7-Mavzu: biznes faoliyatini tashkil etish. Reja


Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari



Download 67,05 Kb.
bet4/6
Sana09.03.2023
Hajmi67,05 Kb.
#917411
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu. Biznes asoslari

4. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari.
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarining quyidagi turlari mavjud (2-rasm).






Kichik biznes korxonalari boshqaruv tarkiblarining tashkiliy turlari





































CHiziqli pog’onali




CHiziq-li-shtabli




Funk-tsional




CHiziqli-funktsi-onal




Dasturli maqsadli




Matritsa-
li



2-rasm. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi.
Har bir tarkibda rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo, vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo`ysunishning turiga ko`ra, bir-biridan farq kiladi.
Agar rahbarlik to`laqonli bo`lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo`lsa, u holda bu xildagi aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo`lib, quyi organ faoliyatiga doir masalalarga daxldor bo`lsa, u holda bu xildagi aloqa funksional rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o`rtasida vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo`lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Boshqaruv tarkibida rasmiy aloqalar asosiy o`rinni egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhim ahamiyatga ega. Ba`zan ular tashkilotning ishini yo`lga qo`yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Norasmiy aloqalar turlicha bo`lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shugullanish yoki do`stona munosabatlar kiradi.
Norasmiy aloqalarga ham e`tibor berish kerak. CHunki:
- norasmiy aloqalar rasmiy tarkibning barcha bo`g’inlari bilan bog’langan
bo`ladi;
- qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo`ladi va korxonaning
barcha ishiga ta`sir ko`rsatadi;
- norasmiy tizim ko`pgina ko`rsatkichlari bo`yicha korxona faoliyatining
samarali tashkil qilinishiga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo`q emas. extiyotkorlik, sezgirlik yo`q bo`lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va shunga o`xshash ko`rinishlar paydo bo`lishi mumkin.
CHiziqli (pogonali) tuzilma. CHiziqli (pogonali) tarkib boshqaruv tarkibining eng sodda turi hisoblanadi. Bunda boshqaruvning hamma nazifalari korxona rahbari qo`lida to`planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo`ysunadi. Har bir rahbar o`ziga ishonib topshirilgan bo`linma faolnyatani yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo`ysunuvchi xodimlar faqat bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. YUqori turuvchi rahbar xodimlarga bevosita boshlig’ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak.
CHiziqli tarkibning o`ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.
CHiziqli tarkibning ijobiy tomonlari:

  • o`zaro zid, chalkash topshiriqlar berilshts hollarini kamaytiradi:

  • yakkaboshchilik va shaxsiy javobgarlik mustahkamlanadi;

  • bu tarkib oddiy, puxta va tejamlidir;

  • bosqichlar soni kam bo`ladi;

  • boshqariluvchi ob`ekt ishiga kam kishi aralashadi;

  • vazifalar tez hal etiladi;

  • butun tizim samarali ishlaydi;

  • xodimlar faqat o`z rahbariga hisobot beradilar. CHiziqli tarkibning salbiy tomonlari:

  • bunday tarkib oddiy masalalarni hal etishga mo`ljallanganligi sababli uning borasida kompleks masalalarini hal etish ancha qiyin kechadi;

  • bunday sharoitda rahbarlar ko`proq tezkor ishlar bilan band bo`lib, strategak muammolarni e`tibordan chetda qoldiradilar;

  • bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo`lish xavfi kuchli bo`ladi, bunga sabab, tarkibning har bir bo`g’inida rahbar o`z lavozimi bo`yicha farmoyish berish xuquqiga ega bo`lishidir.

Boshqaruvning chiziqli tarkibi uncha murakkab bo`lmagan ishlab chiqarish sharotida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar hajmi kam bo`lganda o`zini oqpashi mumkin. Ishlab chiqarish tobora murakkablashib, ish ko`lamining kengayib borishi boshqaruv vazifalarini tabaqalashtirishni talab etadi, chiziqli tarkibning o`rniga chiziqli-shtabli tarkibning vujudga kelishshga taqozo etadi.
CHiziqli-shtabli tuzilma. CHiziqli-shtabli tuzilma xar bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatchilar, maslahatchilar kengashi, ya`ni shtablar tuzish yo`li bilan tashkil etiladi.
SHtablarning vazifasi har xil muammolarni o`rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo`lishiga sabab korxonalarda vazifalarning murakkabligidir.
CHiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo`lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga mas`ul bo`lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslaxat berish vazifasini bajaradilar. CHiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy
maslahatlardan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.
Bu tarkibning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o`z diqqatlarini ilmiy tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi boshqaruv tizimida ortiqcha bo`g’inlarning paydo bo`lishi, natijada boshqaruv tezkorligining susayishi, boshqaruv xarajatlarining o`sishiga olib kelishidir.
Funktsioial tuzilma. Funktsional tuzilma tarkibi rahbarlar va tarkib bo`g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan. Bunda har bir boshqaruv bo`g’iniga muayyan vazifalar biriktirib quyiladi.
Boshqaruv apparatini funktsional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha oshiradi. Boshqaruvning xdmma vazifalarini bajarishi lozim bo`lgan universal rahbarlar o`rshga o`z sohasini puxta biladigan, o`z shtatiga ega bo`lgan, o`ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo`ladi.
Funktsional bo`linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo`linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu vazifa vakolatiga taaluqli tor doiradagi masalalar bo`yicha kuyi bosqichning organ va bo`linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta`minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo`limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funksional bo`limlar rahbarlarining vertikal bo`yicha ierarxiyasi va bo`ysunishi mavjud. Ammo chiziqli tarkibdan farqli o`laroq, bunday bo`ysunish ma`muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo`ysunishdir. Masalan, korxona reja bo`limining boshlig’i tsex reja byurosi boshlig’iga, hatgo aynan shu vazifaga doir masala bo`yicha ham buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma`muriy buyruqni korxona direktori tsex boshlig’iga berishi mumkin, tsex boshlig’i esa tsex reja byurosi boshlig’iga shunday buyruk bera oladi.
Funktsional tarkib ham ijobiy va salbiy tomonlarga zga.
Funktsional tarkibning ijobiy tomonlari:

  • bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining kasb mahorati darajasining o`sishini ta`minlaydi. Masalan, marketing bo`yicha mutaxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi;

  • funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xodimlar bunga tez ko`nikma hosil qiladilar;

  • moddiy xarajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo`yadi va hokazo.

Funksional tarkibning salbiy tomonlari: funktsional organlar o`ziga topshirilgan vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo`lib, «begona» vazifalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o`z vazifasi bo`yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishi, ijrochilarning mas`uliyati kamayib, intizomning bo`shashiga olib keladi. CHunki har bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda, bir necha
boshliqqa bo`ysunadi, ko`pincha ulardan bir-biriga zid ko`rsatmalar oladi.
CHiziqli-funksional tarkibda asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlari va uchastkalarni mustaqil boshqarishda chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab chiqarish xo`jalik faoliyatini yakkaboshchilik tamoyillariga ko`ra boshqarish huquqi berilgan bo`lib, ular olingan natijalarga to`liq javob beradilar.
Boshqaruvnig chizikli-funksional tarkib sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko`rsatish uchun funktsional va idoraviy •gashkilotlar tashkil etiladi. Bu tashkilotlarning vazifasi boshkaruv qarorlarini tayyorlash hamda rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat bo`ladi.
Mazkur tarkibning kamchiliklari:
- chyuiqli va funksional xodimlar o`rtasida kelishmovchiliklar paydo Oo`ladi;
- tadbirkorga funktsional xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish qiyinroq kechadi.
Dasturln-maqsadli tuzilma. Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko`pgina muammolarni hal etish gorizontal bo`yicha kelishnb olish va muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil mahsulot ishlab chiqarishga ko`chadigan bo`lsa:

  • materiallarini sarflashning yangi me`yorini ishlab chiqish;

  • mehnat me`yorlarini qayta ko`rib chiqish;

  • turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qay qtayyorlash;

  • yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash;

  • etkazib beruvchilar bilan aloqa o`rnatash;

  • yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi. YUqoridagi vazifalarni turli xizmat bo`linmalari bajaradi, ular

Gtjaradigan ishlarning mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab chiqarishning ko`pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funktsional xichmatlar o`rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa bahs ni munozaralar bilan amalga oshiriladi. CHiziqli-tarkib rahbari esa ko`p sonli bo`linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yo`li bilan, aniqrog’i, chiziqli-funktsional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar kiritish yo`li bilan hal etiladi. Bunday tarkib dasturli-maqsadli tarkib deb ptpladi. Boshqaruvning dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki ko`rinishda bo`ladi: loyiha bo`iicha va mahsulotga ko`ra boshqaruv.
Loyiha bo`yicha boshqaruv qiska muddatda yangi texnika va texnologiyani joriy etish zarurati tugilgan hollarda qo`llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo`limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo`lim loyiha tushdi va uning joriy etilishini nazorat qiladi.
Loyiha bo`yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik bulaklarga ajratadi yoki to`ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning bircha funktsional xizmatlari va bo`linmalari faoliyatini munofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bu organga tegashli huquqpar
beriladi. U vazifalarning bajarilishi uchun to`la javobgar bo`ladi.
Bunday boshqaruv ko`p nomenklaturali ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Loyiha rahbari maxsus vakolatga ega bo`lib, texnologik ishlarni zvenolar bilan ishchilar o`rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o`z loyihasi doirasida nazorat qilib boradi. CHiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega bo`lib, ularga bo`ysunadi.

Download 67,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish