16-Mavzu. Mehnat munosabatlari


Mehnat munosabat- larining turlari



Download 307,18 Kb.
bet3/13
Sana28.06.2022
Hajmi307,18 Kb.
#712719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
16-Mavzu. Mehnat munosabatlari

Mehnat munosabat- larining turlari

Mehnat munosabatlari turlarining mohiyati

Huquqiy tartibga solinishiga ko‘ra

Umumiy munosabatlar (istisnosiz barcha xodimlar uchun belgilab qo‘yiladigan qoidalar, bu tartibga solish bir xilligini ta’minlaydi)

Maxsus munosabatlar (xodimlar turli toifalari mehnatining xusu- siyatini hisobga oladi: ustama haq, ish vaqtidan tashqari ish va boshqalar)









Moddiy mas’uliyat

Ish beruvchining mas'uliyati (mehnat qilish huquqining buzilishi, ishlab chiqarishdajarohatlanish, kasallanish va boshqalar)

Xodimning moddiy mas’uliyati (ish beruvchining mol-mulkiga zarar yetkazilishi)

Ish bilan bandlik va ishga joy lashtirish bo ‘y icha munosabatlar

Ish bilan bandlik xizmatlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar (maqbul ish topish va ishga joylashtirishda ko‘maklashish, jamoatchilik ishlarini tashkil etish, ishsizlami qo‘llab-quvvatlash)

Ish bilan bandlik xizmatlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosa- batlar (mavjud ish joylari to‘g‘risida axborotlami ayriboshlash, fuqarolarga ishga yo'llanma berish)

Kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha munosabatlar (kadrlami tayyorlash, kasbiy tanlash va malaka oshirish)

Mehnatni muhofaza qilish va mehnat qonunchiligini nazorat qilish bo‘yicha munosabatlar

Davlat mehnat inspeksiyalari, ixtisoslashgan inspeksiyalar, kasaba uyushma tashkilotlari va ularning inspeksiy alari bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar (ular mehnat munosabatlari paydo bo‘lishi bilan xodimning mehnat faoliyati va huquqlarini muhofaza qilish maqsadlariga yo‘naltirilgan)

Proʻlsessual-mehnat
munosabatlari

Xodim bilan ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasidagi munosabatlar (ishlab chiqarishdagi mehnat nizolarini sud, kelishuv komissiyalari, mehnat arbitrajlari, vositachilar yordamida hal qilish)




Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin:



  • taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;

  • taraflardan birining tashabbusi bilan;

  • muddatning tugashi bilan;

  • taraflar ixtiyoriga bog‘liq bodmagan holatlarga ko‘ra;

  • mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra.

Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli bo‘lishi shart. Quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi:

  • texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarish- lar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;

  • xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi;

  • - xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.

Bunda awal mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qoilanilgan kundan e'tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda amaldagi qonunchilikda u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan awalgi ishiga tiklanishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

    1. Tadbirkorlik faoliyatida mehnat munosabatlari

Mehnat murakkab iqtisodiy kategoriya bo‘lganligi uchun uning turlari ham ko‘p. Ularni umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflash mumkin (17.2-rasm):

  1. mehnat xususiyati va mazmuni bo‘yicha;

  2. mehnat predmeti bo‘yicha;

  3. mehnat vositalari va usullari bo‘yicha;

  4. mehnat sharoitlari bo‘yicha.

Mehnat jarayonida odamlar ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, mehnat kooperatsiyasi vataqsimoʻli, shuningdek, mulkka egalikka qarab ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Ana shundan kelib chiqqan holda yollanma mehnat, mustaqil mehnat, tadbirkorlik mehnati va uy xo‘jaligida mehnat farqlanadi.
Xozirgi zamon iqtisodiy munosabatlarida yollanma mehnat markaziy o‘rinni egallaydi. Yollanma mehnatni xodimning tegishli ish haqi evaziga ish beruvchiga mehnat xizmati ko‘rsatishi tarzida ta’riflash mumkin.

Download 307,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish