8-mavzu: viruslar reproduksiyasi viruslarning reproduksiyasi Virus va hujayra orasidagi munosabat


Produktiv infeksion jarayonining umumiy tavsifi



Download 0,76 Mb.
bet2/30
Sana02.06.2023
Hajmi0,76 Mb.
#948125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
8-mavzu(1)

Produktiv infeksion jarayonining umumiy tavsifi.
Viruslarni ajratish va miqdoriy aniqlashning asosiy prinsiplari. Viruslarni miqdoriy aniqlash uchun har xil mezonlarni ishlatish mumkin. Agar biz birorta virus preparatiga ega bo‘lsak, undagi viruslar miqdori fizik viruslar birligi yoki yuqumli virus birliklari bilan belgilanishi mumkin.
Fizik virus birligi deganda virus zarrasi - virionni tushuniladi. Uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlanadigan usulda ajratiladi, masalan elektron mikroskop usulida. Ammo odatda virus populyasiyasi elektron mikroskopda qanchalik bir turda bo‘lsa ham, ularni oz qismigina yuqumlilikka ega bo‘ladi.
Fizik virus zarralari va yuqumli virus zarralari orasidagi bu farq hayvon viruslarida yaqqol ko‘rinadi, o‘simlik viruslarida esa bundan ham farq katta bo‘ladi. O‘simlik viruslarida yuz mingdan yoki milliontadan bir - biridan farq qilmaydigan zarralarni bittasigina yuqumlilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun elektron mikroskop natijalariga asoslanib virus yuqumliligi haqida fikr yuritish mumkin emas.
Viruslarni aniqlashda spetsifik xo‘jayin-hujayrani nobud qilish xususiyatiga ega usullar viruslarni aniqlashda keng tarqalgan. Odatda virusli materialni suyultiriladi, masalan, 101, 102, 103 va h. marta, so‘ngra uning ma’lum hajmi (miqdori) sezgir sistemaga yuqtiriladi.
Sezgir sistema sifatida har xil ob’ektlar ishlatiladi:
O‘simlik viruslari uchun o‘simlik bargi bo‘lib, unga maxsus usul bilan virus suspenziyasi yuqtiriladi. Virus zarralari o‘simlik hujayrasida ko‘payadi, qo‘shni hujayralarga yuqadi, sekin asta virus ko‘plab barg yuzasini egallaydi va oxirida ko‘zga asbobsiz ko‘rinadigan nekroz hosil bo‘ladi yoki boshqa to‘qimalarning mahalliy zararlanishi kuzatiladi.
Bakteriofaglarni miqdoriy aniqlash uchun o‘rganayotgan materialni maxsus suyultirilgan miqdori bu fagga sezgir bo‘lgan mikroorganizm bilan, so‘ngra eritilgan agar oziqa muhiti bilan aralashtiriladi, olingan aralashmani Petri kosachasiga quyiladi va 37oS da inkubatsiya qilinadi. Bu vaqt ichida mikroorganizmlar ko‘payadi va likopchada bir tekis gazon hosil qiladi. Gazonning qaysi qismida fag zarrasi bo‘lsa, ular avval bir bakteriya hujayrasini kasallantiradi va uning avlodlari qo‘shni hujayralarga o‘tadi, sekin-asta bu jarayon katta xududni egallay boshlaydi. Virus bilan kasallangan hujayra parchalanadi (lizis bo‘ladi). YUqumli fag bo‘lgan qismda bakteriya koloniyalari yo‘qolgani uchun yorug‘-tiniq joy hosil bo‘ladi, uni negativ koloniya, steril dog‘ yoki blyashka deb nomlanadi. SHunday negativ koloniyalar soni yuqumli fag miqdorini ko‘rsatadi.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish