1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat"


 O'rta asrlarda dam olish faoliyati



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/67
Sana11.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#654195
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

4. O'rta asrlarda dam olish faoliyati 
Boylar hammomga borishni boshlashdi (sog’liqni saqlash) maqsadida. 
Bazmu-jamshidlar o’tkazish orqali gastronomiyada ovqatni tatib ko’rish yo’lga 
qo’yildi. 
“Satirkon” asarida Nodir Devonbegi, Buxoro, Labi Hovuzdagi folklor 
chiqishlari ko’rsatilgan. Xalqalarni diniy bayramlar birlashtira boshladi. Qadimgi 
Gretsiya, Rim, Hindistonda teatr, dramaturgiya, miflar paydo bo’la boshladi. O’rta 
asrlarda falsafiy mushohada ilm-fan, san’at rivojlandi. Xristianlar yakshanba kunini 
dam olish kuni deb e’lon qilishdi. XX asrda hordiq chiqarishda audio, video 
vositalarining rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. Aynan shu asrda hordiq chiqarish 
sanoatiga asos solindi. 1960-1970 yillarda rivojlangan mamlakatlarda sanoatlashgan 
jamiyatning yangi ko’rinishi yuzaga keldi. Bunda ular yangi axborot 
texnologiyalarini joriy etishdi. Amerikalik iqtisodchi D.J.Rifkin “Konets Truda” 
kitobida XX asr o’rtalarida sohada xizmat ko’rsatish uchun ishchi kuchining 5% 
yetarli bo’ladi deb aytgan. 
Ommaviy bayramlar tarixi zarvaraqlariga qisqacha nazar solsak, o‘zining 
g‘oyaviy jihatdan kompozitsion butun bo’lgan qadimgi Yunoniston va Rim 
davridagi bayramlardan boshlasak bo‘ladi. Albatta, qadimgi Yunoniston va Rim 
bayramlarigacha ham insoniyat paydo bo’lganidan keyingi davrda bayramlar 


vujudga kelib, shakllangan. Lekin bu bayramlar o‘zining ma’naviy, intellektual 
darajasi, ifodaviy shakllari jihatidan primitiv xususiyatga ega bo‘lib, kompozitsion 
yaxlitlikka ega bo‘lmagan. 
Qadimgi Yunoniston va Rim davrida tashkil qilinib, o‘tkazilgan xalq 
bayramlarida ommaviy bayramlar dramaturgiyasi va rejissurasining elementlari 
vujudga kelgan. 
Qadimgi yunonlarda bayram o‘ziga xos mustaqil bo‘sh vaqt va dam olishning 
bir shakli bo‘lib, hatto doimiy jihatdan ham uzviy, faol mashg‘ulot turiga aylangan. 
Bizga ma’lumki, Delfe, Pifiy, Nemeysk va Panfin o‘yinlari juda ham ommabop 
bo‘lgan. Lekin bu o‘yinlaming ichida eng mashhuri Olimp o'yinlari bo'lgan. Olimp 
o‘yinlari maxsus qurilgan Olimpshahrida 4 yilda bir marotaba o‘tkazilgan. Lekin 
turli urushlar oqibatida bu o‘yinlar yo‘q bo'lib ketdi. 
XV-XVI asrlarda badiiy qadriyati yuksak yodgorliklar yaratildi: al-Hamrodagi 
saroy, Qurdoba, Jazoir, Sammadra, Dehlidagi masjidlar, Reyms, Parijdagi gotik 
uslubidagi soborlar, Istambuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi; ajoyib ikona va 
haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya va kitob miniaturasi, ayniqsa, Sharqda she’riyat 
yuksak darajada taraqqiy etadi. 
Bu davrning muhim badiiy yutuqlari qatoriga aholining barcha qatlamlari 
e’tirof etgan madaniyat qadriyatlarini qo‘yish mumkin. Xristian va islom dinlari boy 
va kambag‘alni, kuchli va ojizni turli irqdagilarni va turli ijtimoiy guruhlarni bir-
biridan ajratmaydi. Barcha e’tiqod qiluvchilar uchun umumiy axloq mezonlari: 
mo‘minlik, tavba, yaxshi va rahm -shafqatli bo‘lish, gunoh qilmaslik kabilar 
mavjud. O‘rta asrlarda umum e’tirof etgan axloqiy me’yorlarning mustahkamlanishi 
umuminsoniy xulq-atvor va axloq mezonlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga 
ega bo‘ldi. 
O‘rta asrlar madaniyatining ko‘p qirrali ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Bu 
davr madaniyati ijodkorligi jarayonida ilk marta aholining barcha tabaqalari ishtirok 
etib, har bir qatlam o‘zining madaniyatini yaratadi va o‘z navbatida, an’anaviy 
madaniyat sifatida jamiyatning ma’lumotli, yuqori qatlamining madaniyatigina 
namoyon bo‘ladi. Ruhoniylar inson ruhiyati, ritsarlar davlat ishlari bilan mashg‘ul 
bo‘ldilar. 
O‘rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki yirik 
madaniyat - shahar va ko‘chmanchilar madaniyati ajralib turadi. Shahar sharoitida 
«Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Lubna va Qays» singari dostonlar turli 
poetik shakl va janrdagi (qasida, masnaviy, g‘azal, madhiya, ruboiy) adabiy asarlar, 
hikoya va ertaklar to‘plamlari, («1001 kecha ertaklari», «Kalila va Dimna») latifa 
va rivoyatlar yaratildi. Miniatura bezagiga boy kitoblar, musiqa san’ati va raqsning 
xilma-xil janrlari xalq orasida keng tarqaldi. 
Ko‘chmanchilar orasida turli musiqa asboblarida kuyga solib aytiladigan 
(baxshi va oqinlar tomonidan) xalq og‘zaki ijodining yirik badiiy shakllari - epos, 
dostonlar yaratish ustuvorlik qildi. Shahar, ritsarlik, dunyoviy, monaxlik va so‘fiylik 
kabi submadaniyatlarning paydo bo‘lishi madaniyatni sezilarli boyitdi, yanada 
rivojlanishida ko‘plab yo‘nalishlar yaratdi hamda Renessans (Uyg‘onish) deb 
atalgan yuksak taraqqiyotga zamin tug‘dirdi. 


Uyg‘onish davri tadqiqotchilar asarlarida turlicha baholanib, turlicha 
yondoshuvlarga sabab bo‘ldi. Xususan, Uyg‘onish yo‘nalishi umumjahon jarayoni 
sifatida Xitoyda VII-VIII asrlarda boshlanib, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo va 
Yaqin Sharqni qamrab oldi, XIV-XVI asrlarda Yevropada takomiliga yetdi. 
Shuningdek, tadqiqotchilar Uyg‘onish davrining bosh maslakdoshi haqiqiy 
gumanizm bo‘lganligini bir ovozdan e’tirof qiladilar. Xitoyda «insonparvarlik» 
so‘zining sinonimi «jen», Sharqda «odamiyat» atamalari hisoblanadi. 
Uyg‘onish davri madaniyati -diniy madaniyat taraqqiyoti va yangi texnika 
madaniyati rivojini bog‘lovchi ko‘prikdir. 
Olimpiya o‘yinlari 776-yildan to eramizdan avvalgi 394-yilgacha 1000 yil 
o‘tkazilgan bo‘lsa, XIX asming oxirida Per de Kuverton tomonidan tiklanib, hozirgi 
hayotimizning eng go‘zal va nufuzli sport bayramiga aylandi. 
Yunonistonning ko‘p sonli bayramlari ichida, eng yorqin, har to’lonlama 
tashkil qilingan bog‘dorchilik xudosi Dionisga bag‘ishlangan bayramlar alohida 
o‘rinni egallaydi. Bu bayramlarda elladaliklar hayotidagi miflar (afsonalar) va real
hayot bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu davrdan boshlab, bayramlar 
tarixiga «tomosha» - (maxsus toshdan qurilgan teatrlardagi tomosha) va «kamaval»-
«karrus navalis»-«kema charxpalagi» (Diontsning rang-barang bayramona kelishi) 
iboralari kirib kelgan
D.P.Kallistov o‘zining ilmiy izlanishlarida «Dionis bayramlari oddiy bayram 
kuni emas, balki bayram qilish kuni bo‘lgan»—deb ta’kidlaydi. Bu bayramlarda turli 
urf-odat va marosimlar bir-birini to’ldirib, xalq ommasi faol ishtirok etib, har bir 
qatnashchiga musiqa, sport, xor va dramatik musobaqalarda to'liq, erkin qatnashish 
huquqi berilgan edi. 
Dionis bayramlarida asosiy uch qismni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1) Dionisga bag‘ishlab qurbonlik qilish marosimi; 
2) yugurish, kurash, qo‘shiq, raqs bo‘yicha umumfuqaro musobaqalari; 
3) professional mimlar, jonglyorlar, qiziqchilar tomoshalari. 
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Dionis bayramlari faqatgina qo‘shiq, 
raqs, teatr tomoshasidangina iborat bo‘lmay, balki ommaviy xatti-harakat sifatida 
tarixda chuqur iz qoldirgan. Afinada o‘tkazilgan Dionis bayramlari o‘zining 
ommaviyligi bilan ajralib, unda asosan shahar fuqarolari qatnashishgan. Bu 
bayramlarga shaharning har bir tumani (fila) xor musobaqasida qatnashish uchun 
o‘z guruhlarini tayyorlashgan. Musobaqa jarayoni esa teatrlashtirilgan holda 
o‘tkazilgan. Musobaqada musobaqa hakamlari va qatnashchilaming tantanali 
o‘tishlaridan boshlanib, musobaqadoshlar qo‘shiq, rechtativ dialog, raqsni bir-
birlariga qarshi xatti-harakat orqali ijro qilingan. Guruhlarning bunday 
teatrlashtirilgan tortishuvlarida bir-birlariga hazil-mutoyiba qilishlari o‘ziga ko‘plab 
xalq ommasini jalb qilib, bayramona muhitni vujudga keltirar edi. 
Eramizdan oldingi VI asming ikkinchi yarmida Afina taxtiga o‘tirgan Pisistrat 
Dionis bayramini rasman davlat bayrami deb e’lon qiladi. 
Jan Jak Russo qadimgi Ellada tomosha san’ati tog‘risida shunday deb yozadi: 
«Butun xalq ommasi oldida, ochiq havoda namoyish etilgan, ajoyib spektakllarda 
kurashlar, g‘alabalar, mukofotlar-voqealarning ko‘rsatilishi minglab yunonlaming 
qalbidagi cho‘g‘ni alangalatib, mardlikka da’vat qilgan». 


Qisqa qilib aytganda, qadimgi Yunoniston bayramlarida birinchilardan bo‘lib 
tashkillashtirilgan 
ommaviy 
xatti-harakatda, 
ommaviylik, 
komplekslilik, 
tomoshaviylik o‘yinlar xarakteri namunalari namoyon bo’lgan». 
Qadimgi Rim Yunoniston bilan qo‘shni bo‘lishiga qaramay, o‘tkaziladigan 
bayramlar shakli va ko‘rinishi jihatidan tubdan farq qilgan. Yunoniston 
bayramlarida Afina fuqarolari faol qatnashishgan bo‘lsa, qadimgi Rim 
tomoshalarida tomoshabin bilan ishtirokchi ajratilgan. 
Aynan shu davrdan boshlab «tomosha» so‘zi «bayram» so‘zining sinonimiga 
aylangan. 
Rim imperiyasi davrida qattiq sinfiy kurash yuzaga kelgani, imperiyani kuch 
bilan boshqarilayotganligi sababli, aholini chalg‘itish maqsadida tomoshalar yuzaga 
keladi. 
Qadimgi Rim imperiyasi tomoshalarida sahna texnikasi, ta’sirchan vositalar 
ancha rivojlandi. Ayniqsa, Rimda qurilgan mashhur Kolizey tomoshagohi 
hozirgacha insonlami hayratga solib kelmoqda. Kolizey nafaqat kattaligi, balki 
harakatga keluvchi arenasi, sahna mexanizmlari orqali arenani ko’lga yoki o‘rmonga 
aylantira olish kabi jihatlari bilan butun jahonga mashhur. 
Ayniqsa, qadimgi Rimda dushman ustidan qozonilgan g‘alabaga 
bag‘ishlangan Triumf paradlari o‘ziga xos teatrlashtirilgan harbiy parad edi. 
Bundan tashqari, gladiatorlar janglari, sirk poygalari, artistlar musobaqalari, 
dengiz janglari, luperkali, «kichik triumf»-olqishlash kabi tomoshalar mashhur 
bo‘lgan. O‘rta asrlarda ommaviy bayramlarning tabaqalashishi intensiv ravishda 
rivojlandi. Ayniqsa, feodal davlatning kuch-qudratini ko‘klarga ko‘taruvchi diniy 
bayramlar rivojlandi. Shu bilan bir qatorda, shahar maydonlarida o‘tkaziladigan 
hazil-mutoyibaga qurilgan bayramlar xalqning eng sevimli bayram tomoshalari 
bo‘lib, ko‘plab xalq ommasini to‘plab, ularning kelajakka intilishi va ertangi kunga 
bo‘lgan ishonchining kurtagi sifatida namoyon bo‘lgan. 
Rasmiy bayramlar, bu bayramlarning aksi o’laroq, hukmron tabaqaning 
manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan edi. Ommaviy bayramiarga bunday 
yondashish, «dam olish» degan tushunchaning o‘zgarishiga olib keldi. O‘rta asrlarda 
shaxsning dam olishi, o‘z xohishiga qarab erkin bo'lmay, cherkov, din arboblari 
tomonidan boshqarilgan. Bu davrda diniy bayramlarning o‘zi 115 ta bo’lgan.
Katta yer maydonlariga, ulkan siyosiy kuchga ega bo'lgan cherkov, 
bayramlarni ham o‘z qo’liga kiritib, xalq oldida o‘z ustunligini namoyish etib, 
o‘zining tashviqot quroliga aylantirgan. Cherkovning badavlatligi bu bayramlarda 
kostyumlarning turli-tum an rang-barangligini ta’minlab, o‘ziga xos teatrlashtirishni 
vujudga keltirgan, bu esa cherkov marosimlarini ommaviy bayram darajasiga olib 
chiqishiga yordam bergan. 
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining ham eng qadimgi davrlardan 
shakllana boshlagan asrlar bo'yi avloddan-avlodga o‘tib kamol topib bebaho 
merosiga aylangan bayramlari ko‘p. Bu bayramlar eng qadimiy davrlarda xalq 
ommasi ehtiyoji bilan shakllana borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivoj topgan va 
boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan. 
Ta’til so‘zining ruscha muqobili — “kanikul”ning tarixi juda qiziq. Aslida u 
Sirius yulduzining lotincha nomi – “Kanikula”(mitti kuchukcha degan ma’noni 


beradi) so‘zidan kelib chiqqan. Mazkur yulduz yozning eng issiq paytida ko‘kda 
paydo bo‘lgan. Qadimgi Rim senati aynan shu payt — “Kanikula” osmonda yuz 
ko‘rsatganda fuqarolar uchun dam olish kunlarini e’lon qilgan. Demak, o‘sha 
davrlardayoq yozda hordiq chiqarish ko‘nikmasi paydo bo‘lgan hamda bu odat 
bugungi kungacha davom etmoqda. Biroq yozgi ta’til muddati barcha 
mamlakatlarda bir xil emas. Jumladan, respublikamiz yoshlari uchun yoz oylarining 
ma’lum kunlari ta’til hisoblanadi. 
Olimpiya o
ʻ
yinlari — har to
ʻ
rt yilda o
ʻ
tkaziluvchi zamonamizning eng yirik 
xalqaro majmuaviy sport bellashuvlari. Olimpiya o
ʻ
yinlari Xalqaro Olimpiya 
Qo
ʻ
mitasi vasiyligi ostida 4 yilda bir marotaba o
ʻ
tkaziladi. Olimpiya o
ʻ
yinlarining 
Yozgi va qishki o
ʻ
yinlari mavjud. 
Olimpiada o
ʻ
yinlari - 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari 
2) g
ʻ
ildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, san
ʼ
at 
konkursi. Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 y.gacha har 4 yilda 
Olimpiya shaxrida xudo Zevs sharafiga o
ʻ
tkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada 
deb atalgan. O
ʻ
yinlar 5 kun davom etgan; 
2) Yunonistonning Olimpiya o
ʻ
yinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 
1896-yil (Olimpiadaning 1-yili) dan boshlab o
ʻ
tkaziladi. Olimpiya o
ʻ
yinlarini 
o
ʻ
tkazish tartibi, qoidalari Olimpiya hartiyasida belgilab berilgan. Bu hartiyani 
zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi Pyer de Kuberten 
(1863—1937) ishlab chiqqan. 1894 yil Parijda Xalqaro sport kongressi hartiyani 
tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). O
ʻ
yinlar Xalqaro Olimpiya 
Qo
ʻ
mitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. O
ʻ
yinlarda musobaqalar sportning 
faqat olimpiya turlari bo
ʻ
yicha o
ʻ
tkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan 
aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi o
ʻ
yinlarning erkaklar uchun sport turi 4 
qit
ʼ
aning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qit
ʼ
aning kamida 40 davlatida 
tarqalgan) bo
ʻ
lishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, og
ʻ
ir atletika, 
kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosport, futbol, basketbol musobaqalari 
kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya o
ʻ
yinlari tashkiliy qo
ʻ
mitasi XOQ tomonidan 
tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini o
ʻ
tkazib keladi. Bu tadbirlar san
ʼ
at 
vositasida olimpiadaning xalqlar o
ʻ
rtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targ
ʻ
ib 
qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya o
ʻ
yinlarining qishki qismi mustaqil 
musobaqalar sifatida o
ʻ
tkaziladi (Qishki olimpiada). 
Olimpiada shiori "Tezroq, balandroq, kuchliroq" (lot. "Citius, altius, Sortius") 
1920-yildan olimpiada emblemasiga kiradi. 
Olimpiya o
ʻ
yinlarining ramzi - besh qit'ani ifoda etuvchi beshta birikkan 
xalqadan iborat. 5 halqa — olimpiada harakatiga birlashgan 5 ta qit
ʼ
a ramzi. Yuqori 
qatordagi ranglar: havorang - Yevropa, qora - Afrika, qizil - Amerika, pastki qatorda: 
sariq - Osiyo, yashil - Avstraliya. 
Beshta Olimpiya xalqasi 1913-yilda yaratilib, 1914-yili qabul qilingan va 
1920-yili AntverpendagiYozgi Olimpiya o
ʻ
yinlarida debyutlagan. 
Olimpiada bayrog
ʻ
i — Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha 
Olimpiya o
ʻ
yinlarida ko
ʻ
tariladi. Olimpiya o
ʻ
yinlarining an
ʼ
anaviy atributa 
Olimpiada mash
ʼ
alasidir. U Alfey daryosi vodiysidagi Kronos tog
ʻ
yon bag
ʻ
rida 


quyosh nurlaridan yondirilib, o
ʻ
yinlarning tantanali ochilishiga estafeta bilan olib 
kelinadi va olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda o
ʻ
yinlar yopilguncha (16 kun) 
yonib turadi. 
Tarixiy ma
ʼ
lumotlarga ko
ʻ
ra, birinchi Olimpiya o
ʻ
yinlari eramizdan avvalgi 
776-yilda o
ʻ
tkazilgan. O
ʻ
yinlar antik olimpiya xudolariga bag
ʻ
ishlangan bo
ʻ
lib, o
ʻ
yin 
musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida o
ʻ
tkazilgan. Asrlar o
ʻ
tib eramizning 
393-yili Olimpiya o
ʻ
yinlari imperator Feodosiya buyrug
ʻ
i bilan to
ʻ
xtatilgan. Antik 
Olimpiya o
ʻ
yinlari Pelopones g
ʻ
arbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada 
o
ʻ
tkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga ko
ʻ
ra, Olimpik o
ʻ
yinlar asosi Pelopsa 
orollarida vujudga kelgan. Qadimgi Olimpiya o
ʻ
zining go
ʻ
zal tabiati, maftunkorligi 
bilan, shuningdek, o
ʻ
zining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan 
ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni 
hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni o
ʻ
tkazishga xizmat qilgan joy 
hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning tog
ʻ
risida esa 
Geri ibodatxonasi qad ko
ʻ
targan. Olimpiya o
ʻ
yinlari Zevsga sig
ʻ
inish, diniy 
marosimlar bilan chambarchars bog
ʻ
liq edi. So
ʻ
zsiz o
ʻ
yinlar yuqori saviyada 
o
ʻ
tkazilib, grek shaharlari o
ʻ
rtasida o
ʻ
zaro munosabatlarni yaxshilashga 
yo
ʻ
naltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya o
ʻ
yinlarining tug
ʻ
ilishi 
yarimxudo Gerakl nomi bilan bog
ʻ
liq. 
12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya o
ʻ
zining qadimiy o
ʻ
yinlar o
ʻ
tkaziladigan 
maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat 
sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya g
ʻ
alabalari 
tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada o
ʻ
yinlarida barcha ozod erkaklar — 
Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega bo
ʻ
lgan. Megardan general Orsip, 
cho
ʻ
pon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi a
ʼ
zosi Diagor, Makedoniya qiroli 
Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya o
ʻ
yinlari 
ishtirokchilari bo
ʻ
lishgan. 
Dunyoda minglab sport turlari mavjud. Ayrim sport turlari shunchalik 
ommaviyki, ularning ixlosmandlari butun dunyoda topiladi. Ba’zi turlari esa so‘nggi 
yillarda rivojlanib, o‘z shinavandalariga ega bo‘lib bormoqda. Badminton shunday 
sport turlaridan biri hisoblanadi. Insondan chaqqonlik, epchillik, tezkor fikrlash kabi 
xususiyatlarni talab etadigan badminton bilan bugun dunyoda 500 milliondan ortiq 
odam muntazam shug‘ullanib kelmoqda. 
XIX asrda Hindistonda xizmat qilgan ingliz zobitlari mahalliy aholining patli 
koptokni urib o‘ynaladigan puna deb nomlangan o‘yinini o‘z vataniga “olib 
kelishdi”. 1873 yilda angliyalik gersog Bofort ushbu o‘yinga biroz o‘zgarishlar 
kiritdi va o‘zi yashaydigan Badminton-xaus degan qishloqchada ilk badminton 
maydonchasini barpo etdi. 1893 yilda esa Angliya badminton uyushmasi o‘yinning 
rasmiy qoidalarini qabul qildi. XX boshlarida badminton bo‘yicha xalqaro 
musobaqalar o‘tkazila boshlandi. 1934 yilda esa Xalqaro badminton federatsiyasi 
(IBF) tashkil etildi. Tashkilotning birinchi prezidenti etib badminton va tennis 
bo‘yicha bir necha bor Uimbdon turniri g‘olibi Jorj Tomas saylandi. 1947 yildan 
beri erkaklar o‘rtasida badminton bo‘yicha o‘tkazilib kelinayotgan eng yirik 


musobaqa Tomas kubogi deb nomlanadi. Ayollar o‘rtasidagi eng yirik badminton 
musobaqasi hisoblangan Uber kubogi 1955 yildan buyon uyushtirilib kelinadi. 
Hozirgi vaqtda Xalqaro badminton federatsiyasiga dunyo bo‘ylab 140 dan 
ortiq mamlakat a’zo. 1967 yilda Yevropa badminton uyushmasi tashkil etilgan 
bo‘lsa, bir yil o‘tib Boxum shahri (Germaniya)da ilk marta Yevropa chempionati 
o‘tkazildi. 1977 yilda birinchi marta badminton bo‘yicha shaxsiy jahon chempionati 
tashkil etildi. 1992 yilda Barselonada bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarida ilk 
marta badminton musobaqalari o‘tkazildi. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda 
dunyoda osiyolik badmintonchilar yetakchilik qilishmoqda. Asosan Xitoy, Janubiy 
Koreya, Indoneziya vakillari jahon chempionatlari va xalqaro musobaqalardagi 90 
foiz medallarni qo‘lga kiritishmoqda. Ulardan keyin esa Yevropa mamlakatlari 
(Daniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya) badmintonchilari borishmoqda. 
Har yili dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Kanada, Meksika, 
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Polshada egizaklar festivallari o‘tkazib turiladi. Ammo bu kabi festivallarning eng 
mashhuri har yili avgust oyida AQShning Tvinsburg shahrida minglab egizaklar 
ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Bu shaharga butun dunyodan egizaklar tashrif buyuradi. 
Har yili o‘tadigan shouga nafaqat egizaklar, balki psixolog, shifokorlar, olimlar ham 
katta qiziqish bilan qaraydi. Olimlarning fikricha, ilmiy tadqiqotlar uchun ayni shu 
festival katta ahamiyat kasb etadi. Bu yilgi festival 5 avgustda boshlandi. Har yili 
festival biror-bir mavzuga bag‘ishlanadi. Bu yilgi tadbir fazoviy sarguzashtlarga 
bag‘ishlandi. Fantastik filmlar qahramonlari, robotlar, astronavtlar, g‘alati 
maxluqotlar bu yil shahar ko‘chalarini «egallab» oldi. 
Tvinsburg shahriga 19-asrning boshlarida asos solingan. Nomi Milsvill 
bo‘lgan shaharga ilk bor tashrif buyurganlar orasida aka-uka Aaron va Moisey 
Uilkoslarning borligi bois ham shahar shuhrat qozondi. Millsvil nomi allaqachon 
odamlarning yodidan ko‘tarilgan. Aka-ukalar birgalikda ish yuritishar ekan, ahil-
inoqlikda bir uyda istiqomat qilishgan va opa-singillarga uylanishgan. Boyliklari 
ham o‘rtada bo‘lgan. Farzandlarining soni ham bir xil bo‘lgan. Ular o‘zlari amalga 
oshirayotgan barcha ishlardan faxrlanishgan. Moisey va Aaron Uilkoks shu qadar 
o‘xshash edilarki, ularning eng yaqin do‘stlari ham ajratishga qiynalishardi. (Shuni 
oldindan aytib o‘tish kerakki, ular bir xil kasallikka chalinishgan va bir kunda vafot 
etishgan, shu sababli ham bitta qabristonga dafn etilgan). 
Ular 1819 yilda, agar shahar nomi Tvinsburg deb o‘zgartiriladigan bo‘lsa, u 
xolda maktab uchun yerlarini taqdim qilishga va mablag‘ berishga va’da berishdi. 
Shahar ma’muriyati ularning qo‘li ochiqligidan foydalanib qolishga qaror qildi va 
shu tariqa shahar nomi o‘zgartirildi. 
Oradan 100 yil o‘tib, ya’ni 1976 yilda shahar rasmiylari Egizaklar festivalini 
o‘tkazishga qaror qildi. O‘shanda uyushtirilgan tadbirda ilk bor 36 juft mahalliy 
egizak ishtirok etgan edi. Bu tadbir butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. Shov-shuvlar 
o‘z samarasini berdi. Oradan bir yil o‘tib festivalga qiziquvchilar ko‘paydi. 2015 
yilda butun dunyodan kelgan 18 ming juft egizak qatnashdi. Shu tariqa kichik 
shaharning nomi butun dunyoga mashhur bo‘ldi. 
Shahar Ogayo shtatida joylashgan. Har yili bu yerga nafaqat ikki nafar aka-
uka, opa-singil, aka-singil, opa-uka, balki uchlik,to‘rtiliklar ham keladi. 


Festival doirasida turli tuman quvnoq konkurslar o‘tkaziladi. Unda egizak bo‘lmish 
yoshu qari ishtirok etadi. Har bir ishtirokchi festivaldan nimalardir olishga va 
nimadir qo‘shishga intiladi. 
Festival o‘tkazish an’anasiga qiziqish shu qadar kuchaydiki, rasmiylar 
Tvinsburg shahrida Egizaklar Muzeyi ochishga qaror qildi. 
Tadbirda egizak bo‘lmaganlar ham ishtirok etib, zavq olishi mumkin. Buning 
uchun bir kunga 3 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. Festivalda ishtirok etishdan avval, 
egizaklar albatta ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Ro‘yxatga olish tadbiri festivalning 
birinchi ish kuni erta tongda bo‘lib o‘tadi. Ikki egizak 15 dollar, uch egizak esa 22,50 
dollar to‘lashi kerak. To‘rt egizak bo‘lib tug‘ilganlar esa 30 dollar to‘lab ro‘yxatdan 
o‘tadi. Beshovlon esa 37,50 dollar to‘laydi. 
Festivalga tashrif buyurganlarning boshi aylanib ketishi mumkin. Ular har 
qadamda bir xil libosdagi, bir xil chehralarni ko‘rishga majbur. Bir necha kun 
davomida Tvinsburg egizaklar poytaxtiga aylanadi. Turli jins va yoshdagi egizaklar 
o‘zlarining iqtidor va qobiliyatlarini namoyish qilishga intiladilar. 
Tvinsburgda egizaklar tez-tez dunyoga keladi. Ammo bu borada 
Braziliyaning Kandidu-Godoy shahriga yeta olmasa kerak. Ayni damda olimlar bu 
masala ustida bosh qotirishmoqda. 
Teatr (yunoncha "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar 
ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari 
o‘tkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash 
o‘rinli). 
Teatr san
ʼ
atida ham boshqa san
ʼ
atlarda bo
ʻ
lganidek, xalq hayoti, tarixi, 
dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, ma
ʼ
naviyati, madaniyati bilan bog
ʻ
liq 
holda o
ʻ
zgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida og
ʻ
zaki yoki yozma dramaturgiya 
yotadi. 
Teatr sintetik san
ʼ
at bo
ʻ
lib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning ma
ʼ
naviy va 
estetik tarbiyasida muhim o
ʻ
rin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san
ʼ
at, 
raqs, me
ʼ
morlik ajralmas birlikni tashkil etadi. T.ning muhim vositalaridan biri sahna 
nutqidir. Aktyor qahramonning pyesadagi so
ʻ
zlarini o
ʻ
zlashtirib olar ekan, qahramon 
qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan 
muloqotga kirishadi.
Teatr san
ʼ
ati uzoq tarixga ega bo
ʻ
lib, uning asosiy unsurlari (boshqa qiyofaga 
kirish, dialog , to
ʻ
qnashuv kabi) insoniyatning ibtidoiy davrlarida ovchilik, mehnat 
va liniy marosim, bayramlar bilan, totemizm, animizm kabi ibtidoiy dunyoqarash va 
ajdodlarning ruhlariga sig
ʻ
inish bilan bog
ʻ
liq holda shakllangan. Yunoniston, 
Hindiston, Turonda mil. av. 5 asrdayoq teatr jamiyat hayotida muhim o
ʻ
rin tutgan. 
Hindistonda teatr sanskrit teatr, xalq teatri shakllarida hamda "Mahobhorat" va 
"Ramayana" dostonlari bilan bog
ʻ
liq holda rivojlangan; dramaturgiya va sahna 
san
ʼ
ati haqida "Natyashastra" nomli risola yaratilgan. Keyinroq teatr Yaqin Sharq va 
Rimga ham yoyildi. Ayniqsa, Rimda teatrning yangi shakl va turlari yaratildi. 
G
ʻ
arbiy Yevropada teatr san
ʼ
atining dastlabki namunalari sayyor 
aktyorlarvjonglyorlar ijodida, Rossiyada skomoroxlar faoliyatida yuzaga kelgan. 
Uyg
ʻ
onish davrida vujudga kelgan drama yangi shakldagi professional trning 


shakllanishiga zamin yaratdi. 16-asrdan opera, 18-asr o
ʻ
rtalaridan balet, 19-asr 
o
ʻ
rtalaridan operetta mustaqil teatr turi sifatida rivojlana boshladi. Teatrning keyingi 
taraqqiyoti klassitsizmning keng yoyilishi bilan bog
ʻ
liq. 18-asrda ma
ʼ
rifatchilik 
oqimidagi teatr taraqqiy etdi. Asta-sekin realistik tendensiya kuchaydi. Ayniqsa, K. 
Goltsoni, G. Lessing , P. Bomarshe, F. Shiller ijodida realizm yorqin namoyon 
bo
ʻ
ldi. 18-asrning oxirlariga kelib, drama, melodrama, vodevillarda satirik 
yo
ʻ
nalishning yuzaga kelishi teatrda demokratik asosning kuchayishiga sabab bo
ʻ
ldi. 
Teatr g
ʻ
oyaviy va badiiy kurashlar maydoniga aylandi.
Qadimgi Rimda tomoshabinlar dilini xushnud etish uchun gladiatorlar jangi 
o‘tkazilgan. Bu akrobatlar, dorbozlar chiqishlari yoki musiqiy va teatr tomoshalari 
singari odatiy hol bo‘lgan. Farqi shuki, gladiatorlar janglari albatta qon to‘kish bilan 
tugagan. Bir gladiator boshqasini o‘ldirgan. Ommaga bunday tomosha yoqar va xalq 
unga guras-guras bo‘lib kelardi. O‘lim bilan tugaydigan bunday olishuvlardan faqat 
oddiy xalq huzur qilib qolmasdi. Tomoshabinlarning birinchi qatorida patritsiylar, 
rimlik aslzodalar vakillari o‘tirishardi. Sahnada halokatli jang olib borayotgan 
odamlar esa gladiatorlar deb atalardi. Bu nom lotincha «Gladius» qilich so‘zidan 
kelib chiqqan. Boisi — gladiatorlar o‘tkir charxlangan qilichlar bilan jang qilishardi. 
Har bir jangda o‘nlab, yuzlab odamlar halok bo‘lar, ularning o‘rnini boshqa 
gladiatorlar to‘ldirishardi. 
Gladiatorlarni qayerdan topishardi va ular nima sababli bunday 
dahshatli«ishga» rozi bo‘lishardi? 
Gladiatorlar, birinchi navbatda, o‘z harbiy qudrati bilan shuhrat topgan Rimda 
doimo ko‘p bo‘ladigan harbiy asirlar orasidan tanlab olinardi. 
Jinoyatchilarni, ya'ni qaroqchilik, isyon, qotillik va boshqalar uchun jazo 
tayinlangan fuqarolarni ham gladiator bo‘lishga majbur etishardi: ularni qamoqqa 
jo‘natmay, «qilich»ga — «ad gladium»ga hukm qilishardi. Bir kun Yahudo 
podshosi Agrippa (o‘sha paytda Yahudo ham Rim imperiyasi tarkibiga kirardi) 
Bayrutdagi amfiteatrda har tomondan 700 kishidan iborat bo‘lgan jinoyatchilar 
guruhini jangga tushirishni amr qiladi. Shu tariqa barcha jinoyatchilar qilichbozlik 
qilib, bir-birini o‘ldirib yuboradi. 
Gladiatorlar orasida qullar ham ko‘p bo‘lgan. Biroq ba'zan ozod fuqarolar 
ham o‘z xohishi bilan gladiatorlikni tanlashardi. Ba'zi hollarda esa hatto ayollar ham 
gladiatorlar guruhiga kelishardi. Fasos orolilik Gekateyaning nomi ma'lum: bu ayol 
ko‘ngilli ravishda gladiatorlikni tanlagan. Ayrim ozod fuqarolar muhtojlik yoki 
hayotdan hafsalasi pir bo‘lganligi bois gladiatorlikni tanlashga majbur bo‘lishardi. 
Lekin ba'zan hayotdan zerikkanlar ham bo‘lardi-ki, ular gladiatorlar jangidagi 
dahshatdan lazzat olishardi. 
O‘zbek xalqi bayramlarini davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
Masalan: 
a) ibtidoiy davrda vujudga kelgan bayram shakllari (bunga ovchilik o‘yinlari, 
zoofagik (ya’ni totem hisoblangan ayiq, yovvoyi echki, sigir, bu esa ot kabilarga 
sig‘inish) bayramlar, mehnat o'yinlari, orgaist bayramlari va boshqa bayramlarni 
kiritish mumkin); 
b) O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy (istilogacha bo‘lgan) bayramlar; 
d) o’rta asrlardan inqilobgacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek bayramlari. 


Jumladan, o’zbekistonda tabiat bayramlaridan keng nishonlanganlaridan biri 
bu — «Navro‘z» bayramidir. Bu bayramlar haqida X-XI asrlarda yashagan buyuk 
qomisiy olim Abu Rayhon Beruniy o'zining «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» asarida batafsil to'xtalib, uning mohiyatini ochib, «Navro’zning kelib 
chiqishi haqida turli afsonalar mavjud, lekin bu masalaga ilmiy yondashilsa, 
«Navro‘z»ning paydo bo‘lishi har to’lonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat 
qonuniyatlari, kecha va kunduzning vaqt jihatidan barobar bo'lishi, kunduzning 
uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi, bahorning kelishi sabab 
bo’lgan. 
«Navro‘z»ning chuqur ildiziga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda 
ibtidoiy odamlarning dehqonchilikka o‘tganidan so‘ng dalalarda yangi ish mavsumi 
boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan bahor bayramlariga borib taqaladi». 
Vaqtlar o'tib bu bayram rivojlanib, unga mos kun aniqlanib «yil boshi» 
vazifasini o‘tay boshlagan. «Navro‘z» bayramini nishonlash bir oyga cho‘zilgan. Bu 
haqida Beruniy quyidagicha yozadi: «Keyingi podshohlar bu oy, ya’ni farvardin 
mohning barchasi (kunlarini)ni hayitga aylantirib, ulami oltiga taqsim etadilar. 
Birinchi besh kun podshohlar uchun, ikkinchisi ulug‘ kishilar uchun, uchinchisi 
podshohlarning g‘ulomlari uchun, to‘rtinchisi xizmatkorlar uchun, beshinchisi xalq 
ommasi uchun, oltinchisi cho‘ponlar uchun» 
Istilogacha bo‘lgan «Navro‘z»dagi oddiy xalqqa tegishli bo’lgan odatlar ham 
diqqatga sazovordir. Bayram kuni odamlarning bir-biriga shakar va shirinliklar 
hadya etishi (hayotingiz shirin bo‘lsin degan ma’noda), gullar taqdim etishi (go‘zal 
bo‘ling ma'nosida), bir-birlariga suv sepishlari (bu yil suv ko‘p bo‘lsin, mo‘l hosil 
bo'lsin ma’nosida) kabi boshqa bir qator odatlar shakllangan. 
«Navro‘z»ga tayyorgarlik ko‘rish odatlari orasida bug‘doy yoki arpa donini 
yog‘och idishda o'stirib, bahor darakchisi sifatida dasturxonning markaziga 
qo‘yishgan. 
«Navro‘z» asrlar davo’lida yanada rivojlanib, ommaviy tus olib, bizning 
davrimizgacha o‘zining yana yaxshi urf-odatiari bilan yetib keldi. «Navro‘z»da 
tabiat jonlanibgina qolmay, inson tabiati ham uyg‘onar edi»,- deydi Sadriddin 
Ayniy. Ayniqsa, «Sumalak sayli» «Navro‘z» bayramining eng asosiy an’anasi 
hisoblanadi. 
«Sumalak sayli» asosan ikki qismdan: Sumalak tayyorlash va 
sumalakxo‘rlikdan iborat bo’lgan. Sumalakni asosan ayollar tayyorlab, tayyorlash 
jarayonida o‘yin-kulgi. xursandchilik qilingan. 
Sumalak sayli qadimdan insonlarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab 
kelgan. 
Tabiat bayramlaridan yana bin «Mehrjon» — kuz mavsumida 
nishonlanadigan bayramdir. «Mehrjon» so‘zining ma’nosi, birinchisi - «jon 
sevgisi», ikkinchisi «quyosh» demakdir». «Navro‘z» bahorda kun bilan tunning 
baravar kelishida nishonlansa, «Mehrjon»—kuzdagi bu holatni nishonlaydigan 
bayramdir. «Mehrjon» kuni o‘suvchi narsalarning (yetilishi) chegarasiga yetib, 
o‘sish moddalarining undan uzilishi va hayvonlaming nasllanishdan to‘xtalishi sodir 
bo‘lgan».


Beruniy bergan ma’lumotga qaraganda, «sug‘diylarning Ashixida oyining 18-
kuni «Boboxvara» («Bo’lixvora») nomli hayiti bo‘lib, uning ma’nosi uzumdan siqib 
olingan xolis shirani ichishdir» 
Shu oyning 26-kuni «Garm-Xvara — uzum yeyish hayiti bo'lgan. Yettinchi 
oyning 15-kuni yana uzumga bag‘ishlangan ko‘p kunli bayram boshlanib, u 
navbatdagi oyning 9-kuni yakunlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bog'dorchilik 
keng tarqalgan sug‘diylarda uzumga va uzum sharbatidan tayyorlangan musallasga 
bag‘ishlangan butun bir sistemali hayitlar bo’lgan. 
Bundan tashqari, O’zbekistonda—«Qurbon hayit», «Ramazon hayit», «Suv 
sayli», «Gul sayli», «Qovun sayli», «Xirmon to'yi» kabi bayramlar juda ham 
ommabop bolgan. 
Darhaqiqat, bayram inson hayotidagi shunday ruhiy-emotsional kayfiyatini 
vujudga keltiradiki, bu kun barcha hamma tashvishlarni unutib, shod, xursand, 
baxtiyor boladi.
«Bayram—deb yozadi A.L. Mazayev, —bu ma’lum vaqtdagi ideal hayotdir» 
Bayramlarning inson hayotida tutgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-pedagogik va 
ijtimoiy-psixologik o‘rni juda ham katta. Bayram hamma uchun, bu kuni hamma 
dam oladi, xursandchilik qiladi. 
Qadimdan, insoniyat paydo bo'lgan zamondan boshlab, bayramlar shaxsning 
hayotdagi muvaffaqiyatlari, orzu-umidi, voqea, hodisalar, mehnatdagi va boshqa 
sohalardagi yutuqlari, bosib o‘tgan yollarini chuqur anglash, g‘alabalardan 
faxrlanish, ertangi kunga umid bilan yashash, bayram arafasida bir-birini qutlash, 
kelajak hayot uchun yaxshi istaklar bildirish, ishlariga omad, baxt tilash, o‘zligini, 
millatini anglash, milliy mafkurasiga ega bo’lishdek g'oyalami ilgari surgan. 
Bayramlar vaqt qadriga yetish, uni e’zozlash uchun sharoit yaratadi. Bayramlar 
hayotning eng yaxshi to’lonlarini aks ettiradigan «ko‘zgu»dir. Bayram insonlaming 
estetik kechinmalariga ta’sir qilib, shaxsning ma’naviy dunyosini boyitadigan 
vositadir. Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmat, 
ehtirom egallab, insonlarga badiiylik, san’at orqali estetik zavq bag‘ishlashdek 
vazifalar ustuvor turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa, ssenariychi, rejissyor 
ishlatilayotgan materiallarning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularning 
badiiy uslublari yordamida sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta 
javobgarlikni talab qiladi. Bunday tadbirlar insonlaming ijtimoiy-psixologik 
talablariga javob berib, mayda guruhlardan ommaviylikka otib, shaxslarning 
ommaviy harakatidagi faolliklarini oshirib, bayramona dam olishdek sharoitni 
yaratishga turtki bo’ladi. 
Stadionlarda, maydonlarda, bog‘larda, ko‘chalarda o‘tkazilayotgan ommaviy 
tadbirlar nafaqat ommaviy xatti-harakatni yuzaga keltiradi, balki karnavallar, 
sayillar, festivallarda estetik zavq bag‘ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini 
oshirib. bayramona kayfiyatni vujudga keltiradi. 
Chunonchi, bayramlarda insonlar yangi, go‘zal kiyimlar kiyishadi, lazzatli 
taomlar tayyorlashadi, hamma ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi. Bayram kuni 
yomonlar-yaxshi, xasislar-saxiy, xunuklar-go'zal bo’ladi. Bayramlarning afzalliklari 
haqida qancha gapirsak oz, u keng xalq ommasini o‘ziga jalb qilib, madaniy. 
ma’naviy ozuqa berib, hayotimizning barcha jabhalarini keng namoyish qiladi. 


Chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan ijtimoiy hodisa sifatida dam olish 
faoliyati 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish