2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


Globallashuv – yangi falsafiy mavzu



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Globallashuv – yangi falsafiy mavzu.
Ming yilligimizning oxiriga kelib, insoniyat 
tarixida dunyodagi hayotni umuman boshqa yo‘nalishga burib yuborgan globallashuvni guvohi 
bo‘ldik. “Globalizatsiya”- “gloub (inglizchadan “globe”, yani Yer shari), “global” (“global”, 
yani butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, yani butun dunyoga tarqalishi) 
so‘zlaridan kelib chiqqan. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida 
iqtisodiy sohada sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim 
T.Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu” jurnalida elon qilgan maqolasida qo‘llanilgan 
edi. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot 
bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan
16
.
Globallashuvning ilmiy muammo sifatida o‘rganish jarayoni esa Roland Robertson 
tomonidan 1985 yili uning jahonni yagona bir butun qilish maqsadiga qaratilgan obektiv 
jarayonlarning majmuasi sifatida aniqlangan davridan boshlangan.
17
Bu tushunchaga ana shu 
paytdan boshlab to hozirgacha turlicha qarashlar davom etib kelmoqda. Globallashuv jarayoni 
axborot inqilobi, ayniqsa, 
internetning rivojlanishi 
hamda 
moliyaviy 
bozorlarning 
integratsiyalashuvi bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda globallashuv atamasi shunchalik 
mashhur bo‘lib ketganganki, uni XXI asr mahsuli desak mubolag‘a bo‘lmaydi. SHu o‘rinda, 
izohlash uchun xilma-xil yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, 
ularning hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv halqlar, 
mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini keltirib chiqaradi. 
16
Умаров Б. Глобаллашув зиддиятлари. – Тошкент: Маънавият, 2006. – 8-б. 
17
Гринин Л.Е.. Глобализация и национальний суверенитет. История и современность. -М.: №1, 2005. -С. 
811. 


SHu manoda, muayyan jamiyat o‘zidan etuk deb hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, 
qarashlar, ilmiy-texnikaviy, madaniy yutuqlarni o‘zlashtirishi globallashuv tasiri ostida bo‘ladi. 
SHu borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning yaqinlashuviga
iqtisodiy farovonlikka ijobiy tasir etadi, deb (K.Omae, P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, 
S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar (Z.Bauman, N.V.Zagladin, F.Fukuyama, G.P.Martin, 
X.SHuman, M.G.Delyagin, V.I.Dobrenkov va b.) globallashuv milliylikning yo‘qolishi, bir 
mamlakatning boshqa yirik ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatlarga qaramligini oshiradi deb 
qaraydilar.
SHu asnoda nafaqat oddiy o‘quvchi, balki o‘z mustaqil mushohada-mulohazasiga ega 
bo‘lgan odamlarda ham globallashuv jarayoni tasirida jahonning yangi tarkibi yoki bo‘lmasa 
millatlarning totuvligini taminlovchi madaniyati, manaviyati qanday bo‘lishi to‘g‘risida gumon-
shubhalar, ikkilanishlar paydo bo‘lishi tabiiy.
Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.CHumakov “Globallashuv ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarning, manaviy qadriyatlar, dunyoqarash yo‘nalishlarini universallashuviga olib 
kelishi bilan birga, ananaviylik, o‘ziga xoslik va madaniy xilma-xillikni saqlashni istisno 
qilmaydi”
18
, - degan xulosaga keladi. Bunday davrda shaxs murakkab ijtimoiy muhit sharoitida 
faoliyat ko‘rsatishga majburdir. 
Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu muammoni 
yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil g‘oya, nazariyalarning paydo 
bo‘lishiga turtki bermoqda. Jumladan, “Fransuz olimi Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni 
ishlab chiqadi: 
1.
Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina obektiv jarayon emas, foydali 
fenomen sifatida iqtisodiy, ijtimoiy samaradorlikka olib keladi; 
2.
Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy jamiyatlar 
to‘qnashuvi, “chatishgan madaniyat” ning paydo bo‘lishi”
19

YUqoridagi yondashuvlardan farqli o‘laroq Golland tadqiqotchisi YA.N.Piters 
globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini taklif etadi. 
1.
“Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi. Turli madaniyatga mansub jamiyat 
mamlakatlarining konfrontatsiyasi; 
2.
“Makdonaldlashuv”. Transmilliy kompaniyalar amalga oshirayotgan 
moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, amerikanizatsiya) madaniyatlari 
gegemonlashuvi. 
3.
“Gibridlashuv”. Halqaro munosabatlar ostida umumiy, aralash 
madaniyatning paydo bo‘lishi”
20

SHunday qilib, globallashuv ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi uchun uni sharhlashda ancha 
muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish maqsadida jahonda globallashuv tasiri ostida 
bo‘layotgan jarayonlarni to‘liq va mukammal tahlil etib ko‘rishga to‘g‘ri keladi. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish