1§. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolari


§. Zamonaviy kompyuterlarning turkumlari va turlari



Download 1,08 Mb.
bet13/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#599443
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98
Bog'liq
Aa.tex maruza (2-3 kurs)

3§. Zamonaviy kompyuterlarning turkumlari va turlari


  • Super kompyuterlar;

  • Katta va kichik kompyuterlar;

  • Serverlar va shaxsiy kompyuterlar;

  • Ko’chma kompyuterlar.

Tayanch iboralar:
Kompyuterlar; Raqamli; Analogli; Gibrid; Universal; Muammoga yo’naltirilgan; Ixtisoslashgan; Super; Katta; Kichik; Server; SHaxsiy; Ko’chma; Laptop; Notebook; Sabnotebook; Packet; PDA; Organizer.
3.1. Zamonaviy kompyuterlarning turkumlanishi
Zamonaviy kompyuterlarni quyidagi ko’rsatgichlari bo’yicha turkumlash mumkin: qayta ishlaydigan ma’lumotlari bo’yicha, yaratilish bosqichlari bo’yicha, vazifalariga ko’ra va funktsional imkoniyatlari bo’yicha.
Qayta ishlaydigan ma’lumotlari bo’yicha ular raqamli, analogli va gibrid (duragay) kompyuterlarga bo’linadi
Kompyuterlar raqamli, kompyuterlar analogli, kompyuterlar gibrid

Raqamli kompyuterlar - faqat diskret ma’lumotlar (harflar, raqamlar, diskret signallar va h.k.) bilan ishlashga mo’ljallangan kompyuterlardir. Bularga barcha shaxsiy kompyuterlar misol bo’la oladi;
Analogli kompyuterlar - faqat uzluksiz ma’lumotlar (uzluksiz signallar) bilan ishlashga mo’ljallangan kompyuterlardir. Bularga uzluksiz texnologik jarayonlarni boshqarishga va nazorat qilishga mo’ljallangan kompyuterlar misol bo’la oladi;
Gibrid kompyuterlar - ham diskret, ham uzluksiz ma’lumotlar bilan birdaniga ishlay oladigan kompyuterlardir. Ular haqiqiy professional kompyuterlar bo’lib, murakkab jarayonlarni, korxona va tashkilotlarni boshqarishda ishlatiladi.
Yaratilish bosqichlari bo’yicha ular 6 ta avlodga bo’linadi.
1-avlod (1950-yillar). Elektron vakuumli lampalar asosida yaratilgan kompyuterlar;
2-avlod (1960-yillar). YArim o’tkazgichli tranzistorlar asosida yaratilgan kompyuterlar. Bunday kompyuterlarda yuzlab elektron lampalarning vazifalarini bitta tranzistor bajaradi;
3-avlod (1970-yillar). YArim o’tkazgichli integral sxemalar asosida yaratilgan kompyuterlar. Bunday kompyuterlarda yuzlab tranzistorlarning vazifalarini bitta integral sxema bajaradi;
4-avlod (1980-yillar). YArim o’tkazgichli katta integral sxemalarda yaratilgan kompyuterlar. Bunday kompyuterlarda minglab tranzistorlarning vazifalarini bitta integral sxema bajaradi;
5-avlod (1990-yillar). Parallel ishlovchi ko’p protsessorli, ya’ni super, katta, kichik kompyuterlar;
6-avlod (1990-yillardan boshlab). SHaxsiy kompyuterlar.
Vazifalariga ko’ra ular quyidagi turlarga bo’linadi: universal, muammoli-yo’naltirilgan va ixtisoslashgan kompyuterlarga bo’linadi.
Universal kompyuterlar - turli iqtisodiy, ijtimoiy, matematik, statistik va h.k. hisoblashlarni bajarishga mo’ljallangan kompyuterlardir. Ulardan ommaviy hisoblash markazlarida, hisoblash komplekslarida foydalaniladi.
Muammoli-yo’naltirilgan kompyuterlar - ma’lum yo’nalishdagi texnologik jarayonarni, tor doiradagi maxsus boshqaruv va hisoblash ishlarini bajarishga mo’ljallangan kompyuterlardir. Imkoniyatlari va dasturiy ta’minoti cheklangan. Bularga turli avtomatlashtirilgan ishchi stantsiyalari misol bo’la oladi.
Ixtisoslashgan kompyuterlar - tor doiradagi, ma’lum bir ixtisosga doir amallarni bajarishga mo’ljallangan kompyuterlar. Ularning imkoniyatlari va dasturiy ta’minoti ham shu ixtisos doirasida chegaralangandir. Bularga elektron kotiblar, elektron yon daftarchalar, robotlarni boshqaruvchi kompyuterlar misol bo’la oladi.
Funktsional imkoniyatlari bo’yicha kompyuterlar quyidagi guruhlarga bo’linadi (3.2-rasm):
Super kompyuterlar, katta kompyuterlar, kichik kompyuterlar, serverlar,shaxsiy kompyuterlar , Ko’chma (mini) kompyuterlar

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish