A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


-rasm. G'arbiy Tyan-Shanda oddiy qarag'ayning madaniy o'rmoni



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

2-rasm. G'arbiy Tyan-Shanda oddiy qarag'ayning madaniy o'rmoni.


V.L.Komarov tur hayotning bo‘lagi deb «U ning hayotda shakllari 
qanchalik xilma-xil bo‘lsa, yem ing m a’lum qism ida shunchalik k o ‘p 
b o iad i. Hayotning borishi tur hosil b o iis h id a n iborat, agar shunday 
boMmasa, hayot taraqqiy etmas edi. B oshqacha qilib aytganda, tur 
tabiatda hayotning borishidir va bu albatta, haqiqiy obyektiv faktdir. T ur 
doimo harakatda b o ‘ladi va o ‘zgarib turadi. Shuning uchun tumi yerdagi 
hayotning shakli sifatida aniqlashda uning barcha xususiyatlarini va 
o ‘zgarib turishini hisobga olish zarur».*Tum i m ohiyatini tushunishga 
harakat qilgan V.L.Kom arov dialektika qonunlari asosida turga 
quyidagicha ta’rif beradi: «Umumiy boshlang‘ichdan kelib chiqqan va 
tashqi sharoit ta ’sirida hamda yashash uchun kurashda tanlangan 
b o ‘g ‘inlar yig‘indisi tur demakdir». Tur evolutsion jarayonning m a’lum
bosqichidir. Ushbu ta ’rif organizmning tashqi m uhit omillari va boshqa 
organizmlar bilan munosabatini o ‘z ichiga oladi. Demak, yuqorida 
bildirilgan fikrlarga ko‘ra tum i bir xil o ‘zgarm as deb tushunish xato 
b o ‘lib, tur doimo o ‘zining evolutsion rivojlanish jarayonida o ‘zgarib 
turadigan va xilma - xil shakllam i hosil qiladigan hayotiy shakl sifatida 
qaralishi kerak. Turning o ‘zgarishida asosiy rolni tashqi muhit omillari 
o ‘ynaydi. Muhit sharoitining o ‘zgarishi va bu o ‘zgarishning organizm ga 
ta ’siri natijasida turga xos yangi belgilar doim iy ravishda paydo b o ‘lib 
turadi. Daraxt va buta turlari yer yuzida g eografik sharoitlarga tarixiy 
sabablarga, boshqa organizmlar bilan m unosabatga va inson ta ’siriga 
ko'ra muayyan qonuniyat asosida tarqalgan.
Yer yuzida ekologik om illar iqlim, issiqlik, namlik, yorug‘lik va 
boshqa omillari m intaqalar bo ‘yicha taqsim langan va shunga k o ‘ra 
o ‘simlik dunyosi va tuproq tiplari ham gorizontal ravishda m intaqalar 
b o ‘yicha joylashgan. 0 ‘sim lik turlarini yer yuzida taqsimlanishi ulam i 
biologik, ekologik ko ‘payishi va tarqalish xususiyatlariga hamda tashqi 
muhit sharoitlariga bog‘liq. Tashqi muhit om illari doimiy o ‘zgarib turadi 
va bu hoi o'sim liklar tarqalishiga ta’sir etadi. U shbu ta ’sir aktiv yoki 
passiv ko‘rinishda b o ‘ladi. Inson faoliyati ham ulam ing tarqalishiga 
kuchli ta’sir etadi va o‘sim lik arealini o ‘zgartirib yuboradi. Yer yuzida 
yuzaga kelgan tabiiy m intaqalar o ‘zining o ‘sim lik dunyosi, iqlimi, 
faunasi va tuproq qoplami bilan tavsiflanadi. M D H territoriyasida 7 ta 
tabiiy mintaqa b o ‘lib, ular quyidagilardan iborat: tundra m intaqasi, 
o ‘rmon-tundra mintaqasi, o ‘rmon m intaqasi, o ‘rmon-dasht m intaqasi, 
dasht mintaqasi, d ash t-c h o i mintaqasi va c h o ‘l mintaqasi. Shimoldan 
janubga borgan sari bu gorizontal m intaqalar bir-biri bilan alm ashinadi. 
Bu xil gorizontal mintaqalardan tashqari to g ‘lik hududlarda vertikal


mintaqalar (poyaslik) kuzatiladi. Bunda muayyan tog‘ balandligida, shu 
balandlik uchun xos b o ‘lgan iqlim sharoitlari mavjud bo‘lib, ularda 
o ‘ziga xos daraxt va buta o ‘simliklar ham da tuproq tiplari rivojlanadi, 
tog‘da balandlik k o ‘tarilgan sari dendroflora tarkibi ham o ‘zgaradi.
Toqqa har 100 m k o ‘tarilganda o ‘rtacha havo harorati 0,6-l°C ga 
pasayib boradi, y a ’ni dengiz sathidan toqqa ko ‘tarilishda harorat 
pasayadi, quyosh radiatsiyasi oshadi, namlik miqdori ko‘payadi. Bu kabi 
o ‘zgarishlar albatta dendroflora vakillarini xilma-xilligini ta’minlaydi. 
Dendroflorani xilm a-xilligi tog‘ yonbag'irlari ekspozitsiyasiga ham 
b o g iiq dir. Shim oliy, shim oliy-g‘arbiy, shimoliy-sharqiy yonbag‘ir- 
larida, y a ’ni to g ‘ning soya va salqin tomonida, quyosh nuri tik 
tushadigan janu b iy to g ‘ yonbag‘irlariga nisbatan o ‘rmon qalin bo‘ladi va 
dendrologik tarkibi ham boy bo'lib, bu o ‘z navbatida tuproq hosil 
bo ‘lish jarayonlariga ijobiy ta’sir etadi, unumdor jigarrang tog‘ 
tuproqlarini b un yodga k e ltira d i./0 ‘sim lik turlari tarqalgan va egallab 
olgan hudud areal deb ataladi. Tur katta materikni yoki biror qismini 
egallashi m um kin. Shunga ko‘ra o ‘sim liklar areali katta va kichik 
b o ‘lishi mumkin. O datda, areali keng turlar areali tor turlarga nisbatan 
kam uchraydi. 0 ‘sim lik areallarini katta-kichikligiga qarab ular 4 ga 
bo‘linadi: kosm opolit, keng areal, tor areal va endemik arealga ajratiladi.
Kosmopolit arealli o ‘simliklar - bu arealni hosil qiluvchi turlar 
tabiiy m intaqalarda tarqalgan bo‘lib, bir necha materikni egallaydi. 
0 ‘tgan geologik davrlarda, jumladan, toshko‘mir davrida yer yuzida 
iqlim bir xil b o ‘lib, o ‘sim liklar tarkibi ham bir xil bo ‘lgan. Hozir yer 
yuzida iqlim sharoitlari xilma-xil bo ‘lib, dendroflora tarkibi ham shunga 
k o ‘ra turli m am lakatlarda turlichadir. Bunday sharoitlarda ayrim 
dendroflora vakillarigina moslashib tarqala olishi mumkin. Daraxtlar 
ichida ko‘p tarqalgan va kosmopolit areal hosil qiladigan turlar y o ‘q, 
asosan u ko ‘p yillik o ‘t o ‘simliklarga xosdir. M asalan, qamish, qoqio‘t 
yer yuzida keng tarqalgan b o ‘lib, kosmopolit arealga egadir.
Keng arealli o 'sim lik lar - bu xil areal hosil qiluvchi turlar bir necha 
materikni va ular o ralig'id agi bir necha mintaqani ishg'ol qiladi. Bunday 
keng arealli daraxt turlariga oddiy qarag‘ay, to g ‘terak, so‘galli qayin 
misol bo‘lishi m um kin. Tor arealli o ‘sim liklar - biror materikning 
m a’lum qism inigina ish g ‘ol qiladi. Bularga qoraqayin, shum, grab va 
zamab turlari kiradi.
Endemik turlar areali - daraxtlar egallagan hudud nihoyatda 
cheklangan b o ‘ladi. U lar faqatgina m a’lum bir geografik mintaqada 
o ‘sadi, ularga kavkaz qoraqarag‘ayi va kavkaz oqqorag‘ayi misol


b o ia d i. Ushbu ninabargli daraxt turlari kavkaz to g ‘larining g ‘arbiy 
qismidagina tarqalgan. X andon pista ham M arkaziy O siyo respublikalari 
va Eronning tog‘ etaklarida qurg‘oqchil lalmi y erlarda keng tarqalgan. 
Eldor va pitsundiya q arag ‘ayi ham K avkazning kichik hududlarida 
tarqalgan. Maftunkor o q qarag 'ay Kam chatka yarim orolining sharqiy 
qismidagina o ‘sadi. U m um an endemik turlar to g ‘ hududlarida va 
orollarda ko‘proq tarqalgan.
B a’zi bir daraxt va buta o ‘sim liklar faqat m a ’lum sharoitlardagina 
o ‘sishi mumkin, ular o ‘z areallaridan tashqaridagi boshqa sharoitlarga 
tushib qolishsa, moslasha olishm aydi va nobud b o ‘lishadi. M asalan, 
botqoqliklarda, 
qum liklarda, 
suvda, 
sho‘rxok 
yerlarda 
o ‘sishga 
moslashgan daraxt-buta turlari boshqa sharoitlarda o ‘sa olmaydi. 
0 ‘simlik arealining m arkazida tur shakllarining xilm a-xilligi kamroq, 
areal chegaralarida bo‘lsa k o ‘payadi. Masalan, em an, shum, arg‘uvon, 
qoraqarag‘ay o ‘z arealning jan ub iy va shimoliy chekkalarida faqat ayrim 
qismlarida uchraydi. 0 ‘sim liklar areali yaxlit, alohida-alohida va 
lentasimon b o‘ladi. Agar daraxt turi biror hududda paydo b o ‘lib, bir 
tekis tarqalib, yaxlit hududni ishg‘ol etsa, yaxlit areal deyiladi. Agar tur 
tarqalgan may don ikkita yoki undan ortiq qism ga b o iin ib ketsa yoki shu 
tur bir-biridan alohida chegaralangan hududlarda joylashgan bo'lsa, u 
alohida areal deyiladi.
Masalan, qarag‘ayning areali Kavkazning jan u b iy qismida orollar 
shaklida joylashgan b o ‘lib, yana alohida sharqiy Kavkazda ham 
uchraydi. Kedr qarag‘ayi Sibim ing deyarli ham m a qism ida uchrab, 
M DH ning yevropa qismida o ‘rm on m intaqasining shim oliy sharqigacha 
kirib boradi, so‘ngra alohida Yevropa g ‘arbidagi to g ‘larda ham kichik 
hududlarda o ‘sadi.
Daraxt va buta o ‘sim liklarining hozirgi areali quyidagi sabablarga 
k o ‘ra shakllangan.
1. Yer yuzining geologik o ‘zgarishi, dengizlar, to g ‘lam ing paydo 
b o ‘lishi, iqlimning o ‘zgarishi, m uzliklam ing paydo b o ‘lishi.
2. Hayvonlaming m uayyan turlarini ozuqa sifatida iste’mbl qilishi.
3. 0 ‘simliklaming qushlar yordamida va sham ol vositasida 
tasodifan uzoq hududlarga, o ‘z arealidan ancha chetda tarqalib, asosiy 
arealidan uzilib qolishi.
4. Arealni uzilib alohida b o ‘lib qolishiga inson faoliyati ham ta’sir 
qilishi mumkin. Inson doim o o ‘zi uchun foydali o ‘sim liklam i bir 
geografik mintaqadan ikkinchi geografik m intaqaga k o ‘chiradi va


tarqatadi. Oq akatsiya, virgin archasi, moviy qoraqarag‘aylar, kofe, 
geveya, gvozdika, какао daraxtlari bunga misol b o ‘ladi.
A realning har xil qismida tur bir-biridan ajralib qolsa, yangi b o ig a n
sharoitlarda o ‘sib rivojlanaversa, yangi turlar vujudga keladi. Bunday 
yangi turlar alm ashinuvchi turlar deyiladi. Agarda o ‘simlik о ‘sib turgan 
sharoitlar o ‘zgarib qolsa ham, shunday qonuniyat kuzatiladi.
Lentasim on arealni asosan daryo qirg‘oqlari bo‘ylab o ‘sadigan 
o ‘sim liklar hosil qiladi. Bunga A m udaryo va Sirdaryo to ‘qay 
o ‘rm onlarida o ‘suvchi turanga, qora terak, jiyda, yudg‘un, chakanda 
hamda tollar m isol b o ‘lishi mumkin.
*
Inson ongli hayot kechira boshlagan davrlardan boshlab, tabiatda 
o ‘zining ehtiyoji uchun zarur b o ‘lgan oziq-ovqat, dorivorlik ahamiyatiga 
ega b o ig a n foydali o ‘sim liklam i b ir joydan ikkinchi joyga k o ‘chirib, 
yangi sharoitlarda o ‘stirib, ko ‘paytirgan hamda foydalangan. 0 ‘tgan 200 
yillik davrda bu ish shu qadar avj oldiki, yovvoyi holda o ‘sib yotgan 
k o ‘p o ‘sim liklam i m adaniylashtirilib, o ‘stirish boshlandi, ulam ing 
qimmatli navlari yaratildi. Inson doim o o ‘simliklar orasidan yirik 
mevali, o ‘zini ehtiyojini qondira oladigan qimmatli shakllami saralab
tanlab olib, payvand qilib ko‘paytirgan.
0 ‘sim liklar y er yuzida faqat odam yordamida tarqalmagan, ulam ing 
mevasi va u r u g ia r i qush va hayvonlar vositasida, shamol orqali uchib, 
suvlarda oqib tabiatda biz hozir shohid b o ‘lib turgan holatda tarqalgan

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish