A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

SITRUS (CITRUS) TURKUMI
Rutadoshlar oilasi tarkibida xalq xo‘jaligida eng katta ahamiyatga 
ega 
Sitrus (Citrus L.) 
turkumi hisoblanadi. Bu turkumga 
limon,
apelsin, mandarin, greyfrut 
kiradi. Bulaming barglari doim yam-yashil 
va po‘sti qalin boiadi. Barg bandi halqali, ba’zan qanotchali boiadi. 
Barg plastinkasi tuxumsimon, ellipssimon, seret, yuz tomoni yaltiroq, 
gullari oq, pushti rangda, aksariyati ikki jinsli, nihoyatda xushbo‘y 
boiadi. Mevasi rezavor meva, po‘sti qalin b o iib , tarkibida efir moylari 
ko‘p, eti sersuv, yumshoq, 8-15 uyali, urugiari aksari k o ‘p embrionli.
Sitrus o‘simliklar tropik va subtropik mamlakatlarda, jumladan, 
Xitoyda, Birmada va Hindistonda o ‘sadi. MDH da Qora dengiz 
atrofidagi tumanlarda o ‘stirilmoqda. Bu qimmatbaho o ‘simliklami 
shimoliy tumanlarga tarqatish va u yerda o‘stirish sohasida katta ishlar 
olib borilmoqda. Xitoy sitrusi yoki 
shirin apelsin (Citrus sinensis
Osbesk.), nordon apelsin (Citrus aurantium L.), mandarin (Citrus
Reticulate L.), ajoyib sitrus yoki greyfrut (Citrus Paradise Macf.)
oddiy limon (Citrus limonium Burm.), 
turlari mevasi servitaminligi 
bilan, ayniqsa, diqqatga sazovordir. 0 ‘zbekiston sharoitlarida yopiq 
gruntda yiliga ko'plab 
miqdorda limon va greyfrut mevalari 
yetishtiriladi.
FELLODENDRON (PHELLODENDRON) TURKUMI
Bu oilaning 9 ta turkumidan biri b oig an
fellodendron 
turkumi 
(Phellodendron) 
ham xalq x o ‘jaligida katta ahamiyatga ega. Bunga 
amur po‘kakli baxmal daraxti (Phellodendron amurense Rupr.) 
ni


misol qilib ko‘rsatish mumkin. U katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 30 metr, 
siyrak shoxlanib, keng shox-shabba hosil qiladi. Tanasi tik o ‘sadi va 
baxmalga o ‘xshash po‘stloq bilan qoplangan bo‘ladi. Yosh vaqtida 
po‘stlog‘i tiniq kulrangda bo‘lib, so‘ng qorayadi va unda chuqur yoriqlar 
hosil b o ‘ladi, uning qalinligi 6-7 sm ga yetadi. Po‘stlog‘idan po‘kak 
ishlanadi, shuning uchun po'kakli daraxt deb ham ataladi.
Amur baxmal daraxtining yosh shoxlari g‘isht rangda. Barglari 
murakkab toq patsimon tuzilgan, qarama-qarshi joylashadi, yonbarg- 
chalari b oim aydi. Bargchalarining chetida mayda, moyli bezlar bor, 
ulardan xushbo‘y hid chiqadi. Murakkab barg plastinkasining bandi va 
pastki juft bargchalari och qizil rangda. Bu daraxt 6-8 yoshidan boshlab 
hosilga kiradi. Gullari ikki uyli, ayrim vakillarida bir uyli, shoxlarining 
uchida yig‘ilib, murakkab yassi shingilcha hosil qiladi. Changchi gullari 
5 ta, tubi qo ‘shilib o ‘sib kosa hosil qilgan, 5 ta gulyonbargchalari bor.
Bu daraxt aprel-may oylarida gullaydi. Gullari shamol va 
hasharotlar yordamida changlanadi. Rezavor mevalari sentabr oylarida 
yetiladi. U lar smolali, besh urug‘li, xushbo‘y hidli bo‘lib, daraxtda 
bahorgacha saqlanadi. Yetilgan mevalari yaltiroq, qora sharsimon bo‘lib, 
eti yashil. U rug‘i juda mayda b o ‘ladi. Bahorda sepiladigan urug‘ini 
stratifikatsiya qilish zarur. Yangi urug‘ini stratifikatsiya qilmasdan ekish 
mumkin. Ular 15-30 kunlardan keyin unib chiqadi. Bu daraxt vegetativ 
yo‘l bilan ham ko‘payadi. U ildizidan bachkilaydi va to ‘nkasidan 
ko‘karadi. Unumdor yerlarda birinchi yillari tez, so‘ngra sekin o'sadi. 
Bu turning areali Uzoq Sharq, Yaponiya, Koreya, Shimoliy Xitoy bilan 
cheklangan.
Amur baxmal daraxti Manjuriyada, Shimoliy Kuril va Yaponiya 
orollarida, ayniqsa, keng tarqalgan. U ninabargli hamda yaproqbargli 
aralash o ‘rmonlarda o ‘sadi. Botqoq va sho'rxok tuproqli yerlardan 
tashqari hamma joyda o ‘sadi. MDHning Yevropa qismida bu daraxt 
XIX asming o ‘rtalaridan ko‘p ekila boshlandi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka 
ancha chidamli. Semam tuproqli yerlarda yaxshi o ‘sadi.
Amur baxmal daraxtining xo‘jalikdagi ahamiyati nihoyatda katta. 
Undan olinadigan po‘kak izolatsiya lentasi va linoleum uchun ishlatiladi 
va undan mayda shisha asboblar uchun tiqin yasaladi. Yog‘ochining 
o ‘zagi qo‘ng ‘ir g ‘isht rangda, ingichka atrofi sarg‘ish bo‘lib, oson 
ishlanadi va pardozlanadi. U juda pishiq bo‘lib, chirimaydi, shuning 
uchun yer osti inshootlarida foydalaniladi. Undan mebel ham yasaladi. 
Uning lub qismida, po‘stlog‘ida sariq rangli modda bo‘lib, u 
gazlamalami 
bo‘yashda ishlatiladi. 
Mevasi tarkibida tibbiyotda


ishlatiladigan alkaloid bor. U rran za ra li daraxt. Shaharlami ko‘kalam - 
zorlashtirish, ihota o ‘rmon qatorljri b a r p ° etish maqsadida ekiladi.
SHAM SHODGULDOSHLAR (VUXASEAYE) 
o i l a s i
Bu oilaning turkumlaridau e n g tavsiflisi - shamshod (Vixis) 
turkum i bo‘lib, oila vakillarini t a ’riflashda uning ustida to ‘xtalib 
o ‘tamiz.
SHAMSHOD (V U X U S ) TU R K U M I
Shamshod kichikroq daraxt b o ‘lib , b o ‘yi 10 m ga yaqin. Po‘stlo g ‘i 
silliq, kul rang-yashil novdasi 4 q irrali. Barglari doim yashil, qalin 
po‘stli, cheti tekis, kalta bandli b o ‘lib, novdada doira shaklida 
joylashadi. Shamshod daraxti m art-aprel oylarida gullaydi. U ayrim
jinsli, bir uyli o ‘simlik boiib, yashil gullari y ig ‘ilib to‘pgul hosil qiladi, 
eng uchki qismida urug‘chi gullari bittadan yoki 2-3 tadan b o iib
joylashadi, qolganlari changchi gul b o ia d i. Mevasi avgust-sentabr 
oylarida yetiladi. U ko‘sak shaklida b o iib , uchki tomonida ustunchalar 
qoldigidan hosil boigan uchta shoxchasi bor, yetilganda uch pallaga 
ajraladi. Pallasi ichida qora, yaltiroq, oval shakldagi urug‘ joylashadi, 
uning uchki tomonida oq o ‘siqcha bor. U ru g i endospermli.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish