1-ma’ruza. Konstruktsiyalar, binolar va inshootlarni sinash va tekshirishning mohiyati (2 soat)



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana26.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#609272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma’ruza. Konstruk., binolar va insh. sinash va teksh.mohiyati

Ishonchlilik 
deganda ma’lum bir vaqt oralig’ida, muayyan ekspluatatsiya 
sharoitida tizim oldiga qo’yilgan funktsiyani bajarish xususiyati tushiniladi. 
Ishonchlilik kompleks xususiyatlardan iborat bo’lib, beto’xtovlik, uzoq muddatga 
chidamlilik va ta’mirtalablik kabilarni o’z ichiga oladi.
Beto’xtovlik
- ob’ektning ma’lum vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlash 
xususiyati.
Uzoq muddatga chidamlilik 
- ob’ektning uzoq muddat chegaraviy holatga 
yetguncha ishga yaroqliligini saqlash xususiyati. 
 
Ta’mirtalablilik
- ob’ektda buzilish bo’lish sababini aniqlash va ogohlantirishga 
moslashish, ularni ta’mirlab tuzatish xususiyati. 
1.3.Inshootlarni tekshirish va sinash uslublari 
Eski turar joy fondini ta’mirlashda va uning maishiy qulayligini xozirgi zamon 
talablariga moslashtirishda turar joy binolarining haqiqiy holatiga baho berish talab 
etiladi. Quruvchi-muhandislar oldiga foydalanilayotgan qurilish konstruktsiyalari, 
binolar va inshootlar holatini o’rganish, ulardan bundan buyon foydalanish 
imkoniyatlarini aniqlash yoki rekonstruktsiya qilish va mustahkamlash choralarini 
belgilash kabi vazifalar qo’yiladi. Qo’yilgan masalalarni hal etish konstruktsiya va 
inshootlar holatini tekshirish va o’rganishni taqazo etadi. Tekshiruv natijalari tegishli 
tavsiyalarni berishga asos bo’ladi. Bular asosida loyihachi-muhandislar kerakli 
konstruktiv yechimlarni ishlab chiqishadi.
Qurilish konstruktsiyalarini tekshirish (обследование) quyidagi uch bosqichdan 
iborat: 
● loyiha hujjatlari, ishchi chizmalar, ko’rinmas ishlar akti bilan dastlabki 
tanishuv; 
● ob’ektni ko’zdan kechirish, ob’ektni loyihaga mosligini aniqlash, ko’zga 
ko’rinadigan nuqsonlarni (yoriqlar, chakka o’tadigan joylar, temirbeton elementlarida 



himoya qatlami ko’chgan joylar, metal elementlar zanglagan joylar, elektr payvand, 
parchin mix yoki bolt bilan birikkan joylar holatini) aniqlash, inshootni tekshiruv 
rejasini tuzish, yemirmaydigan usullar orqali kompleks tadqiqotlar o’tkazish; 
● inshoot holatini tahlil qilish va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish. 
Loyiha va ijro xujjatlari bilan tanishish, qabul qilingan konstruktiv yechimlarga 
baho berish, inshootning qiyin sharoitda ishlaydigan elementlarini belgilash, ta’sir 
etayotgan yuklar miqdorini aniq bilish imkonini beradi. 
Inshootlarni xushyorlik bilan yaxshilab razm solib ko’zdan kechirish orqali 
tekshirilayotgan konstruktsiyaning texnik xolati to’g’risida dastlabki ma’lumotga ega 
bo’linadi, konstruktsiya elementlarining eskirganlik darajasi oydinlashadi, sinovlarni 
davom ettirish muammosi konkretlashadi. Birinchi galda bu muammo sinov ishlarida 
yemirmaydigan usullarni, ya’ni sinash jarayonida konstruktsiyalar va ularning alohida 
elementlarini buzmasdan sinaydigan usullarni qo’llashga aloqador. Bunday sinovlar
yukning statik va dinamik ta’sirlari uchun bajarilishi mumkin. Bunday sinovlar 
tarkibiga inshootlarning geometrik parametrlari (bo’yi, eni, balandligi, qalinligi va 
h.k.), materialning mustahkamlik va strukturaviy xossalari, betonning himoya qatlami 
qalinligi, armaturaning joylashuvi, elementlarning solqilik va deformatsiyalari, alohida 
nuqtalarning tezlanishlari va boshqalarni aniqlash kiradi. 
Inshootlarni 
tekshirishda 
muhandislik 
geodeziyasi 
usullaridan 
keng 
foydalaniladi. Ular yordamida bino va inshootlarning cho’kishi, siljishi, yoriqlar va 
deformatsiya choklarining parametrlari, konstruktsiya elementlarining egilishlari 
o’lchanadi. Fotogrammetriya usullaridan foydalanib statik va dinamik ta’sirlar 
natijasida konstruktsiya elementlari nuqtalarida hosil bo’ladigan ko’chish va 
deformatsiyalar aniqlanadi. Keyingi paytlarda lazer intenferentsiyasi usullari keng 
rivojlanib bormoqda. 
SHu kabi usullar qurilish konstruktsiyalari elementlarini tayyorlash va qurilish 
maydonchasida montaj qilish jarayoni sifatlarini nazorat qilishda ham qo’llanilinadi. 
Qurilish konstruktsiyalari elementlarini tayyorlash jarayonidagi sifat nazorat 
sinovlarida yemirmaydigan (неразрущающий) va yemiradigan (разрущающий) 
uslublardan foydalaniladi. Ammo har bir mahsulotni buzulgunga qadar sinash to’g’ri 
bo’lmaydi, chunki bunda zavod darvozasidan birorta ham butun buyum chiqmaydi, 
garchi mahsulotning haqiqiy ishi to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’linsa ham. 
Yemirmaydigan usul esa tekshirilayotgan ob’ekt xususida to’liq ma’lumot berolmaydi,
shuning uchun ham har ikkala usuldan birgalikda foydalaniladi. Agar ma’lum 
miqdordagi ob’ektlar ustida yemirmaydigan va yemiradigan sinovlar o’tkazib, so’ng 
natijalar taqqoslansa, ular orasidagi ma’lum bog’lanishni aniqlash imkoniyati paydo 
bo’ladi. 



SHunday qilib, bino va inshootlar konstruktsiyasini sinash tekshirishning 
tarkibiy elementlaridan biri hisoblanadi, biroq o’zining metodologiyasi, asboblar 
butligi va qayta ishlash uslubiyatiga ko’ra eksperimental mexanikaning mustaqil sohasi 
sanaladi. Bu sohaning maqsadi eksperimental tadqiqotlar asosida konstruktsion 
materiallarning xossalari, konstruktsiya elementlarining holati va inshootlarning 
haqiqiy ishi to’g’risida ob’ektiv informatsiya beradigan usul va vositalarni yaratishdan 
iborat. Hech qanday hisob, xattoki hisoblash texnikasidan foydalanib bajarilgan aniq 
hisob ham, real sistemalarning haqiqiy holati to’g’risida ob’ektiv ma’lumot bera 
olmaydi. 
Qurilish mexanikasi, elastiklik va plastiklik nazariyasi, materiallar qarshiligi 
fanlarida ideallashtirilgan hisoblash sxemalariga asoslangan eng zamonaviy hisoblash 
usullari o’rganiladi. Biroq har bir usulning zaminida tajribaga asoslangan ob’ektiv 
informatsiya yotmog’i lozim, ularning hech biri eksperimental sinovlarsiz amaliyotga 
tavsiya etilmasligi darkor. 
Mantiqqa zid joyi shundan iboratki, shakllangan hisoblash sxemalari bo’yicha 
eng zamonaviy EHM larni qo’llagan holda bajarilgan hisoblarda yo’l qo’yiladigan 
xatolik 10
-8
dan oshmaydi, ammo hisobga kiritiladigan yuklar, mustahkamlik 
xarakteristikalari, o’lcham parametrlari kabi dastlabki informatsiyalardagi noaniqliklar 
tufayli hisob natijalaridagi xatolik 10-20% ni tashkil etishi mumkin. Bu xozirgi zamon 
hisoblash nazariyalari usullari rolini pasaytirmaydi, balki hisoblash usullarining 
aniqligi bilan, hisobda foydalanish uchun oldindan tayyorlanadigan eksperimental 
informatsiyalar orasidagi o’zaro bog’lanishga e’tibo bermoq zarur ekanligini bildiradi. 
Qurilish konstruktsiyalari, binolar va inshootlarni sinash uslublari va vositalari
ko’magida hal etiladigan uchta asosiy masalani aniq ifodalash mumkin. 
Birinchi masalaga
konstruktsion materiallarning issiqlik-fizikaviy, strukturaviy, 
mustahkamlik va deformatsion xossalarini aniqlash hamda konstruktsiyaga ta’sir 
etuvchi tashqi kuchlarning xarakterini belgilash kiradi. 
Ikkinchi masalada 
hisobiy yo’l bilan aniqlangan zo’riqish va ko’chishlarni real 
konstruktsiya yoki uning modelida hosil bo’ladigan zo’riqish va ko’chishlar bilan 
solishtirish muammolari hal etiladi. 
Uchinchi masala 
- hisoblash modellarini identifikatsiyalashga, ya’ni 
birxillashtirishga yo’naltirilgan. Bu masala tajriba yo’li bilan olingan natijalar asosida 
hisoblash sxemalarini sintez qilish, ya’ni ularni umumlashtirish, ulardan bir butun 
xulosa chiqarish bilan bog’liq.. 
Ilmiy – texnika rivojlanishining jadallashuv sharoitida turli texnologik 
jarayonlar intensiv ravishda takomillashadi. Korxonalardagi eskirgan uskunalar, 
yangilari, mahsuldorroqlari, tezligi yuqorilari bilan almashtiriladi. Buning oqibatida 
qurilish konstruktsiyalariga tushadigan yukning salmog’i ortib ketishi mumkin. Ba’zi 


10 
hollarda foydalanishda bo’lgan bino yoki inshootlarning me’moriy yechimlarini 
o’zgartirishga to’g’ri keladi. 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish