1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash



Download 1,16 Mb.
bet1/23
Sana15.12.2022
Hajmi1,16 Mb.
#887576
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
0020-22 22.01.2022




[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena me’yorlari hamda qoidalari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
qarori
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0020-22-son SanQvaN) tasdiqlash to‘g‘risida
ID-53775 (V-3)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 4-martda hisobga olindi, hisob raqami 70]
O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
1. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0020-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0292-11-son SanQvaN, 2011-yil 5-may) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-yanvar,
0020-22-son
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 21-yanvardagi 0020-22-son qaroriga
ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) tibbiy faoliyatni amalga oshiruvchi davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu sanitariya qoidalari mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysinuvidan qat’iy nazar barcha yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va ta’mirlanayotgan davolash-profilaktika muassasalariga (bundan buyon matnda DPM deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. DPMlarni loyihalashtirishda xonalar maydonlari kattaligi bo‘yicha belgilangan normalardan 15 foizgacha chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yiladi. Bunda, bunday chetga chiqishlar sanitariya-epidemiologiya rejimiga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
3. DPMlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda ushbu sanitariya qoidalari hamda amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
4. DPMlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishda foydalaniladigan tibbiy texnikalar, asbob-uskunalar, dezinfeksiya vositalari, qurilish va pardozlash materiallari va boshqa buyumlar, shuningdek qo‘llanilayotgan tibbiy texnologiyalar O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan bo‘lishi lozim.
DPMlarda klinika-diagnostika laboratoriyalari faoliyati autsorsing asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
2-bob. DPMlarni joylashtirish va uning hududiga qo‘yiladigan talablar
5. DPMlar turar joy yoki shahar atrofi hududlarida mavjud jamoat, sanoat va kommunal binolardan shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan uzoqlikda hamda sanitariya-himoya hududlariga qo‘yiladigan gigiyena talablariga muvofiq joylashtiriladi.
6. Ruhiy kasalliklar shifoxonalari, yuqumli kasalliklar, shu jumladan sil kasalliklari yo‘nalishidagi DPMlar turar joy hududidan kamida 100 m uzoqlikda joylashtiriladi.
1000 va undan ortiq o‘ringa mo‘ljallangan ushbu yo‘nalishdagi DPMlar aholi yashash joylaridan kamida 500 m uzoqlikda joylashtirilishi kerak.
Faoliyat yuritayotgan yuqumli va sil kasalliklariga mo‘ljallangan DPMlarning palata korpuslari va turar-joy uylari orasidagi masofa kamida 50 m, statsionarsiz dispanserlar uchun esa kamida 20 m bo‘lishi lozim.
7. Ko‘p tarmoqli DPMlarda yuqumli kasalliklar bo‘limlari chegaralangan hududda joylashtirilishi va alohida kirish joyiga ega bo‘lishi kerak.
8. Yirik DPMlar (100 o‘rindan ortiq) va tug‘ruq komplekslari aholi punktining turar-joy hududida joylashtirilganda davolash va palata binolari qizil chiziqdan kamida 30 m hamda binolarning qavatlar sonidan kelib chiqqan holda turar joy binolaridan 30 — 50 m uzoqlikdagi masofada joylashtirilishi zarur.
9. Yer uchastkasini tanlashda atrofning sanitariya-gigiyena holati hamda shamol yo‘nalishi hisobga olinishi lozim.
Axlatxona, assenizatsiya maydonlari, hayvonlarni ko‘mish joylari, qabristonlar va boshqalar sifatida foydalanilgan, shuningdek organik, kimyoviy va boshqa zaharli chiqindilar bilan ifloslangan yer uchastkalarida DPMlarni joylashtirish qat’iyan taqiqlanadi.
DPMlarning uchastkalari temir yo‘llar, aeroportlar, tez yurar avtomagistrallar, to‘y va shunga o‘xshash marosimlar o‘tkaziladigan, 100 tadan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan ochiq turdagi umumiy ovqatlanish korxonalari, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan doimiy va vaqtincha pavilonlar, ochiq turdagi yozgi estrada, kinoteatrlar va raqs maydonchalaridan va boshqa kuchli fizikaviy omillar ta’sir ko‘rsatuvchi manbalaridan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan uzoqlikda joylashtirilishi lozim.
Amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq DPMlar joylashtirilishi mo‘ljallangan tuproq tarkibi sanitariya-kimyoviy, mikrobiologik va parazitologik ko‘rsatkichlari hamda radiatsion fon gigiyenik normativlarga javob berishi lozim.
Atmosfera havosidagi zaharli moddalar, infratovush, elektromagnit nurlanish, shovqin va tebranish belgilangan gigiyenik normalardan oshmasligi lozim.
10. Ilgari silga qarshi DPMlar joylashgan yer uchastkalariga turar joy binolari, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat sanoati, yopiq turdagi ijtimoiy, bolalar va o‘quv-tarbiyaviy muassasalar joylashtirilishi mumkin emas.
11. DPM hududidan muhandislik va transport kommunikatsiyalari o‘tmasligi kerak.
12. Turar-joy va jamoat binolarida, alohida kirish joyi mavjud bo‘lgan hollarda, ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sog‘lomlashtirish, qayta tiklanish va reabilitatsiya markazlari, 30 ta o‘ringacha bo‘lgan terapevtik yo‘nalishdagi shifoxonalar, shuningdek ularda yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash va sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi to‘liq rioya etish uchun sharoitlar mavjud bo‘lganda laboratoriyalarni joylashtirish mumkin.
13. Turar-joy va jamoat binolarida alkogol va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan, shuningdek yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi DPMlarni joylashtirish taqiqlanadi (ambulatoriya-poliklinika sharoitida allergologik, dermatologik yordam ko‘rsatish bundan mustasno).
14. Turar-joy binolarida hamda ulardagi xonalarda mikrobiologiya, gistologiya laboratoriyalari, dezinfeksiya stansiyalari, aholini bitga (pedikulez) qarshi zararsizlantirish uchun sanitariya-tozalov xonalari joylashtirilishi mumkin emas.
15. Rentgen diagnostika xonalarini joylashtirishga bo‘lgan talablar amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
16. DPMlar va ambulatoriya-poliklinika muassasalari yer maydonlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Bemor o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda DPMlar maydoni quyida ko‘rsatilgan 1-jadvalga asosan belgilanadi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish