1. Multimediyali kartografik asarlarni yaratilishi Kartografiya sohasi



Download 1,02 Mb.
bet3/7
Sana28.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#715239
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
K.D.M2 (1)

4.Kartalarning turlari
Kartalar fazoviy komponentlarni o’z ichiga oladigan barcha narsani tasvirlab beradigan yuzlab karta turlari mavjud; Ular bir nechta guruxlar va kategoriyalarga ajratilagan. Bularning hammasi kartaning (funktsiyasi) vazifasidan kelib chiqadi. Kartalar funktsional kategoriyalarga ko’ra uchta asosiy turlarga bo’linadi: umumgeografik kartalar; maxsus kartalar va mavzuli kartalar. Ushbu kategoriyalar bo’yicha kartografiya mutaxassislari tomonidan aniq yoki to’liq to’xtamga kelinmagan.
Umumgeografik kartalar o’zining nomidan kelib chiqib, aniq bir turdagi kartalarni belgilab bermaydi, ular har xil turdagi geografik hodisalarni tasvirlab beradi (siyosiy chegaralar, magistral yo’llar, shaxarlar, daryolar va boshqalar) va maydonning umumiy tasvirini hosil qiladi. Ular loyixalashtirish va geografik o’rni haqida ma’lumotlar berish uchun foydalaniladi. Qoidaga ko’ra davlat, respublika, viloyat, shaxar va tuman kartalari hamda topografik kartalar umumgeografik karta turlariga kiradi.
Kartalarning vazifasi - kartalarni loyihalashtirish va tuzishning asosiy omilidir. U maxsus maqsad, ma’lum sharoit va iste’molchilar uchun kartalar yaratishda alhida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra maxsus ilmiy va amaliy masalalarni hal etish va ob’ ektiv haqiqatni anglash uchun foydalaniladigan maxsus kartalarning alohida guruxi yuzaga keldi.
Maxsus katalar o’zining mavzusi bo’yicha umumgeografik va mavzuga oid kartalarga bo’lish mumkin. Ularni loyihalashtirish va tuzishda tarkibiy qism elementlarini, tasvirlash shakllari va usullarini va axborotni olib tashlashni talashga, kartografik tasvirlarning asosiy xususiyatlaridan, masalan, uning metrliligi va o’lchamliligi, ko’rgazmaliligi va kenglikdagi yo’nalishini ta’minlash, turli xil masalalarni xal etishning qulay shartlari va zaruriy tavsifni olish va boshqalardan foydalanishga zaruriyat yuzaga keladi. Ko’rib chiqilgan hamma kartalar ularning vazifalari bo’yicha umumiy vazifadagi kartalar guruhiga kiritilishi lozim. Bu guruhga shuningdek rel’ef kartalari ham (uch o’lchamli kartografik modellar) kiritilishi mumkin. Shu bilan birga ulardan maxsus vazifadagi kartografik asar sifatida foydalaniladi.
Ulardan foydlanish belgilari bo’yicha maxsus kartalar guruxi 2 ta kichik guruhlarga bo’linadi: 1) amaliy faoliyatning turli sferalaridagi ma’lum masalalarni hal etish bo’yicha umumiy bo’lgan maxsus kartalar va 2) ma’lum masalarni, iste’molchilarning ma’lum guruhida hal etish uchun mo’ljallangan kartalar.
Birinchi kichik guruhga, masalan, inventarizatsion, baholash, bashorat va ularga analogik kartalar kirib, ulardan atrof muhitni o’rganish, o’zlashtirish, muhofaza qilish va qayta hosil qilish uchun, boshqa ilmiy va xalq xo’jaligi masalalarni hal etish uchun foydalaniladi. Xuddi shuningdek rejalashtirish uchun kartalarni xalq xo’jaligining turli tarmoqlarini ta’minlash uchun ishlab chiqilishi mumkin va bir-biridan qator parametrlar va tasvirlanayotgan tavsiflar bilan farq qiladi.
Ikkinchi kichik guruh kartalariga navigatsion kartalar kirib, ulardan aeronavigatsion masalalarni hal etish uchun foydalanish mumkin. Ko’rib chiqilayotgan guruhlarning kartalarini loyihalashtirish va rejalashtrishda maxsus tarkibiy qism orginallari bilan bir qatorda umumgeografik elementlarning orginallari (geografik asos)ni yaratish mumkin. Hamma turdagi marshrutlarni belgilab beruvchi karta turlarini o’zida mujassamlashtiruvchi navigatsion kartalar, ya’ni aeronavigatsion kartalar, navigatsion kartalar, yo’l kartalari ham o’ziga maxsus mazmundagi karta turiga kiradi, lekin ko’pchilik soxa vakillari ushbu kartalarni “alohida
turga ega bo’lishi kerak bo’lgan kartalar” deb hisoblashadi (1.4-rasm). Maxsus mazmunga ega kartalar agenstva, korporatsiyalarda foydalaniladi.
Mavzuli kartalarning ko’plab nomlar bilan atab kelishgan (maxsus fan, statistik, tarqalish va ma’lumotli kartalar), lekin “mavzuli” atamasi umumiy foydalaniladigan hisoblanadi. Odatda, mavzuli kartalar faqtgina birgina mavzuga yoki munosabatga mo’ljallangan bo’ladi, bundan tashqari har qanday boshqa ma’lumot hamda tasvirlanadigan ma’lumotlar bazasi fazoviy fon sifatida, ma’lumotlarni taqqoslash uchun xizmat qiladi. Mavzuli kartalarda miqdor va sifat xarakterlari bo’lishi mumkin. Ular yerdan foydalanish, axoli soni, xavo temperaturasi va boshqa mavzuli mazmunga ega bo’lgan kartalarni o’z ichiga oladi. (rasm 1.5). Ushbu kitobda mavzuli kartalarni loyixalash printsiplari xamma turdagi kartalarga e’tibor beriladi.
Dastlab mavzuli kartalardan 19 asrda keng foydalanilgan. Ushbu kartalar qoidasiga ko’ra atlaslar tarkibida keng qo’llaniladi. Ushbu kartalar gazeta, jurnal, xisobotlar va o’quv qo’llanmalarda asosiy qo’llaniladigan kartalar hisoblanadi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish