13-mavzu: asosiy ekinlarning elita urug‘larini yetishtirish usullari



Download 32,76 Kb.
bet1/7
Sana14.12.2022
Hajmi32,76 Kb.
#886255
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-МАВЗУУ


13-MAVZU: ASOSIY EKINLARNING ELITA URUG‘LARINI YeTIShTIRISh USULLARI.
Reja.

  1. G‘o‘zaning elita urug‘larini yetishtirish usullari.

  2. Bug‘doyning elita urug‘larini yetishtirish usullari.

  3. Yakka tanlash usulida elita urug‘larini yetishtirishda tashkil qilinadigan ko‘chatzorlar.

  4. Ommaviy tanlash usulida elita urug‘larini yetishtirishda tashkil qilinadigan ko‘chatzorlar.

  5. Makkajo‘xorida duragay urug‘larini yetishtirish.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari ishlab chiqarish jarayonida eqilishi natijasida o‘zlarining navdorlik xususiyatlarini asta-sekin pasaytirib boradi. Shuning uchun ekinlarning navdorlik xususiyatlarini Uzoq vaqt davomida yaxshi holda saqlab to‘rish uchun maxsus sxema asosida elita urug‘lari yetishtirish ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlar turli ekinlarda ularning biologik xususiyatlari, changlanish xili, yetishtirish zonasi va umumiy maydonlarda ekish uchun kerak bo‘lgan urug‘lik miqdoriga qarab turlicha bo‘lishi mumkin va urug‘ yetishtirish sharoitga qarab qaysi usul foydali bo‘lsa ana shundan foydalanish mumkin.


Qabul qilingan metodikaga muvofiq elita urug‘lar yetishtirish quyidagicha:
Nav ichida chatishtirish yo‘li bilan
a) nav ichida chatishtirish ko‘chatzori;
b) urug‘lik ko‘chatzori;
v) urug‘likka ko‘paytiruvchi ko‘chatzor.
Nav ichida chatishtirmasdan
a) 1-yilgi urug‘lik ko‘chatzori;
b) 2-yilgi urug‘lik ko‘chatzori;
v) urug‘likka ko‘paytiruvchi ko‘chatzor tashkil etiladi.
Nav ichida chatishtirmasdan elita urug‘lar yetishtirish yuqori agrotexnika usulida yetishtirilgan eng yaxshi tipik o‘simliklarning 2-3 avlodini tekshirgan holda uzluksiz individual tanlashga asoslangan.
1 - yilgi urug‘lik ko‘chatzori
Birinchi yilgi urug‘lik ko‘chatzoriga odatda o‘z urug‘chilik xo‘jaligidagi eng yaxshi oilalardan individual tanlab olingan 1000-1200 ta o‘simlik ekiladi. Individual tanlab olingan har bir partiya chigit alohida qatorga 40-50 uyadan qilib, qo‘lda yoki qator oralariga moslangan seyalkalarda uyalar orasi 30-40 sm dan qilib ekiladi. Ko‘chatzor maydoni elita urug‘lik ekiladigan umumiy maydonga bog‘liq 0,5 dan 1,0 gektargacha boradi. Yaganadan keyin har bir uyada bittadan o‘simlik qoldiriladi. Yaganalash majburiy sharoit hisoblanadi, chunki o‘simliklar uyada yakka joylashganda hamma morfologik belgilari, ayniqsa, hosil shoxlari normal rivojlanadi, bu esa ayrim o‘simliklarning tipikligini to‘g‘ri baholash uchun zarurdir.

Download 32,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish