1-ma’ruza. Konstruktsiyalar, binolar va inshootlarni sinash va tekshirishning mohiyati (2 soat)


 – rasm. SHahrisabzdagi tadqiqot ishlari olib borilgan arxitektura yodgorliklari



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana26.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#609272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma’ruza. Konstruk., binolar va insh. sinash va teksh.mohiyati

1.4 – rasm. SHahrisabzdagi tadqiqot ishlari olib borilgan arxitektura yodgorliklari: 
a – Oqsaroy arki; b – Dorus-Saodat Majmuasi ( Gumbazi Saidon, SHayx SHamsiddin 
Kulol maqbaralari va Ko’k-Gumbaz jome masjidi). 
 
Qurilish konstruktsiyalari va inshootlarini loyihalash, barpo etish va 
ekspluatatsiya qilish jarayonlari qator murakkab muhandislik masalalarini nazariy va 
eksperimentam yechimlari bilan bog’liqdir. Bunda eksperimental tadqiqotlarning o’rni 
nazariyadagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini topishdan iborat. 
Qator xollarda tadqiqotlarning nazariy usullari inshoot va konstruktsiyalarning va 
uning mustaxkamligini baholashda ojizlik qilib zo’riqish-deformatsiya xolati qoladi. 
Bunday xollarda yuqoridagi ko’rsatgichlari bo’yicha xulosalar berish uchun yagona 


18 
yo’l - inshootlarni sinash bo’ladi. 
Inshoot va konstruktsiyalarni sinash metrologiyasi mustaqil soxasi sifatida bir 
asrdan ziyod mavjuddir. Katta xajmda qurilish ishlarining olib borilishi, yirik ilmiy 
tekshirish institutlarining barpo etilishi sinash jarayonini mislsiz o’sishiga olib keldi. 
Mustaqil Hamdustlik Davlatlarining bir necha yirik ilmiy markazlarida (TSNIISK, 
NIIJB, NIISK, Minstransstroyning TSNIIS, Kiev ZNIIEP) laboratoriya sharoitida 
ayrim inshoot fragmentlarini naturaviy o’lchamda sinashni amalga oshirish 
imkoniyatlari mavjud. Yuqorida sanab o’tilgan ilmiy markazlardan tashqari, bunday 
tadqiqotlar LenZNIIEP da, Gruziya fanlar akademiyasi qurilish mexanika va 
zilzilabardoshlik institutida, Belorusiya davlat qurilish qo’mitasi, UzLITTI va shu kabi 
qator ilmiy tadqiqot institutlarida bunday tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Inshoot va ularning modellarini eksperimental tadqiq etish Germaniya, Polьsha, 
CHexoslovakiya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya va boshqa chet davlatlarning ilmiy 
tadqiqot firmalarida olib borilmoqda. 
Xozirgi vaqtda ilmiy-tadqiqot ishlari va ularga bog’liq konstruktsiya va 
inshootlarni sinashga ularning xar birini barpo etish va ekspluatatsiya qilish bosqichlari 
bir vaqtda olib boriladi. 
Konstruktsiyani ishlab chiqish bosqichiga ko’ra sinashning maqsadini 
quyidagicha ifoda etish mumkin: 
1.
Inshootlarni loyihalash, ularning katta qismini qamrab oluvchi mavjud 
nazariy ishlanmalarga asosan amalga oshiriladi. Inshootni xisoblashning nazariyasini 
ishlab chiqish, olingan nazariy natijalarni oydinlashtirishga imkon beruvchi qator 
eksperimental tadqiqotlarga tayanadi. Bunda quyidagi masalalar xarakterli bo’lishi 
mumkin: 
a) Inshoot va uning modellarini sinash yo’li bilan konstruktsiyaning zo’riqish-
deformatsiya xolatini aniqlash, uning xisobiy sxemasini oydinlashtirish. Sinov 
natijasida olingan ma’lumotlar ishlab chiqilgan nazariyani baholashga xizmat qiladi. 
b) Yukning qiymati va intensivligi, inshootning ayrim fizik muxitlar bilan 
o’zaro ta’siri natijasi sifatida aniqlash. 
2.
Odatda loyihalashtirilgan inshoot eksperimental tekshiruvdan o’tkazilishi 
lozim bo’ladi. Bu bosqichda quyidagi masalalar yechiladi: 
a) Inshootning xisobiy sxemasini tekshirish va oydinlashtirish. Bu masalaga 
misol bo’lib yig’ma va yig’ma-yaxlit quyma inshootlarning xisobiy sxemasini 
oydinlashtirish xizmat qilishi mumkin. 
b) Inshootning ayrim bog’lamlarini konstruktsiyalashni to’g’riligini tekshirish. 
v) Inshootning yuk ko’tarish qobiliyatini aniqlash. Inshootni buzulishga qadar 
olib borish, uning sxemasini va buzuvchi yuk qiymatini o’rnatish tadqiqot bosqichidagi 
sinovning pirovard maqsadi bo’lib qoladi. 
3.
Zamonaviy qurilish amaliyotida sinov inshootlarni barpo etish, va 


19 
ekspluatatsiya qilish jarayonida xam o’tkazishni ko’zda tutadi: 
a) Inshootlarning yig’ma elementlarini qurilish industriyasi korxonalarida 
ommaviy ravishda tayyorlashda sifat nazorati. 
b) Inshootning yuk ko’taruvchi konstruktsiyalari yedirilgan va ishlash noqulay 
bo’lgan taqdirda inshoot xolatini tekshirish. 
v) Axamiyatliligi inshootlarni ekspluatatsiyaga topshirishdan avval sinov yuki 
bilan tekshirib ko’rishni lozim topadi. 
Inshoot ishlashini o’rganishning eksperimental usullariga avariyalar taxlilini 
xam kiritish lozim. 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish