2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida global muammolarning tavsifi. 
Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning manaviyati va intellektual salohiyatiga 
yangicha talablar qo‘ymoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro 
munosabatlarning to‘laqonli azosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham 


bugungi kunda mamlakatimizda yuksak manaviyatli, yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos 
keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida etibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday 
mutaxassislarga bo‘lgan talab kelajakda ham oshib boradi. SHu bois yuksak manaviyatli shaxsni 
tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib 
bormoqda. Globallashuv bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya 
(bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, 
ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va 
texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining 
qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu obektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab 
oluvchi tizimli xususiyatga ega.
Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi.
Global muammolarni hal 
qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi. Global muammolarning o‘ziga xos 
xususiyatlari: jami insoniyat manfaati va taqdiriga tasir ko‘rsatish; iqtisodiy va ijtimoiy sohada 
inqirozlarga sabab bo‘luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga 
xavf soluvchi; echimini topishga umumsayyoraviy miqyosdagi hamkorlikni va birgalikda 
harakat qilishni talab qiluvchi muammolardir. 
Global muammolarning eng muhimlari quyidagilar: 

rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish; 

tinchlik va qurolsizlanish; 

ekologik muammolar; 

energetik muammolar; 

xom ashyo muammosi; 

gumanitar muammolar; 

oziq -ovqat va b.qlar alohida ajralib turadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi hozirgi kunda jahonda 
mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. SHularning 75 foizi 
Afrikada, 1 tasi Evropada, 4tasi Janubiy Amerikada va 11 tasi Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy 
qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy barqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy 
ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
“Dunyoning rivojlangan Ettiligi hamda G‘arbiy Evropaning rivojlangan 24 mamlakatida 
dunyo aholisining 23 foizi yashaydi. Ammo shu aholi jahon ishlab chiqarilayotgan energiyaning 
75 foizini, yoqilg‘ini 79 foizini, o‘rmon mahsulotlarining 95 foizini istemol qiladi. Eng qizig‘i bu 
ashyolarning asosiy qismi uchinchi dunyo davlatlaridan olinadi”
25

Tinchlik va qurolsizlanish muammosi, insoniyatning shu paytgacha orttirgan harbiy 
salohiyati erdagi barcha tiriklikni bir necha marta yo‘q qilish imkonini beradi. SHu sababli 
bunday holatlarda javobgarlik va masuliyat hukumat rahbarlariga tegishlidir. 
Ekologik muammolar. Ekologik tizimning degradatsiyalanishi to‘g‘risidagi jarayonlarni 
qamrab olgan bo‘lib, ularni shartli ravishda quyidagi qismlarga ajratish mumkin: ilmiy 
asoslanmagan, 
betartib 
tarzda 
tabiatdan 
foydalanish 
oqibatida 
atrof 
-muhitning 
degradatsiyalanishi; atrof- muhitning inson faoliyati chiqindilari asosida ifloslanishi; atrof- 
muhitning ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi. 
Energetik muammolar. 1973 yilda yuz bergan energetika inqirozining oqibatlari 
hozirgacha sezilmoqda. Jahon va milliy tabiiy zaxiralarning kamayib borishi, atrof -muhitning 
ifloslanishi, neft -gaz qazib chiqarishning globallashuvi, sanoati rivojlangan davlatlar 
uglevodorod xom ashyo bilan taminlanganligining pasayishi, neft va gaz narxlarining o‘sib 
borishi oqibatida to‘lash qobilyatiga ega yirik istemolchilarning paydo bo‘lishi energetik 
muammolarning kelib chiqishiga olib kelmoqda
26

25
Исаджанов.А.А. Жаҳон иқтисодиётининг глобаллашуви. Ўқув қўлланма. –Т.: ЖДИУ, 2008., 9б. 
26
Сергеев П.А. Проблемы мировой энергетической безопасности // Мировая экономика и международные 
экономические отношения.2007.№ 12. с.24. 


Energetika muammosi xom ashyo va uni saqlash, to‘g‘ri taqsimlash, oqilona foydalanish, 
resurslarni saqlash zaruratini ko‘rsatadi. CHunki buning ortidan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
muammolar yuzaga kelib, ularni bartaraf etish yo‘li atrof -muhit bilan birgalikda hal etish 
lozimligi bilan belgilanadi. 
Gumanitar muammolar jiddiy masalaga aylanmoqda. Hozirgi paytda bir milliard aholi 
o‘ta qashshoq va ochlikda, 4,8 milliard aholi tibbiy xizmatdan mahrumligi, bir yarim milliard 
aholi yashash sharoitiga ega emasligi juda achinarli hol. 
Oziq- ovqat muammosi insonning bir kunlik normasi 2400- 2500 kkal.dan past 
bo‘lmasligi lozim, to‘yib ovqat emaslik holati 1800 kkal.dan tushgan paytda sezila boshlaydi. 
Ocharchilik esa 1000 kkal.dan kam bo‘lganda kuzatiladi. Bu jarayonlarni bartaraf etishning 
yagona yo‘li sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof- muhitni ifloslantiruvchi insonlar ongini,
e’tiqodini, ruhiy tarbiyasini yangilash zaruriyati asnosida mavjudlikning tabiiyligini saqlab 
qolishdan iborat. Umid qilish mumkinki, insoniyat bu imkoniyatni topa oladi. 
Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlar birlashuvi; umumiy va xususiy 
manfaatlari. Globallashuv jarayoni kundalik hayotimiz umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan 
muammolarni tobora ko‘proq o‘z ichiga qamrab olmoqda: birinchidan, muayyan hodisa va 
jarayonlarning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzasini qamrab olganini, ikkinchidan 
esa insoniyat taqdiriga daxldor ekanligini anglatadi. XX asrning 60 yillariga kelib, global 
muammolar miqyos va ahamiyatiga ko‘ra keng doirada namoyon bo‘la boshladi. Bu 
muammolarni o‘rganish bo‘yicha italiyalik Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro 
nohukumat tashkiloti Rim klubining rolini alohida qayd etish joiz. SHu klub azolarining say 
harakatlari natijasida muammoni bartaraf etishning turli yo‘llari yoritildi: dastlabki ishlardan biri 
umumjahon rivojlanishini matematik modelga qo‘yish edi. Ushbu model rivojlanishining asosiy 
parametrlari bo‘lgan aholi, kapital qo‘yilma, qayta tiklanmaydigan resurslar sarflanishi, atrof -
muhitning ifloslanishi, istemol mollari ishlab chiqarishni etiborga olgan edi. “Dunyo- 1,2” deb 
nom olgan modellarning asoschisi kibernetika va matematika fanlari professori Djey Forrestor 
edi. Bu modelga asosan, kelajakda insoniyat oldida global muammolar yuzaga kelishi bashorat 
qilindi. Keyinchalik “Dunyo -3” modeli yuzaga keldi. Uning asoschisi dinamika tizimi 
sohasidagi mutaxasis Denis Medouz bo‘lib, “O‘sish chegarasi” nomli maruzasida 75 yildan 
so‘ng sayyoraning xom ashyo manbalari tugaydi, istemol mollarining etishmasligi global 
inqirozga olib keladi deyilgan edi. SHu narsani alohida takidlash jozki, ushbu matematik 
modellar tanqid ostiga olindi. Ularning asosiy kamchiligi, hozirgi kundagi jarayonlarning 
murakkabligi bois, ularni bitta modelga joylashtirish ishonchli natija bermaydi, hamda har 
qanday jarayon ham matematik miqdorlarda o‘z aksini topmaydi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish