8-mavzu: viruslar reproduksiyasi viruslarning reproduksiyasi Virus va hujayra orasidagi munosabat



Download 0,76 Mb.
bet1/30
Sana02.06.2023
Hajmi0,76 Mb.
#948125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
8-mavzu(1)


8-MAVZU: VIRUSLAR REPRODUKSIYASI


Viruslarning reproduksiyasi
Virus va hujayra orasidagi munosabat
Produktiv (mahsuldor) - virus zarralari hosil bo‘ladigan, infeksion jarayonning umumiy tavsifi. V.I. Agol bu munosabatni quyidagi so‘zlar bilan ifodalaydi: “Virus zarrasi va hujayra orasidagi to‘qnashish birorta biologik natijaga olib kelishi mumkin yoki buning aksi - virus va hujayra to‘qnashsa ham biror natijaga olib kelmasligi mumkin. Birinchi holatdagi o‘zaro munosabatda biologik kompleks - “virus-hujayra” kompleksi hosil bo‘ladi. Bu kompleks hujayra genetik apparati va virus genetik apparatlaridan tashkil topadi va ularni funksiyalari bir-biri bilan aralashib kutilmagan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Demak, bu kompleksni ikki organizm gibridi deyish mumkin”. Bu munosabatlarni sxematik ravishda ikki xilini farqlash mumkin:

  1. Virus genomi mustaqil hujayra genomiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda yoki avtonom holatda reproduksiyalanishi (ko‘payishi) mumkin. Bunday holatda hujayraga kirib avtonom ko‘payadigan virus - virulent viruslar guruhiga kiradi. Bu tipdagi munosabat hujayrada virus zarralarini yangi avlodlari hosil bo‘lishi bilan tugaydi. Bu tipdagi munosabat “produktiv munosabat” deb ataladi, virus zarralari – mahsulotlari hosil bo‘ladi. Ba’zan infeksion jarayonning ma’lum davrida to‘xtab qolishi mumkin, natijada yuqumli virus avlodi hosil bo‘lmaydi. Bunday virus va hujayra orasidagi munosabat abortiv munosabat deyiladi.

Ko‘pincha hujayra va virus genomlari simbiozi qisqa muddatli bo‘ladi va virus zarralaring yangi avlodi hosil bo‘lganidan so‘ng kasallangan hujayra (xo‘jayin-hujayra) nobud bo‘ladi. Bunday virus infeksiyasiga “litik reaksiya” yoki “xo‘jayin-hujayraning erib ketishi” deyiladi.
Boshqa holatlar ham bo‘lishi mumkin, ya’ni xo‘jayin-hujayra uzoq muddat hayot faoliyatini saqlash mumkin.
II. Infeksion jarayon sodir bo‘layotgan “virus-hujayra” kompleksining rivojlanishi tubdan o‘zgacha yo‘lda borish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi. Bu holatda ikki organizm genomlari birlashadi (integratsiya) va hujayrada ikkala genom reproduksiyasi bir vaqtda yuz beradi va umumiy idora qilinadi. Birlashgan genomlik yangi organizm to‘la hayotchan bo‘lishi mumkin. Bo‘linishdan hosil bo‘lgan qiz hujayralar birlashgan hujayralar o‘zgargan hususiyatga ega bo‘ladilar. Bu tip virus va hujayra munosabati virogeniya deyiladi, agar bakteriya viruslari va bakteriyalar orasidagi munosabat bo‘lsa lizogeniya deyiladi. Virogeniya holatini qo‘zg‘atadigan viruslar mo‘‘tadil viruslar guruhiga kiradi.
Bu ikki guruh viruslar - virulent va mo‘‘tadil viruslar guruhlari orasida o‘tib bo‘lmas chegara yo‘qdir. Bir guruh viruslarini o‘zaro munosabat bosqichlari bir xil prinsipda amalga oshadi. Ba’zan mo‘‘tadil viruslar ba’zi holatlarda avtonom reproduksiya xususiyatiga ega bo‘ladi. Mo‘‘tadil viruslar esa yuqumli jarayon rivojlanishi bosqichlarida virogeniyaga olib kelish xususiyatini butunlay yo‘qotishi mumkin, ya’ni virulent viruslar tipi xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish