1-Mavzu. “Ta’lim menejmenti” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari (2 soat) Asosiy savollar: Ta’limda boshqaruvning zarurligi, mazmuni, maqsad va vazifalari «Ta’lim menejmenti»



Download 146,5 Kb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi146,5 Kb.
#275249
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu.Maruza


1-Mavzu. “Ta’lim menejmenti” fanining mazmuni, maqsadi va

vazifalari (2 soat)

Asosiy savollar:

1. Ta’limda boshqaruvning zarurligi, mazmuni, maqsad va vazifalari

2.«Ta’lim menejmenti» fanining predmeti va rivojlanish bosqichlari

3.Ta’lim menejmenti fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

4.Davlat iqtisodiyotining rivojlanishida oliy ta’limning o’rni va ahamiyati. O’zbekistonda ta’lim tizimini rivojlanishi.

Tayanch iboralar va tushunchalar: ta’lim menejmenti, ta’limda boshqaruv, oliy ta’lim tizimi, uzluksiz ta’lim tizimi, oliy o’quv yurtlari, menedjer, boshqaruv funksiyalari
Darsning maqsadi: boshqaruv haqida tushuncha berish, ta’lim sifati, ta’lim sohasida menejmentning xususiyatlari, funksiyalari, vazifalari haqida tushuncha hosil qilish.
1.Ta’limda boshqaruvning zarurligi, mazmuni, maqsad va vazifalari.

Zamonaviy rahbarning muhim boshqaruv maqsadi o’z xodimlarini axloqiy jihatdan yuksak darajaga ko’tarish, ularni ma’naviy jihatdan sog’lom jamoaga aylantirishdan iborat. Bu asosiy ќoidalar oliy ta’lim sohasi uchun O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlarida belgilangan maqsad va vazifalarini bajarishda ayniqsa muhimdir. Oliy ta’lim sohasida samarali boshqaruv uchun ta’lim siyosatini milliy va institutsional miqyosda ishlab chiqish hamda joriy etish uchun mas’ul shaxslar, professor-o’qituvchilar tarkibi va talabalar, mehnat sohasi, oliy ta’lim muassasalari va jamoatchilik o’rtasidagi hamkorlik zarur.

Kadrlar tayyorlashning milliy modelida davlat ta’lim standartlari eng muhim unsurlaridan biridir. Ular ta’limning maqsad va qimmatini, uning mazmuni va natijalarini, ta’lim kasb dasturining asosiy tavsifini, ta’lim jarayonining shakliy tuzilishini, uning ko’lami va muvaqqat tuzilmasini bosqichma-bosqich hamda yakuniy istiqboliga yo’nalganligini, ta’lim va bilimlilik darajasini belgilaydi. Davlat ta’lim mezonlarining tashkiliy-boshqaruv vazifasi ta’lim tizimining sifati va miqdoriy ko’rsatkichlarini tartibga solish va chegaralashdan iboratdir. Bular yordamida ta’lim tizimining mas’ul shaxslar, davlat, jamiyat va ish beruvchi tomonidan nazorati ta’minlanadi.

Oliy ta’lim sohasidagi sifat ko’p o’lchamli, uning butun vazifasi va faoliyat turlarini qamrab oluvchi tuzilma hisoblanadi. Sifat muammolarini hal qilishda unga ta’sir etuvchi omillar butun majmuini ularning o’zaro aloqadorligi va shu bilan birga harakat qilishligida boshqarishlik zarur, ya’ni tizimli yondashishdan foydalanish lozim.

Oliy ta’lim muassasasini boshqarishning muhim mexanizmi bo’lib, uning faoliyatini ta’lim xizmati ko’rsatuvchilar – ishlab chiqaruvchilar (ilmiy pedagogik, pedagog kadrlar) va talabgorlar (o’qitilayotganlar, ularning ota-onalari, xodimlarini buyurtma qiluvchilar) tomonidan nazorat qilish hisoblanadi. O’z-o’zini nazorat qilish natijalari oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish asos bo’lib xizmat qiladi.

O’quv tarbiy jarayonini boshqarishning ta’sirchan usuli bo’lib, pedagogik muloqot, ishontirish, asoslash va muntazam nazorat hisoblanadi. Pedagogik muloqot jarayonida o’qituvchi ta’lim va tarbiy bo’yicha o’z xizmat majburiyatlarini amalga oshiradi. Bularning samaradorligi esa Rahbar tanlagan usul va talabalarni yo’naltirishga bog’liq.

Muntazam nazorat «qaytma aloqa» vazifasini bajaradi va quyidagi maqsadga qaratilgan:

- o’qiyotganlarning rejalashtirilgan o’quv maqsadlarini o’rganishdagi natijalarini belgilash va baholash;

- Ta’limning past natijalari sababini aniqlash;

- O’quv tarbiya jarayonining borishini baholash va uni tartibga solish ta’siriy choralarini amalga oshirish.

Oliy maktabga qo’yiladigan talablar kuchayib borayotgan sharoitda ishni tashkil etish ancha murakkablashdi va professional boshqaruvni talab etadi.

Hozirgi vaqtda menejment jamiyat hayotining deyarli barcha tomonlarida aks etuvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa hisoblanadi.

Menejmentning ma’lum turlari (ma’muriy, bank, strategik, innovatsion va b.) orasida ishlab chiqarish menejmenti alohida o’rin egallaydi. U tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida intellektual, moliyaviy, xom ashyo, moddiy resurslarni boshqarishni o’z ichiga oladi.

Bilimlar va intellektual kapitalni ulardan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida boshqarish muammolari so’nggi yillarda birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Bilimlar boshqaruv ob’ekti sifatida qaralishi lozimligi keng miqyosda e’tirof etilmoqda. Korxonalarning raqobatbardoshlik darajasiga ularning bilimlarni jamlash, tahlil qilish va rivojlantirish qobiliyati va oxir-oqibatda raqobat sohasidagi barqaror ustunliklar tobora kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda.

Ma’lumot (ixtisoslik, malaka) olish turli o’quv fanlaridan muayyan mazmundagi bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq. Ta’limning mazmuni ta’lim maqsadlariga tayanadi va Davlat ta’lim standartlari bilan belgilanadi.

Respublikamizda yuz bergan iqtisodiy o’zgarishlar milliy iqtisodiy amaliyotimiz uchun yangi bo’lgan bir qancha kasblarga bo’lgan talabni belgiladi. Ularning orasida menejer kasbi ham bor. Oliy o’quv yurtini boshqarish amaliyotiga hozirgi zamon menejmenti kiritilishi munosabati bilan o’quv yurtlarida menejerlarga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi masala kun tartibiga qo’yiladi.

Uning professionalizmi bozorni, uning qonunlarini bilishda, tashkilotning rivojlanishini prognoz qila olishda va tashkilot maqsadlariga erishish uchun zarur sharoitlar yaratish ko’nikmasida, resurslarni boshqarish va vaqti-vaqti boshqaruv texnologiyalarini yangilash qobiliyatida namoyon bo’ladi.

SHunday qilib, ta’lim ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy rivojlanishning muhim elementigagina emas, balki shaxs va jamiyat ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishining bevosita qismiga ham aylandi. SHu tufayli ham ta’lim jarayonini boshqarish natijasi muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil hisoblanadi.




Download 146,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish