A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


DARAXTLARNI 0 ‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HAYOTINING



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

6. DARAXTLARNI 0 ‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HAYOTINING
DAVOMIYLIGI
Daraxt-buta o ‘sim liklarining hayot faoliyati tufayli bo‘yiga va eniga 
o ‘sib rivojlanadi, y o g ‘o c h massasi ko‘payadi va hajmi kattalashib vazni 
ham ortadi. Bu ho d isa o ‘sish jarayoni deyiladi. B o'yiga o ‘sish 
m eristem a to ‘qima hujayralarining tez b o ‘linib turishi, eniga o ‘sish esa 
kam biy hujayralarining b o ‘linishi hisobiga sodir b o ‘ladi. 0 ‘sish 
jarayonida o ‘sim liklarda yangi shoxlar, barg va ildiz kabi organlar paydo 
b o ‘ladi va o ‘sim likning hayotiy jarayonlarida ishtirok etadi. Daraxt va 
butalam i o ‘sishi turli yoshlarda turlicha darajada b o ia d i va har xil sifat 
o ‘zgarishlar yuzaga keladi.
Daraxtlaming to ‘liq urug‘ berish yoshi voyaga yetish yoshi deb 
ataladi. Voyaga yetgan daraxtlam ing o ‘sishi b o ‘yiga kamayib, eniga 
k o ‘payadi, yillik o ‘sish maksimal k o ‘rsatkichga yetgach u kamaya 
boradi, bu texnik yetilish deyiladi. Bu jarayonlar o ‘simlikning


rivojlanishi deb ataladi. 0 ‘sish rivojlanish jarayonining boshlang‘ich 
davri hisoblanadi. Ayrim o ‘simliklar hayoti davom ida bir marta gullaydi 
va hosil beradi, so ‘ng qurib qoladi, b u nday o ‘simliklar т о п о к а ф
o ‘simliklar deb ataladi. Boshqa o ‘sim liklar uzoq vaqt har yili gullab 
hosil berish xususiyatlariga egadirlar, ular polikarp o ‘sim liklar deb 
ataladi. Daraxt va butalar polikarp o ‘sim liklar toifasiga kiradi. D araxtlar 
o ‘tgan yilgi kurtaklaridan o ‘sib chiqqan novdalar hisobiga o ‘sadi. 
Monopodial shoxlanishda yangi novdalar uchki kurtaklardan, sim podial 
shoxlanishda esa yon kurtaklardan o ‘sib chiqadi. K urtak ko‘p m eristem a 
hujayralaridan iborat bo‘lib, ular to ‘xtovsiz b o ‘linishi natijasida o ‘sish 
nuqtasini hosil qiladi.
0 ‘sish nuqtasi konus shaklida bo ‘lib, ikki tom onda o ‘siqlari bor, bu 
o ‘siqlar boshlang‘ich barglardir. T o‘liq takom illashgan kurtak b o ‘lajak 
novdaning asosiy qismi, barg boshlang‘ichi q o ‘ltiq kurtak va uchki 
o ‘sish nuqtasidan iborat. Kurtak qish davom ida rivojlanadi va t o i i q
shakllanib bahorda o ‘sish uchun tayyor b o ‘ladi. 0 ‘sish asosan uchki 
novdada amalga oshadi. Agar u zararlansa, o ‘sish sekinlashadi yoki 
to ‘xtab qolishi mumkin, bu holat yon kurtaklam i paydo bo ‘lishiga va 
ulardan yangi novda o ‘sib chiqishiga sabab b o ia d i. D araxt va 
butalaming o ‘sishi, o'sish jarayonlarini tezlashuvi, sekinlashuvi yoki 
to ‘xtashi har bir turga xos b o ig a n biologik xususiyatlar b o iib , ularga 
tashqi ekologik omillar kuchli ta’sir k o ‘rsatadi. B a ’zi daraxt turlari erta 
bahorda tez uyg‘onadi va o ‘sa boshlaydi, u lar uchun +5 +6 °C harorat 
yetarli hisoblanadi. Ammo ayrim turlar u ch u n ushbu harorat yetarli 
emas, shuning uchun ularda vegetatsiya davri kechroq boshlanadi. 
Vegetatsiya davri erta boshlanadigan daraxt turlariga tol, terak, qayin v a 
forzitsiyani, 
vegetatsiya 
davri 
kechroq 
boshlanadigan 
turlarga 
qandag'och, eman, qora qayinni kiritish m um kin. Daraxt va butalarda 
o ‘sishning davomiyligi ham turlichadir. Y ev rop a sharoitlarida em an v a 
qoraqayin may oyining oxirlarida o ‘sishdan t o ‘xtaydi. Tog‘terak va d ala 
zarangi 15 iyunda, qarag‘ay, qoraqarag‘ay, oqqarag‘ay, shum v a 
qayrag‘ochlar 30 iyunda o ‘sishdan to ‘xtaydi. A rg‘uvon daraxti 15 
iyulgacha, tilog‘och 15 avgustgacha o ‘sadi. Aksari daraxt b u ta 
o ‘simliklar yozning birinchi yarm igacha (15 iyungacha) o ‘sadi, so ‘ngra 
tinim holatiga kiradi va o ‘sishdan to ‘xtaydi. Buning asosiy sababi 
intensiv o ‘sish davrida o ‘simlik bor zaxira m oddalarini sarflab q o ‘yadi 
va natijada keyingi o ‘sish su r’atlari pasayadi. Yoz vaqtida kunning isib 
ketishi ham o ‘sish tezligiga salbiy ta ’sir k o ‘rsatadi. 0 ‘simlik o ‘sishining 
susayishi generativ organlar rivojlanishiga ijobiy ta ’sir etadi, organik


m oddalar zaxirasi shakllana boradi, ular o ‘simlikning kelgusi yildagi 
o ‘sishi uchun sarflanadi.
Zaxirada 
organik 
moddalar 
yig‘ilishi 
vegetatsiya davrining 
ch o ‘zilishi b a ’zi b ir daraxt va buta turlarini kuzda takroriy o'sishiga 
sabab bo ‘ladi. A yrim daraxt turlari uchun yozgi tinim davri mavjud 
emas, butun vegetatsiya davomida ular o ‘sishdan to ‘xtamaydi (tol, 
terak). Ochiq jo y d a o ‘suvchi daraxtlar asosan b o ‘yiga hamda eniga 
o ‘sadi va bahaybat shox-shabba hosil qiladi. Aksincha o ‘rmonda 
o ‘suvchi daraxtlar o ‘rtasida konkurensiya vujudga kelib, bo‘yiga baland 
o ‘sadi, pastki shoxlari quyosh nuri tushmagach, qurib, asta-sekin tushib 
ketadi. Sifatli ishbop qurilish materiallari olish uchun daraxtlami qalin 
qilib joylashtirib o ‘stirish o ‘rmonchilik amaliyotida yaxshi natijalar 
beradi.
Daraxt va buta turlarini o ‘sishiga iqlim va tuproq sharoitlari turlicha 
ta ’sir k o ‘rsatadi. 
Shim oliy hududlarda tarqalgan daraxt turlari 
0 ‘zbekiston sharoitlarida 2-3 marta tez o ‘sib rivojlanadi. 0 ‘zbekistonga 
introduksiya qilingan daraxt va butalar vegetatsiyasi 25-30 kun ilgari 
boshlanadi va odatdan ilgari tugaydi. Vegetatsiya davrining davomiyligi 
ulam i o ‘z vatanlaridagiga qaraganda yaxshiroq o ‘sishiga sababchi 
b o ‘ladi. Masalan, Y evropadan, Uzoq Sharqdan, Xitoydan va Shimoliy 
Am erikadan 0 ‘zbekistonga introduksiya qilingan eman, qoraqayin, 
qayrag‘och, katalpa, terak, tol, arg'uvon, qarag‘ay, virgin archasi, 
kariya, kashtan, q a n d a g ‘och va boshqa daraxt-buta turlarida ushbu 
qonuniyat kuzatiladi. B uning aksicha janubiy hududlarda o ‘sadigan 
terak, Yevropa sharoitida, o ‘rmon mintaqasida o ‘suvchi qayin tundra 
m intaqasida ekilgan taqdirda sekin о ‘sib rivojlanadi, chunki shimoliy 
hududlarda yoz qisqa, harorat past va boshqa noqulay ekologik omillar 
o ‘sim liklam ing hayotiy jarayonlariga salbiy ta’sir k o ‘rsatadi. Daraxt va 
buta turlari o ‘sish tezligi turlichadir. Professor G.F.Morozov daraxtlami 
o ‘sish tezligiga qarab quyidagi tartibda joylashtirgan: tilog‘och, 
to g ‘terak, qandag‘och, qayin, qayrag‘och, qarag‘ay, zarang, shum, 
em an, arg‘uvon, q o raq arag ‘ay, oqqarag‘ay va hokazo. Ushbu qatorda 
tilo g ‘och juda tez o ‘ssa, oqqarag'ay juda sekin o ‘suvchidir. N.K.Vexov 
daraxtlam i o ‘sish tezlig iga qarab 8 guruhga ajratadi. 1-guruhga teraklar, 
2-guruhga shum bargli zarang, 3-guruhga so‘galli qayin, amur barxati, 
qora va manjuriya y o n g ‘oqlari, sibir tilog‘ochi, oddiy grab, daur 
tilo g ‘ochi, oddiy shum , to g‘terak, 4-guruhga oddiy qarag‘ay, daur 
qayini, m anjuriya shum i, yashil eman, chetan, tatar zarangi, veymut 
q arag ‘ayi, tut, m ongoliya emani, yong‘oq, oddiy qayrag‘och, tog ‘


qayrag‘ochi, dala zarangi, oddiy qoraqarag‘ay, duglas oqqarag‘ayi, 
mayda bargli arg‘uvon, 5-guruhga tikanli q oraq arag ‘ay, sibir qora 
qarag‘ayi, tog‘ qora q a ra g ‘ayi, 6-guruhga tyanshan qora qarag‘ayi 
kiritilgan. Toshkent sharoitlarida o ‘sish su r'atlari aks ettirilgan daraxtlar 
qatori quyidagicha: terak, baqaterak, qoraterak, mirzaterak, qoratol, 
g ‘arb katalpasi, oq akatsiya, qirg‘oq shumi, gledichiya, g ‘arb chinori, 
shirin mevali zarang, am erika zarangi, m ayda bargli qayrag‘och, virgin 
archasi, eman, jiyda, a rg ‘uvon, amur barxat daraxti, sibir tilog‘ochi, 
turkiston qayini, kariya-pekan, tog‘terak, eld o r qarag‘ayi, tyanshan 
qoraqarag‘ayi. Daraxtlam ing tez yoki sekin o ‘sishini o ‘rganish, yangi 
madaniy o ‘rmonlar va ihota o ‘rmonzorlari barpo etishda tez o ‘sadigan 
daraxt turlarini tanlab olishda muhim aham iyatga egadir.
Daraxt va butalar o ‘sishi va rivojlanishi jaray o n id a yangi hujayra, 
to ‘qimalar hosil bo‘ladi, organlari yangilanadi. U lar ontogenezida o ‘sish, 
rivojlanish va nobud boMish jarayonlari izchillik bilan biri-birini 
almashtiradi. Daraxtlar hayotining davom iyligi ulam ing ontogenezida 
tabiiy qarib qolishiga b o g ‘liq. Chunki qariy bo shlash ulam ing hayot 
faoliyatini susaytiradi. D araxtlam ing hayotiy faoliyatining susayishiga, 
o ‘z navbatida tashqi ekologik sharoitlar, b iologik om illar va inson 
faoliyati anchagina ta ’sir k o ‘rsatadi. Hayot faoliyatining susayishi degan 
so‘z - uchki meristema va kambiyning em brion to ‘qim alari faoliyatining 
buzilishidir. Tabiiy yetilish yoshiga yetgan, y a ’ni qarish yoshiga 
yaqinlashayotgan daraxtlarda o ‘stiruvchi m oddalar kamayadi, bo'yiga 
yillik o ‘sish qisqaradi, y o g ‘ochlik yillik halqalari torayadi, umuman 
olganda daraxtning hayot faoliyati sezilarli susaya boradi, shoxlari ustki 
qismlaridan quriy boshlaydi. Albatta, har qand ay tirik qariyotgan 
organizmlar kabi daraxtlarga ham tashqi noqulay sharoitlar kuchliroq 
ta ’sir etadi. Masalan, o‘rm onda o'sayotgan daraxtning atrofidagi boshqa 
daraxtlar kesib tashlanib, u ochiq joyda q oldirilsa, kuchli yorug‘lik, 
yuqori harorat va shamol ta ’sirida ancha zararlanadi, chunki u bunday 
sharoitga moslashmagan b o ‘ladi. Jum ladan, 
issiq ta ’sirida unda 
transpiratsiya kuchayadi, am m o transpiratsiya uchun sarflanadigan zarur 
suvni darhol tuproqdan ola olmaydi, natijada daraxt qurib qolishi 
mumkin.
Bir xil turdagi daraxtlar turli sharoit-da h a r xil sabablarga ko‘ra 
turli tezlikda qariydi. A gar tuproq-iqlim sharoiti qulay b o ‘lsa, daraxt 
uzoq umr ko‘radi, aksincha quruq issiq iqlim tu p ro q unumdorligi past, 
namlik yetishmovchiligi oziq moddalarini o ‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.


-
f. I p j —
hasharotlar, 
jumladan, 
kosus, 
shahar
' 3 ”"
mo ‘yl ovdor i
kabilar 
zararlaydi, 
u

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish