2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


Jamiyatning asosiy sohalari va ularning o‘zaro aloqadorligi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Jamiyatning asosiy sohalari va ularning o‘zaro aloqadorligi
Ijtimoiy hayotining belgilovchi sohalariga: 
iqtisodiy, sotsial, siyosiy va manaviy 
sohalar kiradi. 
Real hayotda ular o‘zaro aloqadorlikda mavjud bo‘ladi (Ilova 7.3.) 
Iqtisodiy soha
 
jamiyat rivojlanishining tabiiy va zaruriy sharti bo‘lgan moddiy nematlar – tovar 
va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemolini taminlovchi tizimidan 
tashkil topadi. Vaholanki moddiy ehtiyojlarni qondirish va manfaatdorlik jamiyat iqtisodiy 
hayotining bosh maqsadi hisoblanadi. (Ilova 7.5.). 
Kishilarning mehnat faolligi – jamiyat barqaror rivojlanishining muhim omilidir. Mulkchilik 
shakllarining rivojlanib borishi bilan insonning mehnatga munosabati ham o‘zgarib boradi. Inson 
ekspluatatsiyasiga asoslangan jamiyatda inson o‘z mehnati natijasidan begonalashadi, yani undan 
manaviy va iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo‘lmaydi. erkin va mustaqil jamiyatda iqtisodiyot va 
manaviyatning uzviy bog‘liqligi to‘la ro‘yobga chiqadi. Faqat ozod va erkin jamiyatdagina inson 
mehnati moddiy, ham manaviy jihatdan qadrlanadi. Xususan, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan 
so‘ng, ijtimoiy yo‘naltirilgan, sog‘lom raqobat muhitiga asoslangan bozor munosabatlariga o‘tila 
boshlandi, davlat – iqtisodiy islohotlarning tashabbuskoriga aylandi. Inson o‘z mehnati natijalaridan 
manfaatdor bo‘lishi, uni o‘z kasbiga ijodiy munosabatni shakllanishiga, halol mehnatning qadriyatga 
aylanishiga sharoit yaratildi. Bu esa mehnat faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil hisob-
lanadi. 
Jamiyat – odamlar o‘rtasida amal qiladigan ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy institutlar 
tizimi sifatida ham tariflanishi mumkin. Bunda jamiyatning aynan 
ijtimoiy (sotsial) sohasiga
etibor 
qaratilib, u turli ijtimoiy guruhlar, turli darajada uyushgan elatlar (ijtimoiy qatlam, stratalar, etnoslar, 
ijtimoiy demografik guruhlar, alohida jamoalar va boshqalar) o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z 
ifodasini topadi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishini (strukturasini) 
tashkil etadi.
Inson sotsiumga turli guruh va birlashmalar orqali azo bo‘ladi, aynan shu doiralarda uning 
ijtimoiylashuvi amalga oshadi. 
Ijtimoiylashuv 
deganda, shaxs tomonidan muayyan jamoda 
o‘rnatilgan meyorlar, qadriyatlarni qabul qilishi, namunali xulq ko‘rsatmalarini bajarishi tushuniladi. 
Agar butun jamiyatni shartli ravishda mikrosotsium (oila, mahalla, sotsial guruhlar: masalan o‘quv 
guruhlari, mehnat yoki ijodiy jamoalari, jamoat yoki siyosiy tashkilotlar va h.k.) va makrosotsium 
(butun jamiyat)ga ajratilsa, shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi mikrosotsial darajada amalga oshadi. 
Ya’ni har bir shaxs jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarda o‘z mikrosotsiumining azosi sifatida 
ishtirok etadi. 
Jamiyat strukturasi demografik, etnik, ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga ko‘ra hududiy, kasbiy-
marifiy, konfessional tuzilishi kabi turlariga qarab tasniflanishi mumkin. Masalan, har bir shaxs 
yoshi, shahar yoki qishloqda yashashi, kasbi, yani mehnat faoliyatining xarakteri, qaysi etnos, 
konfessiya vakili ekanligiga qarab jamiyat ijtimoiy strukturasining muayyan guruhiga kiradi. 
Jamiyatning 
demografik strukturasida
aholining tarkibini jinsi, yoshi, mehnatga yaroqliligi, aholining 
zichligi va umumiy soni, o‘sish darajasi, migratsiyaning xarakteri, sog‘lig‘ining holati aks etadi. 


Jamiyatning 
ijtimoiy-sinfiy strukturasi 
sinflar, qatlamlar, tabaqalar, stratalardan iboratdir. 
Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi. Ular xususiy mulkka egalik munosabatlari, 
ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi tutgan o‘rni, ishlab chiqarish vositalariga munosabati, mehnat 
taqsimoti tizimidagi roli, foyda olish usuli bilan farqlanadi. SHu bilan birga, jamiyatning sotsial 
strukturasiga sinflarga xos xususiyatlarga ega bo‘lmagan guruhlar, masalan ziyolilar, xizmatchilar va 
boshqalar ham kiradi. 
Jamiyatning sotsial strukturasini stratifikatsiyaviy yondashuv asosida tushunishga asos 
solgan faylasuf Pitiriim Sorokin 
10
ijtimoiy-iqtisodiy holati, madaniy va talim darajasining 
umumiyligi xos bo‘lgan insonlar guruhini stratalar, ijtimoiy strukturaning ichida bir stratadan 
boshqasiga o‘tishni esa ijtimoiy mobillik deb ataydi.
Ijtimoiy munosabatlar subektiga shaxs, oila, ijtimoiy guruhlar, etnos, millat kiradi (Ilova 7.6). 
Oilaning asosini jamiyat tomonidan qonunlashtirilgan nikoh, qon-qarindoshlik aloqalari, 
turmushning umumiyligi, o‘zaro axloqiy burch va masuliyat tashkil etadi. Oila reproduktiv, 
tarbiyaviy, xo‘jalik-turmushni tashkil etish, rekreativ, psixologik himoya funksiyalarini bajaradi 
(Ilova 7.7). 
SHunday qilib, jamiyatning ijtimoiy hayoti undagi mavjud kishilar, turli ijtimoiy birliklar, 
va ular orasidagi turli-tuman aloqa va munosabatlarni qamrab oladi. Ijtimoiy birliklar kishilar
ijtimoiy hayotining mavjudlik shakli hisoblanadi. Ularning shakllanishiga xilma-xil iqtisodiy va 
manaviy omillar tasir ko‘rsatadi. Ijtimoiy birliklar kishilarning obektiv tarzda yuz beradigan 
ijtimoiy-aloqa va munosabatlar asosida shakllanadi va u tarixiy xarakterga ega. 
Urug‘ – etnik tarkibning dastlabki ko‘rinishi hisoblanadi. Urug‘ – insoniyat tarixining 
qadimiy davrlariga xos bo‘lib, kishilarning birgalikda yashash, mehnat qilish ehtiyojidan kelib 
chiqqan. Qabilaning kelib chiqishi ham ijtimoiy ehtiyojlar tufayli sodir bo‘ladi. Qabila umumiy 
asosga ega bo‘lgan; keyinchalik o‘zaro bir-biridan farqlanadigan urug‘lardan iborat kishilarning 
tarixiy-etnik birligi hisoblanadi. Urug‘, qabila tipidagi ijtimoiy birliklar jamiyat taraqqiyotining 
quyi bosqichlarida yuzaga kelgan. Ularning uyushishi natijasida elatlar shakllanadi. elatlarning 
ixtiyoriy yoki zo‘rlik yo‘li bilan birlashuvi natijasida xalqlar uyushmalari hosil bo‘lgan. Elat 
hudud, til madaniy jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan, iqtisodiy aloqalari shakllana boshlagan 
tarixiy–etnik birlik hisoblanadi. 
Millat – elatlar birlashuvi natijasida hosil bo‘lgan tarixiy-etnik birlik. Millat – tarixan 
tarkib topgan (genetik aloqador), milliy birlikni anglash ruhiyati, urf-odatlar, ananalar va 
qadriyatlar, til, madaniyat, mentalitetining yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi
iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan kishilarning ijtimoiy barqaror birligidir. (Ilova 7.8).
Takidlash zarurki, jamiyat azolari intellektual salohiyatining oshishi bilan birga yuksak 
manaviyatining ham shakllanishi jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, totuvlik va farovonlik qaror 
topishining muhim omili hisoblanadi.
Jamiyatning

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish