2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida 
Jamiyat – bu insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning yaxlit o‘z–o‘zini tashkil etuvchi tizimi. 
Jamiyatning asosini insonning muayyan maqsadga muvofiq ravishda atrof muhitni qayta qurishga 
yo‘naltirilgan faoliyati tashkil etadi. Jamiyat doimo rivojlanuvchi tizim bo‘lib, ijtimoiy hayotini 
harakatga solib turuvchi bosh omil insonning ehtiyojlaridir. Muayyan sharoitda inson ehtiyojlarini 
qondirishning optimal usullari va vositalari "manfaatlar" deyiladi va ular tarixiy taraqqiyot davomida 
doimo o‘zgarib boradi. Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatiningiasosiy sababidir. SHaxs 
manfaatlari asosida uning maqsadi shakllanadi. Maqsad inson faoliyati natijasining ideal shakli, 
faoliyat predmetining subektiv timsolidir. Inson ehtiyojlari va manfaatlari o‘sib borgani sari jamiyat 
ham rivojlanib boradi (Ilova 7.1).
Faoliyat
 
– insonning o‘zini o‘rab turgan olamga faol munosabati shakli bo‘lib, uning 
mazmunini maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qayta qurish bilan bog‘liq xatti-harakatlar tashkil 
etadi. Inson faoliyati xilma-xil bo‘lib, ularni takror ishlab chiqarishga asoslangan, yani reproduktiv 
va ijodiy faoliyat, yani produktiv faoliyatga ajratish mumkin. SHu bilan birga, faoliyat subektning
iroda va istaklaridan mustaqil obektiv-real jarayonlar hamda subektning iroda va istaklariga 
bog‘liq subektiv maqsadlar, vazifa, baho va boshqa shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin (Ilova 
7.2). Bundan tashqari, faoliyat muayyan ijtimoiy obektlar doirasida insonlar o‘rtasida amalga 
oshadigan munosabatlar tizimi sifatida ham mavjud bo‘ladi. Bunda inson faoliyati jamiyatdagi turli 
sohalar doirasiga qarab ajratiladi (Ilova 7.3). 
Ijtimoiy falsafa – jamiyatni rivojlanuvchi yaxlit tizim sifatida o‘rganuvchi falsafaning alohida 
sohasi, bo‘lib, jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy bilishning eng umumiy qonunlari 
to‘g‘risida bahs yuritadigan fandir. Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya fanlari bir-biridan farqlanadi. 
Xususan, ijtimoiy falsafa jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, tamoyillarini o‘rgansa, 
sotsiologiyaning diqqat markazida asosan muayyan jamiyat, undagi ijtimoiy munosabatlarga oid 
muammolar turadi. Ijtimoiy falsafa sotsiologiya uchun umumnazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuning uchun jamiyatning mohiyatini, taraqqiyotining ichki qonuniyatlarini bilmay turib, muayyan 
jamiyat va undagi ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tushunish mumkin emas. 
Sharq va G‘arb falsafasi tarixida jamiyatning vujudga kelishi, rivojlanish omillari va 
qonunlari, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligiga oid ko‘plab qarashlar mavjud. Markaziy 
Osiyodan etishib chiqqan buyuk alloma olimlar Abu Nasr Forobiy(873-950), Abu Ali Ibn Sino(980-
1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048) asarlarida jamiyat muammosi chuqur falsafiy tahlil qilingan. 
Abu Nasr Forobiy Platon va Aristotel asarlariga tayanib, jamiyatning kelib chiqishi asosida tabiiy 
ehtiyojlarni qondirish yotadi degan g‘oyani ilgari surgan. Tabiiy ehtiyoj kishilarni birlashishga, 
jamoaga uyushuviga olib kelgan. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro yordam jamiyatni keltirib chiqargan. 
Insoniyat jamiyati turli xalqlardan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, 
malakalari, xususiyatlari bilan farqlanadilar. 
 
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun ilk bor ideal davlat nazariyasini yaratgan. Forobiy Aflotun 
talimotini rivojlantirib, davlatlarni fozil va johillarga ajratgan. Fozil shahar (davlat) yuksak axloqli 
va marifatli kishi tomonidan boshqariladi, bunday davlat shahar aholisining o‘zaro hamkorlikka, bir-
biriga yordam berishga asoslanadi.
Abu Ali Ibn Sino «Ishorat va tanbihot» asarida inson o‘z shaxsiy ehtiyojlari jihatidan 
boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan o‘zaro 
hamkor bo‘libgina, ularni (yani ehtiyoj larini) qondirishi mumkin deb hisoblagan. U insonlarning 
jamiyatda tutgan o‘rniga ko‘ra 3 guruhga ajratadi. Bular: 1) davlat idoralarida xizmat qiluvchi va 
jamiyatni boshqarish ishi bilan shug‘ullanuvchilar; 2) xom-ashyo va zaruriy mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchilar; 3) davlatni qo‘riqlash, uni turli tashqi hujumlardan saqlashni taminlaydigan harbiylar.


Shunday qilib, Ibn Sino ham jamiyatning shakllanishiga kishilarning birdamlikda yashashga 
bo‘lgan tabiiy ehtiyojini asos qilib olgan. Abu Rayhon Beruniy esa jamiyatni idora qilish va 
boshqarishning mohiyatini – aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi 
yo‘lida o‘z tinchligini yo‘qotishidan iborat, deb bilgan. 
Tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma konsepsiyasining asoslari ingliz faylasufi Tomas Gobbs
(1588-1679) tomonidan ishlab chiqilgan. «Leviafan» asarida T.Gobbsning davlat to‘g‘risidagi 
qarashlari bayon qilingan. Uning fikricha, kishilik jamiyatining ikki xil holati mavjud: tabiiy va 
fuqarolik. Tabiiylik – bu insoniyatning dastlabki holati. Bunda kishilar shaxsiy manfaat, o‘z-o‘zini 
saqlash yo‘lida tabiatda bo‘lgani kabi bir-birini yo‘q qilishga harakat qiladi: kuchli inson engadi, 
kuchsiz – engiladi, boshqacha aytganda, kishi kishiga bo‘ri bo‘lib, barcha-barchaga qarshi urushadi, 
yashash uchun kurashadi. Bunday vahshiylikning oldini olish uchun insonlar o‘z ixtiyorlari bilan 
tinchlik va havfsizlikni taminlash maqsadida davlat tuzadilar. Davlat shaxsiy manfaatlarni umumiy 
manfaatga bo‘ysundiradi va tartibsizlikka yo‘l qo‘ymaydi. Demak, davlat jamiyat azolarini bir 
maqsadga yo‘naltiruvchi, ular o‘rtasida tinchlikni saqlab turuvchi, umumiy manfaatni taminlovchi
vosita hisoblanadi.
8
Fransuz marifatparvar faylasufi Jan-Jak Russo (1712-1778) bir vaqtlar insonlar tenglikda 
yashagan ideal jamiyat bo‘lganini, unda hamma narsa barchaniki bo‘lganini, bunday jamiyat ortda 
qolganini afsuslanib yozadi. Kishilar o‘rtasidagi tengsizlik sababini xususiy mulkda deb biladi. 
Ibtidoiy odam alohida bir joyni o‘rab olib, uni «bu meniki» degan tushunchasining shakllanishi
Russo fikricha, xususiy mulkning vujudga kelishiga asosiy sabab bo‘lgan. «Ijtimoiy shartnoma» 
asarida J.J.Russo erkinlik va yuridik huquqlar tengligi, xalq va davlat o‘z vazifalari va burchlarini 
ko‘rsatgan holda bitim tuzishi to‘g‘risida fikr yuritgan.
9
Faylasuflar tomonidan tabiat va jamiyatning 
o‘zaro aloqadorligi, tabiiy muhit va uning jamiyat rivojlanishiga tasirini isbotlab berilgan. Jamiyat 
hayotida tabiatning roli haqida Lao-szi, Konfusiy, Demokrit, Gippokrat, Platon, Aristotel, Forobiy, 
Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Xaldun, Jan Boden, Sharl Monteskyo (1689-1755) kabi
faylasuflar alohida etibor qaratganlar. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Lao-szi olamda tabiiy 
dao 
qonuning hukmronlik qilishini, insonning uni o‘zgartirishga qaratilgan har qanday harakati tabiat, 
jamiyat va inson uchun halokatli ekanligini takidlagan. 
Abu Rayhon Beruniy birinchilardan bo‘lib sivilizasiyalarning paydo bo‘lishida tabiiy-
geografik muhitning tutgan o‘rni masalasini ko‘targan. Geografik determinizm nazariy asoslarining
vujudga kelishiga fransuz faylasufi Sharl Monteskyo fikricha, iqlim, Yer relefi va tuproqning holati 
xalq ruhiyati va jamiyat rivojlanishining xususiyatlariga bevosita tasir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda falsafada tabiat va jamiyatga avvalgi yondoshuvlardan farqli tizimli 
yondoshuv shakllangan. Unga ko‘ra, tabiiy muhit jamiyat rivojlanishini zaruriy sharti, belgilovchi 
omillardan biridir. «Tabiat» tushunchasini

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish