1-ma’ruza. Konstruktsiyalar, binolar va inshootlarni sinash va tekshirishning mohiyati (2 soat)


Qurilishda metrologiya va standartlashtirish asoslari



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana26.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#609272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma’ruza. Konstruk., binolar va insh. sinash va teksh.mohiyati

1.5.Qurilishda metrologiya va standartlashtirish asoslari 
Ilmiy-texnikaviy progressning tezlanishi sharoitlarida qurilishda qurilish 
konstruktsiyalari, 
detallari 
va 
bog’ichlarini 
unifikatsiyalashga, 
qurilish 
konstruktsiyalarini tayyorlash va montaj qilish sifatini oshirishga aloxida axamiyat 
berilmoqda. 
Qo’yilgan masalalarni yechish, qurilishda metrologiya va 
standartlashtirish rolini keskin oshirishni taqozo etadi. 
Metrologiya - bu o’lchashlar, ularning birligini va talabdagi aniqligiga erishish 
yo’llarini ta’minlovchi usul va vositalar xaqidagi fan. Metrologiyada: o’lchashlarning 
umumiy nazariyasi, fizikaviy kattaliklar va ularning tizimini birliklari, o’lchash usullari 
va vositalari, o’lchash aniqligini topish usullari, o’lchash mushtarakligi va o’lchash 
vositalarining bir xilligini ta’minlash asoslarini, o’lchov birliklarini etalon yoki namuna 
o’lchov vositalaridan ishchi o’lchov vositalariga uzatish usullari ko’riladi. 
Metrologiya - metrologik ta’minotning ilmiy asosidir. Metrologik ta’minotda 
o’lchashning yagonaligi va talabdagi aniqlikka erishish uchun kerakli ilmiy va tashkiliy 
asoslarni, texnikaviy vositalarni, qoida va me’yorlarni o’rnatiladi va qabul qilinadi. 
Metrologik ta’minot quyidagi tizimlarni: 
-birliklarni yuqori aniqlikda aks ettirishni ta’minlovchi fizik kattaliklarning 
davlat etalon birligi; 
-o’lchashning namunaviy vositalari va boshqa tekshiruv vositalari yordamida 
o’lcham birliklarini barcha o’lchov vositalari etalonlaridan fizik kattaliklarga uzatish; 
-moddiy ishlab chiqarish sferasida, faoliyatning ilmiy-tadqiqot va boshqa 
turlaridagi maxsulot, texnologik jarayonlar va boshqa ob’ektlarning tavsiflarini 
talabdagi aniqliklarini belgilashni ta’minlovchi ishlanmalarni, ishlab chiqarishga 
qo’yishni va ishchi o’lchov vositalarini muomalaga qo’yish; 
-ashyo va konstruktsiyalarni olish va foydalanishdagi texnologik jarayonlarni 
ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqodlarning ishonchli ma’lumotlari bilan ta’minlovchi, 
fizik konstantalar va modda va ashyolarning xossalari xaqidagi standart 
ma’lumotnomalarni o’z ichiga oladi. Bulardan tashqari metrologik ta’minotga: 


20 
-seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga va xorijdan partiyalar bilan 
keltirilishga mo’ljallangan, o’lchash vositalarini ishlab chiqishda va muomalaga 
chiqarishda bir xillikni ta’minlovchi o’lchov vositalarining davlat sinovi yoki 
metrologik shaxodatlash; 
-tayyorlash, ekspluatatsiya qilish va remont qilishda o’lchov vositalarini bir 
xilligini ta’minlovchi majburiy davlat va maxkamaviy tekshiruvi; 
-qiymat birliklarini aks ettirishni ta’minlovchi, modda va ashyolarning tarkib va 
xossalarini tavsiflovchi tarkib va modda xossalarining standart namunalari kiradi. 
O’lchashning metrologik ta’minoti muammosi standartlashtirish oldida turgan 
masalalar bilan uzviy bog’langan. Standartlashtirish - ma’lum bir soxaning faoliyatini 
foydali yo’lga qo’yish uchun qoidalar ishlab chiqish va qo’llashdir. Standartlashtirish 
ob’ektiga fanda, texnikada, qurilishda foydalaniladigan, ko’p marta qo’llanish 
istiqboliga ega bo’lgan muayyan maxsulotlar, me’yorlar, talablar, usullar va atamalar 
kiradi. Qurilishda standartlashtirishga konstruktsiya va inshootlarni xisoblash usullari 
va loyihalashtirish, ashyo va buyumlarga bo’lgan talablar, bino va inshoot 
konstruktsiyalarini qurilishva montaji bosqichidagi qo’yimlar, sinash va o’lchov 
o’tkazish usullari, olingan o’lchov natijalarini taqdim etish va qayta ishlash usullari va 
boshqalar molikdir. 
Standartlar ishlab chiqarishning taraqqiyot suratiga va darajasiga katta ta’sir 
ko’rsatadi. Fan, texnika va amaliy tajribalarning eng oxirgi yutuqlariga tayanib 
standartlashtirish ko’p xollarda ishlab chiqarishda erishilgan muvaffaqiyatlarni qayd 
etibgina qolmay, shu bilan birga ilm va texnika taraqqiyotining richaglaridan biriga 
aylanib qoladi.
 

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish