1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash


Operatsiya blokidagi yordamchi xonalar



Download 1,16 Mb.
bet6/23
Sana15.12.2022
Hajmi1,16 Mb.
#887576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
0020-22 22.01.2022

Operatsiya blokidagi yordamchi xonalar

Steril bikslarni saqlash xonasi

4,0

Ixtisoslashtirilgan shifoxonalar uchun

20,0

Asboblar saqlash xonasi

6,0

Asboblarni, shu jumladan endoskopiya asboblarini qismlarga ajratish va zararsizlantirish xonasi

1 ta jarrohlik xonasi uchun 4,0 lekin 10,0 dan kam emas

Narkoz-nafas olish apparaturasini yuvish va zararsizlantirish xonasi

10,0

Sun’iy qon aylanish apparati xonasi — montaj qilish va yuvish xonasi

18,0

Gips xonasi (travmatologiya-ortopediya va shoshilinch tibbiy yordam klinikalari uchun)

20,0

Gips va gips tasmalarini saqlash xonasi (travmatologiya-ortopediya va shoshilinch tibbiy yordam klinikalari uchun)

6,0-10,0

Ko‘chma apparatura ombori**

15,0

Jarrohlar va anesteziologlar xonasi**

Har bir shifokor uchun 6,0, lekin 18,0 m dan kam emas

Bog‘lov materiallari va dorilar zaxirasi uchun mo‘ljallangan katta hamshira xonasi (septik va aseptik bo‘limlar uchun umumiy)**

12,0

Jarrohlik amaliyot hamshiralari xonasi**

Har bir hamshira uchun 3,0, lekin 12,0 dan kam emas

Toza choyshablar ombori**

6,0

Ishlatilgan choyshablar v� jarrohlikdan keyingi chiqindilarni yig‘ish va vaqtinchalik saqlash xonasi**

6,0

Yig‘ishtirish jihozlari, dezinfeksiya vositalarini tayyorlash va saqlash xonasi**

6,0

Xodimlar uchun sanitariya tozalov xonasi

1 ta jarrohlik xonasi uchun 3,0 — 6,0

Septik va aseptik bo‘limlarga kirishdagi shlyuz (ixtisoslashtirilgan jarrohlik bo‘limlari uchun)

12,0

Kuygan bemorlar uchun vanna va ko‘tarish moslamasi bo‘lgan yaralarni bog‘lash xonasi

25,0

Sterilizatsiya xonasi***

1 ta sterilizator uchun 6,0 m

Izoh: * loyiha topshirig‘i bo‘yicha;
** 2 tadan ortiq operatsiya zallariga ega bo‘lgan operatsiya bloklarida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xonalarning mavjud bo‘lishi shart;
*** mikroxirurgiya operatsiyalari o‘tkaziladigan ixtisoslashtirilgan DPMda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi;
2 tadan ortiq operatsiya zallariga ega bo‘lgan operatsiya bloklarida yig‘ishtirish anjomlari va dezinfeksiya vositalarini saqlash uchun 2 ta xona ko‘zda tutiladi.
5-§. Suyak iligi va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘limi
91. Suyak iligi va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘limi shifoxonaning izolatsiya qilingan qismida joylashgan bo‘lishi kerak.
92. Suyak iligi va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘limiga kirish joyida boshqa xonalar havosi bilan aralashib ketishini bartaraf etish uchun shlyuz tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
93. Suyak iligi va o‘zak hujayralarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘limida bemorlar palatalari bokslarda joylashtiriladi va bo‘limning koridor qismidagi havo palata havosi bilan aralashib ketmasligi kerak.
94. Bo‘limda muolaja xonasi, dori vositalarini va bog‘lov materiallarini saqlash xonasi va ularni zararsizlantirish xonasi bo‘lishi kerak.
95. Bo‘limda ushbu sanitariya qoidalarining 17-jadvalida ko‘rsatilgan barcha yordamchi xonalar bo‘lishi kerak.
96. Bemorlar faqat palatalarda ovqatlantirilishi kerak.
6-§. Suyak iligi va o‘zak hujayralarini tayyorlash xonalari
97. Suyak iligi va o‘zak hujayralarini tayyorlash xonalari ushbu sanitariya qoidalarining 5-jadvali asosida tashkil etilishi kerak.
98. Suyak iligi va o‘zak hujayralarini tayyorlash uchun donordan qon olish palatasi faqat 1 nafar donorga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
99. Palatadan tayyorlangan o‘zak hujayralarni tayyorlash laboratoriyasiga deraza orqali uzatilishi kerak.
100. Laboratoriya steril havo berish uchun laminar shkaf bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
101. Laboratoriyaga qo‘shimcha ravishda o‘zak hujayralarini saqlash uchun mo‘ljallangan suyuq azot ballonlari uchun alohida xona ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
7-§. Tug‘ruq komplekslari
102. Tug‘ruq komplekslarida va ko‘p tarmoqli shifoxonalar tarkibidagi tug‘ruq bo‘limlari hamda perinatal markazlarining qurilish loyihalarini ishlab chiqishda bo‘limlarning aniq hududlarga bo‘linishi, sanitariya ishlov berilishi uchun qulay bo‘lishi, shifoxona ichida ketma-ketlik qoidalariga rioya etilishi hamda xodimlarga qulay ish sharoitlari ta’minlanishi ko‘zda tutilishi kerak.
103. Tug‘ruq komplekslarida akusherlik o‘rinlari 60 foiz, homiladorlar patologiyasi bo‘limi 30 foiz va ginekologiya bo‘limi 10 foiz ni tashkil etishi kerak.
104. Akusherlik bo‘limlaridagi tug‘ruq zallari o‘rinlari 16 foiz ni tashkil etishi kerak.
105. Perinatal markazi tug‘ruqxonadan (bo‘limdan) o‘z tarkibida maslahat poliklinikasi, ginekologiya bo‘limi, chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limi, shuningdek chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi mavjudligi bilan farq qiladi. Chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi hamda chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limi tug‘ruq majmuasining va bo‘limlaridan alohidalangan va alohida kirish-chiqish bilan ko‘zda tutilgan mustaqil blokda joylashtiriladi.
106. Perinatal markaz chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi hamda chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limiga boshqa akusherlik statsionarlaridan chaqaloqlar qabul qilinganda qabul bo‘limi xonalari tashkil etilishi kerak.
107. Chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limi asosan ona va bola birgalikda bo‘lishi tamoyiliga ko‘ra tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida o‘pkani sun’iy ventilatsiyasida bo‘lgan bolalar bo‘limda onalarsiz yotqiziladi, lekin bolani ko‘rish uchun bo‘limga kirishga ruxsat beriladi. Onalar uchun chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida alohida palatalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Qolgan holatlarda reanimatsiya palatalari ona bilan bola birga bo‘lishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
108. Tug‘ruq komplekslarining qabul bo‘limlarida tug‘adigan ayollar va homiladorlarni qabul qilish uchun issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan sanitariya-tozalov xonasiga (8m2) ega filtr tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Markazlashtirilgan issiq suv ta’minotiga ega bo‘lmagan joylarda suv isitish uchun qurilmalar o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi.
109. Tuqqan ayollar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish uchun barcha palatalar issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan, shuningdek chaqaloqlar gigiyenasi uchun keng chig‘anoqlar o‘rnatilishi lozim.
110. Tuqqan ayollar uchun hojatxonalar tug‘ruq zallari yonida joylashtirilishi, lekin ushbu hojatxonalarga kirish koridor orqali bo‘lishi kerak.
111. Tug‘ruq komplekslari (bo‘limlari) xonalar tarkibi va maydonlariga bo‘lgan talablar ushbu sanitariya qoidalarining 7-jadvali asosida amalga oshiriladi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish