13-mavzu: asosiy ekinlarning elita urug‘larini yetishtirish usullari



Download 32,76 Kb.
bet7/7
Sana14.12.2022
Hajmi32,76 Kb.
#886255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-МАВЗУУ

Qo‘rsatkich elita R1 R2 RZ
Nav tozaligi kamida 100% 99% 98% 96%
Elita urug‘larini yetishtirish. Elita urug‘lari birlamchi urug‘lik ko‘chatzorlarida tayyorlanadi. Buning uchun 3 ta ko‘chatzor tashqil qilinadi.

  • Birinchi yilgi nasllarni tekshirish ko‘chatzori

  • Ikkinchi yilgi nasllarni tekshirish ko‘chatzori

  • 1-4 yilgi ko‘paytirish ko‘chatzorlari.

Elita yetishtirish Uzoq vaqt davomida navlarni ishlab chiqa-rishda ishlatilishi natijasida foydalanishi natijasida yo‘qot-gan qimmatli xususiyatlarini tiklashga qaratilgan.
Elita yetishtirishda navga xos belgilarni to‘liq saqlash, ularni yaxshilanishi uchun hamma sharoitni yaratish, kasallik va zararku-nandalardan holi qilish uchun barcha choralar ko‘rilishi kerak.
Har qanday holatda ham elita yetishtirish uchta faktorga asoslangan bo‘ladi:

  • boshlang‘ich materialni barpo etish.

  • eng yaxshi nasllarni sinash.

  • ularni ko‘paytirish.

Elita yetishtirishda urug‘bosh o‘simliklar sifatida qo‘yidagilardan foydalaniladi:
-nohiyalashtirilgan navlarning nav tozaligi (o‘zidan changlanuvchilar uchun) va tipikligi (chetdan changlanuvchilar uchun) yuqori bo‘lgan ko‘paytirish ko‘chatzoridan, superelita, keyingi reproduksiyalar urug‘idan foydalanish mumkin.
-nav egasining oldindan ko‘paytirilgan urug‘laridan
-birinchi marta rayonlashtirilayotgan navlarning stansiyalarda ko‘paytirish va konkurs nav sinash dalalaridan olingan urug‘lardan.
Elita yetishtirishda yakka tanlash usulidan foydalanilsa qo‘yidagi ko‘chatzorlar tashqil qilinadi:
-birinchi yilgi nasllarni sinash (1000 ga yaqin, 300dan kam bo‘lmasligi kerak oilalar urug‘ieqiladi. Tegishli ko‘zatishlar olib boriladi. Yomon ko‘rsatkichi bo‘lgan (kasallangan, ifloslangan) tizmalar o‘zidan changlanuvchilarda hosilni yig‘ishdan oldin chetdan changlanuvchilarda gullashdan oldin yulib tashlanadi. Bu yerda olingan ma’lumotlar variatsion qator yordamida tahlil qilinadi va o‘rtacha ifodadan chetdan chiqqanlar foydalanilmaydi.
-ikkinchi yilgi sinashda birinchi yilgi sinash ko‘chatzoridan tanlab olingan 300 dan ortiq oila urug‘lari ekiladi. O‘sish davrida tekshirilib navga xos bo‘lmagan va kasal o‘simliklar bor tizmalar chiqitga chiqariladi. Keyin laboratoriyada qolgan tahlillar qilinadi va ularning urug‘i birlashtiriladi.
-ko‘paytirish ko‘chatzoriga birlashtirilgan urug‘lar ekiladi. Unda ekish 1-4 yilgacha bo‘lib, u o‘simliklarning ko‘payish koeffitsientiga bog‘liq. Bunda navga xos bo‘lmagan o‘simliklar, kasallari yulib negativ tanlash o‘tkaziladi. Bu ko‘chatzorlar ko‘pincha keng qatorlab 45x10-1 sxemada ekiladi.
-superelita
-elita
Ommaviy tanlash qo‘llanilsa qo‘yidagi ko‘chatzorlar tashkil qilinadi:
-ko‘paytirish, superelita va elita.
Yangi nohiyalashtirilgan navlar urug‘i yetarli bo‘lsa ular odatdagi tartibda ilmiy tekshirish institutlarida yetishtiriladi,agar kam bo‘lsa ularga qisqartirilgan usuldan foydalanishga ruxsat beriladi.
Makkajo‘xorining duragay urug‘larini yetishtirish:ITI makkajo‘xorining duragaylarini olish uchun boshlang‘ich ota-ona shakllarining superelita va elita urug‘larini va navlarning urug‘larini yetishtirib beradilar. Duragay urug‘lar olish uchun avvolo o‘zidan changlatish kerak, ya’ni tizmalarni barpo etish zarur. Buning uchun esa tanlash ko‘chatzori, urug‘lik ko‘chatzori va elita ko‘chatzori tashqil etiladi. Duragay urug‘lar olish uchun o‘zidan changlantirilgan tizmalarning bir necha xili tashqil etiladi.

  • Odatdagi samarador tizmalar.

  • Tizmalarning samarasiz va samarasizlikni mustahkamlovchi monandlari.

  • Samarasizlikni mustahkamlovchi tizmalar.

  • Samaradorlikni qayta tiklovchi tizmalar.

Odatdagi samarador tizmalar urug‘larini yetishtirish uchun tanlash ko‘chatzori tashqil etiladi. Unda urug‘lik ko‘chatzoridan olingan, o‘zidan changlantirilgan tipik o‘simliklar urug‘i ekiladi. Har tupdagi sutadan olingan donning yarmi alohida qator-larga ekiladi, qolgani saqlab qo‘yiladi. O‘suv davrida har bir oila bo‘yicha fenologik ko‘zatishlar olib boriladi. Keyingi yilda ekish uchun faqat yaxshilaridan olingan urug‘lar ishlatiladi.
URUG‘LIK KO‘ChATZORI. -boshqa ko‘chatzorlardan alohida holda tashqil etiladi. Birinchi yili unga tanlash ko‘chatzoridan olingan va o‘zidan changlantirilgan tipik oilalardan olib qolingan urug‘lar ekiladi. Keyingi yillari o‘zidan tanlangan tipik oilalar urug‘i ekiladi. Chetga chiqqan shakllar gullashgacha yulib tashlanadi. Eng yaxshi oilalar hosili birlashtiriladi va olingan urug‘ o‘zidan changlantirilgan tizmaning SUPERELITASINI tashqil etadi. Elita ko‘chatzoriga urug‘lik ko‘chatzordan olingan superelita urug‘i ekiladi. Bu yerda vegetatsiya davrida aynigan o‘simliklar yulib tashlanadi.
Tizmalarning samarasiz va samarasizlikni mustahkamlovchi monan-dlari urug‘ini yetishtirish faqatgina SES asosida yetishtirilganda barpo etiladi.
Qo‘yidagi tartibda amalga oshiriladi: TANLASh KO‘ChATZORI -Har 3-4 yilda bir marta tashqil qilinadi. Unga samarasiz tizmaning urug‘lik ko‘chatzori yoki ko‘paytirish ko‘chatzoridan olingan urug‘lar ekiladi. O‘zidan changlantirish uchun tipik o‘simliklar olinadi va ularning changi bilan mazkur tizmaning samarasiz monandlari ham changlantiriladi.
Samarasiz tizma va uning monandidan olingan urug‘lar yonma-yon ekiladi. Har qatorga 30-50 urug‘ tashlanib qolganlari olib qolib saqlanadi. Taqqoslash uchun har 10-20 juft oiladan keyin mazkur tizmaning elita urug‘i ekiladi. Ulardan biri samarasiz tizma monandi, ikkinchisi samarasizlikni mustahkamlovchi tizma bo‘ladi.
Urug‘lik ko‘chatzori uchun 1-yili tanlash ko‘chatzorida tekshirib ko‘rilgan tizmalarning tipik oilalaridagi ehtiyot urug‘dan foydalaniladi. Keyingi yillarda ushbu ko‘chatzordagi yaxshi oilalardan urug‘lar ekiladi. O‘suv davrida kuzatish olib boriladi va xos bo‘lmagan oilalar yulib tashlanadi. Samarasiz monandlarda 1 ta bo‘lsada samarali changi bo‘lgan o‘simlik paydo bo‘lsa oilalar gulga kirguncha yulib tashlanadi. Buning uchun ular samarasizlikni mustahkamlovchi monandlarga nisbatan 1-2 ko‘n oldlin ekiladi.
Yig‘ib olingan hosil samarasiz monand va samarasizlikni mustahkamlovchi monandlar superelitasiga birlashtiriladi. Elita ko‘chatzori har yili tashqil etiladi. Unga avvalgi ko‘chatzorlarda yetishtirilgan monandlar yonma-yon ekiladi. O‘zidan changlantirilgan samarasiz tizma elitasining ifloslanishini oldini olish uchun samarasizlikni mustahkamlovchi monandlar hosili to‘la pishmasdan yig‘ib olinadi. Samarasizlikni mustahkamlovchi (SM) tizmalar urug‘ini yetishtirishda asosiy o‘rinni samarasizlikni to‘liq saqlab qolish qobiliyatini saqlash muhimdir. Bu yerda ham TANLASh KO‘ChATZORI tashqil qilinadi 3-4 yilda bir marta ekiladi. Unga SM tizmaning o‘zidan changlantirilgan urug‘-lari ekiladi. Urug‘larning yarmi saqlab qo‘yiladi O‘suv davrida SM xususiyatini to‘liq saqlamaganlari chiqitga chiqaziladi.
URUG‘LIK KO‘ChATZORIga tanlash ko‘chatzorida SM qobiliyati tekshirilgan va tipik bo‘lgan oilalarning saqlab qo‘yilgan urug‘lari eqiladi. SAMARADORLIKNI QAYTA TIKLOVChI TIZMALAR (SQT) urug‘larini yetishtirish. Aytib o‘tilganidek chatishtirishning so‘ngida onalik oddiy duragayi urug‘ini olish uchun ularning samaradorligi qayta tiklanishi lozim. Shuning uchun samaradorlikni qayta tiklovchi SQT tizmalar barpo etiladi. Ularning urug‘ini yetishtirish uchun tanlash ko‘chatzoriga o‘zidan changlantirilgan va ularga tegishli duragaylardan olingan urug‘lar ekiladi. O‘zidan changlantirilgan tizmaning har bir oila bo‘yicha-25-30 urug‘, duragaylar bo‘yicha -80-100 urug‘ ekiladi. Oilalar barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi. SQT qobiliyati yuqori bo‘lgan o‘simliklar tanlab olinadi. URUG‘LIK KO‘ChATZORI- birinchi marta tanlash ko‘chatzorida saqlab qo‘yilgan oilalar urug‘i bilan ekiladi. Bu yerda xos bo‘lmaganlar yaroqsizga chiqaziladi. Keyingi 2 yilda urug‘lik ko‘chatzoriga shu ko‘chatzordan tanlangan oilalar urug‘i ekiladi.
ODDIY NAVLAR URUG‘LARINI YeTIShTIRISh. Ommaviy tanlash yo‘li bilan yetishtirladi. Bunda elita ekinzorida o‘rov bargi sarg‘aygan eng yaxshi so‘talar tanlab olinadi. Tanlab olingan o‘simliklar mazkur navga xos va kamida 2 ta yirik sutaga ega bo‘lishi kerak. Shu tarzda tanlangan sutalar 400-500 dan kam bo‘lmasligi kerak. Keyin laboratoriyada har tomonlama tekshirilib, navga xos bo‘lgan sutalar birlashtiriladi va super elita sifatida birlashtiriladi. DURAGAYLASh DALASI. Durgay urug‘lar maxsus duragaylash dalasida yetishtirladi. Bunda dala chekloviga amal qilib duragaylash dalasi boshqa makka dalasidan kamida 300 metr o‘zoqlikda joylashtiriladi. Bu dalada ota-ona shakllarini joylashtirishda ular changlantirish uchun yetarli miqdorda bo‘lishi kerak va ularning nisbati ko‘pincha 2:4 bo‘ladi. (2 qator otalik va to‘rt qator onalik). Ota-ona shakllarini ajratish uchun ko‘ngaboqar urug‘i qo‘shib ekiladi. Duragaylash dalasida barcha agro-texnik tadbirlar yuqori bo‘lishi kerak. O‘suv davrida kamida 2 marta nav tozaligi bo‘yicha o‘toq qilinadi. Duragay urug‘ yetishti-rishda onalik shakldagi sultonni o‘z vaqtida to‘liq kesib tashlash kerak. Bu ishlarni urug‘chi agronom nazorat qiladi.


Nazorat savollari.
1. Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarining elita urug‘larini yetishtirish usullarini gapirib bering.
2. Yakka tanlash usulida elita urug‘larini yetishtirishda qanday ko‘chatzorlar tashqil qiinadi?
3. Ommaviy tanlash usulida elita urug‘larini yetishtirishda qanday ko‘chatzorlar tashqil qiinadi?
4. Makkajo‘xorida duragay urug‘lar yetishtirishni gapirib bering.
Download 32,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish