘lgan ikkinchi buyuk falsafiy ta’limot 
daosizm
to‘ldirdi. 
Daosizmda
turmush, tabiat, umumlik muammolari aks etadi. Agar 
konfutsiychilik insonning ijtimoiy faoliyatini nazarda tutsa, daosizmda uning ruhiy 
hayoti, dunyoqarashi aks etadi. 
Daosizmda qadimgi Xitoydagi fikrlarning bosh 
g‘oyasi aks
etib, jahon madaniyatini yangi hayot bilan boyitdi.
Uning g‘oyalari: in-yan tamoyillarga asoslangan dunyoning dualistik 
xususiyati; usin -beshta asosiy unsurdan iborat bo‘lgan materiya (yer, suv, olov, 
ma’dan); dunyoning o‘zgaruvchan harakatdaligi, asosiy unsurlar doimo sifat 
o‘zgarishida bo‘lishini bildiradi. Daosizmga ko‘ra dunyoning paydo bo‘lishi uchta 
kuchning faoliyatidan kelib chiqqan: Dao - Oliy Mutlaq, Ilk ibtido, De-dao nuridan 
dunyoning paydo bo‘lishi, Si - Oliy materiya, u moddiy dunyoni yaratib, narsa va 
mavjudotlarni bunyod qiladi
1



Sharqning qadimgi sivilizatsiyasi moddiy va ma’naviy sohalardagi ko‘plab 
o‘ta muhim yangiliklarni vujudga keltirdi. Xususan, mil. avv. I ming yillik ma’naviy 
g‘alayonlar jarayoni bilan ajralib turadi. Bu davrda dastlab ikki tamoyil vujudga 
keldi: umuminsoniy birlik va shaxsning ma’naviy mustaqilligi. G‘oyalar erkinligi 
boshlanib, inson o‘z hayotini unga asoslanib qurdi.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi G‘arbga nisbatan ertaroq boshlandi. Yunonlar 
madaniyati Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida juda yuksaldi, buni ellinlarning 
o‘zlari ham e’tirof etishgan. Bu ta’sirlar natijasida shunday davr boshlandiki, Sharq 
va G‘arb madaniyatlari sintezi ellinistik madaniyatni vujudga keltirdi: Yunon-
Baqtriya va Gandhar san’ati, Iskandariya fani, Fayum portretlari bunga misol bo‘la 
oladi. Qadimgi Sharq bizga barhayot boyliklarni qoldirdi. Bular «Gilgamesh» va 
«Mohabhorat» dostonlari, Kalidasi drammalari va Chjuanszining ramziy masallari, 
Misr ehromlari va Buyuk Xitoy devori va boshqa. 
Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatlari Yevropa siviliza-siyasining 
poydevoriga asos soldi. 
Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida
 
shakllangan bu 
madaniyat an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va yakunlovchisi 
bo‘ldi. Qadimgi Yunonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga 
ko‘tarilgan bu madaniyat er. avv. III asrda Rim madaniyatining vujudga kelishiga 
katta ta’sir ko‘rsatdi va «antik madaniyat» nomi bilan dunyo madaniyati tarixida 
o‘chmas iz qoldirdi. 
Lotin tilidagi «antik» (antiguus) so‘zining ma’nosi «qadimgi» demakdir. Lekin 
tarixiy davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, antik davr qadimgi dunyoning 
oxiri – qadimgi madaniyat va davlatchilikning eng taraqqiy etgan bosqichidir. Bu 
davr asosan Yunoniston va Rimga xos bo‘lib, Yunonistonda mil. avv. XI-IX asrlarda 
antik jamiyatning tashkil topishidan boshlanib, mil. avv. V-IV asrda antik (mumtoz) 
madaniyat takomili bilan to‘la mohiyat-mazmunga ega bo‘ldi. Milodiy V asrda 
varvarlar tomonidan Rim imperiyasining qulatilishi antik madaniyatni inqirozga olib 
keldi. Shuningdek, Yunon-Rim jamiyati va madaniyatiga nisbatan qo‘llanilib 
kelayotgan «antik» so‘zini ko‘proq Yevropaga tatbiqan anglamoq darkor, negaki, 
Yevropa xalqlari o‘zlarining madaniy taraqqiyotlari yo‘lida yolg‘iz Yunon-Rim 
madaniyati bilan aloqador bo‘lganliklari sababli, shu xalqlar bunyod etgan ma’naviy 
boyliklarni eng qadimiy deb taniganlar. 
O‘z o‘rnida antik madaniyat Yunon-makedonlar va Rim ta’sirida Egey 
dengizidan Hindistongacha va Misrda ellinistik madaniyatning vujudga kelishiga va 
kosmopolitizm (dunyo fuqaroligi) tushunchasiga asos soldi. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish